Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.3K subscribers
7.39K photos
1.69K videos
136 files
7.77K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
Bayram munosabati bilan barcha bozorlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari elga xizmat qilyapti.
#2024_yil

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!


Qadrli vatandoshlar, Siz azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni Yangi 2024-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan 2023-yilda davlat soliq xizmati organlarining mahalla darajasiga tushib ishlash tizimi joriy etildi. Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish borasida yangi qadamlar tashlandi.

9 443 ta mahallaga 4 427 nafar soliq organlari xodimlari biriktirilib, ularning ish samaradorligini baholash uchun “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi ishlab chiqildi.

Mazkur yangi tizimning ishga tushishi natijasida yer va mol-mulk soliqlaridan prognozga nisbatan qo‘shimcha 2 trln so‘m tushirildi. Jismoniy shaxslarning mol-mul va yer soliqlaridan tushumlar o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravarga oshdi.

Yashirin ish o‘rinlari legallashtirilganligi hisobiga daromad solig‘i to‘lovchilar 263,2 ming nafarga ko‘payib, 5,3 mln nafarga yetganligi
hamda ish haqini oshirilishi JShODS bo‘yicha qo‘shimcha 1,9 trln so‘m tushirish imkoniyatini berdi. O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar 2,6 mln nafarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan qariyb 1 mln nafarga oshdi.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida, xalqimiz turmush farovonligini oshirishda davlat soliq xizmati organlarining ham munosib hissasi borligi men va tizimda faoliyat olib borayotgan ahil jamoamizga ulkan faxr bag‘ishlaydi. Shu bilan birga bu katta masʼuliyat ekanligini barchamiz his etmoqdamiz.

Davlat soliq xizmati organlarining sadoqatli va mehnatkash jamoasi yangi yilda ham jonajon Vatanimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimizni rozi qilish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.

Qalblarimiz pok niyatlarga to‘lib turgan ushbu quvonchli kunlarda xalqimizni yangi – 2024-yil bilan yana bir bor muborakbod etaman!

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxt-saodat tilayman.
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin. Yangi yil barchangizga muborak bo‘lsin!

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
SOLIQ_TAQVIMI_YANVAR_2024.pdf
178.7 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil yanvar oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на январь 2024 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi


👉Foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlari toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori 10 mlrd soʻm etib belgilandi.

👉Kameral soliq tekshiruvida soliq toʻlovchining hududiga kirish, hududini koʻzdan kechirish, hujjatlarni talab qilish va uni chaqirtirish, hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish taqiqlandi.

👉
Yuridik shaxslar va YTTlarga kameral soliq tekshiruvi natijasida qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni 6 oy mobaynida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berildi.

👉Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartirildi.

👉YTTlar uchun qatʼiy belgilangan JShODS stavkalari o‘zgardi.

👉 Daromadi 100 mln so‘mdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar soliq toʻlaydi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda to‘laydi.

👉QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar (2024-yil 1-apreldan) bekor qilindi
____________
#новое_в_законодательстве

В Налоговый кодекс внесены изменения и дополнения


👉Предельный размер дохода предпринимателей, которые должны уплачивать ежемесячно авансовые платежи по налогу на прибыль, установлен в размере 10 млрд сумов.

👉При проведении камеральной налоговой проверки запрещается доступ на территорию налогоплательщика, осмотр помещений, истребование и выемка документов.

👉Юрлица и индивидуальные предприниматели вправе уплачивать в рассрочку налоги, доначисленные по результатам камеральной налоговой проверки.

👉Срок исковой давности по налоговому обязательству сокращен с 5 до 3 лет.

👉Изменились ставки НДФЛ в фиксированных размерах для индивидуальных предпринимателей.

👉Доходы самозанятых свыше 100 млн сумов будут облагаться налогом. Социальный налог уплачивается самозанятыми добровольно.

👉Отменены некоторые льготы по НДС (с 1 апреля 2024 года).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tax_free

Yana 4 ta aeroportda tax free ofislari ochildi


✈️2023-yil 1-yanvardan boshlab chet el fuqarolari O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni sotib olganda ular tomonidan to‘langan QQS summalarini qaytarish bo‘yicha “tax free” tizimi joriy etilgan.

📍Ayni paytgacha Toshkent, Buxoro, Urganch, Samarqand, Farg'ona xalqaro aeroportlarida xizmat ko‘rsatish punktlari faoliyat olib borayotgan edi.

Bugun yana 4 ta – Nukus, Qarshi, Termiz hamda Navoiy xalqaro aeroportlarida tax free ofislarining tantanali ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Tax free ofislari mavjud xalqaro aeroportlar soni 9 taga yetdi.

🔸
“Tax free” qaysi mahsulotlarga tatbiq etiladi?
🔸Qancha miqdorda xaridni amalga oshirish lozim?
🔸Chet el fuqarolari "tax free"dan qanday foydalanishi mumkin?
🔸To‘langan soliq summalari qachon qaytariladi?


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#JShODS

Kapital bozorini rivojlantirishni rag'batlantirish choralari


Avvalroq Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani xabar qilingan edi.

Soliq kodeksining 378-moddasiga soliq solinmaydigan daromadlarning quyidagi turlari kiritildi:

🔹 aksiyalar ommaviy joylashtirilganda korxonalar xodimlarining oʻz oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlaridan oshmaydigan ushbu korxonalar xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasi doirasida aksiyalarni sotib olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlari;

🔹 soliq toʻlovchilar ish haqining va boshqa daromadlarining mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan qismi, quyidagi shartlarda:
▫️soliq davri davomida jami MHETKMning 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda;
▫️toʻlovlar oʻsib bormaydigan tartibda toʻlanganda va bir yoʻla toʻlanadigan toʻlovlarni shartnomaning amal qilish muddati boshlangan kundan eʼtiboran 12 oy ichida qaytarib olmaslik sharti bilan. Ushbu shartlar buzilgan yoxud shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan va pul mablagʻlari toʻliq yoki qisman qaytarilgan taqdirda, qaytariladigan mablagʻlarga toʻlov manbaida soliq solinishi lozim.
___________
#новое_в_законодательстве
#НДФЛ

Меры стимулирования для развития рынка капитала

Ранее сообщалось, что в Налоговый кодекс внесены изменения и дополнения.

В статью 378 включены следующие виды доходов, которые не облагаются налогом:

🔹при публичном размещении акций средства работников предприятий, не превышающие их месячной заработной платы и приравненных к ней выплат, направленные на приобретение акций в рамках плана владения акциями работников этих предприятий;

🔹часть заработной платы и другие доходы налогоплательщиков, направляемые на индивидуальный инвестиционный счет для приобретения ценных бумаг, эмитированных на местном фондовом рынке, при следующих условиях:
▫️в совокупности в размере до 100 МРОТ в течение налогового периода;
▫️при уплате платежей в невозрастающем порядке и с условием невозврата единовременных платежей в течение 12 месяцев со дня начала срока действия договора. В случае нарушения этих условий или досрочного расторжения договора и полного или частичного возврата денежных средств возвращаемые средства подлежат налогообложению у источника выплаты.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads