Sirdaryo Kadastr
963 subscribers
6.91K photos
991 videos
14 files
4.78K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📆Joriy yilning 14-19 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Qozon shahrida “Rossiya-Islom dunyosi: Kazanforum” xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.

🌐Forum dasturidan islom moliyasi, investitsiya, ishlab chiqarish, logistika, turizm, texnologiya, xalqaro hamkorlik, diplomatiya, biznes imkoniyatlar kabi mavzular bilan bir qatorda fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda ulardan strategik maqsadlarida foydalanish masalalari ko‘tarildi.

🫥Tadbir doirasida “Mamlakatlarni geofazoviy maʼlumotlar sohasida qo‘llab-quvvatlashda xalqaro hamkorlik” mavzusida panel muhokamalari o‘tkazildi hamda Rossiya va Islom dunyosi mamlakatlari o‘rtasidagi geodeziya va kartografiya sohasidagi hamkorlikning dolzarbliligi kabi masalalarni muhokama qilindi.

🌟Kadastr agentligi⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori A.S.OmonovO‘zbekiston Respublikasida fazoviy maʼlumotlarni rivojlanishi” mavzusi bilan spiker sifatida ishtirok etdi.

➡️Bunda Kadastr agentligida kadastr, geodeziya va kartografiya ishlarida masofadan turib zondlash va geofazoviy maʼlumotlarni rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

#Kadastr_agentligi #Aerogeodeziya

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv_raqamlashtirish

⚡️Arxiv hujjatlari raqamlashtirilmoqda

Davlat kadastrlari palatasi Sardoba tuman filialining Arxivida jami 13 866 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanmoqda. Shundan

🔹turar joylar arxiv hujjatlari - 8 670 ta
🔹noturar joylar arxiv hujjatlari - 1 267 ta
🔹xonadonlar arxiv hujjаtlari - 3 929 ta

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish doirasida bugungi kunga qadar jami 4 433 ta kadastr yig‘majildlari raqamlashtirilishiga erishildi.

Qolgan obyektlar hujjatlarini o‘rganish va raqamlar bo‘yicha tartiblashtirish ishlari davom etmoqda.

Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

🌟Kadastr agentligi tomonidan hududlarda olib borilayotgan kuchaytirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda.

🌍 Yer strategik jihatdan eng muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Shuning uchun yerlardan maqsadli va samarali foydalanishda qonuniylikni ta'minlash davlatning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Qonunchilikda yerlarni o'zboshimchalik bilan egallaganlik, ulardan noqonuniy foydalanganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

➡️Mazkur video rolik orqali hududlarda kuchaytirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida amalga oshirilgan ishlar va ko'rilgan choralar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Kadastrda ta'limga e'tibor


Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi va Davlat Kadastrlari Palatasi hamda uning bir necha hududiy boshqarmalarida Oliy ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik o'rnatib kelishuv shartnomalari tuzilgan.

◼️Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Guliston davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro tarmoq kelishuv shartnomasi asosida xaftaning har shanba kunlari talabalar amaliyot o‘tashmoqda.

📃 Bugungi kunda boshqarmada mazkur universitetning kafedrasi filialini yo‘lga qo‘yish, o‘quv hamda amaliyot jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xona ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi.

📃Kadastr sohasiga qiziquvchan, zamonaviy fikrlaydigan yosh kadrlarni kashf etishga xizmat qiluvchi mazkur o‘quv jarayonlari haqida yana batafsil ma’lumot berib boramiz.

Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#yer_nazorati

⚡️HUDUDLARDA YER VA KADASTR NAZORATI TADBIRLARI KUCHAYTIRILGAN TARTIBDA DAVOM ETMOQDA


Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Boyovut tuman bo'limi tomonidan, tumanning "A. Temur" MFY hududida Dronlar yordamida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📑 Nazorat tadbiri davomida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz xonodoniga tutash bo'lgan qismida fuqaro tomonidan  o‘zboshimchalik yer maydonlari egallanib unda beton poydevor quyib, devor qurib olish va noqonuniy molxona binosi qurilganligi aniqlandi.

📝Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishligi to'g'risida ogohlantirildi.

Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o'zida bartaraf etilishi ta'minlanmoqda.

Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Poytaxtda yangi tayinlov


⭐️🌟Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev boshchiligida tashkiliy yig'ilish o'tkazildi.

🇺🇿Yig'ilishda Palata rahbari tomonidan Minasipov Burxan Baxtiyorovich Kadastr agentligi direktori buyrug'iga ko'ra, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangani e'lon qilindi.

◼️Tadbir so'nggida rahbariyat tomonidan sohaga oid bir qancha masalalar ko'rib chiqildi va kelgusi rejalar uchun topshiriqlar berildi.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_yig_ilish #poytaxt

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda Oqoltin tumani, "Ko'rkam diyor" mahallasidagi joylashgan 0.2 sotixli na'munali uylarning tutash qismidagi yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib unda noqonuniy molxona binosi qurib olganligi haqida e’lon qilingan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning Oqoltin tumani bo‘limi inspektorlari “Ko'rkam diyor” MFY hududida o‘tkazgan yer nazorati tadbirlarida Do'rmon ko'chasida yashovchi fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 96 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma (molxona va tovuqxona) qurilganligi aniqlangan.

⬜️ Shundan so‘ng tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoni hamda noqonuniy qurilmani belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xati berilgan.

⬜️ Biroq fuqaro davlat organining qonuniy talablarini bajarmaganligi sababli unga nisbatan ma’muriy ta’sir chorasi (jarima) qo‘llanilib, noqonuniy qurilmani buzish hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini bo‘shatish yuzasidan belgilangan tartibda sudga da’vo arizasi kiritilgan.

⬜️ Natijada bugungi kunda sudning hal qiluv qarori bilan huquqbuzarga o'zboshimchalik bilan qurilgan molxona va tovuqxona binosini o'z hisobidan buzdirish to'g'risida sudning hal qiluv qarori qabul qilgan.

⚖️ Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizdagi mulkdor ayollar soni

🌟Davlat kadastrlari palatasining 2024-yil 1-may holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha ayol mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 2 171 243 tani tashkil etadi.

📊Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p erkak mulkdorlar Samarqand viloyatida bo'lsa, eng ko'p ayol mulkdorlar Toshkent shahrida ekanligini ushbu infografikada ko'rishingiz mumkin.

👩🏻‍🔧Avval xabar berganimizdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga ko'ra ayol mulkdorlar soni 2 149 933 nafar bo'lgan bo'lsa, mazkur ma'lumotlarga ko'ra ularning soni 21 310 nafarga 📈ortganini ko'rishimiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi #gender

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM