Software engineering
24 subscribers
13 photos
9 videos
22 files
55 links
Download Telegram
Forwarded from Baxtiyor ABDUG'AFUR
"We have 30 books left behind the Muslim Andalusia, so that we could split the atom. If a half of the million burned books could survive, we would travel between galaxies in space”

Pierre Cuire, Nobel Prize winner

“Мусулмонлар Андалусиясидан 30 китобга эга бўлиб, атомни парчаладик. Агар куйдирилган миллион китобларнинг ярми қолганида коинотда галактикалар аро сайр қилиб юрган бўлардик.”

Пьер Кюри, физика бўйича Нобел мукофоти совриндори
Forwarded from Her Bios
I hate small talk.

I wanna talk about atoms, death, aliens, magic, intellect, the meaning of life, far away galaxies, the lies you've told, your flaws, your favorite scents, your childhood, what keeps you up at night, your insecurity and fears..

I like people with depth who speak with emotion from a twisted mind.

I don't want to know "what's up".

@yanafsu
Forwarded from Abduaziz π
🔌 Tushuntirish uchun ajoyib illustratsiya.

* I=V/R (Amp = Volt/Ohm).

@AbduazizPy
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Juniordan middlega, middledan seniorga o’sishning siri

Siz anchadan beri yaxshi ishlaysiz va harakat qilasiz lekin negadir o’z darajangizda qotib qolgandeksiz. Juniordan Middlega yoki Middledan Seniorga negadir chiqa olmayapsiz. Nima yetishmayotganini bilmayapsiz. Unda bu maqola siz uchun. Shu maqolada aytilgan narsani qilsangiz va rostdan ham yaxshi ishlab kelayotgan bo’lsangiz yil ohirigacha bir marta promotion olishingiz ehtimolligi ancha oshadi.

Bu sirni aytishimdan oldin bir narsani yaxshilab tushunib olaylik. Karyerangizda o’sish bu sizning masuliyatingiz. Menejeringizniki emas, jamoa leadining vazifasi emas. Sizniki. Agar siz o’zingiz mu masuliyatni his qilmasdan yuraversangiz, 2 yilda olishingiz kerak bo’lgan promotionni 5 yilda olasiz. “Menejerim ko’rib turibdiku yaxshi ishlayotganimni. Bir kun kelib menga promotion bersa kerak” deb yuraverish noto’g’ri. Kerak bo’lsa bazi bir kompaniyalar uchun siz middle sifatida kamroq oylik olib seniorning ishini ko’proq qilib yurishingiz afzalroq.

Demak promotion olishingiz uchun sizga 2ta narsa kerak:
- Yaxshi ishlashingiz kerak
- Qolganlar, ayniqsa menejeringiz siz yaxshi ishlayotganingizni bilishi kerak

Menejer o’zidan o’zi siz va qolganlar qanday ishlayotganini bilib qolmaydi. Siz unga o’zingiz aytishingiz kerak. Shunchaki aytibgina qolmay, yaxshilab aytishingiz kerak. Yaxshilab aytish uchun esa siz ohirgi 1 yil, 2 yil davomida qilgan ishlaringizdan o’zingiz ham bilishingiz kerak. “O’zim qilgan ishni albatta bilaman, qanday qilib bilmasligim mumkin?” deysizmi? Chunki 1, 2 yil bu uzoq vaqt va ko’p ma’lumotlar, detallar esingizdan chiqishi aniq. Esingizdan chiqdi degani qilgan ishingiz yo’q degani. U sizga promotion olishga yordam bera olmaydi. Chunki u haqida hech kim, hattoki o’zingiz ham bilmaysiz.

Ho’sh nima qilish kerak? Har hafta yoki kamida har oy ohirida shu vaqt oralig’ida nima qilganingizni yozib olish kerak. Muhim bir ishni mustaqil ravishda tez muddatda tugatdingizmi? Yozib qo’ying. Zo’r code review qildingiz va natijada katta bugni oldini oldingizmi? Yozib qo’ying. Kimdirga mentorlik qildingizmi? Yozib qo’ying. Hullas meni tushundingiz.

Yozganda ham barcha detallarini yozib qo’ying. Menga va boshqa ko’pchilikka yoqadigan format bu STAR metodi. Yani Situation, Task, Action, Result degani. Masalan:

Situation: Bizning dastur foydalanuvchilar ko’paygan paytda sekin ishlashni boshladi.
Task: Men nega bunday bo’layotganini tushunib, to’g’irlamoqchi bo’ldim.
Action: Loglarni va monitoringni tekshirdim. Bazibir malumotlar bazasiga borayotgan querylar soatlab qotib qolayotganini va natijada serverlar resursini yeb qo’yayotganini ko’rdim. Bu querylarni tezlashtirish ustida ancha ishladim va ularni optimallashtirdim.
Result: Natijada foydalnuvchilarimiz sonidan qatiy nazar dasturimiz oldingiday tez ishlashni boshladi. Bu esa foydalanuvchilariz tomonidan kelayotgan shikoyatlarni kamaytirdi va brandimiz obro’sini ko’tardi.

Har bir detalni yozing va isbotlarini ham qoldiring. Shu STAR formatida yozsangiz hikoyalaringiz ham chiroyli chiqadi. Keyin bunday ishlarni yetarllicha qilganingizdan so’ng menejeringizga bemalol borib mana men shu ishlarni qilganman deb aytishingiz mumkin. Sudda yutish uchun dalillar kerakku? Huddi shunaqa narsada bu ham.

Yaxshi ishlang, dalillarni yozib boring, promotion oling, ko’proq pul toping, oilangiz bilan ko’proq vaqt o’tkazing.

@jakhonrakhmonov
ACID tamoyili
Atomicity - hammasi bajariladi yoki hech biri.
Consistency - agar birorta tranzaksiya muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, hamma data tranzaksiya boshlanishidan oldingi holatga qaytariladi.
Isolation - Sessiyalar bir-biriga ta'sir o'tkazmaydi.
Durable - bir sessiyadagi data commit bo'lgani zahotiyoq, data doimiy va hamma sessiyalarda boshqa userlarga ko'rinarli bo'ladi.
1👍1
image_2023-09-28_14-53-40.png
26.7 KB
SET TRANSACTION READ ONLY;
Hozirgi tranzaksiyani read-only(ya'ni faqat o'qish uchun)ga o'rnatadi. Ushbu buyruqdan keyin keladigan keyingi so'rovlar keyingi commitgacha faqatgina tranzaksiya boshlanishidan oldingi commit bo'lgan o'zgarishlarni ko'ra oladi. READ ONLY dan foydalanish boshqa foydalanuvchilarga yoki tranzaksiyalarga ta'sir o'tkazmaydi.
Forwarded from Tafakkur chizgilari
"Jamiyatning asosiy madaniyati uning taqiqlagan narsalari va ularni qanday taqiqlashi bilan belgilanadi."

- Karl Truman, "Zamonaviy o'zlikning yuksalishi va g'alabasi"

@Tafakkur_chizgilari
Forwarded from Tafakkur chizgilari
"Dunyoni yomonlik qiladiganlar emas, balki qoʻl qovushtirib turib, hech narsa qilmaydiganlar vayron qiladi."

- Albert Eynshteyn

@Tafakkur_chizgilari
🪙16 yoshli bola uyda o‘tirib, onlayn 1000$ ishlab topganida, 40 yoshli erkak 300$ dollar evaziga zavodga ishga boradi.

Bu dunyoda adolat bormi?

Yo‘q. Biri o‘zgaruvchan dunyoga moslashib oldi, ikkinchisi eskirgan dunyoqarashida yashashni davom ettirdi. Haqiqat shundaki, dunyo uyda o‘tirib “oson” pul topganga ham, zavodda beli bukilib ishlaganga ham muhtoj.

Zavodda ishlaydigan odam jamiyatga ko‘proq foyda olib keladi deyishingiz mumkin, lekin uning oyligini men emas, mehnat bozori belgilaydi.

Shu uchun sizlar bilan kelishib olaylik. Dunyoda adolat yo‘q va biz buni qancha vaqtliroq tan olsak, shuncha yaxshi bo‘ladi.

@abdusattor
Forwarded from Tafakkur chizgilari
Islomni buyuk qiladigan Musulmonlar emas, balki Musulmonlarni buyuk qiladigan Islom, deymiz. Xoʻsh, bu aslida nima degani? islom ilm-fan uchun haqiqiy turtki boʻlib berganida, sahobalarning tevarak atrofdagi Xudoning yaratiqlariga munosabati shunchaki "buni qarang, "mashaalloh, goʻzal", deyish emas, balki "bu meni qiziqtiryapti. Men uni oʻrganishim kerak, ortidagi sabablarni anglashim, Alloh uni qay tarzda, qay sabablar ila yaratganini ongim ila anglab yetmogʻim kerak", deyish edi va shu tarzda Yer kurrasini oʻrganishga, tadqiqotlar qilishga chogʻlanishgan edi. Shu tarzda ular va ularning avlodlari yuqori aniqlikdagi teleskopik asboblar ixtiro qilib, Quyosh atrofini aylanib yurgan sayyoralar orbitasini, oʻrnini aniqlashgan. Masalan, ular Qur'ondagi "Hamma jonli narsa suvdan yaralgan" (21:30), degan oyatni oʻqishganida, shunchaki "mashaalloh" deyishmadi.

Ular: "Alloh shunday deganmi, demak men buni isbotlashim, bu haqiqatni oʻz koʻzim, aqlim bilan ilg'ashim lozim", deyishdi. Bu din "buyuklik uchun haqiqiy shitob" boʻlganida, musulmonlar buyuklik choʻqqisining yuqorisida edilar. Ammo islom shunchaki urfiy-an'anaviy, estetik dinga aylanganda, uning markazida tarki dunyo qilish, qalb va ma'naviyat islohi yuqori oʻrinlarni egallaganda, ayni shu damdan boshlab Din oʻzining avvalgidek kuch-qudratini yoʻqota boshladi va muvaffaqiyat garovi boʻlib xizmat qilishdan toʻxtadi. Ilgarigi (inqiroz vaqtidagi) musulmon podshohliklari holatiga qarasak, ularda musulmonlik bilan bogʻliq jiddiy qusur mavjud boʻlganini anglashimiz qiyin kechmaydi.

Hozirgi davrga nazar solaylik. Falastin masalasida ijtimoiy tarmoqlarda toʻxtovsiz va tinim bilmasdan faollik koʻrsatayotgan musulmonlarni koʻring. Oʻsha musulmonlar oʻzlariga aytishdi: "Mening qoʻlimda butun bir armiya yoʻq. Menda kuchli tashqi ishlar vaziri yoʻq. Mening yirik biznesim ham, pulim ham yoʻq. Lekin menda Sen ato etgan tan-jon, aql va ong mavjud. Men ana shundan foydalanib haqiqat uchun kurash olib borishga qaror qildim".

Mana, koʻrib turibmizki, hozirgacha ijtimoiy tarmoqlardagi aqlga sigʻmas faollik sabab dunyo boʻylab Falastin masalasida ommaviy fikr keskin darajada oʻzgarishga ulgurdi. Haqiqat tarafdorlari soni keskin darajada oshdi. Falastin borasida tvitlar, postlar yozayotgan, ulashayotgan har bir kimsa (holatidan qat'i nazar) mana shunday yirik ishga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Ular sabab jahonning turli burchaklarida yashovchi oʻsha damgacha Isroil tarafida boʻlib kelgan oddiy kishilar asl haqiqatdan voqif boʻlib, "men bu jinoyatchi millatni ortiq qoʻllab quvvatlamayman", deb chiqishmoqda.

Aynan ana oʻsha harakatdagi, oʻzining hissasini qoʻshmoqlikni chin dildan istovchi oddiy musulmonlarning hissasi, ta'siri sabab, BMT Umumiy Assambleyasi chaqirgan tinchlik uchun rezolyutsiya kongressida assambleya qatnashchilarining 193 a'zosi Isroilga qarshi ovoz berdi. Davlatlardan 120 tasi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi. Bu juda katta salmoq, oʻzgarish.

Islom faqatgina duodan, namozdan iborat din emasligini, uning markaziy apparati harakatdan, haqiqat uchun kurashishdan, intelektual kurashdan iborat ekani, kichikkina sa'y-harakat ham Alloh oldida katta ajrga sabab boʻlishi haqiqati anglab yetilsa, ana unda oʻzgarish uchun eshiklar bir qadar ochilar edi.

Maqsadga e'tibor qaratmang. Shunchaki haqiqat uchun oʻz hissangizni qoʻshishga intiling. Boykotning ortidagi ta'sir sizni qiziqtirmasin. Balki u bilan bogʻliq hozirgi jarayon diqqatingizni band etsin. Falastinni yoqlab bittagina post ulashishdan uyalmang.

Ideal musulmon jamiyati muammolardan xalos jamiyat emas, balki maqsadini toʻgʻri anglagan, haqiqat yoʻlida harakat qilishga birlashgan jamiyatdir. Siyosiy faollikni oshirish barcha uchun farzdir.

@Tafakkur_chizgilari
Йилнинг 365 кунида 12 марта ойлик олиш бу тақдир эмас...

Биз кўп ҳолларда фарзандларимизни майда орзулар билан тарбиялаймиз. Давлат ишида ишлаш, маълум бир қолипларга тушиш, оқимга қарши юрмаслик... Бу бизнинг асосий мақсадаларимиз. Натижада, фарзандларимиз бутун умр ишини йўқотиб қўйишдан қўрқиб, битта ҳожилнинг қовоқ-тумшуғига қараб яшашга мажбур бўлишади.

Лекин камдан-кам одамгина фарзандини келажакда катта бизнесмен бўлиб кетишига ишонтиришади.

Бир танишим формада хизмат қилади. Боласини институтга формаси ҳисобидан имтиёзли киритишни кўзлаб юрибди. Очиғи, ачиниб кетдим унга. Фарзанди келажакда ўз кучи билан дунёдаги энг кучли олийгоҳларда ўқишини ният қилишнинг ўрнига қандайдир майда имтиёзчаларни кўзлаб юрибди. Шу танишимнинг фарзанди ким бўлади, сизнингча? Нари борса, отаси каби майда мақсадли шахс бўлади.

Хуллас, мақсадларни катта қўйинг. Майда мақсадларга ҳеч қачонрози бўлманг. Сиз кўпроғига лойиқсиз! Сиз 365 кунда атиги 12 мартагина маош олиш учун яралмагансиз!!!

@adolat_kuychisi