Sirdaryo Kadastr
851 subscribers
6.68K photos
956 videos
14 files
4.65K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#yer_nazorati

⚡️Sardoba tumanida navbatdagi holat bartaraf etildi

Kadastr agentligining Sardoba tuman bo'lim inspektorlari tomonidan tumanning "Yurtdosh" MFY hududida o'tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbiri davomida fuqaro tomonidan 150 kv.m yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy molxona binosi qurilganligi aniqlandi.

📄Aniqlangan holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan tushintirish ishlari olib borilib ushbu fuqaroga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ushbu ogohlantirishdan o’ziga to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi va ushbu yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarildi.

Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️ Yo‘qolgan kadastr pasporti qanday tartibda tiklanadi ?

Buning uchun ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki my.gov.uz portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

✉️ Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.

📄 Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

📎 So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda qancha mulk erkaklarga tegishli?

🌟Davlat kadastrlari palatasining 2024-yil 1-may holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha erkak mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 5 468 471 tani tashkil etadi.

◼️Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p erkak mulkdorlar Samarqand viloyatida, eng kam mulk egalari esa Sirdaryo viloyatida ekanligini ushbu infografikada  ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi #gender

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️HUDUDLARDA YER VA KADASTR NAZORATI TADBIRLARI KUCHAYTIRILGAN TARTIBDA O'TKAZILMOQDA

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Xovos tuman bo'limi tomonidan, tumanning "Qahramon" MFY hududida Dronlar yordamida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📑 Nazorat tadbiri davomida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy molxona binosi qurib olish holatlari aniqlandi.

📝Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishligi to'g'risida ogohlantirildi.

Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o'zida bartaraf etilishi ta'minlandi.

Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM