Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
94.1K subscribers
7.6K photos
1.77K videos
141 files
8.01K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#декларация

Порядок подачи декларации нерезидентами

Доходы
физических лиц — нерезидентов РУз подлежат налогообложению с учетом международных договоров РУз.
👉ст.400 НК

В каких случаях физлица-нерезиденты имеют право на возврат налога?

🔹если у нерезидента, имеющего право на применение соответствующего международного договора, с доходов, полученных от источников в Узбекистане, был удержан и уплачен налог;
👉ст.401 НК

🔹если он в течение налогового периода получил статус резидента РУз, то он имеет право на пересчет и возврат суммы налога, уплаченной в данном периоде в статусе нерезидента.
👉
ст.391 НК

Как осуществляется возврат налога?

Налогоплательщик должен подать декларацию о совокупном годовом доходе в налоговый орган по месту учета.
👉Как подать декларацию в электронной форме?

❗️Крайний срок подачи декларации - 1 апреля.

Если иностранное лицо - резидент покидает Узбекистан...

Если в течение календарного года иностранное физическое лицо — резидент РУз прекращает деятельность, доходы от которой подлежат налогообложению, и выезжает из республики, то декларация о доходах, фактически полученных за период его пребывания в Узбекистане в текущем налоговом периоде, должна быть представлена за 1 месяц до выезда.
👉ст.397 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 31-mart kuni “Jismoniy shaxslar jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasida bo'lib o'tadi.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 31 марта на тему «Порядок представления декларации о совокупном годовом доходе».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Yandex.Go kompaniyasi bilan tranzaksiyalarni fiskallashtirish masalalari muhokama qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi rahbariyati bilan Yandex.Go kompaniyasi boshqaruv tarkibi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri - yo‘lovchi tashish va oziq-ovqat yetkazib berish bozorida shaffoflikni oshirish va tartibga solishni takomillashtirish bo‘ldi.

Muhokama chog‘ida avval xabar qilinganidek, kompaniya onlayn xizmatlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalash masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida amalga oshirilayotgan tranzaksiyalarni fiskallashtirish va Yandex.Go xizmatlari foydalanuvchilariga fiskal cheklarni avtomatik tarzda taqdim etish bo‘yicha hamkorlikda ishlash rejalari belgilab olindi.
___________
#встреча

С компанией Yandex.Go обсудили вопросы фискализации транзакций

Состоялась встреча руководства Налогового комитета при Министерстве экономики и финансов РУз с руководящим составом компании Yandex.Go.

Одна из актуальных тем на повестке дня - повышение прозрачности и совершенствование регулирования рынка пассажирских перевозок и доставки еды.

В ходе дискуссии рассмотрены вопросы интеграции онлайн-сервисов компании с информационными системами налоговых органов, о чем сообщалось ранее.

По итогам встречи намечены планы совместной работы по фискализации осуществляемых транзакций и автоматическому предоставлению фискальных чеков пользователям услуг Yandex.Go.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Joriy yilning dastlabki ikki oyi uchun:

👉kichik biznes subyektlari 1,8 trln soʻmdan ortiq soliq toʻlagan

👉o‘rta tadbirkorlik subyektlari 2,7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan
_______
#цифровизация #налоговые_поступления

За первые два месяца этого года:

👉субъекты малого предпринимательства уплатили свыше 1,8 трлн сумов налогов

👉субъекты среднего спредпринимательства уплатили более 2,7 трлн сумов налогов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Jismoniy shaxslar jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/hXWJKceidAw?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался
онлайн семинар-тренинг на тему «Порядок представления декларации о совокупном годовом доходе».

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/hXWJKceidAw?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

Deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni 3-aprelga ko‘chiriladi

Soliq to‘lovchilar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani 1-apreldan kechiktirmay taqdim etadi.
👉Soliq kodeksi 397-modda

Agar soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatning so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda

🗓 Shunga muvofiq, 1-aprel ishlanmaydigan kun bo‘lganligi sababli jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni 3-aprelga ko‘chiriladi.

👉Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma
__________
#календарь_налогоплательщика

Последний день подачи декларации переносится на 3 апреля

Налогоплательщики представляют декларацию о совокупном годовом доходе не позднее 1 апреля.
👉ст.397 НК

Если последний день срока, установленного налоговым законодательством, приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉ст.5 НК

🗓 В связи с тем, что 1 апреля - нерабочий день, крайний срок подачи декларации о совокупном годовом доходе переносится на 3 апреля.

👉Видеоинструкция по подаче налоговой декларации

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
SOLIQ_TAQVIMI_APREL_2023.pdf
184.7 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil aprel oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на апрель 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar SMS orqali toʻlaydigan yer va mol-mulk soliqlari haqida to‘liq ma'lumot olishi mumkin

15-aprelga qadar jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng yarmini toʻlashi belgilangan.

📩Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda ularning uyali telefonlariga toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni SMS koʻrinishida yuborish yoʻlga qoʻyildi.

📃SMS ostidagi "Batafsil" yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz saytining "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlardan foydalanish toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda yer va mol-mulk solig‘i haqida yuborilgan xabarnomaning havolasiga bosilganda foydalanuvchi bank kartasidan pul yechib olinishi to‘g‘risida asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Aslida Soliq qo‘mitasi soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 6079 raqamidan hisoblangan va to‘lanishi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni SMS koʻrinishida yubormoqda.

❗️Havola bosilganda soliq to‘lovchi bank kartasidan pul yechib olinmaydi.
"Batafsil" yozuvidagi havola orqali toʻlov xabarnomasi yuklanadi.

"To‘lash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma (Play market) ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin.
____________
#официальное_сообщение

В социальных сетях распространяются необоснованные сообщения о том, что при переходе по ссылкам SMS-уведомления о необходимости уплаты налогов на имущество и землю, отправленного с номера 6079, с банковской карты граждан снимаются денежные средства.

Налоговый комитет действительно рассылает на мобильные телефоны налогоплательщиков уведомления о необходимости уплаты налога на имущество и земельного налога в виде SMS с номера 6079.

❗️При переходе по ссылке с банковской карты налогоплательщика не списываются средства.

При нажатии по ссылке с текстом “Batafsil”(«Подробнее») будет загружено платёжное уведомление. При нажатии на "Toʻlash" («Оплатить») откроется платформа мобильного приложения Soliq, через которое и можно произвести оплату.

Если
на мобильном устройстве пользователя уже установлено данное приложение, то произвести платёж можно в разделе «Оплата налогов»; если же не установлено, то оно будет загружено через платформу приложений.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#deklaratsiya

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

3-aprel - jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni.

👉Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma
👉Norezidentlarning deklaratsiya taqdim etish tartibi
👉Onlayn-seminar: deklaratsiya qanday topshiriladi
__________
#декларация

Уважаемые налогоплательщики❗️

3 апреля - крайний срок подачи физическими лицами декларации о совокупном годовом доходе.

👉Видеоинструкция по подаче налоговой декларации
👉Порядок подачи декларации нерезидентами
👉Онлайн-семинар: как подавать декларацию

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKT #marketpleys
#chek_tahrirlash

Fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish imkoniyati beriladi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 3-apreldan 19-aprelga qadar (19-aprel kuni ham) 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoniyati beriladi.

Buning uchun soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” yoki "Marketpleys cheklarini tahrirlash" bo‘limiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID) va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.
👉Komitentlar my3.soliq.uz orqali vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashi mumkin

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:
▫️ MXIK;
▫️ mahsulot miqdori;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️chek summasi;
▫️ komitent STIRi;
▫️ to‘lov turi (naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

“Jo‘natish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.
Shundan so‘ng kiritilgan ma'lumotlar 24 soat ichida o‘zgaradi.

Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar avtomatik qabul qilinishini inobatga olib, noto‘g‘ri maʼlumotlarni kiritganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini eslatib o‘tamiz.

📌Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#онлайн_ККТ #маркетплейс
#корректировка_чека

Предоставлена возможность исправить ошибки в фискальных чеках

Принимая во внимание обращения налогоплательщиков и исходя из принципа “Солиқчи кўмакчи” (“Налоговик – помощник”) с 3 по 19 апреля включительно предоставлена возможность корректировки чеков онлайн-ККТ и маркетплейсов, ошибочно пробитых в период с 1 января 2022 года (1 января включительно).

Для этого войдите в персональный кабинет налогоплательщика на сайте my.soliq.uz. Выбрав раздел "Информация юридических лиц об онлайн-ККМ и виртуальных кассах", нажмите на функционал "Корректировка чека" (или "Корректировка чеков маркетплейса"). Путем ввода в поисковике ID фискального модуля и номера чека найдите подлежащий корректировке чек. В открывшемся окне скорректируйте информацию.
👉Комитенты могут корректировать чеки онлайн-ККТ и маркетплейсов, выдаваемые комиссионерами, через my3.soliq.uz

✔️В частности, при корректировке информации в чеке редактируются:
▫️ ИКПУ;
▫️ количество продукции;
▫️ единицы измерения;
▫️ сумма чека;
▫️ ИНН комитента;
▫️ способ оплаты (наличными или банковской картой).

📎 После внесения всех изменений следует прикрепить только один файл – официальное письмо субъекта предпринимательства с подробным разъяснением ситуации (на фирменном бланке и с печатью).

В завершение нажмите "Отправить".
После этого внесенные сведения изменятся в течение 24 часов.

С учетом того, что чеки, направленные на корректировку, принимаются автоматически, напоминаем, что за ввод недостоверной информации будут приняты меры в порядке, установленном законодательством.

📌В случае корректировки чеков субъекты предпринимательства должны пересдать соответствующую отчетность.

❗️Исключения составляют чеки, по которым осуществлен возврат в размере 1% от суммы покупки (кешбэк)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foyda_soligi

Foyda solig‘i hisobot shakllariga o‘zgarishlar kiritildi

Bu haqda Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan 👉 batafsil tushuntirish tayyorlandi.

Xususan, foyda solig‘i hisobot shakllariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilib, yangi paket kodlari biriktirildi:

Foyda solig‘i hisob-kitobi paket kodi – 1020540 ( avvalgi - 1020535).
Tovar (xizmat)lar tannarxni aniqlash, amortizatsiya ajratmalari va transfert narxni belgilash bo‘yicha yangi ilovalar qo‘shildi.
Bunda tovar (xizmat)lar tannarxni aniqlash va amortizatsiya ajratmalari bo‘yicha ilovalar yil yakuni bilan soliq hisoboti taqdim etilganda to‘ldiriladi. Mazkur ilovalar I-III choraklar uchun to‘ldirilmaydi;

Sug‘urta korxonalari uchun
paket kodi – 1020538 (avvalgi - 1020533).
Bunda
hisobotning 2-ilovasidan 040-120-satrlari chiqarib tashlandi;

Soliq agentlari tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobi paket kodi – 102029 (avvalgi - 102028).
Bunda
hisobotning 2-ilovasidan jismoniy shaxslarning STIR aks ettirish ustuni chiqarib tashlandi.

❗️Maʼlumot uchun, 2022 yil uchun qayta hisobot topshirganda avvalgi paket kodlaridan foydalaniladi.

Shuningdek, “Foyda solig‘i bo‘yicha soddalashtirilgan tartibini qo‘llovchi soliq to‘lovchilarning hisob-kitobi” hisobot shakli qo‘shildi. Paket kodi - 10205_39.

📌Foyda solig‘i to‘lovchilari shaxsiy kabinetidagi “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati yordamida soliq organlarini xabardor qilish orqali mavjud imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM