Small changes, big impact
35 subscribers
196 photos
70 videos
22 files
89 links
There is no motivation in the world to change yourself until you realize yourself.
Download Telegram
Forwarded from Allaev Uz
Oxirgi vaqtda "mentor" masalasi modaga kirdi. Qaysi biznes trenerni qarama, oʻzingga mentor top degan fikrni aytmoqda.
Doʻstlar, biz murakkab zamonda yashaymiz. Bir kishi hamma masalada aqlli boʻlolmaydi. Kimdir oila masalasida kuchli, kimdir biznesda, kimdir taʼlimda, kimdir sogʻliq masalasida, kimdir shaxsiy rivojlanish masalasida, yana kimdir qonunchilik, boshqa bir kishi turar joy masalasida. Xullas, bir kishi mentor boʻlib sizning hayotingizni toʻgʻrilab berolmaydi. Undan koʻra tadbirkor, yurist, psixolog, shifokor, sport murabbiyi, oʻqituvchi, domla va boshqa sohalarda professional tanishlar boʻlgani yaxshiroq. Siz vaziyatga qarab ulardan maslahat soʻrab, oʻzingiz uchun yoʻl ochib olasiz.

Lekin, kimdir mentor boʻlib sizga hayot strategiyasini tuzib berishini kutmang. Oʻqing, oʻrganing, koʻproq doʻst orttiring, oʻzingizga koʻproq savol bering va oʻzingiz uchun maqsadni, strategiyani oʻzingiz toping.

Oʻta shaxsiy fikrim, "mentor toping" degan gap navbatdagi trend va bu unchalik ham toʻgʻri emas.

#hayot
@allaevuzb
Happy first snowy day in Fergana today 🌨️
3
Xaddingizni bilin qadringiz baland boʻladi
Know your own limits to have good value😎
🔥3
Taqdiri shunchalik o'xshash bo'lishi mumkinmi axir insonni bu dunyoda!

#book
Warrior mindset
Dreams come true
2
Forwarded from Паришка
Application for the Grant Proposal Development and Grant Writing Workshops Extended!

📣 Appalachian State University is implementing a U.S. Embassy Tashkent funded Grant Proposal Development and Grant Writing Workshops for Uzbekistanis so that they may acquire skills to write grants to support their worthwhile projects. To be conducted in Nukus, Qarshi, and Andijan in May 2025, the workshops will outline the stages of grant writing best practices.

✔️ All applicants must meet the following eligibility criteria:
● Commitment to making a difference within their organizations and/or community.
● Currently residing in Uzbekistan.
● Self-directed and able to work with less supervision.
● Committed to training at least five more individuals after the workshops.
● Genuinely interested in developing individual projects of their own selection within their organizations or communities.

🔗 Link to the application

🔔 Application Deadline: December 30, 2024

🌐 Link to our website: here
Forwarded from Aziz Rahimov
Qisqa video ko’raveradi, uzunlariga sabr yetmay qoladi.

Uzun videoga yetmagan sabr, matnga ham yetmaydi.

Matn o’qimagan, kitob o’qimaydi.

Uzun video va kitoblarsiz ilm olinmaydi.

Ilm olmasa, hayotida muammolar to’xtamaydi.

Muammolardan qochish uchun yana qisqa videolar ko’radi…
🔥1
Forwarded from Alisher Sadullaev
Toki o'zbekistonlik bolalar kitoblarni sevib qolmagunlaricha, yoshlar uchun kitob o'qish kisloroddek muhim manbaga aylanmaguncha, biz mehnat qilaveramiz, mehnat qilaveramiz. Bu ish bizning gardanimizga tushgan, bu vazifa katta vazifa. Uni uddalash bizga mas'uliyat va sharaf.

#mutolaavaqtikeldi

@mutolaaxona
Happy New Year
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
How beautiful our Uzbek language
🔥4
It doesn't inspire confidence
Forwarded from Mirzodan maktub
“Maqtanish yoki nolish emas, bu bizning har kunlik sumkamiz. Yevropada talabalarining odatiy sumkasi shunday ko’rinadi. Hamisha daftar-kitobga to’la. Bu yerda kichik, hech narsa sig’maydigan, nomigagina sumka bo’lgan, masalan “bananka” taqib yurgan talabani ko’rmaysiz. Kutubxonalar, talabalar o’qishi uchun maxsus o’quv binolarida bo’sh joy zo’rg’a topasiz. Parta yetmasa, yerda o’tirib ham vazifa qilishadi.

Afsuski, bizda hali hamon buning teskarisi. Qancha talabalarni ko’rdim, faqat bir yoki ikkita daftar bilan o’quv yilini yakunlagan.

Bu yerda talabalar qanday kiyinishga, nima kiyishga qiziqmaydi. Juda boy oiladan bo’lgan talabalar ham shu eski oyoq kiyim, eski rusumdagi telefon, 10 yillik rugzak bilan yuradi.

Afsuski, bizda odatda eng so’nggi texnika, kiyim bo’yicha kim o’zar qilishadi.

Bu yerda telefon, kiyim yoki mashina bilan emas, bilimingiz bilangina odamlarni hayratlantira olasiz. Faqat va faqat bilim bilan”.

Akbar Ibragimov

@mirzo_zominiy
👍4
Forwarded from Lingvist Iroda Azimova
#takror

Ikki yil avval yozilgan post:

Ancha avval qizim "Oyi, odam nega o‘ylay oladi?" deb so‘ragandi. Men "Miya shunaqa, o‘ylash uchun yaratilgan" degandim mujmal qilib. O‘shanda qizim "yo‘q, odam xursand bo‘lish uchun o‘ylay oladi", degandi.

O‘shanda ham bu xulosaning, 5-6 yoshli bola tafakkuri bilan qilingan xulosaning haqligiga tan bergandim.
Aslida ham o‘ylash, o‘ylay olish, ne baxt! Yaqinda doktorant qizlar bilan gaplashib qolganimizda "qarindoshlarnikiga, yig‘inlarga borsam, ilmiy ishimni sog‘inib qolaman" degan iqrorni eshitgandim. O‘zimda ham shunaqa edi. Hozir ham mayda-chuyda gap-so‘zlar dilimni xira qilganda qanday yaxshiyey, fikrlash imkoniyati bor, birovning "dedi-dedi"sini emas, muhimroq narsalarni tafakkur qilish imkoniyati bor deb ko‘nglim yorishib ketadi.
Yaxshiyam fikrlovchi mavjudot qilib yaratilganmiz. Bu ne'matning shukrini qilish payidan bo‘lishimiz kerak.

@psixolingvist
👍1