Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.5K subscribers
7.11K photos
1.6K videos
129 files
7.48K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#yutuqli_oyinlar

Chek talab qil va yutuqqa ega bo‘l!

Navoiy shahri va Konimex tumanida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va soliq huquqbuzarliklarining oldini olishda jamoatchilik nazoratining ahamiyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbirlari doirasida "Chek talab qil va yutuqqa ega bo‘l!, “Soliq-hamkor” huquqlaringizning ishonchli himoyachisi" aksiyalari o‘tkazildi.

Shuningdek, keyingi yildan Soliq mobil ilovasida chek QR-kodini skanerlab 1% keshbekka ega bo‘lish yuzasidan aniq tushuntirishlar ham berildi.

Qiziqarli viktorina va tezkor yutuqli o‘yinlarda ijtimoiy faol fuqarolar maishiy texnika, badiiy kitob va boshqa sovg‘alarga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, yutuqli chek o‘yinlarining 10-tiraji bugun Navoiy shahrida tashkil etiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#EHF

Elektron hisobvaraq-faktura: yangi tizim – yangi imkoniyatlar

Elektron hisobvaraq-faktura (EHF) tizimi yashirin iqtisodiyotning oldini olishda eng faol tizimlardan biriga aylanib ulgurdi. Mazkur tizim realizatsiya qilinayotgan tovarlar real hajmini to‘laqonli nazorat qilish, iqtisodiy jarayonlarni onlayn kuzatish, tahlil qilishga zamin yaratmoqda.

Tizim, o‘z navbatida, buxgalteriya hisobining birlamchi hujjatlari va soliq hisobotlarini tayyorlash jarayonini ham soddalashtirib tadbirkorlik subyektlari uchun qulay imkoniyatlar taqdim etmoqda.

🖥Davlat soliq xizmati organlari yaqinda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida elektron hisobvaraq-faktura (EHF)larning yangilangan tizimini test rejimida ishga tushirdi.

✔️Barcha tadbirkorlik subyektlari ixtiyoriy ravishda “facturatest2.yt.uz/faktura/uz/tools” elektron manzilida ushbu yangi tizim sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Elektron hisobvaraq-fakturalarning yangi tizimiga 4 ta asosiy o‘zgarish kiritildi.

🔵 Asosiy oynada korxona holati – aylanmadan olinadigan soliq (AOS) yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi ekanligi aks ettiriladi.
Bunda QQS guvohnomasi faol yoki nofaolligi, shuningdek bekor qilinganligi ko‘rsatiladi. Kontragentlar holati haqidagi xuddi shu kabi maʼlumotlar ham ko‘rinib turadi.

🔵 Bosh sahifada quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) QQSsiz realizatsiya qilinadigan tovarlar;
2) “0 stavka”da realizatsiya qilinadigan tovar va xizmatlar;
3) imtiyoz bilan sotish huquqiga ega korxonalar;
4) “0 stavka”da xarid qilish huquqiga ega korxonalar.

🔵 Tovar uchun identifikatsiya kod (MXIK) tanlanganda bozorning barcha ishtirokchilari uchun mahsulot nomi bir xil bo‘lishi taʼminlanadi. Yaʼni tovar nomi o‘zgarmaydi. Bundan tashqari, MXIKka mos o‘lchov birligini massiv sifatida tanlash imkoni ham yaratildi. Yaʼni tovar hajmini, masalan, og‘irligini gramm, kilogramm yoki tonnada aniq ko‘rsatish mumkin.

🔵 EHF rasmiylashtirishda soliq stavkasi va imtiyozlari tegishli ustunlarda (satr) avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.

🌐Yangi tizim sinov jarayonlarida ishtirok etuvchi subyektlar taklif va mulohozalarini Factura test telegram guruhiga yuborishi mumkin.

❗️Bildirilgan takliflar asosida tizim qo‘shimcha funksiyalar bilan boyitiladi. Bu esa tizimni yanada mukammaltirishga va tadbirkorlik subyektlari duch kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ЭСФ

Электронная счет-фактура: новая система – новые возможности

Система “Электронные счета-фактуры” (ЭСФ) является одним из инструментов борьбы с теневой экономикой.

Данная система создает основу для полного контроля объема реализованных товаров, онлайн-мониторинга и анализа деловых операций.

Система также упрощает процесс подготовки первичных документов бухгалтерского учета и налоговой отчетности, что в свою очередь представляет собой удобные возможности для ведения предпринимательской деятельности.

🖥Органами государственной налоговой службы в тестовом режиме запущена обновленная система электронных счетов-фактур.

✔️Все субъекты предпринимательства могут добровольно участвовать в испытании данной платформы по адресу http://facturatest2.yt.uz/faktura/ru/factura.

В обновленную версию системы ЭСФ внесено 4 основных изменения.

🔵 В главном окне отображается статус предприятия – плательщик налога с оборота или налога на добавленную стоимость (НДС).
Также показано, является ли свидетельство о регистрации плательщика НДС действительным, недействительным или аннулированным. Аналогичная информация представлена и о статусе контрагентов.

🔵 На главной странице отображается следующее:
1) товары без НДС;
2) услуги с нулевой ставкой НДС;
3) организации без уплаты НДС;
4) организации, в которых ставка НДС составляет 0%.

🔵 При выборе идентификационного кода товара (ИКПУ) обеспечивается единое наименование продукта для всех участников рынка. Оно не меняется. Кроме того, создана возможность выбора единицы измерения товара с ИКПУ. К примеру, можно указать точный вес товара в граммах, килограммах, тоннах.

🔵 При оформлении электронных счетов-фактур налоговые ставки и льготы автоматически отображаются в соответствующих столбцах.

🌐Субъекты, участвующие в тестировании новой системы, могут отправлять свои замечания и предложения в телеграм-группу Factura test.

❗️С целью дальнейшего совершенствования и с учетом обоснованных предложений система будет дополнена и другими функциями. Это позволит предотвратить возникновение спорных вопросов, с которыми могут столкнуться субъекты предпринимательства.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS

O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-725-son Qonuni rasman eʼlon qilingan kundan, yaʼni 2021-yil 26-oktabrdan eʼtiboran kuchga kirgan.

Qonunning o‘zida mazkur Qonun me'yorlari xususan, go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol mol va parranda) va ularni sotishdan olingan mahsulotlarni, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalarni QQSdan ozod qilish to‘g‘risidagi qoida 10.10 2021-yildan kelib chiqadigan munosabatlarga ham tatbiq etilishi to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilab qo‘yilgan.

Shunday qilib, 10.10.2021-yildan 26.10.2021-yilgacha, yaʼni O‘RQ-725-son Qonun eʼlon qilungunga qadar bo‘lgan davrda mazkur tovarlarni yetkazib beruvchilar QQS bilan rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarni o‘z mijozlari bilan kelishgan holda Soliq kodeksining 257-moddasi 4-qismi asosida kontragentlariga ilgari berilgan hisobvaraq-fakturalar o‘rniga tuzatilgan QQSsiz hisobvaraq-fakturalarni taqdim qilishga haqli.

Bunday holda, xaridorlarning soliq hisobotida avval hisobga olingan QQS summalariga avtomatik ravishda tuzatish kiritiladi. Agar ular o‘rtasida yetkazib berish operatsiyasi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar yakunlangan bo‘lsa, u holda yetkazib beruvchilarning xaridorlari oldida qarzdorligi hosil bo‘ladi.

26.10.2021-yildan boshlab imtiyozli tovarlarni yetkazib beruvchilar QQS imtiyozini qo‘llashlari va hisobvaraq-fakturalarni QQSsiz rasmiylashtirishlari shart (Soliq kodeksi, 75-modda 6-qismi). Ushbu talabni buzish yetkazib beruvchiga nisbatan jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin (Soliq kodeksi, 225-modda).

Hozirgi vaqtda bunday imtiyozli tovarlarni sotishda elektron hisobvaraq fakturalarda yuqoridagi QQS imtiyozi (ID-8220) va ushbu tovarlar MXIKni aks ettirish sharoiti yaratilgan, masalan:

- mol go‘shti (MXIK - 00201001001000000);
- qo‘y go‘shti (MXIK - 00204001001000000);
- tovuq go‘shti (MXIK - 00207001001000000);
- kartoshka (MXIK - 00701001001000000);
- muzlatilgan baliq (MXIK - 00303001999000000).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ЭСФ

Закон ЗРУ-725 вступил в силу со дня его официального опубликования, т.е. с 26.10.2021г.

В самом Законе прямо предусмотрено, что положения этого Закона распространяются также на отношения, возникающие с 10 октября 2021 года, в частности, норма об освобождении от НДС оборотов по реализации мяса (говядина, баранина, курятина), животных (скот и птица) в живом виде и продуктов их убоя, картофеля и замороженной рыбы.

Таким образом, поставщики указанных товаров, уже оформившие счета-фактуры с НДС в период с 10 октября до 26 октября 2021 года, т.е. до даты опубликования ЗРУ-725, по договорённости со своими покупателями имеют право, на основании ч.4 ст.257 НК, выставить своим контрагентам, исправленные счета-фактуры без НДС, взамен ранее оформленных.

В этом случае у покупателей в налоговой отчетности автоматически произойдут корректировки сумм НДС, ранее принятых к зачёту. А если взаиморасчёты по этим поставкам между ними уже были произведены, то у поставщиков образуется задолженность перед покупателями на суммы НДС.

С 26 октября 2021 года поставщики льготных товаров обязаны, на основании ч.6 ст.75 НК, применять льготу по НДС и оформлять счета-фактуры без НДС. Нарушение этого требования может повлечь применение к поставщику финансовых санкций по ст.225 НК.

В настоящее время создана возможность отражения вышеуказанной льготы по НДС (ID-8220) в электронной счет-фактуре при реализации таких товаров с отражением ИКПУ, например:

- мясо говядины (ИКПУ - 00201001001000000);
- мясо баранины (ИКПУ - 00204001001000000);
- мясо курятины (ИКПУ - 00207001001000000);
- картофель (ИКПУ - 00701001001000000);
- замороженная рыба (ИКПУ - 00303001999000000).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#10tiraj
#yutuqli_oyinlar

🎁Yutuqli chek o‘yinlarining 10-tirajini bugun 18:00 dan boshlab “O‘zbekiston” telekanalida quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin

▶️ https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston
___________
#призовые_игры

🎁 Смотрите 10-й тираж призовых чековых игр в прямом эфире сегодня в 18:00 на телеканале "O‘zbekiston" по ссылке

▶️https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#yutuqli_oyinlar #10tiraj

Yutuqli chek o‘yinlarining 2021-yildagi 10-tiraji natijalari: g‘oliblar ro‘yxati
____________________
#призовые_игры

Итоги 10-го тиража призовых чековых игр 2021 года: список победителей

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#yutuqli_oyinlar
#10tiraj

Navbatdagi Spark yakkabog‘lik isteʼmolchiga nasib etdi

🧾Yutuqli chek o‘yinlarining 2021-yildagi 10-tiraji 28-oktabr kuni sahro bag‘ridagi javohir – Navoiy shahrida o‘tkazildi.

💥🚘 Spark avtomashinasini 10 ming so‘mlik xarid cheki evaziga Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida istiqomat qiluvchi isteʼmolchi qo‘lga kiritdi.

📌
Hurmatli isteʼmolchilar, siz ham yutuqli o‘yinda ishtirok eting – Spark avtomobili va boshqa qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
______
#призовые_игры

Суперприз Spark – выиграл потребитель из Яккабага

Очередной 10-й тираж призовых чековых игр состоялся 28 октября в Навои.

💥🚘Автомобиль Spark выиграл житель Яккабагского района Кашкадарьинской области, совершив покупку стоимостью всего в 10 тысяч сумов.

📌Уважаемые потребители! Участвуйте в чековых играх – ценные призы и автомобиль Spark ждут Вас!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram