Sofhaaty | صفحاتي
83 subscribers
131 photos
10 videos
3 files
35 links
İstanbul medrese öğrencisi 🇺🇿🇹🇷
Kısa dini hatırlatmalar
Her gün faydalı bilgiler 📚
Download Telegram
Imom Buxoriy rohimahullohning ilm talab qilish yoʻlida bosib oʻtgan yoʻllari xaritasi…

Siz diningiz uchun qancha yo‘l bosdingiz?Nima qildingiz?Qancha vaqtingizni ajratdingiz?

#himmat | @Sofhaaty

Telegram Instagram
Substack UmmaLife
😢7
Imom Buxoriy rohimahulloh — nafaqat buyuk muhaddis, balki ilm talabida sabr, fidoyilik va ixlos timsoli bo‘lgan zotdir.

U zot ilm izlab bir shahar yoki bir mamlakat bilan kifoyalanmagan, balki butun musulmon olamini kezgan.

Imom Buxoriyning ilm safarlari
📍 Buxoro – tug‘ilgan joyi, ilk ta’lim
📍 Balx
📍 Marv
📍 Nishopur
📍 Ray
📍 Bag‘dod (bir necha bor)
📍 Basra
📍 Kufa
📍 Makki Mukarrama
📍 Madina Munavvara
📍 Shom (Damashq)
📍 Misr


- U zot 16 yoshidayoq onalari bilan haj safariga chiqib, ilm uchun yurtiga qaytmay qolgan.
- Minglab ulamolardan hadis eshitgan.
- Yuz minglab hadislarni yod bilgan.
- "Sahih al-Buxoriy"20 yildan ortiq mehnat mahsuli.

Bu yo‘llar zohiran xaritada oddiy chiziq bo‘lib ko‘rinar, ammo aslida ular:

• ochlik,
• g‘urbat,
• yolg‘izlik,
• tunlar bedorligi,
• va qalbni Allohga bog‘lagan ixlos bilan to‘la edi.


BIZ-CHI?


Siz, diningiz uchun qancha yo‘l bosdingiz?
— Bir necha kilometrmi yoki faqat telefon "ekranigacha"?

Nima qildingiz?
— Bir darsga qatnashdingizmi?
— Bir kitobni oxirigacha o‘qidingizmi?
— Bilmagan masalangizni so‘rashga jur’at qildingizmi?

Qancha vaqtingizni ajratdingiz?
— Kuniga 5 daqiqa?
— Haftasiga bir soat?
— Yo umuman “keyin”ga qoldirdingizmi?

Imom Buxoriy رحمه الله:

- yo‘l topish qiyin bo‘lgan davrda minglab chaqirim bosdi,
- kitob topish mushkul bo‘lgan zamonda ilm yig‘di.

Biz esa:

- bilim bir bosishda yetib keladigan,
- darslar bepul taralayotgan,
- vaqtimiz ko‘proq bo‘lgan davrda bahona topyapmiz.

📌 Muammo imkoniyat yo‘qligida emas,
📌 muammo — niyat va ustuvorlikda.

Zotan biz Imom Buxoriydek bo‘la olmasak ham, hech bo‘lmasa u zotdek jiddiy bo‘laylik.

Bugun:

– bir oyatni tushunib o‘qish,
– bir hadisni hayotga tatbiq etish,
– bir ilm majlisiga qatnashish uchun bizning kichik, ammo samimiy, davomiy safarimiz bo‘lsin.

◉ Abdurahmon Nuriy

Telegram Instagram
Substack UmmaLife

#bugunimiz | @Sofhaaty
🔥5🕊2
Ibn Masud رضي الله عنه dedilar:

❛❛ Bizning oramizda bir kishi bo’lardi, agarda (Qur'ondan) o’n oyat o’rgansa ularni toki ma’nolarini bilmaguniga qadar va ularga ko’ra amal qilmagunicha boshqa oyatlarga o’tib ketmas edi.


#himmat | @Sofhaaty

Telegram Instagram
Substack UmmaLife
😢5🕊2🔥1
Yuqoridagi bu rivoyat bizga Qur’onni o‘rganishdagi salaf yo‘lini aniq ko‘rsatib beradi. Ular uchun ilm — yod olish bilangina tugaydigan ma’lumot emas, balki qalbga singadigan, kundalik hayotlatida namoyon bo‘ladigan hidoyat edi.

Bugun biz
— qancha oyat yodladik?
— nechta dars tingladik?
— nechta kitob o‘qidik?

degan savollar bilan bandmiz. Subhanalloh, va ayni davrimizda shuning oʻzi ulkan ish boʻlib qoldi.

Ammo oʻtgan solihlar:
— bu oyat menga nimani buyurdi?
— nimadan qaytardi?
— hayotimda qaysi o‘zgarishni talab qilyapti?

degan savollar bilan yashashgan.

Shu sababli ularning vaqtlari barakali, so‘zlari esa ta’sirli bo‘lgan. Chunki ularda ilm ixlos bilan o‘rganilib, amal bilan mustahkamlangan edi.

MUHIMI - Qur’oni Karimni qanchalik tez tugatish emas, balki, nechogʻlik to‘g‘ri tushunish va amal qilish ustuvor. Oz, ammo toʻgʻri niyat, amal, ixlos bilan o‘rganilgan ilm — ko‘p, ammo beparvo ilmga nisbatan Alloh huzurida afzalroqdir.

Haq Azza va Jalla bizni Qur’onni o‘qibgina qolmay, uning talabida, unga binoan yashaydigan bandalaridan qilsin. آمين


Abdurahmon Nuriy

Telegram Instagram
Substack UmmaLife


#bugunimiz | @Sofhaaty
😢4🕊3
Hamma aloqadorlarni tabriklayman🎉
🕊8
Taqvo qilyapman deb boshqalarni betaqvo his qildingizmi, shu payt taqvo ketgan boʻladi!

Hech qachon oʻzingizni boshqalardan ustun koʻrmang.


– Husaynxon Yahyo Abdulmajid

@Sofhaaty
😢6🕊3
Darveshga «Hamma narsamdan ayrilayotgandek his qilyapman o‘zimni. Yuragim xotirjam emas”, dedi bir kishi...


Darvesh javob berdi:
- Daraxtlarga qara, har yili yaproqlarini yo‘qotadilar, lekin hamon tik oyoqda turishibdi.
Sen sabr qil, shukr qil va duo qil...

@Sofhaaty
🕊6🔥2
Siz kimni rozi qilmoqchisiz, Yaratgannimi yoki yaratilgannimi? Odamlar sizning qilgan ishingizga qarab baho berishadi, Alloh esa qalbingizga, niyyatingizga qaraydi. Agar siz bir ayb ish qilsangiz, atrofingizdagilar sizni ayblashga tushishadi, barcha yaxshiliklaringizni bir zumda unutishadi. Goʻyo siz hech qachon ularga yaxshilik qilmagandek. Al-Gʻofur esa, bir qancha gunohlaringiz bilan huzuriga borib tavba qilsangiz, Oʻz marhamati ila barchasini magʻfirat qiladi. Odamlardan biror narsani 2 martadan ortiq iltimos qilsangiz, malomat qilib boshlashadi, Al-Mujiyb boʻlgan Zot esa oʻn, yigirma va hatto undan koʻp marta soʻrasangiz ham malomat qilmaydi, soʻraganingizni ziyodasi bilan beradi. Agar bermasa, Oxirat kuni uchun zaxira sifatida olib qoʻyadi. Odamlarga biror gapni gapirsangiz ular oʻz oʻlchovlariga koʻra tushunishadi, Alloh esa Al-Alimdir, Al-Xabirdir gapirmasingizdan avvalroq tushunadi. Odamlar ularga qilgan yaxshiligingizni unutishlari mumkin, lekin yomonliklaringizni unutishmaydi. Alloh-chi? U Ash-Shakurdir, bir yaxshilikni oʻylasangiz unga bir savob yozadi, oʻsha yaxshilikni amalga oshirganingizda esa oʻn barobardan yetti yuz barobargacha savob yozadi. Biror yomonlikni sodir etganingizda esa bir gunoh yoziladi, agar yomonlikni niyat qilib, soʻngra undan voz kechsangiz, oʻsha gunohga qoʻl urmaganingiz uchun bir savob yozadi.
Xoʻsh, shunda ham "Odamlar nima deydi" deb yashashda davom etamizmi? Yaratganni yodga olib, Uning rizosiga erishmoqlik uchun harakat qilish vaqti kelmadimikin?!

@sofhaaty
🔥6🕊6😢1
Ëмғирни истамаётганлар бордир...

Барчамиз билдикки, ёмғир сўраб дуо қилинди, истиғфорлар жамланди, хатми Қуръонлар ўқилди. Лекин бир ўй ўтади: балки орамизда ёмғирни ёғмасин дея сўраётган қалблар бордир.

Балки оёқ кийимининг таги тешик камбағаллар бордир,
балки томидан сув ўтадиган уйда яшаб, болаларига совуқ тегиб қолишидан хавфсираётган оналар бордир. Ëмғир ёғишини улар истамаётгандир...
Балки дуо осмонга кўтарилишидан олдин ерда қолган ҳақлар боридир.

Ёмғир фақат осмондан тушадиган неъмат эмас,
у баъзан эҳсон қилинган садақа,
ўз эгасига етказилган закот,
хабар олинган етим,
ҳоли сўралган муҳтож кўринишида ёғади.

Эҳтимол, ёмғирнинг калити қўлларимиздадир,
беришда танлаб бермасликда,
муҳтожга сахийлик қилишда,
эҳсонни кечиктирмасликдадир…

© Abdulvosit Abdulvohid

Sahifalarimiz


Telegram Instagram
Substack UmmaLife
🕊3🔥1😢1
Gumondan chetlaninglar. Chunki gumon soʻzlarning eng yolgʻonidir. Birovlarning ayblarini axtarmanglar. Va soʻzlarga quloq tutmanglar ya'ni josuslik qilmanglar. Biror narsaga faqat o'zingiz ega bo'lishga oshiqmaq. Hasad qilmang.
Bir-biringizga g'azab qilmang. Hamda orqa o'girib munosabatlarni buzmang. Ey allohning bandalari sizlarga buyurilgandek birodar bo'linglar.🍃

“Alloh uchun sevmoq”

#kitobdan | @Sofhaaty
💯2🕊1
– “Ilm olish odoblari” kitobidan

#iqtibos @Sofhaaty
3🔥2🕊1
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun


Alloh fazilatli shayx Ramazon Dibga rahmat qilsin. U zot muborak Rajab oyining ilk kechasida 108 yoshlarida vafot etdilar.

@Sofhaaty
😢6
Gumon - aniq ilmni ifoda qilmaydi!


Gumon - bilmasdan turib hukm chiqarishdir. Va bu, bandaga berilgan eng xatarli quroldir.

Bu haqda Rosululloh ﷺ ogohlantirganlar:
“Gumondan saqlaninglar. Chunki gumon — so‘zning eng yolg‘onidir.”
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyati)

E’tibor bering, Payg‘ambar ﷺ gumonni shunchaki yomon axloq demadilar – yolg‘onning eng yomoni, dedilar. Chunki,
gumon — dalilsiz xulosa. Dalilsiz xulosa esa — zulm!

Biz gumon qilayotgan paytimizda, aslida haqiqatni emas, o‘z xayolotimizni himoya qilamiz. Bu holat Qur’onda qanday tasvirlanganini eslaysizmi?
Muso va Hizr عليهم السلام qissasini eslang!
Hizr
– Bir kemani teshib qo‘ydi.
– Bir bolani o‘ldirdi.
– Bir devorni tekinga tiklab berdi.

Muso عليه السلام har safar chiday olmay, savol berar, e’tiroz qilardilar. Va yakunda haqiqatlar ayon bo‘ldi:
Zohir — haqiqat emas!

Kemani teshib qo‘yish — zalolat emas, rahmat bo‘lib chiqdi. Bolani o‘ldirish — zulm emas, najot bo‘lib chiqdi. Devorni tekinga tiklash — ahmoqlik emas, hikmat bo‘lib chiqdi.

Hizr عليه السلام oxirida shunday dedi: “Bu ishlarni men o‘z ixtiyorim bilan qilganim yo‘q.”
Ya’ni:
– Sen bilmagan ilm bor.
– Sen ko‘rmagan oqibat bor.

Bu qissa kim uchundir tarix,
ammo aql egalari uchun — ogohlantirish.

BIZ-CHI?
Birisi jimib qolsa, yoki tushuntira olmasa, tushunishni ham istamay — niyatini yomon deb o‘yladik. Bir ish ortga kechdi — xiyonat dedik. Bir so‘z yoqmadimi — qalbiga hukm chiqardik.

HOLBUKI,
bilmagan narsamiz — bilganimizdan ko‘proq

Shuning uchun Alloh taolo buyurdi:“Gumonning ko‘p qismidan saqlaninglar.”
Chunki gumon qalbni qoraytiradi. Qoraygan qalb esa na ibodatdan lazzat oladi, na odamlar bilan pok munosabat qura oladi.


AGAR
Bilmasangiz — sukut qiling.
Tushunmasangiz — yaxshilikka yo‘ying.
Izoh bo‘lsa — Allohga havola qiling.

CHUNKI
Bizning bandalar haqida hukm chiqarish emas, balki, bizning vazifamiz qalbni Yaratuvchimiz tuhfa etgani kabi pok saqlay olishdir.
🕊️
Allohim, bizga gumon qiladigan qalbdan emas, adolatli va pok qalbdan nasib et. آمين

◉ Abdurahmon Nuriy

Sahifalarimiz

Telegram Instagram
Substack UmmaLife
14🕊1
Ba’zi duolar javobsiz qoladi!


Yo‘q, eshitilmagani uchun emas.
Ichki guvoh — vijdon sukut qilishni buyurgani uchun.

Baʼzi “Alloh rozi bo‘lsin”, "Oʻzi ajr qilsin" deyilganida Amiyn deyishlikka ichda bir narsa qarshi chiqsa,

bil: muammo so‘zda emas, niyatda, Yaratuvchining sof fitrat tuhfasi, begʻubor qalbning adlga "hukm" qilish nasibasidandir ...

#fikrat | @Sofhaaty

Telegram Instagram
Substack UmmaLife


😢9
وليس يفرح العاقل بالمال الكثير ولا يحزنه قلته، ولكن ماله عقله وما قدم من صالح عمله.
«الأدب الصغير».


Oqil molining ko'pligi bilan hursand bo'lmaydi. Uning ozligi ham uni xafa qilmaydi.
Uning moli aqli va taqdim etadigan solih amalidir.

Al-adabus sag'iyr


#eslatma | @Sofhaaty
1🔥2💯2
ما حاجتك إلى رضا قومٍ رضاهُم جَوْرٌ، وإلى موافقةِ أشخاصٍ موافقتُهم ضلالةٌ وجهالة؟
بل ينبغي لك أن تطلبَ رضا الأخيارِ وأهلِ العقول.
«الأدب الكبير»


Roziligi javr bo'lgan kishilarning roziligiga, muvofiqligi zalolat va jaholat bo'lgan shaxslarning muvofiqligiga ne hojating bor?!
Sen axyorlar va aql sohiblarining roziligi talabida bo'lishing darkor.

Al-adabul kabiyr.


#eslatma | @Sofhaaty
🔥5
Ba’zan odam eng yaqinlariga ham hammasini aytolmaydi. So‘zlar tomog‘iga tiqilib qoladi, izoh talabidan charchab, faqat sukut istaydi. Garchi atrof gavjum bo‘lsa-da, goʻyo ichingda bo‘shliq hukmron. Hech kim seni tushunmayotgandek, hech kim sen bilan birga yelkadosh emasdek tuyuladi.

Ammo shunday damlarda bir haqiqat bor:

inson yolg‘iz emas — faqat kimga yuzlanishni unutib qo‘ygan bo‘lishi mumkin.


Xalqdan taskin topolmagan yurak, Xoliq tomonga egilishni o‘rganadi. Chunki banda ojizligini tan olgan lahza — eng kuchli lahza. O‘sha paytda zohiriy tillar jim qoladi, faqat pichirlashlar.. shu on qalb Parvardigoriga xokisorlik bilan "hayqiradi" bularning barchasi bir vaqtda ajiyb bir suratda kechadi. Ko‘z yoshlari tushuntirib ulgurmagan dardlarni, sukut bilan aytib beradi...

Bu yerda niqoblar kerak emas. Kuchli ko‘rinish shart emas. O‘zini tutib yurish majburiyati yo‘q. Bu yerda faqat sen va Robbing bor. Va U sening ichingdagini sendan ham yaxshiroq biladi.


Shuning uchun dunyo og‘irlik qilganida, hayot haddidan oshganida odamlar seni tushunmaganida, tushunishni istamayotganida yoki tushunsa ham yordam bera olmaganida — shunchaki koʻz yoshlaringni behuda isrof qilishni bas qil, Uni Robbingga xarj qil. Yuzlan. Egil. Chunki shu egilishda ko‘tarilish bor!

Ba’zi og‘riqlarni faqat duo yengillashtirishga qodir!
Ba’zi savollarga esa faqat sukunat ichida javob keladi.
Unutma – butun dunyo yuz o‘girganida ham, Robbing eshiklari sen uchun doimo mutlaqo ochiq boʻlgan va hamon ochiqdir!

Abdurahmon Nuriy

Telegram Instagram
Substack UmmaLife
#fikrat | @Sofhaaty
🔥6😢1
IMG_20260114_170958_153.png
1.6 MB
Assalamu ʼalaykum va rohmatulloh. Xullas, soʻzni muxtasar qilib Ustozimiz Fazilatli Rohimatulloh Hanafiydan Ahli sunnat val jamoa e’tiqodining eng qadimiy va ishonchli matnlaridan biri — aqida Imomimiz Abu Hanifa رحمه الله “Al-Fiqhul Akbar” kitobidan muallifgacha bogʻlangan muborak sanadli ijoza bilan sharaflanganim xursandchiligimni sizlar bilan ham boʻlishsam الحمد لله

Bemalol tabriklashlaringiz mumkin :)

@Abdurahmonnuriy | @Sofhaaty
🔥6
🌙 BUGUN ME’ROJ KECHASI

Me’roj — Payg‘ambarimiz ﷺ osmonlarga ko‘tarilib, Robbimiz bilan bevosita muloqot qilgan ulug‘ kechadir.
Aynan shu kechada ummatga besh vaqt namoz farz qilindi.

Bu kechani:
▫️ namoz bilan,
▫️ Qur’on tilovati bilan,
▫️ salovat va duo bilan
o‘tkazish mustahabdir.

Alloh taolo bu kechani qalblarimiz uchun hidoyat va mag‘firat sababchisi qilsin.

🌙 Me’roj kechasi muborak bo‘lsin.


Telegram Instagram
Substack UmmaLife


#eslatma | @Sofhaaty
🔥6
Undalma!


Ilm yo‘li hech qachon oson bo‘lmagan. Imom Buxoriy va Termiziy kabi ulug‘lar bu yoʻlda yuzlab kilometrlar safar qilganlar. Birgina Buxoro ➝ Makka orasidagi masofaning oʻzi 3100 km boʻlsa, qolganini qoʻyavering. Vaholanki, ular na avtomobil, na samolyot, na zamonaviy qulayliklarga ega edilar. Faqatgina qattiq iroda va ilmga muhabbat bor edi.

💻Bugungi kunda esa bizda internet, telefon, kompyuter va cheksiz resurslar mavjud. Shu imkoniyatlar mavjud bo‘lib turgan bir paytda, arab tilini o‘rganishga hafsala qila olmaganingiz uchun biror bahona qolmaydi.


🏆O‘zingizni rivojlantirish, dunyoqarashlaringizni kengaytirish, oldinga intilish uchun bugun eng yaxshi kun. Kichik qadamlar bilan: kunda yarim soat boʻlsada arab tili bilan shug‘ullaning, yangi so‘zlar o‘rganing, qisqa matnlarni tarjima qiling.

🔋Ularning himmatidan ilhomlaning, ilm talabi, boʻlib ham Arab tilini o‘rganish bu nafaqat yangi til balki ruhiy tarbiya, sabr va intizom yo‘lidir.

◉ Abdurahmon Nuriy

Telegram Instagram
Substack UmmaLife
🔥4