Sofhaaty | صفحاتي
83 subscribers
131 photos
10 videos
3 files
35 links
İstanbul medrese öğrencisi 🇺🇿🇹🇷
Kısa dini hatırlatmalar
Her gün faydalı bilgiler 📚
Download Telegram
Ba’zi duolar javobsiz qoladi!


Yo‘q, eshitilmagani uchun emas.
Ichki guvoh — vijdon sukut qilishni buyurgani uchun.

Baʼzi “Alloh rozi bo‘lsin”, "Oʻzi ajr qilsin" deyilganida Amiyn deyishlikka ichda bir narsa qarshi chiqsa,

bil: muammo so‘zda emas, niyatda, Yaratuvchining sof fitrat tuhfasi, begʻubor qalbning adlga "hukm" qilish nasibasidandir ...

#fikrat | @Sofhaaty

Telegram Instagram
Substack UmmaLife


😢9
وليس يفرح العاقل بالمال الكثير ولا يحزنه قلته، ولكن ماله عقله وما قدم من صالح عمله.
«الأدب الصغير».


Oqil molining ko'pligi bilan hursand bo'lmaydi. Uning ozligi ham uni xafa qilmaydi.
Uning moli aqli va taqdim etadigan solih amalidir.

Al-adabus sag'iyr


#eslatma | @Sofhaaty
1🔥2💯2
ما حاجتك إلى رضا قومٍ رضاهُم جَوْرٌ، وإلى موافقةِ أشخاصٍ موافقتُهم ضلالةٌ وجهالة؟
بل ينبغي لك أن تطلبَ رضا الأخيارِ وأهلِ العقول.
«الأدب الكبير»


Roziligi javr bo'lgan kishilarning roziligiga, muvofiqligi zalolat va jaholat bo'lgan shaxslarning muvofiqligiga ne hojating bor?!
Sen axyorlar va aql sohiblarining roziligi talabida bo'lishing darkor.

Al-adabul kabiyr.


#eslatma | @Sofhaaty
🔥5
Ba’zan odam eng yaqinlariga ham hammasini aytolmaydi. So‘zlar tomog‘iga tiqilib qoladi, izoh talabidan charchab, faqat sukut istaydi. Garchi atrof gavjum bo‘lsa-da, goʻyo ichingda bo‘shliq hukmron. Hech kim seni tushunmayotgandek, hech kim sen bilan birga yelkadosh emasdek tuyuladi.

Ammo shunday damlarda bir haqiqat bor:

inson yolg‘iz emas — faqat kimga yuzlanishni unutib qo‘ygan bo‘lishi mumkin.


Xalqdan taskin topolmagan yurak, Xoliq tomonga egilishni o‘rganadi. Chunki banda ojizligini tan olgan lahza — eng kuchli lahza. O‘sha paytda zohiriy tillar jim qoladi, faqat pichirlashlar.. shu on qalb Parvardigoriga xokisorlik bilan "hayqiradi" bularning barchasi bir vaqtda ajiyb bir suratda kechadi. Ko‘z yoshlari tushuntirib ulgurmagan dardlarni, sukut bilan aytib beradi...

Bu yerda niqoblar kerak emas. Kuchli ko‘rinish shart emas. O‘zini tutib yurish majburiyati yo‘q. Bu yerda faqat sen va Robbing bor. Va U sening ichingdagini sendan ham yaxshiroq biladi.


Shuning uchun dunyo og‘irlik qilganida, hayot haddidan oshganida odamlar seni tushunmaganida, tushunishni istamayotganida yoki tushunsa ham yordam bera olmaganida — shunchaki koʻz yoshlaringni behuda isrof qilishni bas qil, Uni Robbingga xarj qil. Yuzlan. Egil. Chunki shu egilishda ko‘tarilish bor!

Ba’zi og‘riqlarni faqat duo yengillashtirishga qodir!
Ba’zi savollarga esa faqat sukunat ichida javob keladi.
Unutma – butun dunyo yuz o‘girganida ham, Robbing eshiklari sen uchun doimo mutlaqo ochiq boʻlgan va hamon ochiqdir!

Abdurahmon Nuriy

Telegram Instagram
Substack UmmaLife
#fikrat | @Sofhaaty
🔥6😢1
IMG_20260114_170958_153.png
1.6 MB
Assalamu ʼalaykum va rohmatulloh. Xullas, soʻzni muxtasar qilib Ustozimiz Fazilatli Rohimatulloh Hanafiydan Ahli sunnat val jamoa e’tiqodining eng qadimiy va ishonchli matnlaridan biri — aqida Imomimiz Abu Hanifa رحمه الله “Al-Fiqhul Akbar” kitobidan muallifgacha bogʻlangan muborak sanadli ijoza bilan sharaflanganim xursandchiligimni sizlar bilan ham boʻlishsam الحمد لله

Bemalol tabriklashlaringiz mumkin :)

@Abdurahmonnuriy | @Sofhaaty
🔥6
🌙 BUGUN ME’ROJ KECHASI

Me’roj — Payg‘ambarimiz ﷺ osmonlarga ko‘tarilib, Robbimiz bilan bevosita muloqot qilgan ulug‘ kechadir.
Aynan shu kechada ummatga besh vaqt namoz farz qilindi.

Bu kechani:
▫️ namoz bilan,
▫️ Qur’on tilovati bilan,
▫️ salovat va duo bilan
o‘tkazish mustahabdir.

Alloh taolo bu kechani qalblarimiz uchun hidoyat va mag‘firat sababchisi qilsin.

🌙 Me’roj kechasi muborak bo‘lsin.


Telegram Instagram
Substack UmmaLife


#eslatma | @Sofhaaty
🔥6
Undalma!


Ilm yo‘li hech qachon oson bo‘lmagan. Imom Buxoriy va Termiziy kabi ulug‘lar bu yoʻlda yuzlab kilometrlar safar qilganlar. Birgina Buxoro ➝ Makka orasidagi masofaning oʻzi 3100 km boʻlsa, qolganini qoʻyavering. Vaholanki, ular na avtomobil, na samolyot, na zamonaviy qulayliklarga ega edilar. Faqatgina qattiq iroda va ilmga muhabbat bor edi.

💻Bugungi kunda esa bizda internet, telefon, kompyuter va cheksiz resurslar mavjud. Shu imkoniyatlar mavjud bo‘lib turgan bir paytda, arab tilini o‘rganishga hafsala qila olmaganingiz uchun biror bahona qolmaydi.


🏆O‘zingizni rivojlantirish, dunyoqarashlaringizni kengaytirish, oldinga intilish uchun bugun eng yaxshi kun. Kichik qadamlar bilan: kunda yarim soat boʻlsada arab tili bilan shug‘ullaning, yangi so‘zlar o‘rganing, qisqa matnlarni tarjima qiling.

🔋Ularning himmatidan ilhomlaning, ilm talabi, boʻlib ham Arab tilini o‘rganish bu nafaqat yangi til balki ruhiy tarbiya, sabr va intizom yo‘lidir.

◉ Abdurahmon Nuriy

Telegram Instagram
Substack UmmaLife
🔥4
Ibn Rajab rohimahulloh aytadi:


Shaʼbon oyi Ramazon oyining muqaddimasi boʻlgani bois, bu oyda Ramazonni qarshi olishga tayyorgarlik boʻlishi va nafsni Rahmonning toatiga chiniqtirish uchun Ramazon oyida joriy qilingani kabi bu oyda ham koʻp Qurʼon tilovat qilish va roʻza tutish joriy qilingan”.

◉ “Latoiful maʼorif”, 1/135

Bugungi Shaʼbon oyining ilk kunlarida Alloh taolo jamiiyki gunohlarimizni magʻfirat qilgan holda, Ramazonga poklanib kirishimizni nasib qilsin.


#eslatma | @Sofhaaty
🔥4💯1
Ibn Hajar رحمه الله aytadi:


Ilgari musulmonlar shaʼbon oyi kirsa, mushafga berilib ketar va zakotni chiqarar edilar».


◉ «Fathul boriy», 13/310

#himmat | @Sofhaaty
🔥6
● Vaqt

Koʻplab ulug‘ zotlar bor ediki, hayotlari jang maydonlarida, safarlarda va ummat tashvishida o‘tdi. Ammo ular shunday bo‘lsa-da, qalblari Qur’ondan uzoqlashganidan qo‘rqib yashashdi.

Bugun esa bizda ular kabi mashaqqat, safarga ehtiyojlar boʻlmasa-da, Ammo vaqtimizni tortib olayotgan, ohangrabo misoli oʻziga qaram qilayotgan xatarli dushman bor — cheksiz scroll, bekor o‘tirish, maqsadsiz internet.

Afsuski, u qon to‘kmaydi.
Lekin eng qimmat ne’matni — umrni sekin-astalik bilan olib ketadi. Ehtimol, yillar o‘tib, qo‘limizda telefon, qalbimizda ulkan bo‘shliq, oʻrtanish bilan shunday dermiz:

“Afsus, holimga voy boʻlsin. Agar har kuni bir sahifa Qur’on ochganimda edi…”

Shu bois, bugundan boshlab niyatni to‘g‘rilaylik. Soʻngra amalni ham mutanosib ravishda taqsimlaylik. Albatta bunga Majburiyat deya emas, balki, oʻzimiz uchun omonat, hozirlik, oxiratimiz zahirasifatida eʼtibor qilaylik.

Har kuni, kam bo‘lsa ham, Qur’on bilan yolg‘iz qoladigan daqiqalarimiz bo‘lsin. Balki, Ko‘p emasdir — muhimi uzluksiz, davomiy!

Chunki Qur’onga biroz boʻlsa-da vaqt ajratdingizmi, bilingki shu kuningiz zoe ketmabdi, afsuslanadiganingiz yoʻq, xotirjam boʻling. Kun kelib qabrda hech narsaga egalik qila olmay yolgʻiz qolganingizda U (Qurʼon) hamrohingiz, yorituvchi nur boʻladi.

Oʻzingizdan so‘rang: Ayni paytda sizni Haqdan nima chalg‘ityapti?..


◉ Abdurahmon Nuriy


Telegram Instagram
Substack UmmaLife

#eslatma #fikrat | @Sofhaaty
🔥7👍1💯1
Sofhaaty | صفحاتي
IMG_20260114_170958_153.png
IMG_20260123_104151_318.jpg
230.4 KB
"Al adab fiy rajab"(Rajab oyi odoblari) risolasidan muallif Imom Mulla Aliy Qori rohimahullohgacha tutashgan sahih sanadda ijoza bilan sharaflandik الحمد لله

Bemalol tabriklashlaringiz mumkin :)
🔥4💯2
.....
Bilish insonni hayotini qiyinlashtiradi.
Alloh taolo ilmni boshqa amallardan ajratib turadigan xos xususiyat - uning mevasi bu foniylikda darhol ko‘rinmaydigan ajiyb bir suratda hikmat bilan yaratdi. Haqiqatda Ilm o'z talabgoriga zudlik bilan rohat bermaydi, doim ham bu dunyoda qulaylik va farovonlikni va’da qilmaydi, aksincha, ko‘pincha "og‘irlik", mas’uliyat va ichki kurashni olib keladi. Shu sababli ilmning mukofoti kechikadi. Uning chinakam munosib mukofoti dunyoda emas, oxiratda to‘liqonli o'zini namoyon bo‘ladi.

Darhaqiqat yuqoridagi fikr e'tirofga haqli: Bilish insonni hayotini qiyinlashtiradi.

- U insonni sinaydi, uning talabida davomli bo'lish barobarida u bu yo'lda sohibining hikmat ko'zini xiralashtirayotgan nafsni batamom tor-mor qiladi,
- Bilganiga amal qilish majburiyatini yuklaydi,
- Zotan ilmli odam bilganidan qocholmaydi.
- Bilganidan qocholmagan banda esa muntazam sinovda bo‘ladi. Har qachon u bilan hoziru nozir bo'lganlarni, kitobiga muntazam siyoh tortib borilayotganligi, va nadomat bo'lsin-ki, bu yozishda "chap tomon kotiblari" o'zib ketayotganligi, va bularning yakuni muddati afsuski bizga qorong'u ekanligi, va ... Turgan gapki, bu "Vakum"da yashash oson emas.

Ammo bularning barchasi bejiz emas. Bu sinovlar:

- sabrni,
- ixlosni,
- niyatni poklaydi.

Poklangan amallar esa katta darajalarga sabab bo‘ladi.

Nega darajasi baland?

“Alloh sizlardan iymon keltirganlarni va ilm berilganlarni darajalar bilan ko‘tarur.” (Mujodala-11)

Bu oyatda ilm:
- mol bilan,
- ko‘rinish bilan,
- mansab bilan emas,
daraja bilan bog‘landi.

Daraja esa — vaqtinchalik ne’mat emas, u abadiy maqomdir!


◉ Abdurahmon Nuriy



Telegram Instagram
Substack UmmaLife


#fikrat | @Sofhaaty
1🔥6
https://t.me/Abdurahmonnuriy/s/115

إن لله و إنّ إليه راجعون
Makkayi Mukarramada Shofeiy mazhabi muftiysi ahli Baytning 32-avlodidan, Abdulqodir Jiyloniy hazratlarining esa 22-avloddan bo‘lgan nabirasi fazilatli, rabboniy olim Shayx Sayyid Umar Habib Jiyloniy Hazratlari 80 yoshida Haq dargohiga rihlat qildi. U Ilmda va taqvoda tengi yo‘q zotlardan edilar. Allohdan u zotni Payg‘ambarlar va siddiqlar bilan birga bo‘lishini so‘rab qolamiz. Va bizni ham ular qoldirgan ilmga loyiq omonatdorlardan qilsin
.

Marhum olim Indoneziyaning Jakarta shahriga taklif etilib yo‘lga chiqqan chog‘ida, samolyotda vafotidan taxminan 15 daqiqa avval ham kitob mutolaasi bilan mashg‘ul holatda so‘nggi nafasini berdi. So‘nggi onlarigacha ilm daryosiga sho‘ng‘ib yashagani, ilmga bag‘ishlangan umrini va vazminlik bilan olib borgan da’vat yo‘lini yaqqol namoyon etib ketdilar.


◉ Abdurahmon Nuriy



Telegram Instagram
Substack UmmaLife
😢3
Baroat kechasi

Imom Shofe'iy rohimahulloh "Al-Umm" (1/264) kitobida shunday deydilar: Bizga yetib kelishicha, duolar besh kechada ijobat qilinadi:
-Juma kechasi,
-Qurbon hayiti kechasi,
-Fitr hayiti kechasi,
-Rajab oyining birinchi kechasi,
-Sha’bon oyining o‘rtasidagi kecha.

Rabi’dan bizga xabar qilinadi:
"Imom Shofe'iy menga aytdi: Ibrohim ibn Muhammad bizga aytdilar: Men Madina ahli ichidagi solih kishilarning hayit kechasida Nabiy sollallohu alayhi vasallam masjidida Allohni zikr qilib, duo qilib, kechaning bir qismini o‘tkazayotganlarini ko‘rdim."

Bizga yetib kelishicha, Ibn Umar roziyallohu anhu hayit kechasini (ya’ni, Qurbon hayiti kechasini) bedor o‘tkazar edilar. Chunki uning ertasida Qurbon kuni bo‘ladi.

Imom Shofe'iy rohimahulloh dedilar: "Bu kechalarda aytilgan amal va ibodatlarni qilishni mustahab deb bilaman, lekin majburiy (farz) deb emas."

Imom Ibn Hajar "Al-Kubro" (2/80) da shunday deydilar: "Xulosa qilib aytganda, bu kechalarning fazilati bor, ularda xos mag‘firat va duo ijobati sodir bo‘ladi."

Shu sababdan ham Imom Shofe'iy rohimahulloh bu kechalarda duoning ijobat bo‘lishini aytganlar. Ammo, bu kechalar uchun xos namoz bor deb ishonish, uni o‘qish bid’at bo‘lib, undan qaytariladi."

◉ Abdurahmon Nuriy



Telegram Instagram
Substack UmmaLife



#eslatma | @Sofhaaty
🔥4
Ochig‘i, bu yerda o‘zbek oshxonalari va boshqa manzilgohlari bu darajada qulay joylashib olgan deb o‘ylamagandim. Bir ko‘chadan o‘tasiz — o‘zbek taomlari, birozdan soʻng — yana milliy oshxona, yonida esa tanish yozuvlar, tanish hidlar… Go‘yo kichkina O‘zbekiston ichida yurgandek his qilasiz. 😌
Palovning isi, somsa, choyxona — hammasi o‘z joyida. Eng qizig‘i, bu joylar shunchaki “bor” emas, balki markazda, odam gavjum, tirik hududlarda.

Bu nimani anglatadi?
☞ O‘zbeklar bu yerga shunchaki kelib-ketmayapti
☞ Ular moslashgan, ildiz otgan
☞ Eng muhimi — o‘zligini yo‘qotmagan

O‘zbek oshxonalari — bu faqat ovqat emas. Bu sog‘inch, bu uy, bu xotira. Turkiyada esa bu tuyg‘ular juda yaqin masofada yashayapti.

Siz ham shunaqa holatga duch kelganmisiz?

◉ Abdurahmon Nuriy


Telegram Instagram
Substack UmmaLife


#tahlil | @Sofhaaty
🔥4
Fatihda bayram shukuhi

Istanbulning qadimiy tumani – Fatih…
Bu yerda bayram odatiy sana emas — bu muhit, bu ruh, bu tarix bilan qorishgan shukuhdir. Kech tushishi bilan ko‘chalar yulduz va hilol shaklidagi chiroqlar bilan bezanadi. Masjid minoralari orasidan taralayotgan iliq nur, “Hayırlı Ramazanlar” yozuvlari, sokin qadamli insonlar… Hammasi bir bo‘lib qalbga sokinlik baxsh etadi.

Fatih ko‘chalarida bayram shukuhi boshqacha seziladi. Qadimiy devorlar, eski uslubdagi binolar, masjid atrofiga yig‘ilgan odamlar – go‘yo tarix va bugun bir nuqtada uchrashadi. Har qadamda moziyning ajiyb bir hikoyasi, har burchakda bir duoning nafasi bor.
Bu yerda Ko‘chalar nurga to‘ladi, Odamlar tabassum ulashadi, Qalbda esa shukr va xotirjamlik paydo bo‘ladi

Bu shunchaki tuman emas. Bu Istanbulning yuragi. Bayram esa bu yurakka urilgan eng chiroyli zarbadir.
Agar Istanbulga yo‘lingiz tushsa, aynan Fatih ko‘chalarida bir oqshom sayr qiling. Shunda bayramning haqiqiy shukuhini his qilasiz.


◉ Abdurahmon Nuriy | @Sofhaaty
🔥4👍1💯1
Bugun meni eng ko‘p hayratlantirgan manzara tarixiy obidalar ham, baland minoralar ham emas… oddiygina non navbati bo‘ldi.

Çarşamba mahallasida kichikgina nonvoyxona oldida uzun saf tortgan odamlarni ko‘rib, bir lahza to‘xtab qoldim. Bu yerda bankomat ham emas, davlat idorasi ham emas. Shunchaki non sotiladigan joy. Ammo navbat — e’tiborli, tartibli va sabr bilan kutayotgan insonlar bilan to‘la.

Shunda bir narsani angladim: bu yerda non shunchaki oziq-ovqat mahsuloti sifatida emas, balki — bu mehnatga bo‘lgan hurmat, uni qadrlash timsoli sifatida qaralsa ajab emas.

Bu Kasbning “kattasi-kichigi” yo‘qligini amalda ko‘rsatadigan hayotiy manzara.

Oddiy ko‘ringan nonvoyning mehnati shu qadar qadrlanadiki, odamlar bemalol navbat kutadi. Hech kim shoshmaydi, hech kim norozilik bildirmaydi. Chunki ular biladi — ichkarida o‘z ishining ustasi turibdi.

Ta'sufki soʻngi payt bizda ko‘pincha navbat deganda kishi xotirida asabiylik, majburiyat yoki muammo gavdalanadigan holga kelib qolindi. Bu yerda esa navbat — sifat belgisi.
Istanbul menga bugun yana bir dars berdi: jamiyatning taraqqiyoti baland binolar bilan emas, oddiy kasb egalariga bo‘lgan hurmat bilan o‘lchanadi.
Ba’zan eng katta taassurotlarni aynan shunday “kichik” holatlar ham bera oladi.


◉ Abdurahmon Nuriy

#tahlil | @Sofhaaty
🔥2👍1