Bugun meni eng ko‘p hayratlantirgan manzara tarixiy obidalar ham, baland minoralar ham emas… oddiygina non navbati bo‘ldi.
Çarşamba mahallasida kichikgina nonvoyxona oldida uzun saf tortgan odamlarni ko‘rib, bir lahza to‘xtab qoldim. Bu yerda bankomat ham emas, davlat idorasi ham emas. Shunchaki non sotiladigan joy. Ammo navbat — e’tiborli, tartibli va sabr bilan kutayotgan insonlar bilan to‘la.
Shunda bir narsani angladim: bu yerda non shunchaki oziq-ovqat mahsuloti sifatida emas, balki — bu mehnatga bo‘lgan hurmat, uni qadrlash timsoli sifatida qaralsa ajab emas.
Bu Kasbning “kattasi-kichigi”yo‘qligini amalda ko‘rsatadigan hayotiy manzara.
Oddiy ko‘ringan nonvoyning mehnati shu qadar qadrlanadiki, odamlar bemalol navbat kutadi. Hech kim shoshmaydi, hech kim norozilik bildirmaydi. Chunki ular biladi — ichkarida o‘z ishining ustasi turibdi.
Ta'sufki soʻngi payt bizda ko‘pincha navbat deganda kishi xotirida asabiylik, majburiyat yoki muammo gavdalanadigan holga kelib qolindi. Bu yerda esa navbat — sifat belgisi.
Istanbul menga bugun yana bir dars berdi: jamiyatning taraqqiyoti baland binolar bilan emas, oddiy kasb egalariga bo‘lgan hurmat bilan o‘lchanadi.
Ba’zan eng katta taassurotlarni aynan shunday “kichik” holatlar ham bera oladi.
◉ Abdurahmon Nuriy
#tahlil | @Sofhaaty
🔥2👍1
Bugun — ming oydan afzal bo‘lgan ulug‘ kecha. Qur’on nozil bo‘lgan, duolar ijobat qilinadigan, qalblar poklanadigan muborak lahzalar. Bu kecha bizga yana bir imkoniyatdir birodar. Xatolarimiz uchun tavba qilish, qalbimizni tozalash va Robbimizga yanada yaqinlashish imkoniyati.
Alloh taolo bu muborak kechada qilayotgan ojiz ibodatlarimizni qabul qilsin, duolarimizni ijobat aylasin. Qalblarimizga xotirjamlik, uylarimizga baraka, ummatimizga birlik ato etsin.
Qadr kechasining nuri qalblarimizni yoritib, hayotimizni rahmat va barakaga to‘ldirsin.
Barchangizga Qadr kechasi muborak boʻlsin! Alloh barchamizni bu kechaning fazilatidan bahramand bo‘lgan bandalaridan qilsin آمين
◉ Abdurahmon Nuriy
#mabruk | @sofhaaty
🔥4👍1
Sofhaaty | صفحاتي
IMG_20260123_104151_318.jpg
IMG_20260321_181628.jpg
878.5 KB
Imomi Aʼzam Abu Hanifa rohimahullohning "Al-fiqhul Absat" kitobidan muallifgacha tutashgan sahih sanadli xos ijoza bilan sharaflandik, Allohning fazli ila. Alhamdulillah
🔥4👍1
Inson hayotida ilm — eng buyuk ne’matlardan biri. U faqat ma’lumot jamlash yoki kitob o‘qish bilan cheklanmaydi. Ilm — qalbni yorituvchi nur, insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi hidiyatdir. Shuning uchun ulamolar doimo ilm yo‘liga kirgan insonni, avvalo, niyatini to‘g‘ri qilishga chaqirganlar.
“Men ga qancha odam ergashyapti?” degan savol emas, “Men qayerga ketayapman?” degan savol muhimroq. Chunki inson ko‘pchilik e’tiboriga tushish uchun ilm o‘rgansa, u o‘z yo‘lini shubhasiz yo'qotadi. Zotan, Ilm — shon-shuhrat vositasi emas, u Allohning roziligini topish uchun beriladigan omonatdir.
Ta'sufki bugungi kunda onlayn olamning aksariyat qismi “qancha kuzatuvchim bor?”, “odamlar meni qanday qabul qilayapti?” degan o‘ylar bilan mashg‘ul. Ammo bu kabi fikrlar insonni asl maqsaddan chalg‘itadi. Chunki haqiqiy ilm — ixlos bilan bog‘liq. Ixlos bo‘lmasa, ilm baraka bermaydi, balki insonga qarshi dalilga aylanishi mumkin.
◉ Abdurahmon Nuriy | @Sofhaaty
👍2🔥2
Shu bilan birga, olim bo‘lish faqatgina ma’lumot to‘plash bilan amalga oshmaydi. Alloh bergan iste’dod — “mavhiba” ham muhim omillardan biri. Lekin iste’dodning o‘zi kifoya qilmaydi. Uni mehnat, sabr va doimiy harakat bilan rivojlantirish zarur. Tarixda ko‘plab insonlar katta iste’dodsiz ham, o‘zlarining qat’iyati va ixlosi bilan yuksak darajalarga erishganlar.
Ilmdan maqsad masalasi esa alohida e’tiborga loyiq. Ilmni faqat dunyo manfaati uchun o‘rganish — xatarli yo‘l. Ammo ilm orqali halol rizq topishning o‘zi ayb emas. Muammo niyatda: agar inson ilmni obro‘, mansab yoki boylik uchungina o‘rgansa, u o‘zini yo‘qotadi. Agar esa ilmni Alloh uchun o‘rganib, uni hayotida qo‘llasa va shu orqali halol rizq topsa — bu ham ibodatga aylanadi.
◉ Abdurahmon Nuriy | @Sofhaaty
👍4🔥1
Yana bir muhim jihat — ilm va amal uyg‘unligi. Ilm amal bilan go‘zal. Agar inson o‘rganganini hayotida qo‘llamasa, bu ilm unga og‘ir yuk bo‘lib qoladi. Shuning uchun haqiqiy olim — faqat bilimi ko‘p emas, balki bilganiga amal qilgan insondir.
Xulosa qilib aytganda, ilm — tanlov. Inson yo uni ixlos bilan tanlaydi, yoki nafs va dunyo ortidan ergashadi. Ilm yo‘li oson emas: u sabr, mehnat va chin dildan qilingan niyatni talab qiladi. Ammo bu yo‘lning samarasi — qalb pokligi, to‘g‘ri hayot va, inshaalloh, abadiy najotdir.
◉ Abdurahmon Nuriy | @Sofhaaty
Suratlar Zamonamizning zabardast muhaddisi, usuliy olim, faqih Shayx Sofvan Dovudiy 🇧🇼hazratlari boshchiligida buyuk muhaddis yurtdoshimiz Imom Termiziyning dunyoga mashhur "Shamoili Muhammadiya" asari bo‘yicha ijoza darslaridan olingan
🔥2👍1
𝑲𝑰𝑻𝑶𝑭𝑨𝑻 𝑲𝑼𝑵𝑫𝑨𝑳𝑰𝑮𝑰🎀
Sevgi tufayli g'ururimdan kechib, "g'urursiz" bo'lganimdan ko'ra, g'ururim tufayli sevgimdan kechib…
Shubhasiz, Online “muhabbat”ni romantik qilib ko‘rsatish — eng katta xatolardan biri.
Gapni ochiq aytay: bu yerda muammo “g‘urur yoki sevgi” emas. Muammo — haromga aralashib qolgan munosabatni oqlash.
Bir qiz “sevgi uchun g‘ururimdan kechmayman” deydi. Go‘yo masala shu yerda. Aslida esa eng muhim savol boshqacha: nega umuman bunday munosabatga kirildi?
Halol chegaradan chiqilgan joyda na g‘urur qoladi, na haqiqiy sevgi.
Yigitning bir nechta qiz bilan yozishib, keyin ularni “g‘urursiz”, “uyatsiz” deb baholashi — bu shunchaki pastlik. Lekin bu faqat bitta tomoni. Haqiqat shuki, begona yigit bilan hissiy aloqaga kirgan qiz ham o‘zini o‘ylashi kerak edi. Chunki bu yo‘lning oxiri odatda aldanish yoki xo‘rlanish bilan tugaydi.
“Sevgi uchun g‘ururdan kechish” degan gap chiroyli eshitiladi. Ammo amalda bu ko‘pincha chegarani buzish va o‘z qadrini arzonlashtirish degani. Bu sevgi emas — bu nafsga ergashish.
Shu yerda eng katta xato qilinadi: ayb faqat yigitga yuklanadi, qiz esa “ma’suma” qilib ko‘rsatiladi. Yo‘q. Adolat shuni talab qiladi: ikkala tomon ham javobgar.
Chin muslima begona erkak bilan shubhali, nazoratsiz “sevgi” o‘ynamaydi. Chin erkak esa bir nechta qiz bilan parallel yurmaydi. Qolgan hammasi — bahona!!!
Xulosa oddiy:
Bu yerda g‘urur haqida gapirish ortiqcha. Masala taqvo va chegarada. Chegara buzilgan joyda esa sevgi emas — faqat sinov va xato bo‘ladi.
◉ Abdurahmon Nuriy | @Sofhaaty
#tahlil
Sizning tanqidiy yondashuvingiz ham men uchun muhim..
💯5
رحمة الله
حتى لو كنت تعرف مئة لغة، فأنت عاجز أمام أولئك الذين لا يفهمونك.
Yuzta til bilsang ham, seni anglamaganlar yonida ojizsan
Insoniyat taraqqiyotida til — eng buyuk vositalardan biri sifatida qadrlanadi. Chunki, Til orqali fikr almashiladi, madaniyat uzatiladi, ilm rivojlanadi. Bugungi globallashuv davrida bir nechta til bilish katta ustunlik sanaladi. Ammo haqiqat shundaki: hatto yuzta tilni mukammal egallagan inson ham, agar uni qarshisidagi tinglovchisi anglamasa yoki tushunishni istamasa, ojiz holatga tushib qoladi.
Bu fikr zamirida chuqur falsafa yotadi. Chunki muloqot faqat til bilan emas, balki qalb, niyat va tushunish bilan amalga oshadi. So‘z — bu vosita, ammo anglash — bu jarayon. Agar bu jarayon bir tomonlama bo‘lsa, eng boy lug‘at ham, eng mukammal nutq ham o‘z qiymatini yo‘qotadi.
Taassufki, soʻnggi payt aksariyat insonlar tushunilmaslikdan aziyat chekmoqdalar. Ular o‘z fikrlarini aniq ifoda etishga harakat qiladilar, dalillar keltiradilar, hatto turli tillarda gapiradilar. Ammo qarshisidagi inson tinglashni istamasa yoki qalban unga yopiq bo‘lsa, bu urinishlar samarasiz bo‘lib qoladi. Demak, muammo til bilishda emas, balki tinglash madaniyatining yetishmasligidadir.
Shu o‘rinda muhim savol tug‘iladi: haqiqiy muloqot nima? Haqiqiy muloqot — bu ikki tomonlama jarayon bo‘lib, unda nafaqat gapirish, balki tinglash, his qilish va tushunishga intilish ham muhimdir. Inson qalbi ochiq bo‘lmasa, eng go‘zal so‘zlar ham unga yetib bora olmaydi. Aksincha, samimiyat va e’tibor mavjud bo‘lsa, oddiygina so‘z ham katta ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.
Bugungi kunda axborotlar oqimi haddan tashqari tezlashgan. Har kim gapirmoqda, fikr bildirmoqda, o‘zini ifoda etmoqda. Ammo chinakam tinglaydiganlar kamayib bormoqda. Natijada esa tushunmovchiliklar, ziddiyatlar va yolg‘izlik hissi ortib bormoqda. Bu esa insonni nafaqat ijtimoiy, balki ruhiy jihatdan ham ojiz holatga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, til bilish — bu katta ne’mat. Ammo undan ham buyukroq ne’mat — bu anglash va anglatish qobiliyatidir. Insonni kuchli qiladigan narsa uning nechta til bilishi emas, balki nechta qalbga yetib bora olganidir. Chunki haqiqiy aloqa til bilan emas, qalb bilan quriladi.

🔥1
Rabbim talabi ilm yoʻlida biz ojizlarni Ustozlar soyasida ulg'ayib, soʼnimizgacha bu doʻstlaringdan ayirma!!
◉ Abdurahmon Nuriy | @Sofhaaty
❤1
Baribir Oʻzimizni havo boshqacha.
Haa aytgancha bizda ham togʻ bor. Kecha birisi sizlarniki choʻl degan edi, koʻrib qoʻysinlar voha togʻlarini :)
Haa aytgancha bizda ham togʻ bor. Kecha birisi sizlarniki choʻl degan edi, koʻrib qoʻysinlar voha togʻlarini :)
😍2👍1