Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
94.1K subscribers
7.61K photos
1.78K videos
141 files
8.02K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#hayat

Hayʼat majlisi: I yarim yillik yakuni va III chorakdagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi

Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida, kengaytirilgan Hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda 2024-yil I yarim yillik yakuni tanqidiy ravishda sarhisob qilinib, III chorakda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Majlisda markaziy apparat hamda hududiy soliq boshqarmalari va inspeksiya boshliqlari, mahallalar, shuningdek korxonalarga biriktirilgan xodimlar (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etdi.

Yigʻilishda joriy yilning I yarim yilligida budjetga 85,8 trln soʻm miqdorida soliq tushumlari taʼminlanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 %ga, hududlarda 24,4 %ga, tumanlarda 37 %ga oʻsganligi qayd eildi.
Mol-mulk soligʻi tushumlari 37,6 %, yer soligʻi 31,2 %, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 21%, AOS 19 % va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 18 %ga oʻsdi.

Hududlarda foyda soligʻi tushumi 32,3 % va QQS 20,6 %ga oʻsdi. Pensiya jamgʻarmasiga 23,1 trln soʻm tushirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 trln soʻmga (16%) oshdi.

Eʼtirof etish kerakki, erishilgan natijalarda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay", “korxonabay” ishlash institutlari muhim rol oʻynamoqda.

“DSB maʼmurchiligi” (korxonabay)
2024-yil mart-iyun oylarida maʼmurchilik boʻyicha 552,5 mingta vazifalar bajarildi, Barqarorlik reytingi "BB"dan yuqori boʻlganlar soni 15,5 mingtaga (71 %) oshdi hamda 2,1 trln soʻm qoʻshimcha manba yaratildi.

Shu bilan birga, ayrim hududlar va sohalarda iyun oyi yakunlariga koʻra, “DSB maʼmurchiligi” dasturi asosida “korxonabay” ishlash tizimi samaradorlik koʻrsatkichi past boʻlganligi tanqid ostiga olindi. Masalan, Jizzaxda 54,8 ball, Qashqadaryoda 57,1 ball, Navoiyda 58,2 ball, Andijonda 58,7 ball va Sirdaryoda 59 balni tashkil etdi.

“Mahallalarda soliq organlari faoliyati” tizimi (mahallabay)

Joriy yil iyun oyida respublikaning samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 88,7 balni tashkil etib, 90 balldan oshgan inspeksiyalar soni 100 ta (48%)ga, xodimlar soni 1 617 nafar (37%)ga yetdi.

Shundan soʻng, xizmat vazifasini bajarish va soliq maʼmurchiligini taʼminlashda jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlar faoliyati jiddiy tanqid qilinib, tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.

Jumladan, berilgan ogohlantirishlar, profilaktik suhbatlar, koʻrilgan intizomiy choralardan xulosa chiqarmasdan xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hamda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona viloyati soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar masʼullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pogʻonaga pasaytirildi.

Yigʻilishda hududiy soliq organlari va markaziy apparat rahbar hamda masʼulllarning hisobotlari eshitilib, III chorakda soliq tushumlarini kamida 20 foizga oshirish, qoʻshimcha manbalarni jalb etish, soliq toʻlovchilarga koʻmaklashish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliqsiz tushumlarni taʼminlash boʻyicha tegishli organlar bilan hamkorlik samaradorligini yanada oshirish, korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik va sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish yoʻnalishlarida aniq muddatli vazifalar belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Mahalla obodligi bilan shug‘ullanuvchi servis kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi

“Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. PQ-234 25.06.2024

Mazkur qaror bilan eksperiment tariqasida mahallalarda mahalla obodligi bilan shug‘ullanuvchi “Mahalla servis kompaniyasi” (Servis kompaniyasi) faoliyatini tashkil etish belgilandi.

Servis kompaniyalari mahallani obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarish, mahalla aholisiga boshqa turdagi ijtimoiy ahamiyatdagi pulli xizmatlarni ko‘rsatish doirasida foyda, mol-mulk va yer soliqlari hamda ijtimoiy soliq to‘lovlaridan, shuningdek, Servis kompaniyasi ishchi xodimlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

Mazkur imtiyozlar Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng qo‘llaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Davlat va din munosabatlarida dunyoviylik tamoyillari

Joriy yilning 5-iyul kuni Soliq qoʻmitasida navbatdagi kasbiy-oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Unda markaziy apparat va Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.

Oʻquv mashgʻulotida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita masʻul xodimi Jahongir Meliqoʻziyev “Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlarida dunyoviylik tamoyillari” mavzusida maʻruza qildi.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida” Qonun mazmun-mohiyatini, xususan, Oʻzbekistonda din davlatdan ajratilganligi, diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati oʻzaro aralashmaslik asosida amalga oshirilishining qonuniy asoslarini tushuntirib berdi.

Shuningdek, bugungi kunda jahon sahnida roʻy berayotgan diniy va siyosiy voqealar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar berdi.

Xodimlarni nafaqat oʻzlari, balki oila aʼzolarini ham norasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan diniy materiallar taʼsiridan saqlanishga chaqirdi. Bunday materiallar orqali jamiyat ongiga salbiy taʼsir qiluvchi buzgʻunchi gʻoyalarni targʻib qilishga urinishlar kuzatilayotganini ta'kidladi.

Yurtimizda hukmron boʻlgan tinchlikni qadriga yetish va uni saqlash har bir davlat xizmatchisining, har bir fuqaroning muhim vazifasi ekanligi taʼkidlandi.

Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads