𝐒𝐎𝐋𝐈𝐇 𝐀𝐁𝐃𝐔𝐋𝐋𝐎𝐇
16 subscribers
199 photos
60 videos
20 files
325 links
Vaqt ko'rsatadi - umrim davomida nechta odamga yaxshilik qila olarkanman!🤝
🎯Maqsadim - Yer yuzidagi barcha insonlarga yaxshilik qilish!💪

Kanalga Xush Kelibsizlar ! ( KxK )
Download Telegram
#Biiiiir shaxsiy kutubxonamdagi hali o'qib ulgurmagan kitoblarni сортировка qilgandim , shuncha kitob mani kutvotganini korib , ko'zlarimga : " endi sizlarga dam yo'q 😵 " - deb ogohlantirib qo'ydim . Shuncha bilim mani kutsa-yu man mazza qilib uxlayotganim uchun ozgina o'zimdan XAFA bo'ldim ...

Maylida inglizlar etishganidek
~• better late than never ∆.

©️SOLIH ABDULLOH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qush parvozi balandligidan -
“с высоты птичьего полета”.

«Атрофингиздаги ҳамма нарсага эътиборли бўлинг. Атроф-янги тажрибалар ва янги ғоялар учун ажойиб манба». — Стив Жобс
Kema kapitanimisiz yoki yo'lovchi?

Biznesda muhim xususiyatlardan biri - boshqaruvchilik qobiliyati. Agar boylikni bir dengiz deb bilsangiz, unda muvaffaqqiyatli sayohat qilmoq uchun siz albatta kema kapitani bo'lishingiz kerak.Ammo, bu qo'lingizdan keladimi? Zarur o'rinda tadbirkorlik, qat'iyat va uddaburonlik ko'rsata olasizmi? Orqangizdan odamlarni ergashtirishni eplaysizmi? Quyida taklif etayotganimiz 15 savolga javob bering va ballarni hisoblab, ta'rifni o'qib ko'ring.

1. Hayotimda ro'y beradigan har bir hodisaga o'zim javobgarman.Ha - 10 ball
Yo'q - 0 ball
Bilmayman - 5 ball

2. Agar ba'zilar menga nisbatan munosabatini o'zgartirganda edi, hayotimda shuncha muammo bo'lmas edi.
Ha - 0 ball
Yo'q - 10 ball
Bilmayman - 5 ball

3. Muvaffaqqiyatsizliklarim haqida o'ylab o'tirishni emas, harakat qilishni yoqtiraman.
Ha - 10 ball
Yo'q - 0 ball
Bilmayman - 5 ball

4. Ba'zan "omadsiz yulduz" ostida tug'ilganday bo'laman.
Ha - 0 ball
Yo'q - 10 ball
Bilmayman - 5 ball

5. Ichkilikbozni ko'rganda, hammasiga o'zi aybdor deb o'ylayman.
Ha - 10 ball
Yo'q - 0 ball
Bilmayman - 5 ball

6. Ba'zan hozirgi ahvolimga boshqalar sababchi, deb o'ylayman.
Ha - 0 ball
Yo'q - 10 ball
Bilmayman - 5 ball

7. Agar shamollab qolsam, shifokorga yugurmasdan, o'zim davolanaman.
Ha - 10 ball
Yo'q - 0 ball
Bimayman - 5 ball

8. Ayollarning ko'pchilikka yoqmaydigan maydagap va injiqligiga ularning o'zi emas, atrofdagilar aybdor, deb bilaman.
Ha - 0 ball
Yo'q - 10 ball
Bilmayman - 5 ball

9. Har qanday muammoni hal qilish mumkin, har qanday hayotiy qiyinchilikka uchraganlarni tushunmayman.
Ha - 10 ball
Yo'q - 0 ball
Bilmayman - 5 ball

10. Menga bir zamonlar berilgan yordamdan hamon minnatdorligim uchun o'zim ham boshqalarga yordam berishni xush ko'raman.
Ha - 0 ball
Yo'q - 10 ball
Bilmayman - 5 abll

11. Biror zoddiyat tug'ilib qolgudek bo'lsa ayb izlashni o'zimdan boshlayman.
Ha - 10 ball
Yo'q - 0 ball
Bilmayman - 5 ball

12. Agar yo'limni qora mushuk kesib o'tsa, ko'chaning boshqa yuziga o'taman.
Ha - 0 ball
Yo'q - 10 ball
Bilmayman - 5 ball

13. Inson vaziyatdan qat'iy nazar, kuchli va mustaqil bo'lishi shart deb hisoblayman.
Ha - 10 ball
Yo'q - 0 ball
Bilmayman - 5 ball

14. O'zimning ayblarimni bilaman, ammo atrofdagilar bunga e'tibor bermasliklarini istayman.
Ha - 0 ball
Yo'q - 10 ball
Bilmayman - 5 ball

15. Yuz bergan vaziyatga, agar uni o'zgartirishga ko'zim yetmasa, moslashaman.
Ha - 0 ball
Yo'q - 10 ball
Bilmayman - 5 ball

49 ballgacha - Siz hayot kemasida yo'lovchisiz. Ro'y bergan hodisalarning hammasida boshqalarni aybdor qilasiz. Chin mustaqillik siz uchun yetib bo'lmas cho'qqi. Ammo, boshqalar bilan chiqishib keta olasiz.

50-90 ball - Siz kemani bemalol boshqara olasiz, ammo zarur paytda rulni ishonchli qo'llarga topshira olasiz. Shaxsiy muammolaringiz sabablarini xolis baholaysiz. Mulohaza, g'ayrat va sezgirlik sizning doimiy hamrohingiz. Qanday yo'l tutish lozimligini bilib, mas'uliyatni zimmangizga olishingiz mumkin. Qarashlaringizga xiyonat qilmagan holda, atrofdagilar bilan kengashib yashaysiz.

100-150 ball - Siz kema kapitanisiz. Atrofingizda sodir bo'lgan har bir hodisaga javobgarman, deb o'ylaysiz. Ko'p narsani o'zingizga olasiz. Qiyinchiliklarni hech kimga ovoza qilmay, boshqa muammolarga aralshtirmay yengasiz. Yo'lingizda payo bo'lgan masalanigina ko'rasiz va uning yechimigina sizni qiziqtiradi. Bu paytda ko'nglingizdan nimalar kechayotgani atrofdagilarga qorong'uligicha qoladi.

Do'stlarga ulashish 🔄

©️SOLIH ABDULLOH
𝐒𝐎𝐋𝐈𝐇 𝐀𝐁𝐃𝐔𝐋𝐋𝐎𝐇 pinned «Myiyo Voprosnik.ru Anketa.ru Vazhnoemnenie.ru Platnijopros.ru QComment.ru Otzovik.ru IRecommend.ru Tutux.ru DepositFiles.ru SocPublic Yandex Toloka KWORK.ru Taskbooster.me Socialboost.me Mnogoref.ru ©️SOLIH ABDULLOH»
Uzundan uzun orzu qilishni bas qiling!

Uzundan uzun orzu qilavermang, aksincha kichik maqsad qo'ysangiz ham uni tezroq bajarishga kirishing. Men kelajakda "Malibu" olaman, 4 qavatli uy quraman deb hayol qilib yurganingizdan ko'ra biror yerda ishlab pul topib ana shu maqsadingizga harakat qilganingiz afzal. Dunyoni ko'p orzu qilaverish ham oxiratni esdan chiqaradi.

"Mo'min kishi hech qachon dunyosini deb oxiratni, oxiratini deb dunyosini unutib qo'ymaydi".

©️SOLIH ABDULLOH
#tanqid
Darsni qiziqtirib o‘tish...

Bu termin, umrida dars o‘tmagan odamlarning o‘qituvchilarga tavsiya qiladigan dars metodi, faqat bizda bo‘lsa kerak...

Hozirda maktab o‘quvchisi, uning ota-onasi vaholanki umri bino bo‘lib dars o‘tib ko‘rmagan komissiyadan shu gapni ta’lim sifati yo‘qligi, o‘quvchi va uning oilasini ta’limga umuman qiziqmasligini yopti-yopti qilib aybni osongina o‘qituvchiga ag‘darish uchun ishlatayotganiga ko‘p guvoh bo‘layapmiz!
Xo‘sh, 35 ta bemaqsad, xatto ota-onasi ham ularning kelajagini tasavvur qila olmaydigan, o‘quv yili davomida yuzlab 2 olsayam, oylab kelmasayam sinfdan-sinfga bemalol o‘tib shu tufayli o‘qituvchilarni mensimay qo‘ygan boshbodoqlarga darsni qanday qiziqtirib o‘tish mumkin?

Misol uchun, oddiy arifmetikani bilmaydigan o‘quvchiga integral tenglamalarni qanday qiziqarli o‘tish mumkin?

To‘g‘ri ba’zi fanlarni misol uchun mehnat, adabiyot, tarix, fizika, kimyo, tabiatshunoslikni eplab biron bir laboratoriya amaliyoti qilib qiziqtirish mumkindir lekin boshqa asosiy fanlarnichi?

To‘xtang, o‘zi kim aytdi o‘qituvchi qiziqtirishga majbur deb? Yana qaysi sohada bu amaliyot bor? Nega o‘qituvchi kimnidir o‘qishni xohlamagan o‘quvchisi qiziqtirishga majbur? Qiziqqan, kelajagini o‘ylagan o‘qiyversin, o‘qigisi kelmagan o‘qimasin!
Keyin yana repititorlikka borib GO‘YOKI O‘Z-O‘ZIDAN fanga qiziqib ketgan abituriyentlarni o‘qituvchilarga pesh qilishga harakat qilashadi, anovini ko‘rdingmi repititorga borib zo‘r o‘qiyapti deb!

Ha endi zo‘rg‘a bitta yoki maksimum uchta fanni o‘qisa qolganlarga dam bersa, tekingamas yaxshigina pulga o‘qisa, yana dars qoldirsa yoki vazifa qilmasa o‘qituvchisi bemalol: qaytib kelma, seni o‘qitmayman, PULINGA KUYDING deya olsa kim ham o‘qimas edi?

Agar maktablarda rostdan 30 soat sababsiz kelmaganni, qoniqarsiz baho olganni har qanday fan o‘qituvchisi sinfda qoldira olganda edi... O‘quvchilar o‘qituvchilar bilan Tangem salomlashgandek ko‘rishib, eslikkina bo‘lib darsda 100% formada o‘tirishgan bo‘lar edi!

©️SOLIH ABDULLOH
Umar ibn Xattob shunday dedilar: "Do'stlikning sofligini saqlash uchun ko'rishganda ochiq chehra bilan do'stingizga birinchi salom bering, unga yoqadigan ismi bilan chaqiring va majlisda joy bering".
Forwarded from Ochilov's Blog (Poster)
​​Grammarly или отличный помошник в письме

Вам наверняка приходится писать мотивационное, рекомендационное письмо, разного рода сочинения, эссе. Если это так, то Grammarly это просто незаменимый инструмент для вас.

По сути, это сайт, куда вы выкладываете ваше письмо, сочинение, что угодно, и оно проводит проверку на грамматику, правописание, лексику и кучу других вещей. Благодаря многим смарт алгоритмам этой программы, вы можете улучшить свое письмо за короткое время, отточить вашу подачу и сделать весь текст более убедительным.

Кроме обычных исправлений, программа также предлагает продвинутую проверку за подписку. И для того, чтобы заманить вас на это, программа подсказывает какого типа и сколько исправлений ждут вас после оплаты.
Лайфхак: я обычно пробую вставлять или наоборот убирать соответсвующие детали текста и играю с теми продвинутыми подсказками до тех пор, пока их количество не сводится к минимуму. Так, я улучшаю текст на профессиональном уровне, а также не плачу за это ни сума.

Ни за что не проходите мимо этого ресурса, он вам сильно поможет в нужных ситуациях. Кроме него, также практично дать ваш текст почитать нескольким людям, более опытным, чтобы они смогли оценить убедительность вашего текста и дать свои комментарии. Так, вы сможете доработать ваш текст до совершенства.

@blogochilov
​SOLIH DO'ST

Hasan Basriy rahimahullohdan "Endi bizlar uchun na oqlovchilar va na biron qadrdon do'st bordir" (SHuaro: 100, 101) oyatlari haqida so'ralganda shunday dedilar:

"Bu qiyomat kuni bo'ladi. Jannat ahli jannatga, do'zax ahli do'zaxga kirib bo'lgandan keyin, jannat ahlidan bo'lgan bir kishi:

- "Ey Robbim, falonchi hamrohim qaerda, falonchi do'stim qaerda? Uni jannatda ko'rmayapman-ku!" deydi. SHunda unga:

- "U do'zaxda", deyiladi. SHunda haligi kishi:
- "Ey Robbim, yo Parvardigoro! Uning yonimda emasligi sabab jannat menga tatimayapti", deydi.

SHunda Alloh taolo uning do'stini do'zaxdan chiqarilishiga buyruq beradi. U do'zaxdan chiqib, jannatga kirarkan, do'zax ahli:

- "Uni kim shafoat qildi, uni kim chiqardi?! Uning solih amali bormi?!" deydilar.

- "Yo'q", deb javob beriladi.

- "Unda shahid otasi yoki shahid akasi shafoat qildimi? deydilar.

- "Yo'q", deyiladi.

- "Unda, payg'ambarlar va rasullar shafoat qilishdimi?" deydilar.

- "Yo'q, uni solih bir do'sti shafoat qildi", deyiladi.

SHunda do'zax ahli faryod qilishadi va "Endi bizlar uchun na oqlovchilar va na biron qadrdon do'st bordir. Bas qaniydi yana bir marta (yashashning iloji) bo'lsa-yu, bizlar ham mo'minlardan bo'lsak", deydilar. (SHuaro: 100-102).
Koshki dunyoga bir zumga bo'lsada qaytarilsagu, yaxshi insonlar bilan tanishsak, deydilar... Alloh bizlarni Jannatda jam buladigan dustlardan qilsin. Amiyn.
Jannat egalari jannatga kirganlarida dunyoda ezgu yo'lda birga yurgan do'stlarini ko'rmasalar izzat sohibi (buyuk Alloh)dan "Ey Robbimiz dunyoda biz bilan birga namoz o'qigan ro'za tutgan do'st birodarlarimiz bor edi, ularni ko'rmayapmiz" deb so'rashadi! Alloh taolo "do'zaxga boringlar yuragida zarra og'irligicha iymoni borlarni olib chiqinglar" deb marhamat qilar ekan! Hasan Basriy rohimahulloh "mo'min do'stlarni ko'paytiringlar, qiyomatda ular shafoat qiladilar" dedilar. Sizni jannatga yetaklagan do'st chin vafodordir..!!!

Ibn Al-javziy rohimahulloh" agar jannatda meni orangizda topmasangiz"
Ey Robbimiz falonchi bandang dunyoda bizga seni eslatardi denglar" dedilaru yig'ladilar... Alloh u kishini o'z rahmatiga olsin.
Men ham oralaringizda bo'lmasam meni surishtiringlar ehtimol bir martagina bo'lsa ham Allohni eslatgandirman!!!. Ey Alloh senga itoat qilishda ko'makdosh yaxshi do'stlar bergin.

©️SOLIH ABDULLOH
Forwarded from NIKOH SIRLARI 🎁

©️ SOLIH ABDULLOH

@NikohSirlari — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Telegram | YouTube | Muallif