Ibnul Javziy aytadilar-ki:
Siz, o’zingizdan keyingilarga ibrat bo’lmasingizdan oldin, o’zingizdan oldingilardan ibrat oling.
p.s: O‘zingiz boshqalarga namuna bo‘lishni xohlasangiz, avval o‘zingiz o‘tmishdan saboq olib, o‘zingizni to‘g‘rilang. Zero kim o‘tmishdan ibrat olsa, kelajakda o‘zi boshqalarga ibrat bo‘la oladi.

@Sofhaaty
🕊2 2
Ba’zan bir lahza bor — ko‘z ochib-yumguncha o‘tadigan, ammo taqdirning butun bir sahifasini almashtirib yuboradigan lahza.
Inson uni kutmaydi, his qilmaydi, uning qadam tovushi ham yo‘q. U keladi va hayotingni butunlay boshqa yo‘nalishga burib yuboradi.
Nega? Qanday? Qaysi sabab bilan? Ba’zan hech bir sabab bilan emas — faqat Haqiqiy Irodaga mos kelgani uchungina.
Biz bu dunyo sabab-natijalar zanjirlariga mahkam bog‘lanib qolganimiz uchun ko‘p narsa bizga mushkul, og‘ir, uzoqdek tuyuladi. Ammo Qudrat egasi uchun hech bir mushkul, kechikish, masofa yo‘q. Inson “imkonsiz” deb qo‘rquv bilan gapiradigan narsalar — U uchun birgina kalima xolos: “Bo‘l.” Va u narsa bo‘ladi.
Lekin u Qalbini Allohga suyagan banda-ki, g‘amga ham boshqacha qaraydi. U biladiki, bir eshik yopilsa — uning ortida yumshoq shamol tebratib turgan boshqa eshik bor. U bunga hech ikkilanish, gumonlarsiz chinakamiga ishonadi. Bir yo‘l tugasa — ko‘rinmay turgan, ammo aniq bor bo‘lgan yangi yo‘l boshlanadi.
Shu bois, inson o‘zining ojizligi holida “bu ish bo‘lmaydi” deb hukm chiqarishga shoshilmasin. Biroz xafa ham boʻlar, oʻksinar, sukutda kutar. Vaqt oʻtib uta-kuta bu loyqalangan qalbi tiniqadi, tiniq-tiniq Allohga yaqinlashadi.
Odamning umidlari imkonsiz emas, faqat u erta taslim bo‘lib qo‘yadi. Yetarlicha bilmaydiki, Robbimizning marhamati — milsiz. U hech bir chegaraga sig‘maydi, hech bir mantiqqa to‘g‘rilanmaydi. U bandaning tasavvuriga ham, rejalariga ham mahkum emas. Har qaysiki "гений"ni miyyasi "замикайна" qilib qoladi, agar Uni toʻlaqonli tasavvur qilaman desa.
Shu bois, ey qalbi charchagan inson, bugun “qiyin” deganing ertaga oson bo‘lib ketishi mumkin. Bugun “yo‘q” deganing ertaga “bor”ga aylanib qolishi hech gapmas.
Bugun ko‘zing yetmagan narsa — ertaga seni hayratga solishi mumkin.
Bas, shuning uchun ham yetishni istagan ne’matingni “imkonsiz” deb atama.
Sen uchun mushkul bo‘lishi — Uning uchun og‘ir degani emas. Sen uchun "hech qachon"— Uning uchun ham shunday degani emas. Sen uchun ko‘rinmayotgan narsa — Uning huzurida yashirin degani emas.
Allohning “Bo‘l” degan lahzasi — butun umrni yangidan boshlashga kifoya. Faqat sen shu lahzaga loyiq qalb bilan yasha. Tayyor tur, munosib boʻlishga harakat qil. Qolganini U O‘zi mukammal qiladi.

Alloh taolo aytadi:
“Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi «Bo‘l!» demog‘i, xolos. Bas, u narsa bo‘lur.”
(Yasin surasi, 82-oyat)
Bas, shuning uchun ham yetishni istagan ne’matingni “imkonsiz” deb atama.
Sen uchun mushkul bo‘lishi — Uning uchun og‘ir degani emas. Sen uchun "hech qachon"— Uning uchun ham shunday degani emas. Sen uchun ko‘rinmayotgan narsa — Uning huzurida yashirin degani emas.
Allohning “Bo‘l” degan lahzasi — butun umrni yangidan boshlashga kifoya. Faqat sen shu lahzaga loyiq qalb bilan yasha. Tayyor tur, munosib boʻlishga harakat qil. Qolganini U O‘zi mukammal qiladi.
@Sofhaaty
🕊2 2
– Oyi nima qilyabsiz?
– Sho'rva qaynatyapman bolam
– Qozonning tagi baland yonyabdi,
issiq bo'lsa kerak?
– Ha, judayam issiq
– Unda ustimga to'kib yuboring
– Nimaga bunday deyapsan bolam?
– Ko'p gunohlarni ko'rgan tanam kuyish nimaligini bilsin, zero do'zaxda bundan battar bo'lishi aniq...💔

"Kamchiliklaridan afsuslanuvchi kishi Allohdan rahmat kutsin. Ey Allohning bandalari, bilib qoʻyingki, kimning amali qanday boʻlsa, unga shunday amal bilan javob qaytariladi. Bu dunyoda har amaliga yarasha muomala koʻradi. Cheksiz orzu-havaslardan saqlaning. Zero, oʻlim kutilmaganda, bir ondayoq kelishi mumkin."
◎ "Mukoshafatul qulub"dan
@Sofhaaty
🕊4 3
Bir kuni Yahyo ibn Muozdan bir kishi, Alloh Taolo Muso va Horun عليه السلام payg‘ambarlarini Fir'avnga yuborgan oyatni o‘qidi, bu nimani anglatadi deb so‘radi?
“Unga yumshoq gapiring, shoyad eslasa yoki qo‘rqsa”. (Toha, 44)
Shunda Yahyo yig‘lab: “Ey Alloh!” Bu: “Men Xudoman!” deb aytganga rahmating (bu hayotda) shunday bo‘lsa, “Yo Alloh, sen mening Xudoyimsan” degan kishiga nisbatan sening rahmating qanday bo‘ladi?”

Ey singlim!
Ayolning qadri oshxonadagi mohirligida emas — uning ongida, tafakkurida, qalbi yoritgan nuri bilan tarbiyalayotgan avlodida.
Tarixga nazar soling: buyuk ayollar tandirdagi noni bilan emas, qalblardagi uyg‘oqlik bilan eslanadi. Ular oʻzlaridan keyin oʻzidan keyin ummatga nafi tegadigan solih farzandlarni – ziyoli o‘g‘il-qizlarni, ma’rifat bilan sug‘orilgan avlodni tarbiyalab meros qoldirgan buyuk qalb sohiblari deya eslanadi.
Imom Shofiiy aytganlar: “Ilm — odamning eng sharafli merosidir.”
Bu so‘z avvalo ayollarga tegishlidir. Chunki bir ayolning savodi — butun bir avlodning saviyasini belgilaydi. Bir onaning qalbida ilm toʻlib toshsa, farzandlarining kelajagi yorishadi.
Ey qalbi oydek pok singlim,
avvalo o‘zingni tanib ol. Ruhingga ozuqa ber, ilm yo‘lida sabr qil. Chunki qozondagi taom tanani to‘ydiradi, xolos. Ammo ilm – ma’rifat — ayolni zuhodek charaqlagan nurga aylantiradi. Uyg‘oqlik nuri bilan yongan ayol esa — bir millatning ongini uyg‘otadi.
Esda tut: uy yumushlari — sening sharafing emas, sening oddiy vazifang xolos. Asl sharafing, fazilating— aqling, idroking, so‘zing, qalbingni bezagan pok nuring. Rivoyatlarda keladiki: “Bir kun ilm talab qilish — ming kun ibodatdan afzaldir.”
Hop, ayol ilm talabi yo‘lida oshxona mohirligidan biroz susayib, biror yumushni kamroq qila boshlabdi — bu gunoh emas, kamchilik ham emas. Zero, ayol oʻzi uchun ilm olmoqchi, yuksalmoqchi – bu uning ulugʻ ibodatlaridan biridir.
Tarixda Maryam onamiz poklikda, Oisha onamiz ilmlilikda, Robiya Adaviya ma’rifatda timsol bo‘ldi. Ularning birortasi tandir boshidagi mohirligi bilan emas, balki tarixga aylangan fikrlari, hayot yoʻli bilan yodga olinadi.
Shuning uchun, singlim, o‘zingni bunyod qil. Ilm ol, tafakkur qil, qalbingni kengaytir. Uy yumushlari qochmaydi — vaqtida barchasini o‘rganasan. Ammo avvalo o‘zingni tarbiya qil. Chunki o‘zligini topgan ayolning davomchilari shaksiz adashmas.
@Sofhaaty
Ibn Haldun’dan so’radilar
-Farzandlarimizni qanday tarbiya qilaylik?
Ibn Haldun dediki;
-Farzandlaringizni tarbiya qilishga urunmang. Zero shundoq ham sizga o’xshaydilar, o’zingizni tarbiya qilsangiz kifoya.

Ba’zan o‘zimdan so‘rayman: “Agar men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetarlicha salavot aytmagan holda huzurlariga borsam, u Zot meni tanirlar-mikan?” Bu savol qalbimni larzaga soladi. O‘zimdan ham, Payg‘ambarimdan ham hijolat bo‘lib ketaman. Chunki U Zot — menga jonidan azizroq bo‘lishi lozim bo‘lgan zot, men esa ko‘pincha dunyo tashvishlarida adashib, Sayyidimni eslashdan chalg‘ib qolaman.
Shu o‘y meni bir qarorga keltirdi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni tanishlarini, duolari va shafoatlariga loyiq bo‘lishimni istasam — men ham U Zotni ko‘proq eslashim, salavot bilan tilimni ziynatlashim, qalbimni nurlantirishim kerak.
Endi har juma — nafaqat juma, balki har kuni imkon topganimda — Payg‘ambarimizga salavot aytishni o‘zimga odat qilishga ahd qildim. Chunki salavot faqat til amali emas, bu insonning Muhammad alayhissalomga bo‘lgan muhabbati, sadoqati, umidi, shafoatga intilishidir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish — qalbning poklanishi, ruhning yengillashishi, hayotning mazmun topishidir. Angladimki, endi salavot men uchun bir ibora emas, balki bir yo‘l — Najot yo‘li.
💚 Allohim, bizni Rasulullohga ko‘p salavot aytadigan, U Zotni chin muhabbat bilan eslaydigan bandalaringdan qilgin.

ﷺ
@Sofhaaty
Biz hayol surish va kelajak haqida o‘ylashda haddan oshib kettik, shu sababdan bizga yozib qo‘yilgan qadar haqida unuttik.
~ Mahmud Darvesh
Qalbni qadarga rozi bo‘lmaslik siqadi...
~ Mahmud Darvesh
Qalbni qadarga rozi bo‘lmaslik siqadi...
@Sofhaaty
“Biz hayol surish va kelajak haqida o‘ylashda haddan oshib kettik, shu sababdan bizga yozib qo‘yilgan qadar haqida unuttik.”
— Mahmud Darvesh
Inson ba’zan orzularning choʻqqisiga chiqib ketib, oyoqlari ostidagi haqiqatni ko‘rmay qoladi. Qalb esa shunday tuzilganki — unga mos yozilgan qadarni tan olmaguncha tinchimaydi. Qanchalik intilishlarimiz teran bo‘lmasin, qismatning bizga ajratgan yo‘li bor. Uni inkor qilsak, ichimizda bir narsa bizni asta-sekin siqa boshlaydi.
Qadar — taslim bo‘lish emas, balki o‘z o‘rnimizni anglab, harakatlarimizni Alloh belgilagan tartib bilan uyg‘unlashtirishdir. Kimdir shundagina yengillik, taskin topadi, kimdir rohat, yana kimdir — o‘zini.
Ba’zan eng katta ozodlik orzularga intilish, ularda chegara bilmaslikda emas, balki qismat bilan yarashib yashashda ekanini anglash uchun qalbning bir oz siqilishi kifoya.
@Sofhaaty
Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh dedilar:
"Elak (gʻalvir) kabi boʻlmanglar! yaxshi unni chiqarib yomonnini qoldiradigan.
Ogʻizlaringizdan xikmat soʻzlarni chiqarib (gapirib), aslida esa qalblaringizda gina- adovatni qoldirib".
~ Sifatu Soffa". 457

Fuzayl ibn Iyoz rahimahullohning teran bir nasihati bor:
Fikrimcha, bugungi zamon bunday ogohlantirishga har qachongidan ko‘proq muhtoj. Chunki hozirgi davrimizda — so‘zlar tilga oson, lekin samimiyatga kelganda qiyin, ogʻir bo‘lib qolgan davr. Ijtimoiy tarmoqlarda chiroyli maqollar, dono fikrlar, ruhiy maslahatlar bilan to‘lgan sahifalar toʻlib - toshgan… ammo qalblarimiz shuncha go‘zallikka mos va xos bo‘la olyaptimikin?
Ko‘pimiz elakka o‘xshab qolyapmiz: tashqariga faqat hashamdor fikr, yaxshi niyat, dono gaplarni chiqaramiz,
ammo ichkarida — mahzunlik, gina, adovat, hasad, dard-yaralar yig‘ilib qolmoqda.
– Jamiyat oldida “pozitiv”, lekin ichkarida siqilgan, mahzun;
– Zohiran boshqalarga maslahatga boy, lek botinida o‘z qalbini tuzatishga erinadigan, va hatto aytish joiz boʻlsa, oʻzi tuzatiqlarga islohga muhtoj;
– ... shu zayil ko‘p gapirib, kam his qiladigan bir avlod bo‘lib borayotgandekmiz.
Aslida esa haqiqiy poklik — so‘zlarda emas, qalbning tubida bo‘lishi hammaga aʼyon. Insonning qadrini uning tashqi ko‘rinishi yoki postlari emas, balki yoʻnaltirilgan niyatlari, tozalangan dili, halol amali, toza munosabatilari belgilaydi.
💡 Fuzayl ibn Iyozning nasihati bizga shuni o‘rgatadi:
“Avvalo o‘zingni tuzat Qalbingdagi yog‘du so‘zlaringni chiroyli qiladi. Qalb pok bo‘lsa, til ham pok bo‘ladi!”
"Elak kabi bo‘lmanglar! Yaxshi unni chiqarib, yomonini qoldiradigan. Og‘izlaringizdan hikmat so‘zlarini chiqarib, aslida qalblaringizda gina-adovatni qoldirib."~ Sifatu Soffa, 457
Fikrimcha, bugungi zamon bunday ogohlantirishga har qachongidan ko‘proq muhtoj. Chunki hozirgi davrimizda — so‘zlar tilga oson, lekin samimiyatga kelganda qiyin, ogʻir bo‘lib qolgan davr. Ijtimoiy tarmoqlarda chiroyli maqollar, dono fikrlar, ruhiy maslahatlar bilan to‘lgan sahifalar toʻlib - toshgan… ammo qalblarimiz shuncha go‘zallikka mos va xos bo‘la olyaptimikin?
Ko‘pimiz elakka o‘xshab qolyapmiz: tashqariga faqat hashamdor fikr, yaxshi niyat, dono gaplarni chiqaramiz,
ammo ichkarida — mahzunlik, gina, adovat, hasad, dard-yaralar yig‘ilib qolmoqda.
– Jamiyat oldida “pozitiv”, lekin ichkarida siqilgan, mahzun;
– Zohiran boshqalarga maslahatga boy, lek botinida o‘z qalbini tuzatishga erinadigan, va hatto aytish joiz boʻlsa, oʻzi tuzatiqlarga islohga muhtoj;
– ... shu zayil ko‘p gapirib, kam his qiladigan bir avlod bo‘lib borayotgandekmiz.
Aslida esa haqiqiy poklik — so‘zlarda emas, qalbning tubida bo‘lishi hammaga aʼyon. Insonning qadrini uning tashqi ko‘rinishi yoki postlari emas, balki yoʻnaltirilgan niyatlari, tozalangan dili, halol amali, toza munosabatilari belgilaydi.
💡 Fuzayl ibn Iyozning nasihati bizga shuni o‘rgatadi:
“Avvalo o‘zingni tuzat Qalbingdagi yog‘du so‘zlaringni chiroyli qiladi. Qalb pok bo‘lsa, til ham pok bo‘ladi!”
Bugungi shiddatli hayotda eng katta boylik – sokin, toza va gina-adovatsiz qalbdir. Keling, boshqalarga ko‘rsatadigan go‘zalliklarni avvalo o‘z ichimizda - siyratimiz bilan baham koʻrishishdan boshlaylik.
@Sofhaaty