Sobir Muhammad
186 subscribers
220 photos
4 videos
14 links
hikoyachi.
Download Telegram
Channel created
Eyes of Truth

@sobir_mukhammad
😁9
Men talking while waiting for customers at the slipper stall.

@sobir_mukhammad
1👍1
Asqar Mahkam

Bu uyda bir paytlar buvim yashagan,
mehrsiz kelinin dastidan yonib.
Poydevor toshini o‘zi tashlagan,
Bizlarga non yopgan tunlar uyg‘onib.

O‘zi yer chopardi, o‘zi ekardi,
nevara tashvishi, besh mahal namoz.
G‘am oshib ketganda nos ham chekardi.
Qo‘shnilar goh yarash, gohi payt araz.

Ayriliq dardida oqargan sochi,
sarg‘ayib borardi kun o‘tgan sayin,
turmushga yetardi bazo‘r qulochi,
bu davru zamonga yetmasdi tayin.

Men esa shoirman -
boru yo‘g‘im shu...
Ba’zan she’r to‘qiyman o‘shanga atab.
She’r nima bilmagan va bilmaydi u,
o‘ylab ham ko‘rmagan yetmish yil yashab...

Bu uyda bir vaqtlar buvim yashagan.

@sobir_mukhammad
🔥6👍52👏2
2024
4👍2🔥1
7🔥3❤‍🔥2👍1