Sofhaaty | صفحاتي
83 subscribers
131 photos
10 videos
3 files
35 links
İstanbul medrese öğrencisi 🇺🇿🇹🇷
Kısa dini hatırlatmalar
Her gün faydalı bilgiler 📚
Download Telegram
Baribir Oʻzimizni havo boshqacha.

Haa aytgancha bizda ham togʻ bor. Kecha birisi sizlarniki choʻl degan edi, koʻrib qoʻysinlar voha togʻlarini :)
😍2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
مع فضيلة الشيخ العلامة المحدث صفوان داودي حفظه الله

Siz ilm olish uchun boʻsh vaqt kelishini kutyapsiz.
-Qanday ham  achinarli kasod..
Kimlardir ilm olish uchun hayotini sarflayabdi.
-Qanday ham  goʻzal tijorat..


◉ Abdurahmon Nuriy | @Sofhaaty
😍21🔥1
Dunyoni hayosizlik balosidan nima qutqaradi...?

Hukumatlarmi?
Qarorlarmi?
Qonunlarmi?
Yoʻq!
Dunyoni hayosizlik balosidan erkak hayosi qutqaradi.
Ochiq kiyingan, namoyishkorona ishva qilayotgan Zulayhoga "harom" deya boqmagan Yusuflar qutqaradi...
Ertadan kechgacha yoʻlini poylagan goʻzal qizlarning yonidan yerga qarab, sassizgina oʻtib ketgan Musʼablar qutqaradi...
Ayollar qatnashgan izdihomlarda poyabsazilining uchidan boshqa yerga qaramagan Usmonlar qutqaradi...
Fahsh ildizlarini beomon qoʻporgan Umarlar qutqaradi...
Ammo, qani ular...?!
Oʻzining ahli ayolini nomus oʻrnida koʻrib, boshqaning ahli ayolini ov oʻrnida koʻradigan Abu Lahablar koʻpaydi bugun...


© "Ey qizim" kitobidan | @Sofhaaty
🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Allohga xolis tavba qilinglar!" (Tahrim, 8)


Istigʻfor — oddiy kalima emas, qalbni poklovchi quvvat. Til bilan aytiladi, ammo u ixlos, samimiyat va umid bilan birga boʻlsa taʼsiri butun hayotga yoyiladi. Gʻamni yengillashtiradi, rizqni kengaytiradi, qalbni tinchlantiradi.

Koʻp gap shart emas:
"Astagʻfirulloh" — yetarli.
Har kuni oz bo‘lsa ham, muhimi davomiylik...

© Abdurahmon Nuriy

#iltijo | @Sofhaaty
🔥5
Forwarded from Xushnudbek Xolmuhammad
⏺️To'satdan Toshkentda, Beruniy metro tomonda soat 9:00 da rejalanmagan yig'ilish qiladigan bo'lib qoldik. 5 ta o'gil bola, 5 ta qiz bolaga joy bor. Undan oshig'ini ololmaymiz.

⏺️Keyingi safar bemalolroq paytimiz ishlarni tartiblab kengroq joyda suhbat qilamiz. Kelaman deb izoh yozgan ilk 10 kishini olamiz. Kechikish umuman mumkin emas.

🟢Boshqalardan esa uzr so'raymiz!!!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xushnudbek Xolmuhammad
⏺️To'satdan Toshkentda, Beruniy metro tomonda soat 9:00 da rejalanmagan yig'ilish qiladigan bo'lib qoldik. 5 ta o'gil bola, 5 ta qiz bolaga joy bor. Undan oshig'ini ololmaymiz. ⏺️Keyingi safar bemalolroq paytimiz ishlarni tartiblab kengroq joyda suhbat qilamiz.…
Muhim ☝️📌

Assalamu ʼalaykum, hozirda Toshkentda boʻlganlar diqqatiga. Срочно borishni, va bunday "ochil dasturxon"dan foydalanib qolishni maslahat berardim.
Afsus Toshkentda hozir boʻlganimda , сразу borardim. Bu ustozni man Turkiyada ham ushlab qolib suhbat qila olmaganman. Gerçekten vallahi borsez afsuslanmaysiz.

Buni bilgan biladi deydiyu, Oʻzbekistondagi eng kotta ahli ilmlardan Movarounnahr manhajini saqlab qola olgan haqiqiy mumtoz klassik Arab tili grammatikasi qaymoğini mazasini totgan va boshqalarga ham bu mazani ulasha oladigan sanoqli salmoqli ilmga ega ustozlardan deb bilaman.

Man даже bir necha yarim yildan buyon kutardimda shu kishi bilan uchrashishni.

Manchi hech boʻlmasa yarim soat bu ustoz bilan suhbat qilsam yo, hech boʻlmasa suhbati davrasida boʻlsam degan insonlarimdan boʻladilar. Afsus İstanbulda nasib qilmadi.
🔥2
Sofhaaty | صفحاتي
Muhim ☝️📌 Assalamu ʼalaykum, hozirda Toshkentda boʻlganlar diqqatiga. Срочно borishni, va bunday "ochil dasturxon"dan foydalanib qolishni maslahat berardim. Afsus Toshkentda hozir boʻlganimda , сразу borardim. Bu ustozni man Turkiyada ham ushlab qolib suhbat…
A lekin oʻzlariz bilasizlar, qandaydir notoʻgʻri tushunmang, tavsiya berdim xolos.

Yoʻqsa kimdir oʻqishim, ishim bor devotgandir. Zotan oʻzizni oʻqishlariz ham ilm yoʻlidir, Ey Valloh bosh ustiga biror gapimiz yoʻq. Shunchaki man shaxsan bu ustozni juda istardimda. Va afsuski Toshkentda boʻlmaganim uchun, vasila oʻlaroq Yetkazib qoʻyay dedim, shoyad biror manfaat topsez deya.
🔥3
YIGITLIKDAGI TOAT


Toatu taqvo nechakim xushdurur,
Lek yigitlik chog‘i dilkash durur.


(Alisher Navoiy. "Hayrat ul-abror"dan)

Mazmuni:
Toat va taqvo naqadar yaxshi bo‘lsa, yigitlikda bu ishlar yanada dilkash – maqbul, yoqimli va chiroylidir.

Sharh:
Banda uchun Allohga toat va taqvo eng go‘zal amaldir, biroq bu amalni yigitlik, yoshlikdan boshlab mahkam ushlash yanada go‘zaldir. Chunki inson yigitlik chog‘ini g‘aflatda, kayfu safoda o‘tkazib, keksalikda ibodatga yuzlanishi tabiiy. Biroq navqiron yillarida ham Haqqa itoatni tutsa, bu eng maqbul ish va sevilgan holdir.
Akrom MALIK


#idrok | @Sofhaaty
2
“Aliydek bo‘lishmi yoki Fotimani sevish?”


Bu savolni bergan odam hali muhabbatni tushunmagan.
Aliy bo‘lmay turib, Fotimani orzu qilish — havoyi da’vo.
Fotimadek muhabbat esa — faqat Aliydek yurakka nasib.


 ◉ Abdurahmon Nuriy | @sofhaaty
🔥31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

Innal muslimiyna val muslimaati val mu’miniyna val mu’minaat...”

Alloh oyatni erkak bilan boshladi,
ayol bilan mukammal qildi.


Chunki, Islomda fazilat jins bilan emas,
taqvo bilan baholanadi. Kimning qalbi Allohga yaqin bo‘lsa, darajasi ham shunchalik yuksak bo‘ladi.

Va mana, barchamiz kutgan fursat ham kirib keldi — Juma kechasi!
Solihlar Jumani odatiy taqvim kunlaridan biri deb emas, balki, chinakamiga qalbni uyg‘otuvchi mavsum deb kutishgan.

Ular payshanba oqshomidanoq dunyo tashvishlarini kamaytirib, salovotni ziyoda qilishar, Qur’on bilan yaqinlashar, duolarni ko‘paytirishar edi.
Chunki ular bilishardiki: qalblar aynan Juma oqshomida yumshaydi, gunohlar aynan shu kecha kechiriladi, va duolar aynan shu vaqtda qaytarilmaydi.
Shunday ekan, bu tunni g‘aflat bilan emas, zikr bilan kutib olaylik.
Chunki mo'minlar uchun Juma — dam olish kuni emas, Allohga yanada yaqinlashish kunidir.

◉ Abdurahmon Nuriy | @Sofhaaty
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
JUMA MUBORAK!

Kunlarning Sayyidi boʻlmish Jumaning xayr-u barokati, sakinati sizlarga boʻlsin!

Rosulullohﷺ dedilar: “Kimki menga har Juma qirq marta salavot aytsa, Alloh uning barcha gunohlarini o‘chiradi”

اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ النَّبِيِّ الأُمِّيّ الحَبِيْبِ، العَالِي القَدْرِ، العَظِيْمِ الجَاهِ، وَعَلَى آَلَهِ وَصَحْبِهِ وَسَلِّمْ


Yaqinlaringizga ham ulashing!

◉ Abdurahmon Nuriy | @Sofhaaty
2
Uch mahal ovqatlanish — ehtiyojmi yoki odat?

Bugungi jamiyatda kuniga uch mahal ovqatlanish sog‘lom turmushning ajralmas qoidasi sifatida ko‘riladi. Ammo inson organizmi doimiy ovqat yeyish uchun yaratilmagan. Ajdodlarimiz asrlar davomida bir yoki ikki mahal ovqat bilan yashagan, tana esa ochlik va to‘qlik orasidagi tabiiy muvozanatga moslashgan.

Hozir esa organizm deyarli uzluksiz hazm qilish jarayonida: tez-tez tamaddi, shirinlik, sun’iy mahsulotlar va “har 3 soatda ovqatlaning” degan targ‘ibot insonni haqiqiy ochlikdan uzoqlashtirdi. Natijada tana dam olmaydi, insulin tez-tez ko‘tariladi, ortiqcha vazn yig‘iladi va odam ehtiyojni emas, odatni ochlik deb o‘ylay boshlaydi.

So‘nggi ilmiy tadqiqotlarda vaqtli ovqatlanish va kuniga 1–2 mahal sifatli ovqatlanish ayrim insonlarda energiya barqarorligi, vazn nazorati va metabolizm uchun foydali bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Albatta, har bir tana bir xil emas. Masala “uch mahal mutlaqo zarar” degan keskin hukmda emas. Masala — me’yor va nazoratda.

Asl muammo ovqat sonida emas, haddan oshishda. Zerikib yeyish, hissiyot bilan yeyish va organizmga kerak bo‘lmagan ortiqcha yuk — bugungi kasalliklarning yashirin sabablaridan biridir.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham me’yorli ovqatlanishni targ‘ib qilganlar. Chunki sog‘lomlik ko‘p yeyishda emas, nafs ustidan nazoratdadir

◉ Abdurahmon Nuriy | @Sofhaaty
👍21
Gift aniq beriladi ozim masulman
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hadaf! (Ustoz Husayn Buxoriy)


p.s:

Islom g‘arib bo‘lib qolgani uchun emas, musulmon Islomdan g‘ariblashgani uchun bugungi hol shu.

Ko‘p bilamiz, kam amal qilamiz. Ko‘p gapiramiz, ammo amalda kam "yashaymiz". Najot esa bahslarda emas, QAYTISHDA! Qaytaylik birodar, bizga muhlat kuch quvvat bergan Buyuk Mavloyimizga qaytaylik...

◉ Abdurahmon Nuriy



Instagram Tik Tok
Umma Life Substack


#fikrat #hadaf | @Sofhaaty
😢31
Islom zaiflashgani yo‘q!


Zaiflashgan — musulmonning Islom bilan bog‘liqligidir.
Qur’on o‘sha Qur’on. Haq o‘sha haq. Ammo qalblar dunyo shovqinida g‘aflatga yaqinlashdi. Turli xil bilimlar ko‘paydi, ammo hidoyatga chanqoqlik kamaydi. Masjidlar bor, lekin sajdada yig‘laydigan qalblar ozaydi.
Biz zamondan shikoyat qilamiz. Holbuki, zamonni buzuvchi yoki obod qiluvchi insoniyatning oʻziku!

Islomning bugungi holi haqida kuyinishdan avval, qalbimizdagi Islomdan hol soʻraylik...

◉ Abdurahmon Nuriy



Instagram Tik Tok
Umma Life Substack


#bugunimiz | @Sofhaaty
💯2