Kim ilm talabida boʻlib turgan paytda vafot topsa,u goʻzal xotimaning belgisidir. Chunki u (ilm tolibi) buyuk ibodat uzra vafot topibdi.
– Alloma Ibn Abdulbarr رحمه الله
– Alloma Ibn Abdulbarr رحمه الله
@Sofhaaty
🕊4
Солиҳа аёлнинг сифати!
Сайёр رحمه الله айтади:
“Райёҳ رحمه الله менга шундай ҳикоя қилиб берди:
- “Менга бир аёл ҳақида айтишди. Насибамиз қўшилиб, турмуш қурдик. Хуфтон ўқиб бўлингач, у атир-упаларини суртиб, безаниб, чиройли кийимларини кийиб, ёнимга келиб, “Ҳожам, менда ҳожатингиз борми?” - дер эди.
“Ҳа” десам, ёнимда қолар, “йўқ” десам, безакли кийимларини ечиб, тонг отгунча намоз ўқиб чиқар эди. Аллоҳга қасамки, (ибодатда) у мендан ўзиб кетди”.
Аллоҳ Райёҳни ҳам, унинг обида, солиҳа аёлини ҳам раҳматига олсин. Аллоҳим! менга ҳам Райёҳнинг (رحمه الله) аёлидек, обида, солиҳа бир жуфт насиб эт!.. 🙂
📚«Солиҳлар гулшани» китобидан.
@Sofhaaty
🕊4
Agar ayollar erkaklar ularga qanday qarashlarini bilsalar edi, ular oʻzlarini temir bilan qoplardilar.
*Ularni kengroq kiyintiring, siz(erkak)lar ular uchun javobgarsizlar.

● Ayman Yogʻiy
@Sofhaaty
Bu suratga diqqat bilan qarang. Bir odam temir panjara ortida. Uning holati — majburiy cheklov va asirlik. Ammo rasmning eng ta’sirli joyi: panjaraning narigi tomonida, uning qo‘li yetadigan masofada, ikkita narsa yotibdi: butun bir non va yaltiroq kalit.
U nima qilmoqda? U panjara oralig‘idan uzun tayoqchani o‘tkazib, nonni o‘ziga tortishga urinmoqda. Uning butun e’tibori — qorni to‘yishga.
Lekin… kalitchi?
U o‘zining ozodligini ta’minlaydigan yagona narsa – bu katta, yorqin kalit yonida yotganini ko‘rmayaptimi? Yoki ko‘rib turib, unga e’tibor berishni xohlamayaptimi?
Bu rasm bizning zamonamizning, bizning shaxsiy hayotimizning eng katta fojiasidir.
Biz hammamiz hayotda non (moddiy ehtiyojlar, kunlik ro‘zg‘or tashvishlari, oddiy ehtiyojlar) va kalit (haqiqiy erkinlik, ma’naviy yuksalish, katta maqsadlar, o‘zlikni topish) o‘rtasida turamiz.
Ko‘pchiligimiz tayoqchani olib, panjara orasidan nonni tortish bilan bandmiz. Ya’ni, biz kunlik “tirik qolish” (survival) rejimida yashaymiz: qarzni yopish, zudlik bilan kerakli narsani sotib olish, eng yaqin vaqt ichidagi muammoga yechim topish.
Bu non qorinni toʻygʻizishi mumkindir maʼlum vaqt,, biroq qafas eshigini butkul ochmaydiku.
Bu qafas – ishga, majburiyatlarga, odamlarning fikriga, qo‘rquvlarga, ijtimoiy qoidalarga, hatto bizni doimiy band qilib turadigan telefonlarga bo‘lgan qaramligimiz bo‘lishi mumkin.
Biz ozod bo‘lish uchun “chiqish eshigi qulfining yonida yotgan yechim” ga ega bo‘lishimiz mumkin (bilim olish, yangi ko‘nikma egallash, jasoratli qaror qabul qilish), lekin biz non bilan mashg‘ulmiz. Biz qafasdan chiqishni o‘ylash o‘rniga, qafas ichida qanday qilib yaxshiroq yashashni o‘ylaymiz.
Shubhasiz: agar qafasdan ozod bo‘lsangiz, nonni osongina, tayoqchasiz, mag‘lubiyat ruhiyatisiz topa olasiz. Ozodlik birinchi o‘rinda turishi kerak.
Tayoqchani qo‘ying. Kalitni oling!

Sizning hayotingizda hozirda o‘sha non (zudlik bilan qondirilishi kerak bo‘lgan, lekin asl ozodlikni bermaydigan narsa) va kalit (hayotingizni tubdan o‘zgartiradigan yechim) nima?"Non" bilan shug‘ullanayotganingiz sabab, yechimni ko‘rmay qolganingiz yo‘qmi?
Shubhasiz: agar qafasdan ozod bo‘lsangiz, nonni osongina, tayoqchasiz, mag‘lubiyat ruhiyatisiz topa olasiz. Ozodlik birinchi o‘rinda turishi kerak.
Tayoqchani qo‘ying. Kalitni oling!
@Sofhaaty
إِنَّ الْإِنسَانَ لِرَبِّهِ لَكَنُودٌ
Albatta, Inson Robbisiga noshukurdir
📖
Qachon qaramay qiynalgani haqida gapiradi. Yomon kunlarini yaxshi kunlariga qaraganda ko’proq eslab qoladi. Huddiki Robbisi unga hech ham yaxshi kun bermagandek, hech ne’mat bermagandek noliydi.
❕ Shunday qiyin, meni tushunmaysan, boshingdan o’tsa bilasan, o’shanda juda og’ir edi…Shunday gaplarga to’la suhbatlar
Ammo hech Robbisi bergan ne’matlarni sanab ko’rmaydi. Holbuki Robbisi bergan ne’matlarni sanasa edi, oxiriga yeta olmasdi..
Eslatma:
وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكُمْ لَئِن شَكَرْتُمْ لأَزِيدَنَّكُمْ وَلَئِن كَفَرْتُمْ إِنَّعَذَابِي لَشَدِيدٌ
Va Robbingiz sizga: «Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr kеltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir», dеb bildirganini eslang
.
Batahqiq Robbingiz ta’kid o’laroq bildirdiki, agar ne’matlariga shukr qilsangiz, albatta ushbu ne’mat ustiga ziyodalik qiladi.🕯️
@Sofhaaty
🕊5
#eslang_eslating | @Sofhaaty
Imom Ibn Qoyyim rahimahulloh aytadilar:
"Nabiy ﷺ ga salovot aytish duolar ijobat boʻlishi, gunohlar kechirilishi, Alloh Taolo bandaning gʻam-tashvishini aritishi hamda qiyomat kuni Rosululloh ﷺ ga yaqin boʻlishiga sabab boʻladi".
جلاء الافهام ٤٤٥
Shayx Ibn Usaymin rahimahulloh dedilar:
«Alloh va Rasulini yaxshi koʻradigan kishi Nabiy sollalohu alayhi vasallamga salavot aytishni tashlab qoʻyadi deb hech oʻylamayman».
("Liqoul babil maftuh", 234)
Shayx Abdulaziz Torifiy hafizahulloh aytadilar:
"Juma kuni zikrlarining toji Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishdir. Odamlarning eng koʻp salavot aytuvchisi osmonda (farishtalar huzurida) eng koʻp zikr qilinuvchi va yerda eng xotirjam boʻluvchisidir".
اللهم صل و سلم و بارك على نبينا محمد

Ibnul Javziy aytadilar-ki:
Siz, o’zingizdan keyingilarga ibrat bo’lmasingizdan oldin, o’zingizdan oldingilardan ibrat oling.
p.s: O‘zingiz boshqalarga namuna bo‘lishni xohlasangiz, avval o‘zingiz o‘tmishdan saboq olib, o‘zingizni to‘g‘rilang. Zero kim o‘tmishdan ibrat olsa, kelajakda o‘zi boshqalarga ibrat bo‘la oladi.

🕊2 2
Ba’zan bir lahza bor — ko‘z ochib-yumguncha o‘tadigan, ammo taqdirning butun bir sahifasini almashtirib yuboradigan lahza.
Inson uni kutmaydi, his qilmaydi, uning qadam tovushi ham yo‘q. U keladi va hayotingni butunlay boshqa yo‘nalishga burib yuboradi.
Nega? Qanday? Qaysi sabab bilan? Ba’zan hech bir sabab bilan emas — faqat Haqiqiy Irodaga mos kelgani uchungina.
Biz bu dunyo sabab-natijalar zanjirlariga mahkam bog‘lanib qolganimiz uchun ko‘p narsa bizga mushkul, og‘ir, uzoqdek tuyuladi. Ammo Qudrat egasi uchun hech bir mushkul, kechikish, masofa yo‘q. Inson “imkonsiz” deb qo‘rquv bilan gapiradigan narsalar — U uchun birgina kalima xolos: “Bo‘l.” Va u narsa bo‘ladi.
Lekin u Qalbini Allohga suyagan banda-ki, g‘amga ham boshqacha qaraydi. U biladiki, bir eshik yopilsa — uning ortida yumshoq shamol tebratib turgan boshqa eshik bor. U bunga hech ikkilanish, gumonlarsiz chinakamiga ishonadi. Bir yo‘l tugasa — ko‘rinmay turgan, ammo aniq bor bo‘lgan yangi yo‘l boshlanadi.
Shu bois, inson o‘zining ojizligi holida “bu ish bo‘lmaydi” deb hukm chiqarishga shoshilmasin. Biroz xafa ham boʻlar, oʻksinar, sukutda kutar. Vaqt oʻtib uta-kuta bu loyqalangan qalbi tiniqadi, tiniq-tiniq Allohga yaqinlashadi.
Odamning umidlari imkonsiz emas, faqat u erta taslim bo‘lib qo‘yadi. Yetarlicha bilmaydiki, Robbimizning marhamati — milsiz. U hech bir chegaraga sig‘maydi, hech bir mantiqqa to‘g‘rilanmaydi. U bandaning tasavvuriga ham, rejalariga ham mahkum emas. Har qaysiki "гений"ni miyyasi "замикайна" qilib qoladi, agar Uni toʻlaqonli tasavvur qilaman desa.
Shu bois, ey qalbi charchagan inson, bugun “qiyin” deganing ertaga oson bo‘lib ketishi mumkin. Bugun “yo‘q” deganing ertaga “bor”ga aylanib qolishi hech gapmas.
Bugun ko‘zing yetmagan narsa — ertaga seni hayratga solishi mumkin.
Bas, shuning uchun ham yetishni istagan ne’matingni “imkonsiz” deb atama.
Sen uchun mushkul bo‘lishi — Uning uchun og‘ir degani emas. Sen uchun "hech qachon"— Uning uchun ham shunday degani emas. Sen uchun ko‘rinmayotgan narsa — Uning huzurida yashirin degani emas.
Allohning “Bo‘l” degan lahzasi — butun umrni yangidan boshlashga kifoya. Faqat sen shu lahzaga loyiq qalb bilan yasha. Tayyor tur, munosib boʻlishga harakat qil. Qolganini U O‘zi mukammal qiladi.

Alloh taolo aytadi:
“Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi «Bo‘l!» demog‘i, xolos. Bas, u narsa bo‘lur.”
(Yasin surasi, 82-oyat)
Bas, shuning uchun ham yetishni istagan ne’matingni “imkonsiz” deb atama.
Sen uchun mushkul bo‘lishi — Uning uchun og‘ir degani emas. Sen uchun "hech qachon"— Uning uchun ham shunday degani emas. Sen uchun ko‘rinmayotgan narsa — Uning huzurida yashirin degani emas.
Allohning “Bo‘l” degan lahzasi — butun umrni yangidan boshlashga kifoya. Faqat sen shu lahzaga loyiq qalb bilan yasha. Tayyor tur, munosib boʻlishga harakat qil. Qolganini U O‘zi mukammal qiladi.
@Sofhaaty
🕊2 2
– Oyi nima qilyabsiz?
– Sho'rva qaynatyapman bolam
– Qozonning tagi baland yonyabdi,
issiq bo'lsa kerak?
– Ha, judayam issiq
– Unda ustimga to'kib yuboring
– Nimaga bunday deyapsan bolam?
– Ko'p gunohlarni ko'rgan tanam kuyish nimaligini bilsin, zero do'zaxda bundan battar bo'lishi aniq...💔

"Kamchiliklaridan afsuslanuvchi kishi Allohdan rahmat kutsin. Ey Allohning bandalari, bilib qoʻyingki, kimning amali qanday boʻlsa, unga shunday amal bilan javob qaytariladi. Bu dunyoda har amaliga yarasha muomala koʻradi. Cheksiz orzu-havaslardan saqlaning. Zero, oʻlim kutilmaganda, bir ondayoq kelishi mumkin."
◎ "Mukoshafatul qulub"dan
@Sofhaaty
🕊4 3
Bir kuni Yahyo ibn Muozdan bir kishi, Alloh Taolo Muso va Horun عليه السلام payg‘ambarlarini Fir'avnga yuborgan oyatni o‘qidi, bu nimani anglatadi deb so‘radi?
“Unga yumshoq gapiring, shoyad eslasa yoki qo‘rqsa”. (Toha, 44)
Shunda Yahyo yig‘lab: “Ey Alloh!” Bu: “Men Xudoman!” deb aytganga rahmating (bu hayotda) shunday bo‘lsa, “Yo Alloh, sen mening Xudoyimsan” degan kishiga nisbatan sening rahmating qanday bo‘ladi?”

Ey singlim!
Ayolning qadri oshxonadagi mohirligida emas — uning ongida, tafakkurida, qalbi yoritgan nuri bilan tarbiyalayotgan avlodida.
Tarixga nazar soling: buyuk ayollar tandirdagi noni bilan emas, qalblardagi uyg‘oqlik bilan eslanadi. Ular oʻzlaridan keyin oʻzidan keyin ummatga nafi tegadigan solih farzandlarni – ziyoli o‘g‘il-qizlarni, ma’rifat bilan sug‘orilgan avlodni tarbiyalab meros qoldirgan buyuk qalb sohiblari deya eslanadi.
Imom Shofiiy aytganlar: “Ilm — odamning eng sharafli merosidir.”
Bu so‘z avvalo ayollarga tegishlidir. Chunki bir ayolning savodi — butun bir avlodning saviyasini belgilaydi. Bir onaning qalbida ilm toʻlib toshsa, farzandlarining kelajagi yorishadi.
Ey qalbi oydek pok singlim,
avvalo o‘zingni tanib ol. Ruhingga ozuqa ber, ilm yo‘lida sabr qil. Chunki qozondagi taom tanani to‘ydiradi, xolos. Ammo ilm – ma’rifat — ayolni zuhodek charaqlagan nurga aylantiradi. Uyg‘oqlik nuri bilan yongan ayol esa — bir millatning ongini uyg‘otadi.
Esda tut: uy yumushlari — sening sharafing emas, sening oddiy vazifang xolos. Asl sharafing, fazilating— aqling, idroking, so‘zing, qalbingni bezagan pok nuring. Rivoyatlarda keladiki: “Bir kun ilm talab qilish — ming kun ibodatdan afzaldir.”
Hop, ayol ilm talabi yo‘lida oshxona mohirligidan biroz susayib, biror yumushni kamroq qila boshlabdi — bu gunoh emas, kamchilik ham emas. Zero, ayol oʻzi uchun ilm olmoqchi, yuksalmoqchi – bu uning ulugʻ ibodatlaridan biridir.
Tarixda Maryam onamiz poklikda, Oisha onamiz ilmlilikda, Robiya Adaviya ma’rifatda timsol bo‘ldi. Ularning birortasi tandir boshidagi mohirligi bilan emas, balki tarixga aylangan fikrlari, hayot yoʻli bilan yodga olinadi.
Shuning uchun, singlim, o‘zingni bunyod qil. Ilm ol, tafakkur qil, qalbingni kengaytir. Uy yumushlari qochmaydi — vaqtida barchasini o‘rganasan. Ammo avvalo o‘zingni tarbiya qil. Chunki o‘zligini topgan ayolning davomchilari shaksiz adashmas.
@Sofhaaty
Ibn Haldun’dan so’radilar
-Farzandlarimizni qanday tarbiya qilaylik?
Ibn Haldun dediki;
-Farzandlaringizni tarbiya qilishga urunmang. Zero shundoq ham sizga o’xshaydilar, o’zingizni tarbiya qilsangiz kifoya.

Ba’zan o‘zimdan so‘rayman: “Agar men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetarlicha salavot aytmagan holda huzurlariga borsam, u Zot meni tanirlar-mikan?” Bu savol qalbimni larzaga soladi. O‘zimdan ham, Payg‘ambarimdan ham hijolat bo‘lib ketaman. Chunki U Zot — menga jonidan azizroq bo‘lishi lozim bo‘lgan zot, men esa ko‘pincha dunyo tashvishlarida adashib, Sayyidimni eslashdan chalg‘ib qolaman.
Shu o‘y meni bir qarorga keltirdi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni tanishlarini, duolari va shafoatlariga loyiq bo‘lishimni istasam — men ham U Zotni ko‘proq eslashim, salavot bilan tilimni ziynatlashim, qalbimni nurlantirishim kerak.
Endi har juma — nafaqat juma, balki har kuni imkon topganimda — Payg‘ambarimizga salavot aytishni o‘zimga odat qilishga ahd qildim. Chunki salavot faqat til amali emas, bu insonning Muhammad alayhissalomga bo‘lgan muhabbati, sadoqati, umidi, shafoatga intilishidir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish — qalbning poklanishi, ruhning yengillashishi, hayotning mazmun topishidir. Angladimki, endi salavot men uchun bir ibora emas, balki bir yo‘l — Najot yo‘li.
💚 Allohim, bizni Rasulullohga ko‘p salavot aytadigan, U Zotni chin muhabbat bilan eslaydigan bandalaringdan qilgin.

ﷺ
@Sofhaaty