Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.5K subscribers
7.35K photos
1.68K videos
135 files
7.72K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#soliq_nizolari

Soliq organi qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari


Shikoyat berish tartibi:

▫️Soliq qo‘mitasiga soliq organi qarorlari* ustidan shikoyat qaror chiqargan hududiy soliq organi orqali beriladi;

▫️bunda hududiy soliq organi arizani kelib tushgan kundan e’tiboran 3 kun ichida Soliq qo‘mitasiga yuborishi shart;

▫️Soliq organlarining qarorlari ustidan shikoyat shaxs o‘z huquqlari buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran 1 oy ichida berilishi mumkin.

Muddat uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha Soliq qo‘mitasi tomonidan tiklanishi mumkin.
👉 Soliq kodeksi 232-modda

Koʻrib chiqish muddatlari:

▪️Shikoyatlarni koʻrib chiqish muddati – 1 oy;

▪️Koʻrib chiqish natijasi yuzasidan soliq organi qarorini shikoyat beruvchiga yetkazish muddati – 3 kun.

Shikoyat koʻrmasdan qoldirilgan holatlarda shikoyat beruvchiga 3 kun ichida yozma shaklda xabar beriladi.
👉 Soliq kodeksi 234- va 235-moddalar

*Sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror.

📜 Soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

Soliq tizimining mahalla darajasiga tushirilgani joylarda o‘z samarasini bermoqda

📍Buxoro viloyati Jondor tumanidagi “Darveshi” mahallasiga biriktirilgan soliq organi xodimi ham hududda tadbirkorlik subyektlarining muammolarini mahallaning o‘zida hal etib, mavjud imkoniyatlarni ishga solgan holda tadbirkorlar safining kengayishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
🟥🟥🟥
📣 HURMATLI FERMERLAR VA KLASTER VAKILLARI!

Ko‘plab tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojatlarga asosan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Sizga quyidagilarni ma’lum qiladi:

❗️ Ma’lumki, hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari tomonidan terib olingan paxtalar klasterlarga yuklab jo‘natilgan.

Soliq kodeksining 22-moddasida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni berishi soliq to‘lovchilaring majburiyati ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Soliq kodeksining 223-moddasida yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi va soliqlarni hisoblash (QQS 12%, foyda solig‘i 15%) amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof qilinadi:

🔵 fermer xo‘jaliklari uchun – hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
🔵 klasterlar uchun – rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish.

‼️ Yuqoridagilardan kelib chiqib O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ushbu holatning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishingizni so‘raydi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogi

18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun


Soliq qoʻmitasida Vatanimiz bayrogʻi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan maʻnaviy-maʻrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda “Maʻrifat” targʻibotchilar jamiyati aʻzosi, falsafa fanlari doktori, professor, Xalqaro toifadagi Notiqlik boʻyicha murabbiy Jamila Shermuhammedova “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” mavzusida maʻruza qildi.

Ta'kidlanganidek, bayroq nafaqat davlat ramzi, balki o‘tmish, bugun va ertamizning yorqin ifodasidir. Ruhiyatimiz, g‘urur, sha'n va iftixorimiz, kelajakka komil ishonch va milliy-madaniy an'analarimizni ifodalovchi muqaddas timsoldir u.

Oʻzbekistonning har bir farzandi xalq birdamligi uchun shu bayroq ostida sadoqat ila yurtga xizmat qilishni hayotining mazmuni deb bilishi lozim.

Zero “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ish haqi, pensiya va nafaqalar 7 foizga oshiriladi

2023-yil yil 1-dekabrdan:

▫️budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7%;
▫️bazaviy hisoblash miqdori 3 % oshiriladi.

Shunga koʻra:
▫️mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHTEKM) – oyiga 1 050 000 soʻm;
▫️bazaviy hisoblash miqdori ( BHM)340 ming soʻm etib belgilanadi.
👉 PF–196-son, 17.11.2023 y

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-noyabr

oktabr oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1 va 2 qismlar);

- agar oktabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5 qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4 qismlar);

noyabr oyi uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 ноября 2023 года последний день

за октябрь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в октябре были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

за ноябрь:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Onlayn-NKTdan foydalanmaslik va chek bermaslik jarima solishga
sabab bo‘ladi

Soliq xizmati organlari tomonidan bozor va savdo komplekslaridagi tadbirkorlar o‘rtasida savdo qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, sotuvchilar mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi, chek bermaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuntirilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20-noyabr - oktabr oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41
_______________
#НДС

❗️20 ноября - последний день представления отчетности по НДС за октябрь

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Код пакета отчетности по НДС: 10006_41

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#QQS #chek_tahrirlash

🗓 Bugun, 20-noyabrQQS toʻlovchilar uchun oktabr oyida onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni tuzatishning oxirgi kuni.

QQS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni QQS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.
👉 VMQ-943-son 1-ilova 31(1)-band 23.11.2019 y.
___________

#НДС #корректировка_чека

🗓 Сегодня, 20 ноября последний день для исправления плательщиками НДС технических ошибок при оформлении чеков продажи онлайн-ККТ за октябрь.

Плательщики НДС могут исправить технические ошибки, допущенные при оформлении чека продажи онлайн-ККТ, до окончания срока представления налоговой отчетности по НДС .
👉п. 31(1) Прил.№1 к ПКМ №943 от 23.11.2019 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar uchun soliq imtiyozlari beriladi

2028-yil 1-yanvarga qadar:
▫️budjet tashkilotlari,
▫️davlat korxonalari,
▫️ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib oladigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanmasi, shuningdek ularning importi QQSdan ozod qilinadi.
(tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablagʻlar bundan mustasno)

👉 PF-195 16.11.2023

📌Farmonda nazarda tutilgan imtiyoz Soliq kodeksiga kiritilgandan soʻng qoʻllanilishi mumkin.

👉 Soliq kodeksi 2- va 75- moddalar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#новое_в_законодательстве

Проектам с участием международных финансовых институтов будут предоставлены налоговые льготы

До 1 января 2028 года освобождается от НДС оборот по реализации товаров (услуг), приобретаемых:
▫️бюджетными организациями,
▫️государственными предприятиями,
▫️юридическими лицами, в уставном фонде (уставном капитале) которых доля государства составляет 50% и более,
в рамках проектов, реализуемых полностью или частично за счет государственного внешнего долга, привлеченного и привлекаемого из международных финансовых институтов и зарубежных правительственных финансовых организаций для развития социальной сферы и инфраструктуры, а также их импорт.
Исключение составляют средства, рефинансируемые или перекредитуемые через коммерческие банки.


👉№ УП-195 от 16.11.2023 г.

📌Льготу, предусмотренную Указом, можно будет применить после включения ее в Налоговый кодекс.

👉ст.2 и ст.75 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads