Sof Fikr🌙
61 subscribers
168 photos
63 videos
5 files
198 links
Tavfiq faqat Allohdan.

Kanalni talaba yuritadi.
Xato ko‘rsangiz ayting.
Takliflar: @S_O_F_fikr_bot
Shaxsiy blog: @blog_soffikrlar
Download Telegram
Yiliga atigi bir marta taqdim etiluvchi imkoniyat!

Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasiga imtihonsiz kirishni, Akademiyaga kirgach esa shar’iy ilmlarni ishonchli tarzda katta ustozlardan chuqur o‘rganishni niyat qilganlar uchun “Hazratim yo‘lidan” onlayn tayyorlov kursida qabul davom etmoqda!

🔸 Dastur haqida batafsil ma’lumot
🔸 Dastur imkoniyatlari

Joylar soni cheklangan. Kursga yozilish va batafsil ma’lumot olish uchun hoziroq biz bilan bog‘laning ⬇️

📌 Kursga ro‘yxatdan o‘tish
📌 Admin bilan bog‘lanish

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Islom.uz
Зулҳижжа ойи бошланди, бу ойда қандай амаллар бажарилади?

Фалакий ҳисобга кўра, ҳижрий 1447-йил Зулҳижжа ойининг 1 куни 2026-йил 18-май душанба кунига тўғри келмоқда.

Зулҳижжа сўзи қандай маънони англатади?

“Ҳаж эгаси” деган маънони билдиради.

Зулҳижжа ойи қандай ой?

Бу ой Аллоҳ таоло уруш, қон тўкишни ҳаром қилган (Зулҳижжа, Зулқаъда, Муҳаррам, Ражаб) тўрт ойнинг бири, ҳижрий-қамарий тақвимнинг охирги ойидир.

Зулҳижжа ойи қандай фазилатларга эга?

Ҳаж ибодати адо этиладиган, қурбонлик қилинадиган, Арафа ва Қурбон ҳайити нишонланадиган ой. Бу ойда, айниқса унинг дастлабки ўн кунида қилинган ибодатлар Аллоҳ таоло учун энг севимли амаллардан саналади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Зулҳижжа ойининг ўн кунидаги амалдан кўра афзалроқ амал йўқдир”, деганлар (Имом Ибн Ҳиббон ривояти).

Бу ойда тутилган рўза икки йиллик гуноҳларга каффорот бўлади.

Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Арафа кунининг рўзаси ўзидан аввалги бир йил ва ўзидан кейинги бир йилнинг гуноҳларига каффорат бўлишини Аллоҳдан умид қиламан”, деганлар (Имом Муслим ривояти).

Зулҳижжа ойини Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам қандай ўтказардилар?

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Зулҳижжа ойининг дастлабки тўққиз кунида, Ашуро кунида ва ҳар ойдан уч кунда – ойнинг аввалги душанбаси билан икки пайшанбасида – рўза тутардилар (Имом Аҳмад ривояти).

Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам янада кўпроқ зикр қилардилар ва: “...Бу кунларда таҳлил (Лаа илаҳа иллаллоҳ Муҳаммадур Расулуллоҳ), такбир (Аллоҳу акбар) ва таҳмид (Алҳамдулиллаҳ) айтишни кўпайтиринглар!” дердилар (Имом Аҳмад, Имом Байҳақий ривояти).

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ушбу дуони кўп айтардилар: "Лаа илаҳа иллаллоҳу ваҳдаху лаа шарийка лаҳу, лаҳул мулку ва лаҳул ҳамду ва ҳува ъала кулли шайьин қодийр" (Имом Термизий ривояти).

Зулҳижжанинг улуғ кунлари тақвими

18 май (Душанба) — Зулҳижжа ойининг 1-куни.

25 май (Душанба) / 8-Зулҳижжа: Тарвия куни (Ҳаж амаллари бошланади).

26 май (Сешанба) / 9-Зулҳижжа: АРАФА КУНИ. Рўза тутиш суннат.

27 май (Чоршанба) / 10-Зулҳижжа: ҚУРБОН ҲАЙИТИ. Байрам ва қурбонлик куни.

Бу кунларда рўза, дуо, зикр ва хайрли ишларни кўпайтиринг!

🕋 @islomuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1👏1
Forwarded from IDROK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“PUL YEG'IB BO'LSA HAM QURBONLIK QILING”

Ustoz quyidagi nasihat bilan bu ibodatning naqadar ulug‘ amal ekanini eslatdilar.

Qurbonlik — bu shunchaki jonliq so‘yish emas, balki Allohga yaqinlashish, ixlos va taqvo belgisi hamdir.
Imkon topishga harakat qilaylik, bu buyuk ibodatdan quruq qolmaylik!

🖥 Suhbatni IdrokTV YouTube sahifasida ko'rish

Suhbatni albatta tomosha qiling va yaqinlaringizga ham ulashing.

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Арафа куни рўзасининг фазилати:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар: “Арафа кунининг рўзаси ўтган бир йиллик ва келгуси бир йиллик гуноҳларга каффорат бўлишини Аллоҳдан умид қиламан” (Имом Муслим ривояти).

⚠️ Муҳим амалга эслатма:
Арафа кунининг (26 май) бомдод намозидан бошлаб, Қурбон ҳайитининг тўртинчи куни (30 май) аср намозигача – жами 23 вақт намоз мобайнида ҳар бир фарз намозидан кейин ташриқ такбирини айтиш вожиб амаллардандир.

26 май — 5 маҳал
(бомдод, пешин, аср, шом, хуфтон)

27 май — 5 маҳал
(бомдод, пешин, аср, шом, хуфтон)

28 май — 5 маҳал
(бомдод, пешин, аср, шом, хуфтон)

29 май — 5 маҳал
(бомдод, пешин, аср, шом, хуфтон)

30 май — 3 маҳал
(бомдод, пешин, аср)
 
Ташриқ такбири:
«Аллоҳу акбар! Аллоҳу акбар! Лаа илааҳа иллаллоҳу валлоҳу акбар! Аллоҳу акбар ва лиллааҳил ҳамд!»
🔥21👍1
Sizlarni muborak Qurbon Hayiti kirib kelgani munosabati bilan tabriklaymiz. Alloh taolo ro‘za va duolarimizni qabul qilsin, bizlarni do‘zax azobidan ozod etilgan bandalaridan aylasin.

Hayitingiz muborak bo‘lsin! Har yili, inshoolloh, ming-ming yaxshilik va salomatlikda bo‘lingiz. Alloh taolodan ibodatlarda bardavomlik so‘raymiz.
5🔥2👍1
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ilmiy manhaji asosida 5 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, Istanbulda joylashgan Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasida o‘qish imkoniyati!

🔸 Akademiyada o‘qish niyatingiz bor, ammo kirish imtihoniga yetarli tayyorgarlikka ega emasmisiz?
🔸 Arab tilida faqat harflarni taniysizmi?
🔸 Akademiyaga tayyorlov kursi izlayapsizmi?


Unda Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi va “Kalima” Til dasturi hamkorligida tashkil etilgan “Hazratim yo‘lidan” onlayn tayyorlov kursi aynan siz uchun.

📌 Kurs 18 yoshdan yuqori (faqat) erkaklar uchun
📌 Darslar Zoom platformasi orqali onlayn tarzda olib boriladi

Arab tilida hozirgi darajangiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, kurs haqida batafsil ma’lumot oling va savollaringiz bo‘lsa, biz bilan albatta bog‘laning!

Tayyorlov kursi haqida batafsil ma’lumot yuqorida 👆

Kursda joylar soni cheklangan. Guruhlar deyarli to‘lib bormoqda, qabul yakunlanishiga oz vaqt qoldi. Hoziroq kurs uchun ro‘yxatdan o‘ting 👇

Kursga yozilish

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
2026-2027 qabul haqidagi barcha maʼlumotlar

Quyidagi boʻlimlar orqali siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

🖥 Barcha ma'lumotlar!

💬 Qabulga doir

💵Shartnoma to‘lovi

🕯 Akademiya faoliyati

✏️ Manhaj (o’quv dasturi)

🏠 Yotoqxona

✉️ Ro'yxatdan o'tish

Akademiya haqida batafsil:
O'tgan yilgi barcha savollarga javob beradigan video

Akademiya haqida qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa:
@shayx_akademiyasi_admin

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
🔥2
🎓 SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF TA'LIM VA TARBIYA AKADEMIYASINING ILK BITIRUV MAROSIMI

Sizni Akademiyamizning ilk bitiruv marosimini jonli efir orqali tomosha qilishga taklif etamiz.

🔗 Jonli efirni kuzatish uchun quyidagi havola orqali o'ting.

https://youtube.com/live/Q-GE7k8pHM0?feature=share

Alloh taolo barcha bitiruvchilarimizga ilmiga baraka, amaliga ixlos va ummatga manfaatli xizmat qilishni nasib etsin. 🤲🏻
🔥21
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ta'lim va tarbiya Akademiyasining ilk bitiruv marosimi bo'lib o'tdi.

📚 Ilm yo'lida sobitqadam bo'lgan bitiruvchilarimiz uchun ushbu kun unutilmas va quvonchli lahzalarga boy bo'ldi.

🥇 Bitiruv marosimi davomida bitiruvchilar munosib ravishda e'tirof etilib, ularga kelgusi ilmiy va hayotiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Alloh taolo bitiruvchilarimizning ilmiga baraka, amaliga ixlos va ummatga manfaatli xizmat qilishni nasib etsin 🤲🏻

❗️ Eslatma:
Bugun birinchi davra qabuliga hujjat topshirish uchun oxirgi kun ekanini bildiramiz.


✉️ Ro'yxatdan o'tish

🖥 Akademiya haqida batafsil!

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2