Sofhaaty | صفحاتي
81 subscribers
131 photos
10 videos
3 files
35 links
İstanbul medrese öğrencisi 🇺🇿🇹🇷
Kısa dini hatırlatmalar
Her gün faydalı bilgiler 📚
Download Telegram
Ey singlim!


Ayolning qadri oshxonadagi mohirligida emas — uning ongida, tafakkurida, qalbi yoritgan nuri bilan tarbiyalayotgan avlodida.

Tarixga nazar soling: buyuk ayollar tandirdagi noni bilan emas, qalblardagi uyg‘oqlik bilan eslanadi. Ular oʻzlaridan keyin oʻzidan keyin ummatga nafi tegadigan solih farzandlarni – ziyoli o‘g‘il-qizlarni, ma’rifat bilan sug‘orilgan avlodni tarbiyalab meros qoldirgan buyuk qalb sohiblari deya eslanadi.

Imom Shofiiy aytganlar: “Ilm — odamning eng sharafli merosidir.”
Bu so‘z avvalo ayollarga tegishlidir. Chunki bir ayolning savodi — butun bir avlodning saviyasini belgilaydi. Bir onaning qalbida ilm toʻlib toshsa, farzandlarining kelajagi yorishadi.

Ey qalbi oydek pok singlim,
avvalo o‘zingni tanib ol. Ruhingga ozuqa ber, ilm yo‘lida sabr qil. Chunki qozondagi taom tanani to‘ydiradi, xolos. Ammo ilm – ma’rifat — ayolni zuhodek charaqlagan nurga aylantiradi. Uyg‘oqlik nuri bilan yongan ayol esa — bir millatning ongini uyg‘otadi.


Esda tut: uy yumushlari — sening sharafing emas, sening oddiy vazifang xolos. Asl sharafing, fazilating— aqling, idroking, so‘zing, qalbingni bezagan pok nuring. Rivoyatlarda keladiki: “Bir kun ilm talab qilish — ming kun ibodatdan afzaldir.”

Hop, ayol ilm talabi yo‘lida oshxona mohirligidan biroz susayib, biror yumushni kamroq qila boshlabdi — bu gunoh emas, kamchilik ham emas. Zero, ayol oʻzi uchun ilm olmoqchi, yuksalmoqchi – bu uning ulugʻ ibodatlaridan biridir.

Tarixda Maryam onamiz poklikda, Oisha onamiz ilmlilikda, Robiya Adaviya ma’rifatda timsol bo‘ldi. Ularning birortasi tandir boshidagi mohirligi bilan emas, balki tarixga aylangan fikrlari, hayot yoʻli bilan yodga olinadi.


Shuning uchun, singlim, o‘zingni bunyod qil. Ilm ol, tafakkur qil, qalbingni kengaytir. Uy yumushlari qochmaydi — vaqtida barchasini o‘rganasan. Ammo avvalo o‘zingni tarbiya qil. Chunki o‘zligini topgan ayolning davomchilari shaksiz adashmas.

@Sofhaaty
6🕊32
Ibn Haldun’dan so’radilar

-Farzandlarimizni qanday tarbiya qilaylik?

Ibn Haldun dediki;

-Farzandlaringizni tarbiya qilishga urunmang. Zero shundoq ham sizga o’xshaydilar, o’zingizni tarbiya qilsangiz kifoya.

@Sofhaaty
7🕊2
Ba’zan o‘zimdan so‘rayman: “Agar men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetarlicha salavot aytmagan holda huzurlariga borsam, u Zot meni tanirlar-mikan?” Bu savol qalbimni larzaga soladi. O‘zimdan ham, Payg‘ambarimdan ham hijolat bo‘lib ketaman. Chunki U Zot — menga jonidan azizroq bo‘lishi lozim bo‘lgan zot, men esa ko‘pincha dunyo tashvishlarida adashib, Sayyidimni eslashdan chalg‘ib qolaman.

Shu o‘y meni bir qarorga keltirdi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni tanishlarini, duolari va shafoatlariga loyiq bo‘lishimni istasam — men ham U Zotni ko‘proq eslashim, salavot bilan tilimni ziynatlashim, qalbimni nurlantirishim kerak.

Endi har juma — nafaqat juma, balki har kuni imkon topganimda — Payg‘ambarimizga salavot aytishni o‘zimga odat qilishga ahd qildim. Chunki salavot faqat til amali emas, bu insonning Muhammad alayhissalomga bo‘lgan muhabbati, sadoqati, umidi, shafoatga intilishidir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish — qalbning poklanishi, ruhning yengillashishi, hayotning mazmun topishidir. Angladimki, endi salavot men uchun bir ibora emas, balki bir yo‘l — Najot yo‘li.

💚 Allohim, bizni Rasulullohga ko‘p salavot aytadigan, U Zotni chin muhabbat bilan eslaydigan bandalaringdan qilgin.



@Sofhaaty
61
Allohumma solli ala sayyidina Muhammad ﷺ

seni shafoat qiladigan zotga salovat ayt !


@Sofhaaty
7🕊11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6
Biz hayol surish va kelajak haqida o‘ylashda haddan oshib kettik, shu sababdan bizga yozib qo‘yilgan qadar haqida unuttik.

~ Mahmud Darvesh

Qalbni qadarga rozi bo‘lmaslik siqadi...

@Sofhaaty
4🕊1
“Biz hayol surish va kelajak haqida o‘ylashda haddan oshib kettik, shu sababdan bizga yozib qo‘yilgan qadar haqida unuttik.”

— Mahmud Darvesh


Inson ba’zan orzularning choʻqqisiga chiqib ketib, oyoqlari ostidagi haqiqatni ko‘rmay qoladi. Qalb esa shunday tuzilganki — unga mos yozilgan qadarni tan olmaguncha tinchimaydi. Qanchalik intilishlarimiz teran bo‘lmasin, qismatning bizga ajratgan yo‘li bor. Uni inkor qilsak, ichimizda bir narsa bizni asta-sekin siqa boshlaydi.

Qadar — taslim bo‘lish emas, balki o‘z o‘rnimizni anglab, harakatlarimizni Alloh belgilagan tartib bilan uyg‘unlashtirishdir. Kimdir shundagina yengillik, taskin topadi, kimdir rohat, yana kimdir — o‘zini.

Ba’zan eng katta ozodlik orzularga intilish, ularda chegara bilmaslikda emas, balki qismat bilan yarashib yashashda ekanini anglash uchun qalbning bir oz siqilishi kifoya.

@Sofhaaty
4🕊21
Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh dedilar:

"Elak (gʻalvir) kabi boʻlmanglar! yaxshi unni chiqarib yomonnini qoldiradigan.
Ogʻizlaringizdan xikmat soʻzlarni chiqarib (gapirib), aslida esa qalblaringizda gina- adovatni qoldirib".


~ Sifatu Soffa". 457

@Sofhaaty
4🕊1
Fuzayl ibn Iyoz rahimahullohning teran bir nasihati bor:

"Elak kabi bo‘lmanglar! Yaxshi unni chiqarib, yomonini qoldiradigan. Og‘izlaringizdan hikmat so‘zlarini chiqarib, aslida qalblaringizda gina-adovatni qoldirib."
~ Sifatu Soffa, 457

Fikrimcha, bugungi zamon bunday ogohlantirishga har qachongidan ko‘proq muhtoj. Chunki hozirgi davrimizda — so‘zlar tilga oson, lekin samimiyatga kelganda qiyin, ogʻir bo‘lib qolgan davr. Ijtimoiy tarmoqlarda chiroyli maqollar, dono fikrlar, ruhiy maslahatlar bilan to‘lgan sahifalar toʻlib - toshgan… ammo qalblarimiz shuncha go‘zallikka mos va xos bo‘la olyaptimikin?

Ko‘pimiz elakka o‘xshab qolyapmiz: tashqariga faqat hashamdor fikr, yaxshi niyat, dono gaplarni chiqaramiz,
ammo ichkarida — mahzunlik, gina, adovat, hasad, dard-yaralar yig‘ilib qolmoqda.

– Jamiyat oldida “pozitiv”, lekin ichkarida siqilgan, mahzun;
– Zohiran boshqalarga maslahatga boy, lek botinida o‘z qalbini tuzatishga erinadigan, va hatto aytish joiz boʻlsa, oʻzi tuzatiqlarga islohga muhtoj;
– ... shu zayil ko‘p gapirib, kam his qiladigan bir avlod bo‘lib borayotgandekmiz.

Aslida esa haqiqiy poklik — so‘zlarda emas, qalbning tubida bo‘lishi hammaga aʼyon. Insonning qadrini uning tashqi ko‘rinishi yoki postlari emas, balki yoʻnaltirilgan niyatlari, tozalangan dili, halol amali, toza munosabatilari belgilaydi.

💡 Fuzayl ibn Iyozning nasihati bizga shuni o‘rgatadi:
“Avvalo o‘zingni tuzat Qalbingdagi yog‘du so‘zlaringni chiroyli qiladi. Qalb pok bo‘lsa, til ham pok bo‘ladi!”

Bugungi shiddatli hayotda eng katta boylik – sokin, toza va gina-adovatsiz qalbdir. Keling, boshqalarga ko‘rsatadigan go‘zalliklarni avvalo o‘z ichimizda - siyratimiz bilan baham koʻrishishdan boshlaylik.


@Sofhaaty
42🕊1
... )
5🕊31
Dushman qarshisida alif (ا) kabi tik, Alloh huzurida esa vov (و) kabi egik boʻl!


@Sofhaaty
3
☞ Virdlar - (vazifalar)!

Omining virdi - zikrlardir

Tolibi ilmning virdi - ilm talabidir

Olimning virdi esa - ilm tarqatmoqdir


~ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh


Bu hikmatlar bizga shuni eslatadi-ki, insonning qadrini uning nafaqat niyati, balki, virdiga bo‘lgan sobitligi belgilaydi. Kim zikrda, kim ilm talabida, kim ilmni tarqatishda sobit bo‘lsa — o‘sha haqiqiy maqom egasidir!

Biz-chi? Biz bugun qaysi virdni chin dildan ado etayapmiz?
Amallarimiz haqiqatda toʻlaqonli, mazmunlimi — yoki o‘zimizni "ovutib", arzimas ishlarimizni "ulug‘ ish" deb ko‘rsatib qo‘yayotgan bo‘lmadikmi? Zikrimiz qalbni tiriltirayaptimi, ilmimiz o‘zimizni o‘zgartirayaptimi, yoki biz doimo qiladigan “amal”larimiz aslida faqat o‘zimizni aldagan bir tasalligina emasmi?

@Sofhaaty
42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Agar qalbimiz pok bo‘lganida, Parvardigorimiz Kalomiga to‘ymasdik. Men biror kunni Musʼhafga qaramay o‘tkazishni xushlamayman”

~ Usmon ibn Affon رضي الله عنه

@Sofhaaty
5
Tarbiya!


Hikoya qilinishicha, bir kishi Qurʼonni yodlay olmasada takror oʻqiyverar ekan. Kunlarni birida kichik oʻgʻli unga:
– Otajon, yodlay olmaganingizdan keyin oʻqiyverganingizdan nima foyda?! – deya savolga tutdi.
Otasi:
– Oʻgʻlim, agar mana bu koʻmir tashish uchun xoslangan boʻsh savatga suv toʻldirib olib kelsang, aytib beraman, – dedi.
– Toʻldirish mumkin emas-ku, – dedi oʻgʻil.
– Sen harakat qilib koʻr, – dedi.

Oʻgʻil savatni anhorga botirib suv oldi-da otasining oldiga tez olib borishga harakat qildi. Yetib kelgunicha boʻshab qoldi.
– Foydasi yoʻq, – dedi.
– Sen yana harakat qilib koʻrgin, – dedi.

Ikkinchi, uch, toʻrt va beshinchi bor harakat qildi. Lekin, suvni yetkazib kela olmasdan horiqib:
– Toʻldirib kelishlik umuman mumkin emas, – dedi.
– Savatda biron oʻzgarish sezdingmi? – deb soʻradi otasi.
Oʻgʻil shunda payqab:
– Ha, otajon! Savat koʻmirning taʼsiridan qop-qora edi, hozir esa suv sababli top-toza boʻlib qoldi, – deb javob qildi. Shunda ota:
– Ha, oʻgʻlim. Xuddi shunday. Dunyo ishlari ham qalbimizni koʻmir kabi qoraytirib yuboradi. Qurʼonni yodlay olmasang-da, oʻqiyverishlik esa anhor suvidek qalbni tozalab, yuvib turadi, – dedi.

@Sofhaaty
🕊541
Voqidiy rohimahulloh aytadilar:

«Mashoyixlarimizning shunday deganlarini eshitganman:

«Odamlar tajriba qilib koʻrgan narsalar ichida Qurʼonni koʻp tilovat qilishdan koʻra xotirani koʻchaytiruvchiroq va mustahkamlovchiroq narsa yoʻq».


- ("Al-qandu fi zikri ulamaai samarqand", 308- b)

@Sofhaaty
5🕊2
Inson ilm talabida ekan, nur sari qadam bosayotgan boʻladi!

- Ustoz Husayn Buxoriy

@Sofhaaty
🕊322