Si-Ta-Ta Land
568 subscribers
225 photos
1 file
1 link
Film va seriallardan iqtiboslar.

Kino va uning atrofidagi memlar: @KinoMemlar

Powered by KinoKengash ©️
Download Telegram
Hoy, bu yer Vyetnam emas, bouling bu yer ... qoidalar bor bu yerda.


Big Lebowski (1999)
😁40🔥31❤‍🔥1🐳1
Otam vafot etganiga haliyam ishona olmayapman. Uni o'rniga o'lishi kerak bo'lgan juda ko'p odamlarni sanab berishim mumkin, masalan onam.


The Hangover: part 3 (2013)
🤣38😁8🕊5❤‍🔥11
Joe muloqot qilishni rivojlantirish kursida:
-Ha bugun havo bulutli bo'layapti.
-Barakalla, yaxshi gapirdingiz, lekin Jilni o'g'li vafot etganiga munosabat bildirganingizda yaxshiroq javob bo'lardi.
-Shunday bulutli kunda o'g'ling o'lganidan afsusdaman Jil


Family guy (1999-...)
😁33🤣30👍2❤‍🔥1🔥1🐳1
(Qiz boshini urib oladi)
- Agar boshi lat yegan boʻlsa uni hushida ushlab turish kerak. Unga savol berib tur.
- Xoʻsh, 7 karra 7 nechi?
- Biladigan narsasini soʻra!

Clueless (1995)
😁62🐳32🍓2❤‍🔥1
— Aslida men bu sahna ko‘rinishini 2 yil oldin yozgandim, sal boshqacharoq edi. Lekin Rashmorda buni sahnalashtirishimga ruxsat berishmagan
— Siyosat sababmi ?
— Yo‘q, tayyorgarlik paytida bir bolaning barmog‘i portlab ketgandi.


Rushmore (1998)
😁205❤‍🔥1🐳1
-Yo, xudo
-Bu ishlarni hammasi menga xuddi tug'ilgan kunimdagi bayramni eslatib yuborayabti, eslaysanmi?
-Yo'q!
-Albattada, chunki sen taklif qilinmaganding


Archer (2009-2023)
🤣425👍1🐳1
-Pam, "fojea" so'zi chinakamiga muhim narsalar uchun ishlatiladi.
-Bu narsa menga CHINDANAM MUHIM !
-Lekin seni o'zing muhim odam emassanda


Archer (2009-2023)
😁232👏1🐳1
Psixologga mijozi "Se7en" filmini ko'rgani haqida aytib berayapti:

-... O'zi yaxshi kino edi. Lekin yarimlariga kelganda birdan o'ylab qoldim: nima qizig'i bor menga qotil kim ekanligini? N***ya, nima foydasi tegadi bu ma'lumotni meni hayotimga? Tushunyapsizmi, vaqtimni isrof qilishdan boshqa narsa emas bu.
-To'ppa to'g'ri.
-Shunga, o'chirib qo'ydim
-Xo'sh, unda o'rniga nima bilan shug'ullandingiz?
-Hovliga chiqib lupa bilan chumolilarni kuydirdim.


The Sopranos (1999-2007)
🤣87🗿71😁1💯1
— Sen kichkina qizni tiriklay yoqib yubording !
— Men faqat xudo nimani buyursa shuni qilaman.
— Agar xudoying senga yosh bolalarni yoqishni buyursa, u haqiqiy iblis.


Game of Thrones
3710🐳2👍1💔1
(telefonda suhbat)

-Pul haqida unut
-Bu judayam ko'p pul. Unut ? Nimalar qilyapsan o'zi ?
-Nimalar qilyapman ? Bo'sh telefon bilan gaplashyapman.
-Tushunmadim
-Chunki la'nati go'shakni narigi tarafida o'lik turibdi.


Heat 1995
🔥30😁732❤‍🔥1👍1🐳1🍾1
-Jin ursin, hassamni ko'rib hamma meni bemor deb o'ylayabdi.
-Unda hammaga o'xshab formangni kiyib yur.
-Hechamda odamlar meni doktor deb o'ylashlarini istamayman.
-Qabulxonadagilar esa istashadi.
-Odamlarga kasal doktor yoqmaydi.
-Bu gapingda jon bor, sog'lom bemor menga ham yoqmaydi.


Dr. House (2004-2012)
😁49🤣281🔥1🐳1
Las-Vegas atrofi cho'ldan iborat. Bu cho'llarda juda ko'p muammolar ko'milgan. Doim avvaldan 2-3 ta chuqur qazib qo'y. Axir muammoni mashina yukxonasida olib kelib, 30-45 daqiqa vaqtingni chuqur kavlash bilan o'tkazishni istamaysanku.


Casino 1995
😁40🤣6🐳4
Hozir portlagan zambarakning ovozimidi, yoki yuragimning zarbi?


Casablanca (1942)
21🍾9🔥4🐳1
— 4-5-1 da qolsak, bizni itarishadi. 4-4-2 ga o‘tsak, bizni itarishadi. Lekin 5-3-2 ni sinab ko‘rsak...
— Yutamizmi?
— Bizni itarishadi.
— Jin ursin.


Ted Lasso (2020 - ...)
🤣51💔3🐳2
Roberto Martinez bugun:
😁32🐳32
-Bilasizlarmi odamlar g‘irt ahmoq odamlarni qanday atashadi?
-O‘rdakmi ?
-Qo‘y!


The sheep detectives (2026)
😁37🤣25🐳1
-Ko'r dinozavr nima deyilishini bilasizmi?
-Nima ekan?
-Ko'rozavr.
-Ko'r dinozavrning iti nima deyilishini bilasanmi?
-Nima ekan?
-Vovozavr


Jurassic park (1993)
😁28🐳7🤣61
... Bir eski hazil esimga tushib ketdi, bir yigit psixiatrga borib shunday deydi "Doktor, menimcha ukamni tomi ketib qolgan, u o'zini tovuq deb o'ylaydi". Psixiatr "Unda nega uni jinnixonaga topshira qolmaysiz?", deb so'raganda yigit "Topshirib yuborardim, lekin tuxumlar menga kerakda" deb javob qiladi. Mening ham sevgi munosabatlari haqida fikrim shunaqaroq. Biz hammamiz munosabatlar irratsional, telba, absurd ekanligini bilamiz ... lekin hammamizga ham tuxumlar kerakda.


Annie Hall (1977)
😁406🐳1💯1
— 15 000 ga yaqin rimlik 900 tacha yahudiyni ushlab o'tirgan. Yahudiylar rimliklarga qul bo'lgandan ko'ra, o'z jonlariga qasd qilishgan. Taqdirni qarang, qani o'sha rimliklar hozir ?
— Qarshingda turibmiz, to'nka


The Sopranos (1999 - 2007)
😁1812🤣8🐳1