Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.6K subscribers
7.45K photos
1.72K videos
138 files
7.84K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#hamkorlik

O‘zbekiston soliq xizmati organlari sohani raqamlashtirish bo‘yicha Koreya va Yaponiya tajribasini o‘rganmoqda

Ayni paytda Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi Seulda bo‘lib turibdi. Janubiy Koreya va Yaponiyada soliq sohasiga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida tashkil etilgan tashrif Osiyo taraqqiyot banki ko‘magidagi almashinuv dasturi doirasida tashkil etildi.

Bugun O‘zbekiston, shuningdek, Pokiston soliq xizmati organlari mutaxassislari soliq siyosati va milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish maqsadida soliq, moliya va jamoat institutlari faoliyatini tadqiq etish va tahlil qilish bilan shug'ullanuvchi Koreya Davlat moliya institutiga tashrif buyurdi. O‘quv dasturi ishtirokchilari Janubiy Koreyada joriy etilgan elektron soliq ma’muriyati tizimi bilan tanishtirildi.

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiyalar Koreya Milliy soliq xizmatida bo‘lib, u yerda mutaxassislarga soliq to‘lovchi xavflarini tahlil qilish va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi imkoniyatlari haqida so‘zlab berildi.

Yaponiyada ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘quv seminarlari va yetakchi xorijiy ekspertlar bilan ishbilarmonlik uchrashuvlarida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish, soliq organlari xodimlarining salohiyatini rivojlantirish hamda aholining soliq savodxonligi darajasini oshirish bo‘yicha tajriba almashiladi.

Mazkur kasbiy hamkorlik mamlakatlar oʻrtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash va soliq tizimiga zamonaviy tajribalarni joriy etishga hissa qoʻshishga qaratilgan.

Delegatsiya vakillari olingan bilim va ko‘nikmalar samarali soliq ma’muriyatchiligining ilg‘or shakl va usullaridan foydalanish uchun kelgusidagi islohotlar va o‘zgarishlarni amalga oshirishda asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
______
#сотрудничество

Налоговая служба Узбекистана осваивает опыт Кореи и Японии по цифровой трансформации сферы


В настоящее время делегация Налогового комитета пребывает в Сеуле. Поездка с целью изучения передового опыта внедрения инноваций в налоговую сферу в Южной Корее и Японии организована в рамках программы обмена при финансовой поддержке Азиатского банка развития.

Сегодня специалисты органов налоговой службы Узбекистана, а также Пакистана посетили Корейский институт государственных финансов, который занимается исследованием и анализом деятельности налоговых, финансовых и общественных институтов с целью дальнейшего развития налоговой политики и национальной экономики. Участникам обучающей программы представлена система электронного налогового администрирования, реализованная в Южной Корее.

Во второй половине дня делегации побывали в Национальной налоговой службе Кореи, где специалистам рассказали о возможностях автоматизированной системы анализа и управления рисками налогоплательщиков.

В ходе учебных семинаров и деловых встреч с ведущими зарубежными экспертами, запланированных и в Японии, осуществляется обмен опытом по повышению качества обслуживания налогоплательщиков, развитию компетенций сотрудников налоговых органов и совершенствованию уровня налоговой грамотности населения.

Профессиональное взаимодействие призвано укрепить дальнейшее сотрудничество между странами и способствовать внедрению современных практик в налоговую систему.

Представители делегации высказывают надежду, что приобретенные знания и навыки послужат основой для применения прогрессивных форм и методов эффективного налогового администрирования в реализации дальнейших реформ и преобразований.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-dekabr

noyabr oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 декабрь 2023 года последний день

за ноябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

2023-yil 1-dekabr holatiga

O‘zbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 577 510 tani tashkil etdi. Shundan 84 598 tasi joriy yilning yanvar-noyabr oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

👉 Batafsil
_______
#цифровизация #юридические_лица

По состоянию на 1 декабря 2023 года
количество осуществляющих деятельность юрлиц в Узбекистане составляет 577 510. Из них 84 598 зарегистрировано в январе-ноябре текущего года.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#brifing

Ayni daqiqalarda AOKAda Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzu: Soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Jonli efir
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/703564758407440
__________
#брифинг

В эти минуты в АИМК проходит брифинг при участии начальника управления Налогового комитета Дилдоры Хашимовой.

Тема: Проводимая работа по переходу налоговой системы до уровня махалли

Прямой эфир
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/703564758407440

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#rasmiy_munosabat

Joriy yilning 1-dekabr kuni Soliq qoʻmitasi Maʼlumotlar bazasida yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanadigan soliq imtiyozlari tashqi manba maʼlumotlari asosida avtomatlashtirildi.

Avtomatlashtirish jarayonida texnik xatolik yuzaga kelib oilaviy xususiy bogʻcha faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyoz (oyiga 330 ming soʻm) qoʻllanilmasdan qolgan.

Ayni paytda mazkur texnik xatolik bartaraf etilgan. Tadbirkorlardan yechib olingan ijtimoiy soliq summalari ularning hisobraqamiga qaytarilmoqda.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻriladi. Natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot berilishi ma'lum qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#AOS

Joriy soliq davrida aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni qatʼiy belgilangan summadagi stavkada toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni rad etishga va soliqni Soliq kodeksining 467-moddasining 1-qismida koʻrsatilgan soliq stavkalari (foizlarda (advalor) boʻyicha toʻlashga oʻtishga haqli.

Buning uchun soliq toʻlovchi navbatdagi soliq davri boshlangunga qadar 10 kundan kechiktirmay* my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga rad qilish xabarnomasini yuborishi lozim.

*Soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan, yaʼni 2024-yil 1-yanvardan AOSning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasini rad etish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organiga xabarnoma yuborishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#huquqiy_targibot

Soliq qo‘mitasi xodimi “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Har yili 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida davlat organlari va tashkilotlarining bir guruh xodimlari, OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.

Joriy yilda ham jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlarning mehnatlari e'tirof etilib ushbu ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ular safida Soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi bosh inspektori Suxrob Ziyadullayev ham “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoniga munosib ko‘rildi.

Poytaxtimizdagi Sayilgoh ko‘chasida Bosh Qomusimiz qabul qilingan sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishonlari o‘z egalariga topshirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_qonunchiligi_bot

Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Soliq qonunchiligi” telegram boti ishlab chiqilgan

📚 Ushbu botda soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yoʻnalishga ajratilib, har bir yoʻnalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan lex.uz saytiga yo‘naltirilgan havola orqali tanishish mumkin.

📌 Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yoʻnalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi.

☝️Hurmatli soliq to‘lovchilar, botni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflaringizni botning taklif qoldirish menyusiga yozishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️

AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan
AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali rad qilish xabarnomasini yuboradi.
——————
#налог_с_оборота

📢 Предприниматели, торопитесь, осталось мало времени ❗️

До 18 декабря 2023 года предпринимателям, уплачивающим налог с оборота в фиксированной сумме,
необходимо уведомить налоговые органы о переходе с 1 января 2024 года на уплату налога с оборота по ставке 4% (или другим налоговым ставкам).

👉Для этого налогоплательщику нужно отправить уведомление об отмене уплаты по фиксированной ставке через персональный кабинет на сайте my3.soliq.uz в разделе "Переход (отказ) плательщиков налога с оборота на уплату (от уплаты) налога по фиксированной ставке".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 7-dekabr

noyabr oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi)
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️7 декабря 2023 года последний день

за ноябрь:


- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#rasmiy_munosabat

Soliq organlari tomonidan soliq bazasini kengaytirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlardan biri taksi va yoʻlovchi tashish bozorini tartibga solishdir.

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 1-dekabridan boshlab Yandex Go xizmati Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini mahalliylashtirib, soliq rezidentiga aylandi. Shu bilan birga, mazkur servis Soliq axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi natijasida har bir tashish xizmati uchun fiskal chek shakllantirish imkoniyati yaratildi.

Oʻtgan kunlar davomida (1 – 6-dekabr) 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta chek shakllantirildi.

Oʻz navbatida, mazkur sohada bir qator yechimini topishi lozim boʻlgan masalalar saqlanib qolmoqda:

birinchidan,
taksi xizmati (Yandex Go va boshqalar) uchun naqd pul orqali toʻlov qilinganda chek berilishi yoʻlga qoʻyilmagan.

Bu borada amaliyotga tatbiq etish uchun bir nechta yechimlar ishlab chiqildi va bozor ishtirokchilariga taklif qilindi, yaqin kunlarda naqd pul orqali toʻlov qilinganida ham chek berilishi taʼminlanadi;

ikkinchidan, qolgan agregatorlarda, xususan – MyTaxi, Uklon va boshqalarda fiskal chek bugungi kungacha shakllantirilmayapti.
Ushbu agregatorlar bilan texnik integratsiyalash ishlari yakunlangan va yaqin kunlarda yoʻlovchilar ushbu xizmatlardan foydalanganda fiskal cheklarni olishni boshlashi kutilmoqda.

Bundan tashqari, respublikaning barcha hududlarida agregatorlar va taksi xizmatlarini fiskallashtirish koʻzda tutilgan;

uchinchidan, bugungi kunga qadar shakllantirilgan 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta cheklarning 13,4 mlrd soʻmlik 791 100 tasi 232 ta yuridik shaxslar (Yandex Go hamkorlari va taksi kompaniyalari), 163,9 mln soʻmlik 9 383 tasi esa 1 821 nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hissasiga toʻgʻri keladi.

Bunda, tashish xizmati oʻzini oʻzi band qilgan haydovchi tomonidan koʻrsatilgan boʻlsada, tashishning barcha summasi taksopark (hamkor) aylanmasida aks etish holatlari Soliq qoʻmitasi tomonidan kuzatilmoqda.

Mazkur yoʻnalishda taksoparklar va oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar oʻrtasida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida komissioner va komitentni toʻgʻri belgilash boʻyicha tushuntirish ishlari agregatorlar bilan birgalikda olib borilmoqda.

Shuningdek, ushbu sohada oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur funksiyani Soliq mobil ilovasiga qoʻshish orqali soddalashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun: yuridik shaxslar oʻzlarining shaxsiy kabinetida fiskal cheklarni tahrirlash mexanizmidan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Soliq kodeksining 369-moddasi 9-bandiga muvofiq, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan.

Taksi faoliyatidan rasmiy daromad shakllantirish imkoniyatining paydo boʻlganligi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun alohida bir qator afzalliklarni keltirib chiqaradi. Jumladan, daromad toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keyinchalik ularga boshqa iqtisodiy harakatlarda (ipoteka, isteʼmol kreditlari, tovarlarni boʻlib-boʻlib toʻlash va hokazo) imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu oʻz navbatida aholining iqtisodiy faolligi oshishiga xizmat qiladi.

Soliq qoʻmitasi taksi xizmatini koʻrsatishda agregatorlar va ularning hamkorlari biznes jarayonlarini monitoring qilib bormoqda va aniq yechimlarni taklif etadi.

Shu bilan birga yoʻlovchi tashish bozorida, turli baholashlarga asosan 500 mingdan 1 mln nafargacha fuqaro toʻliq yoki qisman bandligini, shuningdek, taksilarning kundalik logistika va harakatlanishdagi ahamiyati katta ekanini hisobga olib, mazkur sohadagi munosabatlarni avtomatlashtirish va fiskallashtirish jarayonini bosqichma-bosqich va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish zarur, deb hisoblaymiz.

Bunda, soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazorat hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga soliqlarning toʻliq tushishini taʼminlash soliq organlarining asosiy vazifalari boʻlib qoladi.
#rasmiy_munosabat

Soliq qoʻmitasining Yandex Go, MyTaxi, Uklon va boshqa taksi xizmatlari toʻlovlarini fiskallashtirish toʻgʻrisidagi xabarida o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar cheklari uchun keshbek berish to'g'risidagi ma'lumotlar e'lon qilinmagan.

Prezidentimizning PQ-5252-son qaroriga muvofiq avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan berilgan xarid cheklariga 1% keshbek berilmaydi.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqlarda 135 mln so‘m keshbek berilishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma'lum qilamiz.
————-
#официальная_информация

В сообщении Налогового комитета о фискализации платежей за поездки в сервисах Yandex Go, MyTaxi, Uklon и других служб такси, не упоминается возможность получения кешбэка за чеки, выданные самозанятыми водителями.

Согласно УП №52521% возврат от суммы покупок не предусмотрен за покупки автомобилей, авиа и железнодорожных билетов, оплаты коммунальных услуг и услуг связи, а также чеков, выданных самозанятыми лицами.

Таким образом, информация в социальных сетях о возврате 135 млн сумов кешбэка не является достоверной.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter