Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.4K subscribers
7.33K photos
1.67K videos
135 files
7.7K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

My.soliq.uz portalidagi elektron soliq xizmatlari odatdagi tartibda ishlamoqda.
_____

Уважаемые налогоплательщики❗️

Электронные налоговые услуги на портале my.soliq.uz продолжают работу в штатном режиме.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Jahon banki ishtirokidagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#дайджест

SOLIQ VAQTI

👉Утверждены регламенты постановки на учёт налогоплательщиков

👉Порядок электронной регистрации договоров аренды

👉Постановка на учёт постоянных учреждений и обособленных подразделений

👉Определены сроки цифровой маркировки лекарств и медицинских изделий

👉Определены сроки цифровой маркировки бытовой техники

👉Предложено утвердить порядок использования банковских карт при контрольной закупке

👉Обсуждается проект по внесению изменений в налоговую отчётность

👉Будут признаны утратившими силу некоторые НПА

👉Льготы для сферы медобслуживания

👉Теперь чеки маркетплейса отображаются в персональном кабинете

👉Дополнены формы отчётности по налогу на прибыль

👉Онлайн-семинар по налогу на прибыль

👉Как подготовить отчет по налогу с оборота, если цена реализации основного средства ниже его остаточной стоимости?

👉Как указать в чеке онлайн-ККТ комитента-физлица или нерезидента?

👉Апдейт приложения «Soliq»

👉Сколько выплатили кешбэка за февраль?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#fiskal_institut

Fiskal institutda “Training of trainers” o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

Soliq ma’muriyatchiligida keng joriy etilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda yaratilayotgan dasturiy mahsullar imkoniyatlarini barcha darajadagi davlat soliq xizmati organlari xodimlariga o‘rgatish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda “Training of trainers” o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Dastlabki tinglovchilar ayni yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#фискальный_институт

В Фискальном институте организованы учебные курсы “Training of trainers”

В целях обучения сотрудников органов государственной налоговой службы всех уровней активному использованию современных информационно-коммуникационных технологий и новых программных продуктов, широко внедряемых в налоговом администрировании, в Фискальном институте при ГНК организованы учебные курсы “Training of trainers”.

Первые слушатели успешно прошли курс, усовершенствовав свои знания и навыки в этой области.

Обучение других сотрудников будет продолжено.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida” gi 101-son farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish orqali kambag‘allikni ikki barobarga qisqartirish, iqtisodiyotda raqobatni taʼminlash, tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlar yaratish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, farmonda “tartibga soluvchi gilotina” usulini manzilli qo‘llash orqali imtiyozlar, eksklyuziv huquq va ustunliklarni bekor qilish belgilanmoqda.

2022-yil 1-maydan boshlab:

🔹norezident jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadlari (dividendlar, foizlar va fraxtdan olinadigan daromadlardan tashqari) bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini 12 foiz miqdorida belgilash yuzasidan Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda (Bugungi kunda Soliq kodeksiga muvofiq ushbu stavka 20 foizni tashkil etadi);

🔹Tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq cheklangan subyektlarga tatbiq etilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari tarmoqlardagi barcha subyektlar uchun tatbiq etiladi;

🔹
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha 2020-yil 1-iyulga qadar maʼqullangan va O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan olinadigan tovarlar bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi.

📚Shuningdek, farmon bilan 2022-yil 1-iyuldan ayrim soliq (QQS, AOS, JSHODS, foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslar mol-mulk va yer solig‘i, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq,aksiz solig‘i, ijtimoiy soliq) va bojxona imtiyozlari bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

Davlat soliq xizmati organlariga xo‘jalik jamiyatlarida davlat ulushi bo‘yicha dividendlar miqdorini belgilashda moliyaviy natijaning to‘g‘ri shakllantirilishi ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 11-aprel

III chorak uchun:

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risida soliq organlariga ma’lumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi);

- aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/4 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);

aprel oyi uchun:

- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);

- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

mart oyi uchun:

- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 11 апреля 2022 года крайний срок

за III квартал:

- представления в налоговые органы справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале
(ч.11 ст.340 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса);

за апрель:

- уплаты налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

за март:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292 Налогового кодекса, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni guruhlarga ajratgan holda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yo‘lga qo‘yildi.

👉VM-149-son qarori, 2.04.2022-yil

Qarorga muvofiq majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari quyidagi guruhlar bo‘yicha belgilandi:

1️⃣ guruh – ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari – 2022-yil 1-sentabrdan boshlab;

2️⃣ guruh – birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro-mahsulotlari – 2022-yil 1-noyabrdan boshlab;

3️⃣ guruh – kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek, respublika hududidan tashqarida amalga oshirilgan ro‘yxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasidagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasining Davlat reestriga kiritilgan dori vositalari – 2023-yil 1-martdan boshlab;

4️⃣ guruh – belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan tibbiy buyumlar – 2025-yil 1-fevraldan boshlab.

👉Batafsil
__________
#новое_в_законодательстве

Введена система поэтапного внедрения обязательной цифровой маркировки средствами идентификации с учетом групп лекарственных средств и медицинских изделий.

👉ПКМ №149 от 2 апреля 2022 года

Документом определены сроки начала обязательной цифровой маркировки по следующим группам:

1️⃣ группа - лекарства во вторичной (внешней) упаковке - с 1 сентября 2022 года;

2️⃣ группа - лекарственные средства в первичной (внутренней) упаковке и ангро-продукция - с 1 ноября 2022 года;

3️⃣ группа – орфанные лекарственные средства и медицинские изделия, предназначенные для лечения редких заболеваний, а также лекарственные средства в порядке признания результатов их регистрации, осуществленной за пределами Республики Узбекистан, лекарственные изделия, включенные в Государственный реестр лекарственных средств и изделий медицинского назначения и медицинской техники - с 1 марта 2023 года;

4️⃣ группа – медицинские изделия, в установленном порядке включенные в утвержденный перечень - с 1 февраля 2025 года.

👉Подробнее

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tovar-xom ashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi, jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) hamda jismoniy shaxslarga elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslarini hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

👉VM-150-son qarori 02.04.2022

Hujjatga muvofiq:
▫️birja savdolarida qatnashuvchi chet el yuridik shaxslari birja savdolarini tashkil etuvchi joylashgan yerdagi davlat soliq inspeksiyasida;
▫️elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida hisobga qo‘yiladi.

Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza elektron shaklda taqdim etiladi.

Tovar-xom ashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi xorijiy yuridik shaxslar arizaga quyidagilarni ilova qiladi:
🔸chet el yuridik shaxsi ta’sis etilgan mamlakatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning davlat tiliga yoki rus tiliga tarjima qilingan notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;
🔸 vakilning fuqarolik pasporti nusxasi;
🔸vakilning chet el yuridik shaxsi nomidan O‘zbekistonda harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnomaning yoki boshqa hujjatning (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat tiliga yoki rus tiliga tarjima qilingan notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi.

Jismoniy shaxslarga elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari arizaga quyidagilarni ilova qiladi:
🔹ta’sis etilgan mamlakatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning davlat tiliga yoki ingliz tiliga tarjima qilingan nusxasi.

Soliq organlari ariza berilgan kundan e’tiboran 3 ish kunida hisobga qo‘yishi shart.

Soliq to‘lovchilar haqidagi ma’lumotlar yagona reestrga kiritiladi. Shundan so‘ng hisobga qo‘yilganligi va STIR berilganligi haqida guvohnoma beriladi.

Soliq organlaridan hisobdan chiqish uchun ariza elektron shaklda taqdim etiladi:
🔹Tovar-xom ashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi xorijiy yuridik shaxslar bank hisobvaraqlari yopilgandan so‘ng 15 kalendar kunidan kechiktirmay;
🔹Jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari 30 kalendar kunidan kechiktirmay.

Bunda, soliq majburiyatlarining to‘liq bajarilishi va soliq qarzdorligi mavjud emasligi tekshiriladi. Shundan so‘ng chet el yuridik shaxsi 3 ish kunida hisobdan chiqarladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#новое_в_законодательстве

Утвержден административный регламент по постановке на учет иностранных юридических лиц, осуществляющих операции на товарно-сырьевых биржах, приобретающих акции компаний и оказывающих физическим лицам услуги в электронной форме.

👉ПКМ №150 от 02.04.2022

В соответствии с документом:
▫️иностранные юрлица, участвующие в биржевых торгах, проходят регистрацию в районной (городской) государственной налоговой инспекции по месту проведения биржевых торгов;
▫️иностранные юрлица, оказывающие услуги в электронной форме, - в Межрегиональной государственной налоговой инспекции по крупным налогоплательщикам.

Заявление для постановки на учет в налоговых органах подается в электронной форме.

Иностранные юрлица, осуществляющие операции на товарно-сырьевых биржах, прилагают к заявлению:
🔸переведенную на государственный или русский язык нотариально заверенную копию документа, подтверждающего государственную регистрацию иностранного юрлица в стране учреждения;
🔸копию паспорта представителя юрлица;
🔸переведенную на государственный или русский язык нотариально заверенную копию документа (при наличии), подтверждающего право представителя действовать в РУз от имени иностранного юрлица.

Иностранные юрлица, оказывающие физическим лицам услуги в электронной форме, прилагают к заявлению:
🔹копию документа, переведенного на государственный или английский язык, подтверждающего государственную регистрацию в стране учреждения иностранного юридического лица.

Налоговые органы обязаны произвести постановку на учет в течение 3 рабочих дней.

Сведения о налогоплательщиках вносятся в Единый реестр. После чего им выдается свидетельство о постановке на учет и выдаче ИНН.

Для снятия с учета в налоговых органах заявление подаётся в электронной форме:
🔸иностранными юрлицами, осуществляющими операции на товарно-сырьевых биржах, в течение 15 календарных дней после закрытия банковского лицевого счета;
🔹иностранными юрлицами, оказывающими физическим лицам услуги в электронной форме, - не позднее 30 дней.

При этом проверяется полное исполнение налоговых обязательств и отсутствие налоговой задолженности. После чего иностранных юрлиц снимают с учета в течение 3 рабочих дней и выдают соответствующую справку.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq to‘lovchilarni soliq organlarida soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish yuzasidan davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti

👉VM-150-son qarori 02.04.2022

Soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish:
▫️yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kirmaydigan QQS to‘lovchilar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan;
▫️yirik soliq to‘lovchilar – Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan;
▫️boshqa soliq to‘lovchilar – soliq solish obyekti joylashgan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Hisobga qo‘yish haqida ariza
🔸tegishli yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan;
🔸mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti vujudga kelgan kundan;
🔸aksizosti mahsulotni realizatsiya qilish boshlangan paytdan;
🔸alohida bo‘linma tashkil etilgan paytdan 1 oy o‘tganidan keyin 10 kalendar kuni ichida taqdim etiladi.

Soliq organlari soliq to‘lovchilarni 3 ish kunidan kechiktirmay avval berilgan STIRga muvofiq obyekt joylashgan joyda hisobga oladi.

Barcha ma’lumotlar soliq to‘lovchilarning yagona reestriga kirtiladi. hisobga qo‘yilganligi haqida guvohnoma beriladi.

Soliq majburiyati tugatilgan taqdirda, soliq to‘lovchilar 10 kalendar kundan kechiktirmay soliq organlariga xabar yuborishlari shart. Shundan so‘ng 3 kalendar kunida soliq organlarining axborot tizimlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
__________
#новое_в_законодательстве

Административный регламент по постановке на учет налогоплательщиков по объекту налогообложения

👉ПКМ №150 от 02.04.2022

Постановка на учет производится:
▫️плательщиков НДС, не относящихся к категории крупных налогоплательщиков, - в ГНУ Республики Каракалпакстан, областей и города Ташкента;
▫️крупных налогоплательщиков - в Межрегиональной государственной налоговой инспекции по крупным налогоплательщикам;
▫️других налогоплательщиков - в районной (городской) ГНИ по месту расположения объекта налогообложения.

Заявление о постановке на учет подается в течение 10 календарных дней:
🔸с даты государственной регистрации права на соответствующий земельный участок;
🔸с даты возникновения объекта налогообложения по налогу на имущество, налогу за пользование водными ресурсами и (или) по налогу за пользование недрами;
🔸с даты начала реализации подакцизного товара;
🔸по истечении месяца с даты создания территориального обособленного подразделения.

Налоговые органы регистрируют налогоплательщиков по месту нахождения объекта в соответствии с ранее выданным ИНН не позднее 3 рабочих дней.

Все данные вносятся в Единый реестр налогоплательщиков. Выдаётся справка о постановке на учет.

В случае прекращения налогового обязательства налогоплательщики не позднее 10 календарных дней направляют в налоговые органы уведомление. После этого в течение 3 календарных дней в информационные системы налоговых органов вносятся соответствующие изменения.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamlangan maxsus QR-kodni joylashtirish normalari belgilandi

🖊Joriy yil 2-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining
148-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari tomonidan mijozning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan, shuningdek, kirish va xaridorga ochiq bo‘lgan boshqa joylarda) 👇quyidagi ma’lumotlar joylashtirilishi kerak.

🔸yuridik shaxslar –
korxona nomi, STIR, joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi) va ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod;

🔸yakka tartibdagi tadbirkorlar –
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi, JShShIR hamda ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod.

Bu soliq to‘lovchilar faoliyati shaffofligini taʼminlash bilan birga, soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berishda isteʼmolchilarga qulayliklar yaratadi.

Isteʼmolchilar ushbu QR-kodni skanerlash orqali savdo nuqtasi haqida to‘liq maʼlumotlarni bilib olishi, shuningdek soliq huquqbuzarligi sodir etilganda QR-koddagi maʼlumotlar asosida “Soliq hamkor” orqali xabar berishi mumkin.

#️⃣Ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_NKM

Fiskal ma’lumotlar operatori ko‘rsatadigan xizmatlar uchun to'lov

Fiskal modul bilan ta’minlash va operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan yilda bir marta BHM 1 baravari (270 000 so‘m) miqdorida operatorga to‘lov amalga oshiriladi.
👉VM-943-son qarori 55-band 23.11.2019

Fiskal ma’lumotlar operatori – DSQ huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi DUK.

Operator maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan, milliy kriptografik algoritmlar bazasi asosida axborot xavfsizligini ta’minlashning kriptografik usullaridan foydalangan holda, real vaqt rejimida axborot-telekommunikatsiya tarmog‘i orqali onlayn-NKM va virtual kassalarga biriktirilgan fiskal modullardan keladigan ma’lumotlarni uzluksiz ravishda
📲qabul qiladi,
🔄qayta ishlaydi
🗄va saqlaydi,
shuningdek, vakolatli organning ma’lumotlar bazasini shakllantiradi.

Soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatishda operatorning vazifalari va majburiyatlari:
✔️fiskal modullar va fiskal ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash;
✔️fiskal modulning xotirasi to'lganda uni bepul almashtirishni amalga oshirish;
✔️fiskal ma’lumotlarni qabul qilingan vaqtdan boshlab 5 yil muddatda saqlash;
✔️fiskal ma’lumotlarni qabul qilish jarayonida ularni o‘zgartirish, bloklash yoki yo‘q qilish imkoniyatini cheklash;
✔️fiskal ma’lumotlar bazasining zaxira nusxalari yuritilishini ta’minlash;
✔️fiskal modul foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish;
✔️onlayn-NKM va virtual kassa cheklarining haqqoniyligini QR-kod orqali tekshirish imkoninini beradigan axborot tizimlari va mobil ilovalarni ishlab chiqish;
✔️fiskal modul va onlayn-NKM va (yoki) virtual kassa dasturiy mahsuloti o‘rtasida ma’lumotlarni almashish talablarini va shakllarini ishlab chiqish;
✔️fiskal modulni texnik jihatdan mos keladigan onlayn-NKM va virtual kassalarning dasturiy tizimi bilan integratsiyalashtirishga ko‘maklashish;

Fiskal ma'lumotlar operatori xizmati uchun 1-to'lov onlayn-NKM yoki virtual kassa soliq organlarida ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng darhol amalga oshiriladi. Keyingi to‘lov 1 yildan so‘ng. Muddat tugashidan bir oy oldin soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga to'lovni amalga oshirish zarurligi to'g'risida xabarnoma yuboriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram