Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
94.2K subscribers
7.63K photos
1.79K videos
142 files
8.05K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#onatilimfaxrim

🔹 Mamlakatimizda ma’naviy qadriyatlar, xususan, tilimizga befarq munosabatda bo‘lmaslik, uning sofligini saqlash borasida jadal islohotlar amalga oshirilmoqda.

🔹 Bu jarayonda Davlat soliq qo‘mitasi ham faollik ko‘rsatib, davlat tili va ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Jumladan, O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan qo‘mitada o‘tkazilgan ma’naviyat soatlarida davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirishdagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

🔹 Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Bobur Bobomurod tilning inson hayotidagi o‘rni, tarixiy ahamiyati, respublika siyosiy hayotida va adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rni xususida mulohaza yuritdi.

🔹 Shuningdek, so‘z ustasi Botir Imomxo‘jayev o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdi. Til bayrami doirasida tashkil etilgan musiqiy chiqishlar ham qo‘mita xodimlariga manzur bo‘ldi.

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov

24-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni

Konstitutsiyaviy huquqingizdan foydalaning! O'zbekiston kelajagi uchun ovoz bering!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#выборы

24 октября - выборы Президента Республики Узбекистан

Воспользуйтесь своим конституционным правом! Отдайте голос за будущее Узбекистана!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#saylov

"Saylovlarda oilaviy ovoz berish Kudbiyevlar oilasining an'anasiga aylangan". SH.Kudbiyev

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Farg‘ona tumani Marg‘ilon mahallasidagi 1094-saylov uchastkasiga oila a'zolari bilan tashrif buyurib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2021-yil 25-oktabr
sentabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qismi).
________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим, 25 октября 2021 года крайний срок
за сентябрь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(часть 2 статьи 340 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mutaxassis_sharxi #QQS

🔴 “Mening holatimni tekshirish” interfeysida rahbar yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning shaxsi yagona milliy mehnat tizimi (“YAMMT” IDAK)da tasdiqlanmagan bo‘lsa ushbu korxona soliq xavfi yuqori soliq to‘lovchi sifatida tasniflanadi? Bu vaziyatda holatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun nima qilish kerak?

🔵 Ushbu mezon bo‘yicha baholash “YAMMT” tizimi va jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va ijtimoiy solig‘i hisoboti maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.

Bunda “soliq xavfining yuqori darajasi”ga tushib qolmaslik uchun:

🙎🏻‍♂️amaldagi rahbar va moliyaviy boshqaruv vazifalarini bajaruvchi shaxs to‘g‘risidagi maʼlumotlar YAMMT tizimiga kiritilishi lozim.
(xodim o‘zgarganda yoki boshqa biron sababga ko‘ra maʼlumotlar YAMMTga kiritilmaslik holatlari uchrab turadi);

📊rahbar va moliyaviy boshqaruv vazifalarini bajaruvchi shaxslarga hisoblangan ish haqidan tegishli soliqlar ushlab qolingan holda oylik to‘langan bo‘lishi kerak.

📁YAMMT tizimida shartnomani (qo‘shimcha shartnoma) ro‘yxatdan o‘tkazishda va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobotini topshirishda xodimlarning shaxsiy maʼlumotlarida xatolikka yo‘l qo‘ymaslik kerak. (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, JSHSHIR (jis.sh. STIRi), xodimning hisobot davridagi holati va boshqa maʼlumotlari bir-biriga to‘g‘ri kelishi va birlamchi hujjatlar maʼlumotlariga mosligi).

🔍Xavfni tahlil qilish tizimida holatni o‘zgartirish uchun quyidagilar zarur:

📑mehnat shartnomalarini, ularga qo‘shimcha shartnomalarni YAMMTdan ro‘yxatdan o‘tkazish, noto‘g‘ri ko‘rsatilgan maʼlumotlarga tuzatish kiritish orqali “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish.

📒 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitoblaridagi noaniqliklarni qayta hisobot topshirish orqali bartaraf etish.

♻️“Mening holatimni tekshirish” oynasida yangilash tugmasini bosish.

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
#комментарий_специалиста #НДС

🔴 В интерфейсе «Проверить мой статус» предприятие по критерию «Личность руководителя или лица, выполняющего функции финансового управления не подтверждена в системе МАПК «Единая национальная система труда» (ЕНСТ), отнесено к налогоплательщикам с высоким риском. Что нужно сделать, чтобы изменить оценку на положительную?

🔵Оценка по данному критерию производится на основании данных системы ЕНСТ и Расчета налога на доходы физических лиц и социального налога.

❗️Чтобы не получить оценку «высокий риск» нужно, чтобы:

🙎🏻‍♂️в системе ЕНСТ была внесена информация о действующем руководителе и лица, выполняющего функции финансового управления (бывает, что сотрудник сменился, а данные по тем или иным причинам не внесены в систему ЕНСТ);

📊руководителю и лицу, выполняющему функции финансового управления должна начисляться и выплачиваться заработная плата с удержанием налогов;

📁при регистрации договора (доп. соглашения) в системе ЕНСТ и сдаче расчета налога на доходы физических лиц и социального налога не допускались ошибки в персональных данных сотрудников (фамилия, имя, отчество, должность, ПИНФЛ (ИНН физлица), состояние работника в отчетном периоде и прочие данные совпадали друг с другом и соответствовали данным первичных документов).

🔍 Чтобы система риск-анализа изменила оценку необходимо:

📑устранить выявленные недочеты в системе ЕНСТ путем регистрации трудовых договоров, доп. соглашений к ним, расторжении или внесения корректировок в неверно указанные данные. Обратитесь за помощью в Дирекцию по обслуживанию МАПК «Единая национальная система труда»;

📒устранить неточности в Расчетах налога на доходы физических лиц и социального налога путем пересдачи.

♻️Нажать кнопку «Обновить» в окне «Проверить мой статус».

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2022-yil 1-yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz aksiz solig‘idan ozod qilinadi

Bu “Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilandi (PQ-5267-son, 25.10.2021).

Shuningdek mazkur qarorga muvofiq:

▫️2021-yil 1-oktabrdan yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz solig‘ining nol foizlik stavkasi belgilandi;

▫️2022-yil 1-yanvardan tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha bo‘lgan muddatga foizlar hisoblanmagan va uning to‘lanishini taʼminlash talab etilmagan holda, kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#новое_в_законодательстве

С 1 января 2022 года сжиженный газ, реализуемый предприятиями-производителями, освобождается от акцизного налога

Это предусмотрено постановлением Президента Республики Узбекистан «О мерах по стабильному обеспечению населения и отраслей экономики природным и сжиженным газом» (№ПП-5267, 25.10.2021).

Наряду с данным постановлением также предусматривается следующее:

▫️с 1 октября 2021 года реализация импортированного природного газа облагается акцизным налогом по ставке в размере 0%;

▫️с 1 января 2022 года предпринимателям при импорте в Узбекистан природного и сжиженного газа предоставляется право на отсрочку (рассрочку) уплаты НДС сроком до 120 дней без начисления процентов и требования обеспечения его уплаты.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari QQSdan ozod qilindi

📝O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi Qonunni (O‘RQ-725-son, 25.10.2021) imzoladi.

Hujjat bilan Soliq kodeksining 483-moddasi – “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari” quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirildi.

2021-yil 10-oktabrdan 31-dekabrgacha:

▫️go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlar, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
▫️ushbu mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish
qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

Ushbu Qonun rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
________________
#новое_в_законодательстве

От НДС освобождаются продовольственные товары

📝Принят Закон "О внесении дополнения в Налоговый кодекс Республики Узбекистан, направленного на гарантированное обеспечение населения основными видами продовольственных товаров" (ЗРУ№725 от 25.10.2021г.)

Документом статья 483 Налогового кодекса "Временные налоговые льготы" дополнена частью девятой следующего содержания.
✔️Освобождаются в период с 10 октября по 31 декабря 2021 года от налога на добавленную стоимость оборот по реализации
▫️ мяса (говядина, баранина, курятина), животных (скот и птица) в живом виде и продуктов их убоя,
▫️картофеля и замороженной рыбы,
а также их ввоз на территорию Республики Узбекистан.

Настоящий Закон вступает в силу со дня его официального опубликования.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_ijara #QQS

2022-yil 1-yanvardan shartnomalarni E-ijara dasturi orqali hisobga qo‘ymaslik soliq xavfining yuqori mezonlaridan biri sifatida baholanadi

⚙️Eslatib o‘tamiz, ayni paytda DSQ tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish interaktiv xizmati – ijara.soliq.uz saytida sinovdan o‘tkazilmoqda.

VM-595-son qarorga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini E-ijara dasturida hisobga qo‘ymaslik soliq xavfining yuqori mezonlaridan biri sifatida baholanadi. Bu QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatilishiga yoki QQS to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etilgan arizalarni rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

❗️Ma’lumot uchun, “Mening holatimni tekshirish” xizmati test jarayonidaligi sababli yuqoridagi holat yuzasidan QQS guvohnomasi bekor qilinmaydi yoki vaqtincha to‘xtatilmaydi.

Soliq to‘lovchilar ijara.soliq.uzda 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran tuzilgan shartnomalarni hisobga qo‘yishi mumkin.

Dastur sinov davomida takomillashtirilib boriladi, bunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan asosli takliflar inobatga olinadi.

👉🏻Mutaxassis sharxi
👉🏻Onlayn-seminar

Taklif va murojaatlar uchun ▶️ https://t.me/joinchat/S_GGvORsqm-UVTxO

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_ijara #НДС

Отсутствие регистрации договоров в сервисе E-ijara с 1 января 2022 года будет признаваться одним из критериев высокого уровня налогового риска

⚙️ Напоминаем, что в настоящее время интерактивный сервис регистрации договоров аренды недвижимого имущества в налоговых органах ijara.soliq.uzтестируется Государственным налоговым комитетом.

Отсутствие регистрации договоров в сервисе E-ijara с 1 января 2022 года в соответствии с ПКМ №595 будет признаваться одним из критериев высокого уровня налогового риска и может привести к временному приостановлению действия Свидетельства о регистрации налогоплательщика НДС либо может быть причиной для отклонения заявления о постановке на учет в качестве налогоплательщика НДС.

❗️Вследствие того, что окно «Проверить мой статус» находится в тестовом режиме в вышеуказанных случаях свидетельство о регистрации налогоплательщика НДС не подлежит аннулированию или временному приостановлению.

Сервис ijara.soliq.uz позволяет регистрировать договора, заключенные с 1 января 2020 года.

В ходе тестирования сервис совершенствуется и дорабатывается с учетом обоснованных замечаний и предложений.

👉🏻Комментарий специалиста
👉🏻Onlayn-seminar

Для обратной связи ▶️ https://t.me/joinchat/S_GGvORsqm-UVTxO

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#yutuqli_oyinlar
#10tiraj

Yutuqli chek o‘yinlarining navbatdagi g‘oliblari Navoiyda aniqlanadi!

Yutuqli chek o‘yinlarinng navbatdagi 10-tiraji 28-oktabr kuni Navoiy shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘yinni soat 18:00da "O‘zbekiston" telekanalida jonli efirda tomosha qiling.

Diqqat ❗️10-tiraj uchun cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish 27-oktabr kuni ( 23:59:59da) yakunlanadi.

28-oktabr 00:00dan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar 11-tirajda ishtirok etadi.

Shoshiling! Chekning QR-kodini Soliq, Payme yoki Click mobil ilovalaridan birida skaner qiling yoki 12 xonali fiskal belgisini (FB/FP) 1077 raqamiga SMS tarzida yuboring.

🎁 25 ta qimmatbaho sovrin, shu jumladan, super yutuq – 🚘 Chevrolet Spark avtomobili yutib olish imkoniyatiga ega boling.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram