Sofhaaty | صفحاتي
82 subscribers
131 photos
10 videos
3 files
35 links
İstanbul medrese öğrencisi 🇺🇿🇹🇷
Kısa dini hatırlatmalar
Her gün faydalı bilgiler 📚
Download Telegram
Voqidiy rohimahulloh aytadilar:

«Mashoyixlarimizning shunday deganlarini eshitganman:

«Odamlar tajriba qilib koʻrgan narsalar ichida Qurʼonni koʻp tilovat qilishdan koʻra xotirani koʻchaytiruvchiroq va mustahkamlovchiroq narsa yoʻq».


- ("Al-qandu fi zikri ulamaai samarqand", 308- b)

@Sofhaaty
5🕊2
Inson ilm talabida ekan, nur sari qadam bosayotgan boʻladi!

- Ustoz Husayn Buxoriy

@Sofhaaty
🕊322
❛❛ Allohga qasamki, Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning sevgisi bilan to‘lgan tanani tuproq aslo chiritmaydi”


~ Iso Bayonuniy رحمة الله

@Sofhaaty
3🕊1
Ey Habibim Muhammad!

Insoniyatning eng murakkab, bahsli johiliyat zamonlarida ham qalblarga yorug‘lik olib kirgan Zot—Sizsiz!
Bandalarning g‘aflatida ham umid chirog‘ini o‘chirib qo‘ymagan, eng tor ko‘ngillarga ham rahm-shafqat sochgan Eng Ardoqli Mehmon—Sizsiz!

Siz kelgan kun dunyo barq urdi, zulmatlar mahv bo'ldi. Chunki Sizning nomingiz — rahmat, qadamlaringiz — nur, so‘zlaringiz — faqat Haq edi.

Biz esa bu shovqinli dunyoga berilib, qalbimizga quloq tutishni unutib qo‘ydik, hatto bundan cho'chiymiz ham, ma'siyatlarga g'arq bo'lgan, shayton nimaga buyursa zumda qiluvchi bo'ldik, havoyi nafsimiz istagan ne-ki bo'lsin, tezda uni qiluvchi bo'dik. Bu isyonlar ichida qalbimizga, sof fitratimizga nazar solishga ham jur'atimiz yetarmidi? Ammo har safar “Ey Habibim Muhammad” deb tilimizga kelganda, bir zumga bo‘lsa ham ko‘ngillar uyg‘onadi, qalb ortidan eshiklar ochiladi.

Bugun nafsimizni so'roq qilaylik:
Sizning axloqingizga qanchalik yaqinman? Sizning rahm-shafqatingizni o‘zimda qanchalik aks ettira olyapman? Siz sevgan ummat bo‘lishga qay darajada intilyapman?

Rasululloh (s.a.v.) bizga faqat ibodatni emas, chinakam inson bo‘lishni, rahmli bo‘lishni, toza vijdon bilan yashashni o‘rgatdilar. U Zotning bir tabassumi — bir ummatning tugal najoti edi.
Bir so‘zi — minglab qalblarning nuri edi.
Bir duosi — asrlar uchun baraka edi.

Ey Habibim Muhammad!
Biz Sizni sevamiz — nafaqat tilimiz bilan, balki Siz olib kelgan nurga qayta va qayta intilishimiz bilan.
Biz Sizni sog‘inamiz — nafaqat ko‘z yoshlarimiz bilan, balki o'zimizni islohga bo‘lgan har bir harakatimiz bilan.

Alloh bizni Sizning yo‘lingizdan ozmaslikka, axloqingizdan bahramand bo‘lishga, qalbimizni Sizning nuringizga munosib qilishga muvaffaq etsin.

Sizni sevmagan qalb yo‘q, Habibim.
Sizni sog‘inmagan ruh yo‘q, Rasululloh.

@Sofhaaty
6🕊11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4🕊11
Allohdan biron hojatingizni so‘rasangiz, avval Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishdan boshlangiz. So‘ngra, nimaki so‘rovingiz bo‘lsa, duo qiling. Keyin esa duoingizni u zotga salovot aytish bilan yakunlang. Albatta Alloh subhanahu va taolo ikki salovotni o‘z karami ila qabul qiladi. U ikkisi orasidagi duoni bo‘lsa, ijobatsiz qoldirishdan karamliroqdir.

Shayx Abu Sulaymon Doroniy


@Sofhaaty
4🕊11
Taomning ortig'in ko'ngil tusamas,
Ozi tiriklikka kifoya har dam.
Ilmu ibodatga quvvat bo'lsa bas,
Ovqatmas, ilmdan yashnagay odam"


– Hofiz Abu Bakr ibn Sunniy Ahmad ibn Muhammad Diynavariy

@Sofhaaty
5🕊41
❛❛ Alloh taoloning ne’matini u harom qilgan o‘ringa sarflamaslik shukrni vojib qiluvchi amallardandir


– Imom Junayd Bag‘dodiy رحمه الله

@Sofhaaty
5🕊11
Qalbni xazrati Yusuf va uning akalariga o'xshatdim. Qalb go'zallikka oyna bo'lishi bilan Yusuf edi. Qalb Yusufining o'n bir qardoshi bor edi:

◎ Yomon gumon,
◎ G'iybat,
◎ Hasad,
◎ Yolg'on,
◎ Tanqid,
◎ Tuhmat,
◎ Noto'g'ri ta'vil,
◎ Manmanlik,
◎ G'urur,
◎ Hirs,
◎ Ochko'zlik.

Yusufning akalari hasad bo'risi Yusufga tuzoq qurdirib, uni quduqqa ottirgandi. Keyin otalariga: "Bo'ri yeb ketdi", – deyishdi. Ya'qub payg'ambar uni qaysi bo'ri yeganini bilardi. Yusufini yegan hasad bo'risi oldida ulardan yuz o'girib, "Men g'amimni ham, quvonchimni ham O'ziga aytaman" – dedi.

Hasad bo'risi yashayotgan yurakka hech narsa deyilmasligini ulug' payg'ambar yaxshi bilardi.

~ Qalb iffati

@Sofhaaty
4🕊2
Taqvo yeguliklarning tarkibiga qarashdangina iborat emas. Taqvo qalb va axloqda Rosululloh ﷺ ga ergashishdir…!


– Ustoz Husayn Buxoriy

@Sofhaaty
4🕊1
OSHIQLAR


Oʻn sakkiz ming olamda hayron boʻlg'an oshiqlar,
Tobmay Ma’shuq soʻrog'in sarson boʻlgan Oshiqlar.

Har dam boshi oʻrgulub, koʻzi Haqqa termulub,
Hu-Hu” teyu joʻr boʻlub giryon boʻlgan Oshiqlar.

Kuyub-yonib kul boʻlg'an, ishqida bulbul boʻlg'an,
Kimni koʻrsa qul boʻlg'an, nolon boʻlg'an Oshiqlar.

Yoʻl ustida xoq boʻlg'an, siynalari chok boʻlg'an,
Zikri birlan pok boʻlg'an, mardon boʻlg'an Oshiqlar.

Himmat qurin bog'lag'an, yurak-bag'rin dog'lag'an,
Tinmay doim yig'lag'an, biryon boʻlg'an Oshiqlar.

Gohi yuzi sarg'arib, gohi yoʻlida g'arib,
Tasbehlari «Yo Habib...”, joʻyon boʻlg'an Oshiqlar.

Qul Xoja Ahmad oshiq boʻl, sidqing birla sodiq boʻl,
Andin soʻngra loyiq boʻl, jonon boʻlg'an Oshiqlar.

©Xoja Ahmad Yassaviy quddisa sirruhu

@Sofhaaty
🕊5
Sa’di Sheroziy derki:
“Ishqqa uchma, qanoting yonar"

Hazrati Mavlono Rumiy derki:
“Ishqqa uchmasang, qanoting nega yarar?"

Oshiq Yunus derki:
“Ishqqa uchgandan so'ng, qanot kimga kerak?"


@Sofhaaty
🕊4
Xushu’ bo‘lmagan namozda, keraksiz narsalardan saqlanmasdan tutilgan ro‘zada, qiroat bilan o‘qilmagan qur’onda, gunohlardan tiyilmasdan qilingan amalda, saxiylik qilinmagan molda, jiddiy bog‘lanmagan birodarlikda, ixlos bo‘lmagan duoda yaxshilik yo‘qdir.
Ali ibn Abu Tolib رضي الله عنه


#eslatma | @Sofhaaty
2🕊1
Ibn Qudoma Al-Maqdisiy رحمه الله aytadi :

"Qachonki namozga turganingda qalbing hozir bo'lmayotganini topsang, bilginki uning sababi iymon zaifligidandir. Uni kuchaytirishga harakat qil".

Muxtasar Minhojis solihiyn, 30 s.

@Sofhaaty
2🕊1
Namozda xushuu’ning yo‘qolishi — bandaning yomonligi emas, balki iymonning parvarishga muhtoj ekanining belgisi. Qalb doimo o‘zgarib turadi, shuning uchun banda Allohga yaqinlashishga intilmasa, tabiiy ravishda chalg‘iy boshlaydi.

Qalbning hozir bo‘lmasligi:

- ortiqcha gunoh;
- dunyo tashvishlari;
- muammolarni haddan ortiq o‘ylash;
- Qur’on bilan kam bog‘liqlik;
- duolarning sustligi

kabi sabablar bilan yuzaga keladi.

💡 Davosi esa — iymonni kuchaytirishdir.

Bu nafaqat ilm o‘rganish, balki o‘zini tarbiyalash, qalbni poklash, duoni ko‘paytirish, Qur’on tilovati, zikr va tavba orqali amalga oshadi.

Namoz odamning holatini aks ettiruvchi oyna kabidir. Undagi chalg‘ishlar — qalbning yordam so‘rayotganidan darak. Uni mustahkamlashga harakat qilish esa mo‘minning ulug‘ vazifasidir.

🤲 Alloh taolo qalblarimizni xushuu’ bilan tiriltirsin.
🕊Zero, namoz – qalbning sukunati, ruhning mustahkamligidir.

◉ Abdurahmon Nuriy

Telegram Instagram
Substack UmmaLife

#fikrat | @Sofhaaty
🕊322
Ijtimoiy tarmoqqa kirganingizda ham niyatni to‘g‘ri qiling: xayr-manfaat bo‘lsa qoling, yoʻqsa maʼsiyat, sharrga eltsa gunohga botmay darhol tark qiling.

◉ Abdurahmon Nuriy

Telegram Instagram
Substack UmmaLife

#eslatma | @Sofhaaty
🕊6
❗️Ijtimoiy tarmoqqa kirishdan oldin niyatni tuzatib oling!

Bugungi kunda telefon bir zumda dunyoning turli chekkalariga yo‘l ochadi. Ammo bu yo‘l har doim ham nurga, yaʼni foydamizga eltavermaydi. Shuning uchun mo‘min kishi ijtimoiy tarmoqqa kirayotganda ham avvalo niyatini nazorat qiladi.

Agar ko‘rayotganingiz — ilm, hikmat, tarbiya, xayr va foyda bo‘lsa, qoling. Chunki, foyda topishning o‘zi ibodatning bir qismidir.

Ammo agar ko‘zlaringizni band qiladigan, qalbingizni sovutadigan, vaqt va diqqatni o‘g‘irlab qo‘yadigan, gunohga boshlaydigan narsa ko‘rinsa — ortga qayting. Mo‘minning ulug‘ligi ham shunda: zarar ko‘rishdan oldin to‘xtay olishi.

Ibnul Qayyim رحمه الله aytganidek:
“Nafs seni olib borayotgan yo‘lni kuzat. Agar u seni Allohga yaqin qilsa, mustahkam tur. Agar uzoqlashtirsa, darhol tark et.”

Bugun ijtimoiy tarmoqlarning eng katta sinovi — foyda bilan zarar orasidagi chizig‘ini tanlay olishdir.

Shioringiz shunday bo‘lsin:

“Xayr bo‘lsa qolaman.
Sharrga eltsa — iz qoldirmay chiqib ketaman.”


Alloh qalblarimizni najot topadigan yo‘llarga yo‘naltirsin. آمين

◉ Abdurahmon Nuriy

Telegram Instagram
Substack UmmaLife

#eslatma | @Sofhaaty
🕊4👍1