📜🎤𝐒𝐡𝐎𝐤𝐢𝐑 𝐒𝐮𝐋𝐭𝐎𝐧 𝐈𝐣𝐎𝐝𝐢. 🎤📜
49 subscribers
1.13K photos
866 videos
7 files
1.84K links
Армонлар қолмади йўлимда,
Гулларни яшнатдим чўлимда.
Ҳаммаси ўзимнинг қолимда,
Мен бугун хаммадан бахтлиман

𝗦𝗶𝗿𝗹𝗶 𝗶𝗷𝗼𝗱𝗸𝗼𝗿.
Download Telegram
Audio
Onamni asra.

Ahrorbek Turg‘unboyev Qo‘shig‘i.

Shokir Sulton she'ri.

@sirli_ijodkor
ONAMNI ASRA
Дилимда аламли дардим бор,
Билмайман қанчалик қадрим бор.
Умр ўтиб қайдандир дард келса,
Онамни асра эй оллоҳим,
Отамни асра эй оллоҳим.

Кўнглимни дардини ким билар,
Йиқилсам кўзимга қум тўлар.
Менинг дардимга малҳам шулар,
Онамни асра эй оллоҳим,
Отамни асра эй оллоҳим.

Фарзанд учун аямай борини,
Тангрига етқазди зорини.
Олсанг-ол Шокирнинг жонини,
Онамни асра эй оллоҳим,
Отамни асра эй оллоҳим.

Етдим ё етмадим қадрига,
Йўл топа олдимми қалбига.
Гар келса чидолмам дардига,
Онамни асра эй оллоюим,
Отамни асра эй оллоҳим.

Мағрурман кўтариб бошимни,
Оғири билинмас тошимни.
Совуқда исситиб қишимни,
Онамни асра эй оллоҳим,
Отамни асра эй оллоҳим.

Мен қариб бир жойга борганда,
Қўлларим дуодан толганда.
Асрагин қиёмат бўлганда,
Отамни асра эй оллоҳим,
Онамни асра эй оллоҳим.

Отажон дардинга давоман,
Эшитсанг майин бир навоман.
Онажон меҳринга гадоман,
Онамни асра эй оллоҳим,
Отамни асра эй оллоҳим.

Дилимда аламли дардим бор,
Билмайман қанчалик қадрим бор.
Умр ўтиб қайдандир дард келса,
Онамни асра эй оллоҳим,
Отамни асра эй оллоҳим.

Шокир Султон.
Ahrorbek Turg‘unov.

Ya rohman.

@sirli_ijodkor
#boshqotirma

Suratda jami nechta qora nuqta bor. Yaxshilab e'tibor bering.

🔴 4 ta
🔵 35 ta
⚪️ 16 ta
⚫️ bittayam yo‘q

Yaqinlaringizga ham jo‘nating.
@sirli_ijodkor
SEVGI KERAKMAS MENGA

Ne kulfatlar soldi boshimga,
Achinmadi achchiq yoshimga.
Tishlarimni qo‘ydim tishimga,
Bo‘ldi sevgi kerakmas menga.

Orzulari ekan bir ertak,
Vadalari shunchaki ermak.
Zarra qadrim qolmadi demak,
Bo‘ldi sevgi kerakmas menga.

Ko‘ngil uchun aytilgan so‘zlar,
Bemanomish tum qora ko‘zlar.
Xok siz asli muhabbatsizlar,
Bo‘ldi sevgi kerakmas menga.

Bor edi bir olmosday sevgim,
Endi sira kelmaydi ko‘rgim.
Endi u siz yashayman o‘zim,
Bo‘ldi sevgi kerakmas menga.


Keng dunyoni tor aylar ekan,
Qora sochim qor aylar ekan.
Bu azoblar bari qasdmikan,
Bo‘ldi sevgi kerakmas endi.

Yuragimdan yulib tashlayman,
Qaddimni g‘oz tutib yashayman.
Senga ulkan omad tilayman,
Bo‘ldi sevgi kerakmas menga.


Shokir Sulton

@sirli_ijodkor
Forwarded from 🎸🎸( ASADOVV🎤🎤🎤
Forwarded from 🎸🎸( ASADOVV🎤🎤🎤
Forwarded from 🎸🎸( ASADOVV🎤🎤🎤
572191848
<unknown>
SOG‘INAMAN.

🎤Shoxziyo.

(Bu she’r farzandi ko‘yida kuyib ado bo‘lgan ona nomidan yozilgan marsiya.

Ziyoda opa o‘g‘lingiz Alisherjonning joylari jannatdan bo‘lsin)


Joynamozga yuzlanganimda,
Seni izlab bo‘zlaganimda,
ko‘zlarimni yoshga to‘ldirib,
Sog‘inaman seni jon bolam!

Bugun qabring to‘ydi ruxsorga,
Ko‘ngil ko‘nik, alam takrorga,
Diydor ko‘rish qoldi mahsharga,
Sog‘inaman seni jon bolam!

Yaratgandan tilayman to‘zim,
seni so‘rar har bitta so‘zim,
Agar qaytsang jon beray o‘zim,
Sog‘inaman seni jon bolam!

Kapalak bo‘l kel bir uyinga,
Olgan edim sarpo to‘yinga,
Ado bo‘lib o‘g‘lim ko‘yingda,
Sog‘inaman seni jon bolam!

Sensiz qolib Alisher o‘g‘lim,
kelolmadim hech bir hushimga,
Qani endi jinday uxlasam,
Zora jannat kirsa tushimag.

Jannatlardan menga bir boqsang,
Sevinchimdan quchardim seni.
Usha tushda bir umr qolsam,
Uyg‘otolmas hech kimsa meni.

Tunda yig‘lab,kunda og‘rinib,
Sog‘inaman seni jon bolam.

Shokir Sulton.

@sirli_ijodkor
Gunohlar qilarsan bilib turib ham,
Allohga tavbani qachom aytasan.
Jannatga intilgin gar cheksang ham g‘am,
Xokdan yaralgansan, xokka qaytasan.

Shokir Sulton.

@sirli_ijodkor
Osmondan ulkanroq orzu qilarman,
Otamga, onamga umr tilarman.
Vaqtim o‘tib borar buni bilarman,
Vujudim tuproqqa singadi bir kun.

Shokir Sulton.

@sirli_ijodkor
Sanoqlidir har qadam,
Iymonni qilgil bardam.
Bir kun tugar bu olam,
Chunki vaqt oliy hakam.

Shokir Sulton.

@sirli_ijodkor