☞ Virdlar - (vazifalar)!
Omining virdi - zikrlardir
Tolibi ilmning virdi - ilm talabidir
Olimning virdi esa - ilm tarqatmoqdir
~ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh
Bu hikmatlar bizga shuni eslatadi-ki, insonning qadrini uning nafaqat niyati, balki, virdiga bo‘lgan sobitligi belgilaydi. Kim zikrda, kim ilm talabida, kim ilmni tarqatishda sobit bo‘lsa — o‘sha haqiqiy maqom egasidir!
Biz-chi? Biz bugun qaysi virdni chin dildan ado etayapmiz?
Amallarimiz haqiqatda toʻlaqonli, mazmunlimi — yoki o‘zimizni "ovutib", arzimas ishlarimizni "ulug‘ ish" deb ko‘rsatib qo‘yayotgan bo‘lmadikmi? Zikrimiz qalbni tiriltirayaptimi, ilmimiz o‘zimizni o‘zgartirayaptimi, yoki biz doimo qiladigan “amal”larimiz aslida faqat o‘zimizni aldagan bir tasalligina emasmi?
@Sofhaaty
“Agar qalbimiz pok bo‘lganida, Parvardigorimiz Kalomiga to‘ymasdik. Men biror kunni Musʼhafga qaramay o‘tkazishni xushlamayman”
~ Usmon ibn Affon رضي الله عنه
@Sofhaaty
Tarbiya!
Hikoya qilinishicha, bir kishi Qurʼonni yodlay olmasada takror oʻqiyverar ekan. Kunlarni birida kichik oʻgʻli unga:
– Otajon, yodlay olmaganingizdan keyin oʻqiyverganingizdan nima foyda?! – deya savolga tutdi.
Otasi:
– Oʻgʻlim, agar mana bu koʻmir tashish uchun xoslangan boʻsh savatga suv toʻldirib olib kelsang, aytib beraman, – dedi.
– Toʻldirish mumkin emas-ku, – dedi oʻgʻil.
– Sen harakat qilib koʻr, – dedi.
Oʻgʻil savatni anhorga botirib suv oldi-da otasining oldiga tez olib borishga harakat qildi. Yetib kelgunicha boʻshab qoldi.
– Foydasi yoʻq, – dedi.
– Sen yana harakat qilib koʻrgin, – dedi.
Ikkinchi, uch, toʻrt va beshinchi bor harakat qildi. Lekin, suvni yetkazib kela olmasdan horiqib:
– Toʻldirib kelishlik umuman mumkin emas, – dedi.
– Savatda biron oʻzgarish sezdingmi? – deb soʻradi otasi.
Oʻgʻil shunda payqab:
– Ha, otajon! Savat koʻmirning taʼsiridan qop-qora edi, hozir esa suv sababli top-toza boʻlib qoldi, – deb javob qildi. Shunda ota:
– Ha, oʻgʻlim. Xuddi shunday. Dunyo ishlari ham qalbimizni koʻmir kabi qoraytirib yuboradi. Qurʼonni yodlay olmasang-da, oʻqiyverishlik esa anhor suvidek qalbni tozalab, yuvib turadi, – dedi.
@Sofhaaty
🕊5 4 1
Sofhaaty | صفحاتي
Tarbiya! Hikoya qilinishicha, bir kishi Qurʼonni yodlay olmasada takror oʻqiyverar ekan. Kunlarni birida kichik oʻgʻli unga: – Otajon, yodlay olmaganingizdan keyin oʻqiyverganingizdan nima foyda?! – deya savolga tutdi. Otasi: – Oʻgʻlim, agar mana bu koʻmir…
Diqqat! Oʻqishingiz shart!
Voqidiy rohimahulloh aytadilar:
«Mashoyixlarimizning shunday deganlarini eshitganman:
- ("Al-qandu fi zikri ulamaai samarqand", 308- b)
«Mashoyixlarimizning shunday deganlarini eshitganman:
«Odamlar tajriba qilib koʻrgan narsalar ichida Qurʼonni koʻp tilovat qilishdan koʻra xotirani koʻchaytiruvchiroq va mustahkamlovchiroq narsa yoʻq».
- ("Al-qandu fi zikri ulamaai samarqand", 308- b)
@Sofhaaty
🕊3 2 2
❛❛ Allohga qasamki, Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning sevgisi bilan to‘lgan tanani tuproq aslo chiritmaydi”
~ Iso Bayonuniy رحمة الله
@Sofhaaty
Ey Habibim Muhammad!
Insoniyatning eng murakkab, bahsli johiliyat zamonlarida ham qalblarga yorug‘lik olib kirgan Zot—Sizsiz!
Bandalarning g‘aflatida ham umid chirog‘ini o‘chirib qo‘ymagan, eng tor ko‘ngillarga ham rahm-shafqat sochgan Eng Ardoqli Mehmon—Sizsiz!
Siz kelgan kun dunyo barq urdi, zulmatlar mahv bo'ldi. Chunki Sizning nomingiz — rahmat, qadamlaringiz — nur, so‘zlaringiz — faqat Haq edi.
Biz esa bu shovqinli dunyoga berilib, qalbimizga quloq tutishni unutib qo‘ydik, hatto bundan cho'chiymiz ham, ma'siyatlarga g'arq bo'lgan, shayton nimaga buyursa zumda qiluvchi bo'ldik, havoyi nafsimiz istagan ne-ki bo'lsin, tezda uni qiluvchi bo'dik. Bu isyonlar ichida qalbimizga, sof fitratimizga nazar solishga ham jur'atimiz yetarmidi? Ammo har safar “Ey Habibim Muhammad” deb tilimizga kelganda, bir zumga bo‘lsa ham ko‘ngillar uyg‘onadi, qalb ortidan eshiklar ochiladi.
Bugun nafsimizni so'roq qilaylik:
Sizning axloqingizga qanchalik yaqinman? Sizning rahm-shafqatingizni o‘zimda qanchalik aks ettira olyapman? Siz sevgan ummat bo‘lishga qay darajada intilyapman?
Rasululloh (s.a.v.) bizga faqat ibodatni emas, chinakam inson bo‘lishni, rahmli bo‘lishni, toza vijdon bilan yashashni o‘rgatdilar. U Zotning bir tabassumi — bir ummatning tugal najoti edi.
Bir so‘zi — minglab qalblarning nuri edi.
Bir duosi — asrlar uchun baraka edi.
Ey Habibim Muhammad!
Biz Sizni sevamiz — nafaqat tilimiz bilan, balki Siz olib kelgan nurga qayta va qayta intilishimiz bilan.
Biz Sizni sog‘inamiz — nafaqat ko‘z yoshlarimiz bilan, balki o'zimizni islohga bo‘lgan har bir harakatimiz bilan.
Alloh bizni Sizning yo‘lingizdan ozmaslikka, axloqingizdan bahramand bo‘lishga, qalbimizni Sizning nuringizga munosib qilishga muvaffaq etsin.
Sizni sevmagan qalb yo‘q, Habibim.
Sizni sog‘inmagan ruh yo‘q, Rasululloh.
@Sofhaaty
Allohdan biron hojatingizni so‘rasangiz, avval Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishdan boshlangiz. So‘ngra, nimaki so‘rovingiz bo‘lsa, duo qiling. Keyin esa duoingizni u zotga salovot aytish bilan yakunlang. Albatta Alloh subhanahu va taolo ikki salovotni o‘z karami ila qabul qiladi. U ikkisi orasidagi duoni bo‘lsa, ijobatsiz qoldirishdan karamliroqdir.
Shayx Abu Sulaymon Doroniy
@Sofhaaty
“Taomning ortig'in ko'ngil tusamas,
Ozi tiriklikka kifoya har dam.
Ilmu ibodatga quvvat bo'lsa bas,
Ovqatmas, ilmdan yashnagay odam"
– Hofiz Abu Bakr ibn Sunniy Ahmad ibn Muhammad Diynavariy
@Sofhaaty
❛❛ Alloh taoloning ne’matini u harom qilgan o‘ringa sarflamaslik shukrni vojib qiluvchi amallardandir
– Imom Junayd Bag‘dodiy رحمه الله
@Sofhaaty
Qalbni xazrati Yusuf va uning akalariga o'xshatdim. Qalb go'zallikka oyna bo'lishi bilan Yusuf edi. Qalb Yusufining o'n bir qardoshi bor edi:
◎ Yomon gumon,
◎ G'iybat,
◎ Hasad,
◎ Yolg'on,
◎ Tanqid,
◎ Tuhmat,
◎ Noto'g'ri ta'vil,
◎ Manmanlik,
◎ G'urur,
◎ Hirs,
◎ Ochko'zlik.
Yusufning akalari hasad bo'risi Yusufga tuzoq qurdirib, uni quduqqa ottirgandi. Keyin otalariga: "Bo'ri yeb ketdi", – deyishdi. Ya'qub payg'ambar uni qaysi bo'ri yeganini bilardi. Yusufini yegan hasad bo'risi oldida ulardan yuz o'girib, "Men g'amimni ham, quvonchimni ham O'ziga aytaman" – dedi.
◎ Yomon gumon,
◎ G'iybat,
◎ Hasad,
◎ Yolg'on,
◎ Tanqid,
◎ Tuhmat,
◎ Noto'g'ri ta'vil,
◎ Manmanlik,
◎ G'urur,
◎ Hirs,
◎ Ochko'zlik.
Yusufning akalari hasad bo'risi Yusufga tuzoq qurdirib, uni quduqqa ottirgandi. Keyin otalariga: "Bo'ri yeb ketdi", – deyishdi. Ya'qub payg'ambar uni qaysi bo'ri yeganini bilardi. Yusufini yegan hasad bo'risi oldida ulardan yuz o'girib, "Men g'amimni ham, quvonchimni ham O'ziga aytaman" – dedi.
Hasad bo'risi yashayotgan yurakka hech narsa deyilmasligini ulug' payg'ambar yaxshi bilardi.
~ Qalb iffati
@Sofhaaty
Taqvo yeguliklarning tarkibiga qarashdangina iborat emas. Taqvo qalb va axloqda Rosululloh ﷺ ga ergashishdir…!
– Ustoz Husayn Buxoriy
@Sofhaaty
OSHIQLAR
Oʻn sakkiz ming olamda hayron boʻlg'an oshiqlar,
Tobmay Ma’shuq soʻrog'in sarson boʻlgan Oshiqlar.
Har dam boshi oʻrgulub, koʻzi Haqqa termulub,
Hu-Hu” teyu joʻr boʻlub giryon boʻlgan Oshiqlar.
Kuyub-yonib kul boʻlg'an, ishqida bulbul boʻlg'an,
Kimni koʻrsa qul boʻlg'an, nolon boʻlg'an Oshiqlar.
Yoʻl ustida xoq boʻlg'an, siynalari chok boʻlg'an,
Zikri birlan pok boʻlg'an, mardon boʻlg'an Oshiqlar.
Himmat qurin bog'lag'an, yurak-bag'rin dog'lag'an,
Tinmay doim yig'lag'an, biryon boʻlg'an Oshiqlar.
Gohi yuzi sarg'arib, gohi yoʻlida g'arib,
Tasbehlari «Yo Habib...”, joʻyon boʻlg'an Oshiqlar.
Qul Xoja Ahmad oshiq boʻl, sidqing birla sodiq boʻl,
Andin soʻngra loyiq boʻl, jonon boʻlg'an Oshiqlar.
©Xoja Ahmad Yassaviy quddisa sirruhu
@Sofhaaty
🕊5
Sa’di Sheroziy derki:
“Ishqqa uchma, qanoting yonar"
Hazrati Mavlono Rumiy derki:
“Ishqqa uchmasang, qanoting nega yarar?"
Oshiq Yunus derki:
“Ishqqa uchma, qanoting yonar"
Hazrati Mavlono Rumiy derki:
“Ishqqa uchmasang, qanoting nega yarar?"
Oshiq Yunus derki:
“Ishqqa uchgandan so'ng, qanot kimga kerak?"
@Sofhaaty
🕊4
Xushu’ bo‘lmagan namozda, keraksiz narsalardan saqlanmasdan tutilgan ro‘zada, qiroat bilan o‘qilmagan qur’onda, gunohlardan tiyilmasdan qilingan amalda, saxiylik qilinmagan molda, jiddiy bog‘lanmagan birodarlikda, ixlos bo‘lmagan duoda yaxshilik yo‘qdir.
#eslatma | @Sofhaaty
Ali ibn Abu Tolib رضي الله عنه
#eslatma | @Sofhaaty
Ibn Qudoma Al-Maqdisiy رحمه الله aytadi :
"Qachonki namozga turganingda qalbing hozir bo'lmayotganini topsang, bilginki uning sababi iymon zaifligidandir. Uni kuchaytirishga harakat qil".
Muxtasar Minhojis solihiyn, 30 s.
@Sofhaaty