Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
94.1K subscribers
7.64K photos
1.8K videos
143 files
8.07K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#pirotexnika

Pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

📆 Yangi yil bayramiga ham oz fursat qoldi. Yilning shu mavsumida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi, qo‘shtirnoq ichidagi “tadbirkorlar” faollashadi.

🔍 Inson sog'ligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ushbu vositalarning noqonuniy savdosiga chek qo'yish maqsadida davlat soliq xizmati organlari joylarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlarini o'tkazmoqda.

Xususan, poytaxtimizning Yunusobod va Bektemir tumanlarida 64 turdagi jami 35 751 dona, umumiy qiymati 304,9 mln so'mdan ortiq, shuningdek, Toshkent viloyati Qibray tumanida 31 turdagi jami 1 586 dona umumiy bahosi 98,5 mln so'm bo'lgan pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yildi.

Pirotexnika vositalari masala qonuniy hal bo‘lguniga qadar vaqtinchalik olib qo‘yilib, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

‼️Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Soliq organlarida talabalar bilan tuzilgan 44 mingdan ortiq ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yilgan.

Talabalarga uy-joyini ijaraga beruvchi mulk egalari ushbu daromadlar uchun soliq to‘lashdan ozod qilingan. Ularga daromad soligʻidan 9,9 mlrd soʻm imtiyoz qoʻllanilgan.

👉E-ijara xizmati qanday ishlaydi?
_________
#e_ijara

В налоговых органах зарегистрировано более 44 тысяч договоров аренды недвижимого имущества со студентами.

Владельцы имущества, которые сдают жилье в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. Сумма примененной ими льготы составила 9,9 млрд сумов.

👉Как устроен сервис E-ijara?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 23-dekabr

dekabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 декабря 2022 года последний день

за декабрь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Tovarlarni qadoqlash tartibi – tasnif.soliq.uz

Qadoqni shakllantirish uchun:
🔹ERI orqali shaxsiy kabinetga kiriladi;
🔹Qidirish oynasida qadoqlamoqchi boʻlgan mahsulot tanlanadi;
🔹"Qadoqlar" bo'limiga kirib "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

Mahsulotni qadoqlash (agregatsiya qilish) xizmatida 3 xil qadoqlash mavjud.

🔺 Iste'mol qadog‘ini yaratish uchun quyidagilar bajariladi:
▫️qadoqlash turini tanlash;
▫️tovar miqdorini kiritish;
▫️o'lchov birligini tanlash;
▫️qadoqlangan mahsulot rasmini yuklash.

Xuddi shunday tartib tashqi va transport qadoqlash uchun ham tatbiq etiladi.

Jarayonni yakunlash uchun "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

❗️Barcha yaratilgan qadoqlar "O'lchov birliklari / qadoqlar" bo'limidagi "Shakllangan qadoq" va "Tanlangan o'lchov birliklari/qadoqlar" oynalarida saqlanib EHF to'ldirishda faqat ushbu qadoqlar aks ettiriladi.

👉 Mavjud MXIK kodi o‘rniga “yangilangan” MXIK kod tavsiya etilganda qanday yo‘l tutish lozim
👉 Xizmat (soʻm) va xizmat (marta) oʻlchov birliklarining farqi nimada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ИКПУ

Порядок упаковки товара на tasnif.soliq.uz

Для формирования упаковки следует:
🔹войти в персональный кабинет с ЭЦП;
🔹в строке поиска найти и выбрать товар, который необходимо упаковать;
🔹войти в раздел «Упаковки» и нажать на «Сформировать упаковку».

Существует
3 вида упаковки, которые используются в сервисе упаковки (агрегации) продукта.

🔺Для потребительской упаковки необходимо:
▫️выбрать тип упаковки;
▫️ввести количество товара;
▫️выбрать единицу измерения;
▫️загрузить изображение упакованного товара.

Аналогичный порядок предусмотрен для внешней и транспортной упаковок.

Для завершения процесса нажмите «Сформировать упаковку».

❗️Все созданные упаковки сохраняются в меню «Единица измерения/упаковка» в окне «Сформированная упаковка» и «Избранные единицы измерения/упаковки», а также при оформлении ЭСФ отражаются только эти упаковки.

👉 Вместо действующего ИКПУ в tasnif.soliq.uz. предлагается новый – что делать
👉 В чем разница условных единиц услуга (сум) и услуга (раз)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Ayni paytda Davlat soliq qo‘mitasida farmatsevtika korxonalari vakillari bilan mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodlaridan foydalanish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

👉Umumiy ovqatlanish va restoran biznesi vakillari bilan MXIK muhokamasi
👉Bank xizmatlari bo‘yicha MXIK muhokamasi
_____________
#ИКПУ

Проходит встреча по обсуждению использования идентификационных кодов в фармацевтической отрасли с представителями фармацевтических компаний.

👉 Обсуждение ИКПУ для банковских услуг
👉 Обсуждение ИКПУ для общепита и ресторанного бизнеса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

🔴 tasnif.soliq.uz saytida qadoqni yaratish tartibi mavjud. Nega biz 25 kgli qopda import qilgan qurilish aralashmalarini qoplarda emas, balki kilogrammda sotishimiz kerak

🔵 Qadoqlarni yaratish tartibida EHF rasmiylashtirish bo'yicha tegishli tovarni realizatsiya qilishdagi o‘lchov birligi va qadoqlarni ko‘rsatish uchun avvaldan tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizda “Tanlangan o‘lchov birliklari/qadoqlar”ga kiritib qo‘yishingiz lozim.

Buning uchun tasnif.soliq.uz saytida:
✔️ siz foydalanayotgan MXIK kodini toping. Misol uchun: "02520001006000000 Shtukaturka" va mahsulot to‘g‘risida batafsil maʼlumotga kiring;
✔️ "Qadoqni shakllantirish" bo‘limida o‘zingizga kerak bo‘lgan isteʼmol qadog‘ini yarating yoki mavjud qadoqlar (boshqa foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan) ichidan tanlang. Misol uchun: 25 kgli qop.

❗️ Shundan so‘ng, ushbu qadoq (o‘lchov birligi) Katalogning "Tanlangan o‘lchov birliklari/qadoqlar" bo‘limiga avtomatik ravishda kiritiladi va EHFni rasmiylashtirishda "O‘lchov birligi" ustunida aks etadi.

👉 Tovarlarni qadoqlash tartibi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#ИКПУ

🔴 На сайте tasnif.soliq.uz есть порядок создания упаковки. Почему мы, например, импортируем строительные смеси в мешках по 25 кг, а продавать должны не в мешках, а в килограммах

🔵Как разъяснено в порядке создания упаковок, чтобы при оформлении ЭСФ указывать именно те единицы измерений и упаковок, в которых вы реализуете свой товар, необходимо предварительно внести их в "Избранные единицы измерения/упаковки " в персональном кабинете на tasnif.soliq.uz.

Для этого на сайте tasnif.soliq.uz:
✔️найдите используемый вами код ИКПУ. Например: "02520001006000000 Штукатурка" и осуществите вход в карточку товара;
✔️в разделе "Сформировать упаковку" создайте нужную вам потребительскую упаковку или выберите уже из имеющихся упаковок (созданных другими пользователями). Например: мешок по 25 кг.

❗️После этого данная упаковка (единица измерения) автоматически будет внесена в раздел "Избранные единицы измерения/упаковки" Каталога и при оформлении ЭСФ будет отражаться в графе "Единица измерения".

👉Порядок упаковки товара

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#keshbek

Keshbek summalari qachon tasdiqlanadi

Сheklar ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan so'ng keshbek summalari to‘lab berilishi belgilangan

Noyabr oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun hisoblangan keshbek summalari tasdiqlanyapti.

Keshbek summalari to'liq tasdiqlanganidan so'ng dekabr oyning 25-sanasidan keyin bank kartangizga o'tkazib olishingiz mumkin.
__________
#кешбэк

Когда подтверждаются суммы кешбэка

Суммы кешбэка выплачиваются после 25 числа месяца, следующего за месяцем, в котором зарегистрированы чеки.

Чеки, зарегистрированные в ноябре, находятся в процессе подтверждения.

При полном подтверждении сумм кешбэка
их можно перевести на банковские карты после 25 декабря.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#korrupsiya_fiskal_institut

Davlat soliq qo‘mitasi raisi oʻrinbosaridan bo‘lajak soliqchilarga mahorat darslari

Joriy yilning 23-dekabr kuni Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mirziyod Mirvaxidovich Maxkamov tomonidan Fiskal institut talabalari shuningdek, Toshkent soliq texnikumi oʻquvchilariga "Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya va sodir etilishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy holatlarni oldini olish choralari" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida talabalar Davlat soliq qoʻmitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, soliq organlari xodimlari oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish hamda xodimlarni odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitishni tashkil etish masalalari haqidagi bilimlarni egalladilar.

2021-2022-yillar davomida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish doirasida yigirmaga yaqin ichki idoraviy hujjat qabul qilindi.

Joriy yilning iyul oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e’lon qilingan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligining 3 ta, ya’ni “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” guruhlarga toifalangan reytingida Davlat soliq qo‘mitasi faoliyati “yaxshi” deb topildi va 1-guruhdan o‘rin oldi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#tayinlov

6 ta davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi, ularning teng yarmi ayollar

🖊Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan:

🔸Kabulova Almagul Orinbayevna Taxiatosh tumani DSI;

🔸Ruzimova Sanobar Egamberdiyevna Tuproqqal'a tumani DSI;

🔸Abdullayev Sardor Aminbayevich Qo‘shko‘pir tumani DSI;

🔸Sultanov Inomjon Ikromovich Shovot tumani DSI;

🔸Qobilov Husniddin Nurmuxammadovich Guliston shahar DSI;

🔸Inatova Dilrabo Erkinovna Shirin shahar DSI boshlig‘i etib tayinlandi.

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga rahbar etib tayinlangan ayollar soni 7 nafarga yetdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter