Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.4K subscribers
7.33K photos
1.68K videos
135 files
7.71K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi faoliyati tiklandi, ayni paytda ilova odatdagi tartibda ishlamoqda.
————-
#мобильное_приложение

Функции мобильного приложения Soliq восстановлены, в настоящее время приложение работает в штатном режиме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Endilikda bizga Soliq mobil ilovasi orqali ham xabar yuborishingiz mumkin

Foydalanuvchilar uchun ilovaning yangi 1.4.6 versiyasida mazkur imkoniyat yaratildi. Xabar yuborish uchun ilovaning "Personal xizmatlar" bo‘limidan "Xabar yuborish" menyusi tanlanadi.

Shuningdek, ilovaning "Tovar-transport yuk xati" xizmati orqali yuk tashuvchi haydovchilar elektron tovar-transport yuk xatini qabul qilishi va topshirishi mumkin.

Bundan tashqari, ilovaning boshqa xizmatlari takomillashtirilib "Ijaraga berish" xizmatida mulklarni norezidentlarga ijaraga berish imkoniyati yaratildi.

👉 Ilovani hoziroq yangilab oling Android / iOS

👉Soliq mobil ilovasida qariyb 6 mlndan ortiq fuqarolar ro‘yxatdan o‘tgan

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #mobil_ilova

Joriy yilning 1-may holatiga Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar soni qariyb 6,6 mln nafardan oshdi.
_______
#цифровизация #мобильное_приложение

По состоянию на 1 мая этого года в мобильном приложении Soliq прошли регистрацию более 6,6 млн человек.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasining yangi 1.4.7 versiyasi taqdim etildi

Yangilangan versiyada fiskal modul uchun to‘lov xizmati qo‘shildi.

Ma'lumot uchun. Fiskal modul bilan ta’minlash va operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan yilda bir marta BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) miqdorida operatorga to‘lov amalga oshiriladi.
👉 VMQ-943-son qarori 55-band 23.11.2019

❗️Soliq mobil ilovasini faqat rasmiy platformalardan yuklab olish va yangilash lozim.
➡️ Android / iOS

Soliq mobil ilovasidan 6,5 mlnga yaqin aholi faol foydalanmoqda.
__________
#мобильное_приложение

Появилась новая версия 1.4.7 мобильного приложения Soliq

В обновленной версии доступна услуга оплаты за фискальный модуль.

Для информации. За обеспечение фискальным модулем и оказание услуг оператором фискальных данных с субъектов предпринимательства 1 раз в год взимается плата - 1 БРВ (340 000 сумов).
👉п.55 ПКМ от 23.11.2019 №943

❗️Скачивать и обновлять мобильное приложение Soliq нужно только с официальных платформ.
➡️ Android / iOS

Мобильным приложением Soliq активно пользуются уже около 6,5 млн человек.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi “Yil brendi – 2023” tanlovi g'olibi bo'ldi

18-may kuni “Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Yil brendi – 2023” VII mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Soliq mobil ilovasi yana bir borMobil ilovalar” nominatsiyasida eng yaxshi deb topildi. Unga 13 574 ta ovoz berilgan.

Ilova 2022-yilda ham "Yil brendi" mukofotiga sazovor bo'lgan edi.

Ilovaning foydalanish qulayligi va keng funksionalligi ortida katta jamoaning mashaqqatli mehnati yotadi. Soliq xizmatlarining sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarilishiga har kim o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilariga ishonchi, qo‘llab-quvvatlagani va yuqori baho uchun minnatdorlik bildiramiz!

Biz birgalikda kuchlimiz!

______
#мобильное_приложение

Мобильное приложение Soliq стало победителем премии «Бренд года-2023»

18 мая в комплексе Humo Arena прошла церемония награждения победителей VII ежегодной премии «Бренд года 2023», организатором которой выступает Маркетинговая ассоциация Узбекистана.

Мобильное приложение Soliq в очередной раз стало лучшим в номинации «Мобильные приложения». За него было отдано 13 574 голоса.

Премией «Бренд года» приложение уже было удостоено и в 2022 году.

За удобством в использовании и широким функционалом приложения стоит усердная работа большой команды. Каждый вносит свой вклад в то, чтобы обеспечить качественно новый уровень оказания налоговых услуг.

Благодарим пользователей мобильного приложения Soliq за доверие, поддержку и высокую оценку!

Вместе - мы сила!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mobil_ilova

Fiskal modul uchun to'lov onlayn-nazorat kassa texnikasi mavjud tadbirkorlar uchun

"Потребитель.уз" guruhida “Soliq” mobil ilovasidagi xizmatlardan biri noto‘g‘ri talqin qilingan xabar e'lon qilindi:

❗️OFD - bu Olingan foyda daromadi (полученные доходы) emas, fiskal ma'lumotlar operatori (ofd.uz).

Soliq qo‘mitasi avvalroq yangilangan Soliq mobil ilovasida “Fiskal modul uchun to‘lov” bo‘limi qo‘shilgani va fiskal modul uchun to‘lov tadbirkorlik subyektlaridan undirilishi haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, fiskal modul – bu tadbirkorlar o‘z faoliyatida foydalanadigan onlayn-nazorat kassa texnikalari uchun dasturiy ta’minotga ega maxsus qurilma.

Fiskal modul uchun to‘lov faqat onlayn-NKTdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan (yuridik shaxs, YTT) – yiliga bir marta BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) miqdorida undiriladi.
👉 VMQ-943-son 55-band 23.11.2019

❗️Agar siz tadbirkor bo‘lmasangiz, fiskal modul uchun to‘lov qilishingiz shart emas.

Agar Soliq mobil ilovasida fiskal modul uchun xatolik bilan to‘lov qilingan bo‘lsa, “Yangi texnologiyalar” IAM buxgalteriya bo‘limiga info@yt.uz elektron pochta manzili orqali xat yuborish lozim.

Xatda vaziyat haqida aniq ma’lumot bayon qilish, pasport nusxasi (JShShIR aniqlash uchun) va pul o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat (chek, kvitansiya, bank ma'lumotnomasi va boshqa) ilova qilish hamda pul mablag‘ini qaytarish uchun bank kartasi tranzit raqami va MFO ko‘rsatilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz murojaatlar 15 kundan 30 kungacha ko‘rib chiqiladi.
👉 “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun

Ariza ko‘rib chiqilgan so‘ng pul mablag‘i xatda ko‘rsatilgan bank kartasiga avtomatik ravishda qaytariladi.

Blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillaridan soliq yoki soliq xizmatlariga oid savollar tug‘ilganda, materiallarni chop etishdan oldin tushuntirish berish yuzasidan Soliq qo‘mitasi matbuot xizmatiga qayta aloqa tizimi orqali murojaat qilishlari so‘raladi:
💻 sayt - https://appeal-bot.soliq.uz/;
📲 Soliq mobil ilovasida - https://t.me/soliqnews/13128.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads