Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
94.2K subscribers
7.63K photos
1.79K videos
142 files
8.05K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#hamkorlik

Soliq maʼmuriyatchiligi: Raqamlashtirish davrida soliq qonunchiligiga rioya qilish darajasini oshirish – bugun va kelajak


Samarqand shahrida Soliq maʼmuriyatchiligi: “Raqamlashtirish davrida soliq qonunchiligiga rioya qilish darajasini oshirish – bugun va kelajak” mintaqaviy seminari boshlandi.

Mazkur o‘quv-seminar joriy yil 30-maygacha davom etadi.

Tashkilotchilar – Soliq qoʻmitasi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (XVJ) Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston mintaqalarida salohiyatni oshirish markazi (CCAMTAC) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi.

Mazkur oʻquv-seminarida Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkmaniston, Tojikiston va Moʻgʻuliston soliq idoralaridan, shuningdek, PricewaterhouseCoopers va KPMG katta toʻrtlik yirik auditorlik kompaniyalaridan kelgan 40 nafarga yaqin mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Amaliy tadbirlar doirasida mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tajribasi va istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
_____
#сотрудничество

Налоговое администрирование: Повышение уровня соблюдения налогового законодательства в цифровую эпоху


В Самарканде стартовал международный учебный семинар “Налоговое администрирование: Повышение уровня соблюдения налогового законодательства в цифровую эпоху - сейчас и в будущем”.

Данный учебный семинар проводится 28 - 30 мая этого года.

Организаторы – Налоговый комитет, Региональный центр развития профессионального сотрудничества Кавказа, Центральной Азии и Монголии (The Caucasus, Central Asia and Mongolia Regional Capacity Development Center – CCAMTAC) и представительство ПРООН в Узбекистане.

В семинаре участвуют около 40 представителей налоговых ведомств Азербайджана, Армении, Грузии, Казахстана, Кыргызской Республики, Монголии, Таджикистана, Туркменистана, а также МВФ, ПРООН и крупнейших аудиторских компаний «Большой четверки» (KPMG, PricewaterhouseCoopers).

В рамках практических мероприятий запланированы сессии по изучению опыта, перспективам регионального экономического развития.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik

Mintaqaviy o‘quv-seminarining ochilish marosimida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzaev, Xalqaro valyuta jamg‘armasining budjet daromarlarini boshqarish bo'yicha maslahatchi Gregori Topping, Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun soliqlar" loyihasining milliy koordinatori Jafar Fazilov ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar so‘nggi besh yilda mahalliy soliq ma’muriyatchiligida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
________
#сотрудничество

В церемонии открытия международного учебного семинара принимают участие первый заместитель председателя Налогового комитета Мубин Мирзаев, советник по управлению бюджетными доходами Международного валютного фонда Грегори Топпинг, национальный координатор проекта «Налоги для ЦУР» Жафар Фазылов.

Докладчиками представлена информация о локальных реформах налогового администрирования за последние пять лет и достигнутых результатах.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik
#raqamlashtirish

Mintaqaviy o‘quv seminarining “Mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish (Markaziy Osiyo, Kavkaz va Mo‘guliston) va o'sish, shuningdek, raqamli iqtisodiyot istiqbollari" mavzusidagi birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Muhokamada XVJning Oʻzbekistondagi doimiy vakili K.Gvenetadze, Oʻzbekiston Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari M.Mirzayev, Qozog'iston Davlat daromadlari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Anuar Suleymenov ishtirok etmoqda.

Ekspertlar geosiyosiy oʻzgarishlarning soliq tizimlari barqarorligini taʼminlashga taʼsiri, samarali soliq va budjet siyosati choralari, jumladan, mintaqa mamlakatlari iqtisodiy oʻsishini jadallashtirish uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.

Bugungi kunning dolzarb mavzusi bo‘lgan mintaqaviy iqtisodiyot strukturasini qayta ko‘rib chiqish va raqamli iqtisodiyot rivojlanishini rag'batlantirishga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan soliq organlari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.
_______
#сотрудничество
#цифровизация

Проводится первая сессия международного учебного семинара на тему "Развитие экономики региона (Центральная Азия, Кавказ и Монголия) и приоритетные отрасли роста, включая цифровую экономику".

Участниками обсуждения выступают представитель МВФ в Узбекистане К.Гвенетадзе, первый заместитель председателя Налогового комитета Узбекистана М.Мирзаев, заместитель председателя Комитета 
государственных доходов (КГД) Казахстана А.Сулейменов.

Экспертами рассмотрены вопросы воздействия геополитического развития в обеспечении стабильности налоговых систем, эффективные меры налогово-бюджетной политики, в том числе поддержка уязвимых слоев населения для ускорения экономического роста стран региона.

Затронута актуальная на сегодняшний день тема реструктуризации региональных экономик и стимулирования темпов развития цифровой экономики региона.

С презентациями о результатах проделанной работы по цифровизации налоговых органов выступили эксперты Налогового комитета

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik
#barqaror_rivojlanish_maqsadlari

“Daromadlarni jalb qilish va rivojlantirish dasturi – oʻrta muddatli daromad strategiyalari va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda soliqqa tortishning roli” mavzusidagi sessiyada xalqaro ekspertlar mintaqaning soliq ma’murchiligi va soliqqa tortish sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda barqaror rivojlanish maqsadlarining dolzarbligini ta’kidladi.

BMTTD soliq mutaxassislari “Soliqlar va BRM” tashabbus dasturi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Ushbu diagnostika vositasi davlat soliq siyosatini barqaror rivojlanish maqsadlari prizmasidan tahlil qilish, xususan, salomatlik va sog‘iqni saqlash, soliq va daromadlarning yig'iluvchanligini oshirishda ichki manba resurslarini safarbar qilish imkonini beradi.

Shuning bilan seminarning birinchi kuni yakunlandi, ertaga o‘z ishini davom ettiradi.
_______
#сотрудничество
#цели_устойчивого_развития

В рамках сессии "Мобилизация доходов и программа развития – роль налогообложения в достижении среднесрочных стратегий по доходам и целей устойчивого развития" международные эксперты обозначили актуальность целей устойчивого развития в реализации мер в сфере налогового администрирования и налогообложения региона (Центральная Азия, Кавказ и Монголия).

Специалистами ПРООН по налогообложению презентована инициативная программа «Налоги и ЦУР». Данный диагностический инструмент позволяет осуществлять анализ государственной налоговой политики через призму целей устойчивого развития, в частности, - здоровья и здравоохранения, мобилизации ресурсов внутренних источников для повышения возможностей по сбору налогов и доходов.

На этом первый день семинара завершен. Семинар продолжит свою работу завтра.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#barqarorlik_reytingi

Soliq imtiyozlari va preferensiyalar yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqib beriladi


Prezident qarori bilan soliq imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalarni yuridik shaxslarning reyting darajasidan kelib chiqib taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Bunda imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

🟩Yuqori toifa
▫️“AAA” – 100 %
▫️“AA” – 90 %
▫️“A” – 80 %

🟦O‘rta toifa
▫️“BBB” – 70 %
▫️“BB” – 60 %
▫️“B” – 50 %
.

Muhim! Mazkur yangi tartib, bugungi kungacha amalda boʻlgan imtiyozlarga taʼsir qilmaydi. Yaʼni tadbirkorlik subyektlariga bugungi kungacha berilgan va foydalanayotgan mavjud imtiyozlarga tatbiq etilmaydi.

Ma'lumot uchun. Bugungi kunda AAA toifadagi tadbirkorlik subyektlari soni oy boshiga nisbatan 304 taga koʻpayib 479 tani, AA toifadagilar soni 494 taga oshib 1 449 tani, A toifadagilar soni 718 taga oshib 2 206 tani tashkil etmoqda.

BBB toifadagilar soni esa oy boshiga nisbatan 2 990 taga oshib 11 504 taga, BB toifadagilar soni 4 544 taga oshib 26 219 taga,
B toifadagilar 6 576 taga oshib 46 834 taga yetdi.

Shuningdek bir oy ichida eng quyi D toifasidagi 73 507 ta tadbirkorlik subyektlarining reyting koʻrsatkichlari yaxshilanib C toifasiga chiqishiga erishildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads