Sofhaaty | صفحاتي
82 subscribers
131 photos
10 videos
3 files
35 links
İstanbul medrese öğrencisi 🇺🇿🇹🇷
Kısa dini hatırlatmalar
Her gün faydalı bilgiler 📚
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4🕊11
Allohdan biron hojatingizni so‘rasangiz, avval Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishdan boshlangiz. So‘ngra, nimaki so‘rovingiz bo‘lsa, duo qiling. Keyin esa duoingizni u zotga salovot aytish bilan yakunlang. Albatta Alloh subhanahu va taolo ikki salovotni o‘z karami ila qabul qiladi. U ikkisi orasidagi duoni bo‘lsa, ijobatsiz qoldirishdan karamliroqdir.

Shayx Abu Sulaymon Doroniy


@Sofhaaty
4🕊11
Taomning ortig'in ko'ngil tusamas,
Ozi tiriklikka kifoya har dam.
Ilmu ibodatga quvvat bo'lsa bas,
Ovqatmas, ilmdan yashnagay odam"


– Hofiz Abu Bakr ibn Sunniy Ahmad ibn Muhammad Diynavariy

@Sofhaaty
5🕊41
❛❛ Alloh taoloning ne’matini u harom qilgan o‘ringa sarflamaslik shukrni vojib qiluvchi amallardandir


– Imom Junayd Bag‘dodiy رحمه الله

@Sofhaaty
5🕊11
Qalbni xazrati Yusuf va uning akalariga o'xshatdim. Qalb go'zallikka oyna bo'lishi bilan Yusuf edi. Qalb Yusufining o'n bir qardoshi bor edi:

◎ Yomon gumon,
◎ G'iybat,
◎ Hasad,
◎ Yolg'on,
◎ Tanqid,
◎ Tuhmat,
◎ Noto'g'ri ta'vil,
◎ Manmanlik,
◎ G'urur,
◎ Hirs,
◎ Ochko'zlik.

Yusufning akalari hasad bo'risi Yusufga tuzoq qurdirib, uni quduqqa ottirgandi. Keyin otalariga: "Bo'ri yeb ketdi", – deyishdi. Ya'qub payg'ambar uni qaysi bo'ri yeganini bilardi. Yusufini yegan hasad bo'risi oldida ulardan yuz o'girib, "Men g'amimni ham, quvonchimni ham O'ziga aytaman" – dedi.

Hasad bo'risi yashayotgan yurakka hech narsa deyilmasligini ulug' payg'ambar yaxshi bilardi.

~ Qalb iffati

@Sofhaaty
4🕊2
Taqvo yeguliklarning tarkibiga qarashdangina iborat emas. Taqvo qalb va axloqda Rosululloh ﷺ ga ergashishdir…!


– Ustoz Husayn Buxoriy

@Sofhaaty
4🕊1
OSHIQLAR


Oʻn sakkiz ming olamda hayron boʻlg'an oshiqlar,
Tobmay Ma’shuq soʻrog'in sarson boʻlgan Oshiqlar.

Har dam boshi oʻrgulub, koʻzi Haqqa termulub,
Hu-Hu” teyu joʻr boʻlub giryon boʻlgan Oshiqlar.

Kuyub-yonib kul boʻlg'an, ishqida bulbul boʻlg'an,
Kimni koʻrsa qul boʻlg'an, nolon boʻlg'an Oshiqlar.

Yoʻl ustida xoq boʻlg'an, siynalari chok boʻlg'an,
Zikri birlan pok boʻlg'an, mardon boʻlg'an Oshiqlar.

Himmat qurin bog'lag'an, yurak-bag'rin dog'lag'an,
Tinmay doim yig'lag'an, biryon boʻlg'an Oshiqlar.

Gohi yuzi sarg'arib, gohi yoʻlida g'arib,
Tasbehlari «Yo Habib...”, joʻyon boʻlg'an Oshiqlar.

Qul Xoja Ahmad oshiq boʻl, sidqing birla sodiq boʻl,
Andin soʻngra loyiq boʻl, jonon boʻlg'an Oshiqlar.

©Xoja Ahmad Yassaviy quddisa sirruhu

@Sofhaaty
🕊5
Sa’di Sheroziy derki:
“Ishqqa uchma, qanoting yonar"

Hazrati Mavlono Rumiy derki:
“Ishqqa uchmasang, qanoting nega yarar?"

Oshiq Yunus derki:
“Ishqqa uchgandan so'ng, qanot kimga kerak?"


@Sofhaaty
🕊4
Xushu’ bo‘lmagan namozda, keraksiz narsalardan saqlanmasdan tutilgan ro‘zada, qiroat bilan o‘qilmagan qur’onda, gunohlardan tiyilmasdan qilingan amalda, saxiylik qilinmagan molda, jiddiy bog‘lanmagan birodarlikda, ixlos bo‘lmagan duoda yaxshilik yo‘qdir.
Ali ibn Abu Tolib رضي الله عنه


#eslatma | @Sofhaaty
2🕊1
Ibn Qudoma Al-Maqdisiy رحمه الله aytadi :

"Qachonki namozga turganingda qalbing hozir bo'lmayotganini topsang, bilginki uning sababi iymon zaifligidandir. Uni kuchaytirishga harakat qil".

Muxtasar Minhojis solihiyn, 30 s.

@Sofhaaty
2🕊1
Namozda xushuu’ning yo‘qolishi — bandaning yomonligi emas, balki iymonning parvarishga muhtoj ekanining belgisi. Qalb doimo o‘zgarib turadi, shuning uchun banda Allohga yaqinlashishga intilmasa, tabiiy ravishda chalg‘iy boshlaydi.

Qalbning hozir bo‘lmasligi:

- ortiqcha gunoh;
- dunyo tashvishlari;
- muammolarni haddan ortiq o‘ylash;
- Qur’on bilan kam bog‘liqlik;
- duolarning sustligi

kabi sabablar bilan yuzaga keladi.

💡 Davosi esa — iymonni kuchaytirishdir.

Bu nafaqat ilm o‘rganish, balki o‘zini tarbiyalash, qalbni poklash, duoni ko‘paytirish, Qur’on tilovati, zikr va tavba orqali amalga oshadi.

Namoz odamning holatini aks ettiruvchi oyna kabidir. Undagi chalg‘ishlar — qalbning yordam so‘rayotganidan darak. Uni mustahkamlashga harakat qilish esa mo‘minning ulug‘ vazifasidir.

🤲 Alloh taolo qalblarimizni xushuu’ bilan tiriltirsin.
🕊Zero, namoz – qalbning sukunati, ruhning mustahkamligidir.

◉ Abdurahmon Nuriy

Telegram Instagram
Substack UmmaLife

#fikrat | @Sofhaaty
🕊322
Ijtimoiy tarmoqqa kirganingizda ham niyatni to‘g‘ri qiling: xayr-manfaat bo‘lsa qoling, yoʻqsa maʼsiyat, sharrga eltsa gunohga botmay darhol tark qiling.

◉ Abdurahmon Nuriy

Telegram Instagram
Substack UmmaLife

#eslatma | @Sofhaaty
🕊6
❗️Ijtimoiy tarmoqqa kirishdan oldin niyatni tuzatib oling!

Bugungi kunda telefon bir zumda dunyoning turli chekkalariga yo‘l ochadi. Ammo bu yo‘l har doim ham nurga, yaʼni foydamizga eltavermaydi. Shuning uchun mo‘min kishi ijtimoiy tarmoqqa kirayotganda ham avvalo niyatini nazorat qiladi.

Agar ko‘rayotganingiz — ilm, hikmat, tarbiya, xayr va foyda bo‘lsa, qoling. Chunki, foyda topishning o‘zi ibodatning bir qismidir.

Ammo agar ko‘zlaringizni band qiladigan, qalbingizni sovutadigan, vaqt va diqqatni o‘g‘irlab qo‘yadigan, gunohga boshlaydigan narsa ko‘rinsa — ortga qayting. Mo‘minning ulug‘ligi ham shunda: zarar ko‘rishdan oldin to‘xtay olishi.

Ibnul Qayyim رحمه الله aytganidek:
“Nafs seni olib borayotgan yo‘lni kuzat. Agar u seni Allohga yaqin qilsa, mustahkam tur. Agar uzoqlashtirsa, darhol tark et.”

Bugun ijtimoiy tarmoqlarning eng katta sinovi — foyda bilan zarar orasidagi chizig‘ini tanlay olishdir.

Shioringiz shunday bo‘lsin:

“Xayr bo‘lsa qolaman.
Sharrga eltsa — iz qoldirmay chiqib ketaman.”


Alloh qalblarimizni najot topadigan yo‘llarga yo‘naltirsin. آمين

◉ Abdurahmon Nuriy

Telegram Instagram
Substack UmmaLife

#eslatma | @Sofhaaty
🕊4👍1
Forwarded from Xushnudbek Xolmuhammad
#hasrat
✏️Ba'zi kanallarda yozilayotgan narsalarni men o'qishga uyalyabman, vaqtimni qizg'onyabman-u, egalari qanday yozishyabdi yoki ularda vaqt serobmi, hayronman....

⏺️Odamlarni vaqtini o'g'irlamang, odamlarga vaqtingizni o'g'irlatmang....
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊5
Robbim!

Meni oʻz holimga tashlab qoʻyma, dushmanlar qoʻlida xor qilib qoʻyma.
Tanamdan istasang jonimni ol, Senga aslo isyon etmasligim uchun menga yordam ber, Allohim men faqat gunohlardan iboratman, jonimga ozor yetsa uni qutqarishni istayman.

Senga tavba qilib doim tavbamga xilof qilguvchiman.
Na tavbamda turaman, na taqvo qilaman

Allohim....
Namoz deya oʻqiganimda na xushʼu na xuzʼu bor.
Zakot deya berganimda minnatlar mujassam.
Roʻza deya tutganimda hamisha maʼsiyat,
Haj deya borganimda bir sayohatu tijorat.

Halqa


#kitobdan | @Sofhaaty
🕊5