Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95K subscribers
7.68K photos
1.82K videos
144 files
8.14K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#1_oktabr

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Davlat soliq qo‘mitasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda DSQ rahbariyati va xodimlar, taniqli estrada xonandalari, so‘z ustalari hamda elimiz suygan shoir va ijodkorlar ishtirok etdi.

Uzoq yillardan buyon ishlab, bilim va tajribalarini yoshlarga ulashish asnosida sohaning sir-asrorlaridan xabardor etib kelayotgan xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

San’atkorlarning kuy va qo‘shiqlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

- sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi (31.08.2021-yil, PQ-5239-son);

- eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) QQS summasi soliq to‘lovchining O‘zbekistondagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qatʼi nazar hisobga olinadi.
Ushbu tartib oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida taʼminlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan – intizomli soliq to‘lovchilarga tatbiq etiladi.
Bunda tovarlar “eksport” bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan eʼtiboran 180 kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining O‘zbekiston tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga kelib tushmagan taqdirda, QQSning hisobga olingan summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi (PQ-5231-son, 24.08.2021-yil);

- qatʼiy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati bekor qilinadi (PF-6314. 15.09.2021-yil);

- alohida tayyor import isteʼmol tovarlarining bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy o‘tgach sotuvga qo‘yilishi hamda chakana savdoda realizatsiya qilinishiga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi (PF-6314. 15.09.2021-yil);

- DSQning issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish korxonalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari sarflanishini nazorat qilish funksiyasi bekor qilinadi (PF-6314. 15.09.2021-yil);

- alkogol va tamaki mahsulotlariga soliq stavkalari o‘zgaradi (Soliq kodeksining 289-moddasi 1,2- qismalari).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#9tiraj
#yutuqli_oyinlar

🎁Yutuqli chek o‘yinlarining 2021-yildagi IX tirajini bugun 18:20 dan boshlab “O‘zbekiston” telekanalida quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin

▶️ https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston
___________
#призовые_игры

🎁 Смотрите IX тираж чековых призовых игр 2021 года в прямом эфире сегодня в 18:20 на телеканале "O‘zbekiston" по ссылке

▶️https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal pinned «#qonunchilikdagi_yangiliklar - sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi (31.08.2021-yil, PQ-5239-son); - eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar)…»
#yutuqli_oyinlar #9tiraj

Yutuqli chek o‘yinlarining 2021-yildagi IX tiraji natijalari: g‘oliblar ro‘yxati
____________________
#призовые_игры

Итоги IX тиража призовых чековых игр 2021 года: список победителей

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Ҳурматли ўқитувчи ва мураббийлар!

Аввало, Сизларни, Сиз орқали ўзининг илми, салоҳияти ва куч-ғайратини ёш авлодга таълим-тарбия беришдек шарафли ва масъулиятли ишга бағишлаб келаётган барча фидойи инсонларни бугунги улуғ байрам — Ўқитувчи ва мураббийлар куни билан самимий табриклаб, энг эзгу тилакларимни изҳор этаман.

Кўз нури, қалб қўри ва бутун борлиғини ёш авлод тарбиясига бахш этадиган ўқитувчи-мураббийлар меҳнати, жасорати ҳар қандай юксак эътирофга муносиб. Зеро, ким бўлсак ҳам, қайси соҳада ишласак ҳам, бугун биз эришган, эришаётган ютуқлар ҳамда муваффақиятлар устозларимиз берган таълим-тарбия самараси эканини ҳаммамиз яхши англаймиз.

Бугун ҳаётимизнинг ижтимоий-иқтисодий, сиёсий жабҳалари шиддат билан ўзгармоқда. Мана шу жараёнда юзага чиқаётган бир-биридан мураккаб ва муҳим масалаларни ҳал қилишнинг бирдан-бир ечими айнан ёшларнинг таълим-тарбияси, дунёқарашини замонавий билимлар, шунингдек, маънавият ва маърифат асосида шакллантиришга бевосита боғлиқ.

Президентимиз ташаббуси билан мамлакатимизда барча соҳаларда амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар туфайли Ўзбекистон тараққиётнинг янги босқичига кўтарилди ва бу жараёнда билимли, ҳалол ҳамда олийжаноб устозлардан таълим олган малакали кадрларнинг ҳам муносиб ҳиссаси бор.

Дарҳақиқат, шогирдларига пухта билим бериш билан бирга улар онгу шуурига эзгу хислатлар, меҳр-оқибат, одамийлик туйғуларини сингдиришда ҳам фидойи устозларнинг ўрни беқиёс. Турли йўналишларда ўз иқтидорини, билимини намоён этиб, юқори натижаларга эришаётган ўғил-қизларимизнинг муваффақиятида, шубҳасиз, устозларнинг заҳматли меҳнати ва хизмати катта.

Жумладан, давлат солиқ хизмати органларининг билимли, тажрибали, қолаверса, фидойи устозлардан сабоқ олган малакали кадрлари соҳа ривожига ўз ҳиссасини қўшиб келмоқда. Шу маънода, дунё миқёсида барча соҳада ривожланиш, такомиллашув ва янгиланишга интилиш кескин ортаётган бир пайтда ҳар томонлама етук, салоҳиятли ходимларни камол топтириш, уларнинг касбий маҳоратини оширишда устозларнинг ўрни ва хизмати беқиёс эканини яна бир бор таъкидлаш жоиз.

Қадрли устозлар!

Фурсатдан фойдаланиб, барчангизни умумхалқ байрами билан яна бир бор табриклайман.

Сизларга мустаҳкам сиҳат-саломатлик, хонадонингизга тинчлик-хотиржамлик, фаолиятингизда улкан муваффақиятлар тилайман.

Шарафли касбингиз туфайли ҳамиша халқимиз ва шогирдларингиз ардоғида юринг!

Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси Раиси Шерзод Кудбиев
Уважаемые учителя и наставники!

Прежде всего, сердечно поздравляю Вас и всех, кто благодаря Вам вкладывает свои знания, потенциал и энергию в благородный и ответственный труд – воспитание подрастающего поколения, – с этим великим праздником – Днем учителя и наставника, и выражаю Вам самые искренние пожелания.

Труд и отвага учителей и воспитателей, отдающих воспитанию молодого поколения теплоту сердца и души, заслуживают самого высокого признания. Ведь мы прекрасно осознаем, что, кем бы мы ни были и в каких сферах бы ни работали, все наши сегодняшние достижения и успехи – это результат обучения, предоставленного нашими учителями.

Сегодня стремительно меняются социально-экономические и политические аспекты нашей жизни. В этом процессе возникают сложные и важные вопросы, решение которых связано в первую очередь, с воспитанием молодежи, формированием ее широкого мировоззрения, основанного на современных знаниях и навыках, духовности и просвещения.

Благодаря масштабным реформам, реализуемым по инициативе нашего Президента во всех сферах страны, Узбекистан вступил в новый этап развития. И в этом процессе отражен достойный вклад квалифицированных сотрудников, обученных компетентными, порядочными и благородными наставниками.

Неоценима роль бескорыстных учителей, которые наравне с обучением воспитывают в своих учениках добродетель, доброту, сострадание и человечность. Несомненно, упорный труд и служение делу наставников способствуют успеху наших мальчиков и девочек, достигающих высоких результатов и демонстрирующих талант и разносторонние знания.

В частности, компетентные и опытные сотрудники органов государственной налоговой службы, обученные преданными своему делу учителями, вносят значимый вклад в развитие сферы. В мировом масштабе сегодня во всех сферах и отраслях резко усиливается стремление к обновлению и совершенствованию, важно подчеркнуть роль учителей в профессиональном становлении и росте сотрудников, обладающих высоким потенциалом.

Дорогие наставники!

Пользуясь случаем, хочу искренне поздравить всех Вас с народным праздником.

Желаю крепкого здоровья, мира и благополучия Вашим домам, высоких успехов.

В теплом свете Вашей благородной профессии оставайтесь всегда в почете нашего народа и своих коллег!

Председатель Государственного налогового комитета Республики Узбекистан Шерзод Кудбиев
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YaTT

1-oktabrdan qat‘iy belgilangan miqdordagi soliq to‘laydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq hisobotini topshirish majburiyati bekor qilindi

Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar Toshkent shahridan tashqari Respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida ijtimoiy soliq to'laydi.

🧮Natijada keyingi yilda 220 mingdan ortiq YaTTlar ixtiyorida
230 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qoladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-son Qonuniga asosan:

❇️So‘x tumani, Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi, shuningdek Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa-2 ko‘chasida faoliyat ko‘rsatayotgan soliq to‘lovchilar quyidagi miqdordagi maxsus soliq stavkalarini qo‘llash belgilandi:

🔸yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq bo‘yicha 1 %;

🔸yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun har chorakda qat’iy belgilangan soliq uchun 25 ming so‘m, ijtimoiy soliq bo‘yicha BHMning kamida bir baravari miqdorida;

📌Shuningdek yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qo‘llagan holda to‘lanishi belgilandi. (2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladiSoliq kodeksi 71/1-bob)

❇️ Quyidagilar mol-mulk va yer solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan, YaTTlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahri va tumani uchun “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;

Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari – 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi foyda solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50 % stavkada to‘laydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan va og‘ir sharoitlardagi 45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari – 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Tadbirkorlik subyektlarining mazkur toifasi foyda solig‘idan ham ozod qilinadi. 2021-yil 15-sentabrdan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi – Soliq kodeksi 483 modda 6-band).

📧Bu haqda soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti orqali xabarnomalar ham yuboriladi.

❗️Soliq qonunchiligi normalarini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar yuzaga kelganda, DSQ Call-markazining 71 202-32-82 yoki 1198 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Davlat soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #onlayn_NKM

“Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra (PQ-5252 04.10.2021 y.)

🗓2022-yil 1-yanvardan:

🔹 chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirgan xaridi uchun berilgan chekning fiskal belgisini Soliq mobil ilovasida matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytariladi.

▫️Avtomobil, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun, shuningdek, to‘lov tizimi operatorlari orqali to‘lovni amalga oshirganda olingan xarid cheklari bundan mustasno;

🔹 sotib oluvchiga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo‘llanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi to‘g‘risida Soliq hamkor dasturi orqali soliq organlariga xabar bergan jismoniy shaxslarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi;

🔹 to‘lov tizimlari operatorlari o‘z to‘lov tizimlarini onlayn-NKMga majburiy ravishda ulash va shu orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiyalashni taʼminlash talabi o‘rnatiladi;

🔹 tovar (xizmat)lar yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan onlayn-NKM va virtual kassa cheklarini taqdim etish taqiqlanadi;

🔹 raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) majburiy foydalanish talabi o‘rnatiladi.
▫️Bunda 2023-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga onlayn NKM hamda maxsus skaner qurilmalarining har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud YATTlarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini kamaytirish huquqi beriladi.

🇷🇺Rus tilida👉 Постановление Президента Республики Узбекистан, от 04.10.2021 г. № ПП-5252

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar diqqatiga!

2021-yil 1-oktabrdan aylanmadan olinadigan soliq hisobot shaklini to‘ldirish tartibiga o‘zgarish kiritildi

Jumladan, hisobot shaklining 1-ilovasida (jami daromadlar) hisobot davrida amalga oshirilgan faoliyat turlari bo‘yicha EHF bojxona deklaratsiyalari hamda onlayn-NKM maʼlumotlariga asosan avtomat shakllanadi.

Bunda, jami daromad summasini yig‘ishda xarajatlarni qoplash (gaz, elektr energiya va boshqalar) bo‘yicha hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tgan davrda yozilgan EHFlar, bojxona deklaratsiyalari, onlayn-NKM maʼlumotlari hisobga olinmaydi.

Vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan soliq to‘lovchilar tomonidan belgilangan shakldagi EHFlarni to‘ldirilishi lozim.

Aks holda mazkur faoliyat bo‘yicha olingan jami daromad soliq solinadigan baza sifatida hisob-kitobning 010-satri 3-ustinida avtomat shakllandi (VM 489-son 2-ilova 18-band. 14.08.2020).

Bundan tashqari, hisobot shaklining 2-ilovasining 0205-satrni brokerlik tashkilotlaridan tashqari soliq to‘lovchilar tomonidan, 0206-satrni vositachilik faoliyati hamda importi mavjud bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan to‘ldirilganda hisobotni yuborish cheklash bo‘yicha mantiqiy cheklovlar o‘rnatildi.

Ushbu o‘zgarishlar yuzasidan DSQ mutaxassislari tomonidan o‘zbek va rus tilida yo‘riqnoma tayyorlandi.

Yo‘riqnoma 🇺🇿 https://soliq.uz/storage/files/September2021/e4e480827c17f7fc017c314082670008.pdf

Инструкция 🇷🇺 https://soliq.uz/storage/files/October2021/e4e480827c17f7fc017c5ec2ba89031a.pdf

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram