Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.4K subscribers
7.33K photos
1.67K videos
135 files
7.7K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 24-iyun

may oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика #налог_на_прибыль

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 24 июня 2024 года последний день

за май:


- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#foyda_soligi #imtiyoz

Foyda solig‘ining pasaytirilgan stavkasini kimlar qo‘llashi mumkin?

🔹Quyidagilar
foyda soligʻining 50%ga pasaytirilgan stavkasini qoʻllashga haqli:

▪️2022-yil 1-sentabrdan keyin ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar – soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi 1 soliq davri* mobaynida. Bunda pasaytirilgan stavka qoʻllaniladigan kalendar yilda jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, korxona 2023-yil I chorak yakuni bilan ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan bo‘lsa, keyingi soliq davri (2024-yil)da foyda soligʻining 50%ga pasaytirilgan stavkasini qoʻllashi mumkin.

▪️2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy yil mobaynida ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan foyda soligʻi toʻlovchilari. Ushbu stavka joriy va keyingi soliq davrilarida qoʻllaniladi. Bunda pasaytirilgan stavka qoʻllaniladigan yillarda jami daromad 100 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, 2022-yil dekabrda jami daromadi ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan korxona joriy va keyingi soliq davrlarida, ya’ni 2022-2023-yillarda pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashi mumkin.

🔹Mazkur imtiyoz quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

▫️yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari
▫️aksiz soligʻi toʻlovchilari
▫️soliq toʻlovchi tugatilganda
▫️pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlanganda.
👉 Soliq kodeksi 337-modda 11-qism

*Foyda soligʻi uchun soliq davri kalendar yil.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads