SINO MEDLINE tibbiyot markazi
14 subscribers
158 photos
22 videos
138 links
Diagnostic Centre
Download Telegram
Forwarded from Deleted Account
Forwarded from Deleted Account
Ларингит – это заболевание дыхательной системы, при котором поражается слизистая оболочка гортани, сопровождается изменением голоса, вплоть до его полной потери, кашлем, нарушением дыхания.

 Основные причины:
Общее и местное переохлаждение, прием холодной пищи, чрезмерная голосовая нагрузка;
Контакты с больными — коклюшем, ветряной оспой, гриппом или другим ОРВИ.
Распространение инфекций из околоносовых пазух при синуситах, полости рта и других близлежащих областей.
Вдыхание различных раздражителей — загрязненного пылью, сажей, химическими веществами воздуха.
Повреждение поверхности слизистой оболочки гортани — хирургическое вмешательство, механическое (рыбья кость, сухарики)
Злоупотребление алкогольными напитками, табакокурение.
Ларингит может развиться в случае попадания желудочного содержимого в гортань (гастроэзофагальный рефлюкс).

Симптомы: сухой кашель, сиплость гола, першение горла, выраженная болезненность при глотании, общее недомогание, подъем температуры тела, повышенное количество лейкоцитов в крови.

Общая схема лечения:
 снижение нагрузок на гортань и голосовые связки (молчание);
исключение пищи, раздражающей слизистую — газированных напитков, соленых, острых блюд;
полный отказ от курения, приема алкогольных напитков
обильное теплое питье — чаи из липы, рябины, черной бузины, чай с имбирем и с мёдом.
ХИДЖАМА на определенные точки поможет вылечить ларингит.
Forwarded from Deleted Account
Forwarded from Deleted Account
Forwarded from Deleted Account
Forwarded from Deleted Account
Forwarded from Deleted Account
Forwarded from Deleted Account
Forwarded from @Abduraxmonova
Progeriya yoki Xatchinson kasalligi — kamyob kasalliklar orasida eng mashhuri. Tug‘ma genetik anomaliya tufayli bu kasallikka chalingan insonlar me'yordagiga nisbatan 8 barobargacha ko‘proq tezlikda qariy boshlaydilar. Ammo e'tiborli jihati, tana har qancha keksaymasin, aql bolalikdagicha qoladi.

Aksariyat hollarda bunday bolalar 12-13 yoshgacha nobud bo‘ladilar. Biroq Yaponiyada bu kasallikka chalingani holda 45 yoshgacha yashagan inson ham bor. Dunyo bo‘yicha 80taga yaqin qayd etilgan bu kasallik o‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan ikki barobar ko‘p uchraydi.

Bunday bemor O‘zbekistonda, Andijon tumanida ham bor.  
Forwarded from @Abduraxmonova
Gadget


Zamonaviy insonni gadjetlarsiz tasavvur qilib boʻlmay qoldi. Har birimiz borgan sari koʻproq vaqtimizni monitorga tikilib oʻtkazyapmiz. Bu albatta tanamizda, ayniqsa koʻzlarimizda iz qoldirmay ketmaydi. 

Tibbiyotda etalon hisoblanuvchi nemis klinikalarining soʻnggi tadqiqotlariga eʼtibor bering. Mamlakatdagi 50 mln nafardan ortiq aholi smartfon va gadjetlarga tikilishni odat qilib boʻlgan. Ayniqsa 14-29 yosh oraligʻidagi yoshlar har kuni (!) kamida 274 minutlarini monitorga tikilib oʻtkazmoqdalar. Bu 2015 yildagiga nisbatan 26 minut koʻp degani. Arzimas farq tuyulishi mumkin, ammo bu bir hafta, oy yoki yilga koʻpaytirilsa, qancha muddatga aylanishini bilish qiyin emas va bu vaqtning hammasi koʻzga bevosita zoʻriqish beradi.
Forwarded from @Abduraxmonova
​​Мева қоқиси: саратон, гижжалар ва ортиқча вазндан ҳимоя

Мева қоқиларнинг шифобахш хусусиятлари ҳақида кўп эшитганмиз. Ҳақиқатан ҳам, улар халқ табобатида жуда кўп асрлардан бери қўлланади. Бугун уларнинг ҳар бири ҳақида алоҳида маълумот берамиз.

Анжир қоқиси – витаминлар захираси!

У камқонлик, юракнинг тез уриши, бронхиал астма, кўкрак оғриғи, ўпка пардаси яллиғланиши билан оғриган беморларга тавсия этилади. Анжир қоқисини сутда қайнатиб, ичилса грипп, кўк йўтал, пневмония, бронхитда шифодир. Бундан ташқари, анжир қоқиси қалқонсимон без фаолиятини яхшилайди, гижжаларни йўқотади. Терини керакли витаминлар билан таъминлаб, саратон ҳужайралари ривожланишининг олдини олади. Ундан тайёрланган компот эса иштаҳани очиб, овқат ҳазмини яхшилайди.

Витаминлар: В1, В2, В3, В6, РР.

Минерал моддалар: темир, калий, магний, кальций ва бошқалар.

Майиз – стоматитнинг давоси

Иммунитетни мустаҳкамлашда майизга тенг келадигани йўқ. Узум қоқиси юрак қон-томир касалликлари, асаб фаолияти бузилишлари, камқонлик ва оғиз бўшлиғи бактерияларига қарши курашишда ёрдам беради. Сизни стоматит қийнаяптими, муолажа тугагач, майиз ейишга одатланинг.

Мавсумий хасталикларга чап беришда организм қувватини ошириш даркор. Бунда сизга қуйидаги рецепт асқотади: тенг миқдорда майиз ва ёнғоқни гўштқиймалагичдан ўтказиб, озроқ асал билан аралаштирасиз. Аралашма 1 ош қошиқдан нонушта маҳали истеъмол қилинса, иммунитет кўтарилади. Йўтал, тумов, томоқ оғриғи безовта қилганида майиздан тайёрланган дамлама яхши ёрдам беради. Бунинг учун 1 стакан қайноқ сувга 100 грамм майизни солиб, 10 дақиқа дамлаб қўясиз. Дамламага 1 ош қошиқ пиёз сувини қўшиб, ярим стакандан ичилади.

Майизасаб тизимини мустаҳкамлаб, остеохондроз ва остеопороз, буйрак касалликлари безовта қилганда ҳам истеъмол қилинса фойдалидир. Ёдда тутинг: ўн икки бармоқли ичак яраси ҳамда қандли диабетда майиз тавсия этилмайди.

Витаминлар: В1, В2, В5, РР.

Минерал моддалар: фосфор, натрий, кальций, магний, темир, калий. 100 грамм майиз таркибида 860 мг. калий бор
Forwarded from @Abduraxmonova
Baqlajonni doimiy tarzda iste’mol qilsangiz, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olgan bo‘lasiz, yurak mushaklari mustahkamlanadi, qondagi xolesterin miqdori kamayadi, osteoporoz va osteoxondrozga qarshi kurashuvchanlik paydo bo‘ladi, organizm tiqinlardan tozalanadi, suv balansini bir maromda ushlab turish mumkin, eng muhimi saraton hujayralari mudroq holatda qoladi.

Sabzavot tarkibida V guruhi vitamini mavjud bo‘lib, u sizni uyqusizlikdan xalos etadi, asablaringizni tinchlantiradi. Bir dona baqlajon tarkibidagi S vitamini gripp va shamollash profilaktikasi uchun yetarlidir. Bundan tashqari siyohrang sabzavot tarkibidagi RR vitamini chekishni tashlash harakatida bo‘lganlar uchun ayni muddao. Yana ushbu sabzavotda kaliy, fosfor, temir, kalsiy, magniy kabi mikro va makroelementlar ko‘p.
Forwarded from @Abduraxmonova
Sog‘lom bo‘lmagan va yog‘li taomlar iste’mol qilinishi ortiqcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘ladi. Organizm ham o‘z navbatida ratsionni o‘zgartirish kerakligi va yog‘li taomlar yeyishni kamaytirish kerakligiga ishora beradi. Germaniyadagi iste’mol klinikasi jamiyati parhezshunoslari kuniga 60-80 grammdan ko‘p yog‘ iste’mol qilmaslikni tavsiya qiladi.

Yog‘li taomlarni ko‘p iste’mol qilish, og‘izdan badbo‘y hid anqishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Yog‘ ko‘payganidan keyin organizm ketonni faol ishlab chiqaradi. Aynan keton konsentratsiyasini ortishi esa og‘iz hidlanishiga olib keladi.
Forwarded from @Abduraxmonova
🧠 Eng kuchli zaharlardan biri sianidning ta'mi bodom ta'miga
juda o'xshash, chunki bodom tarkibida ham shu zaxar mavjud. Inson bodomni birdaniga 1.38 kg va undan ko'p miqdorda iste'mol qilganda sianiddan zaxarlanishi mumkin.
Forwarded from @Abduraxmonova
psixologik test


Dunyoqarashingiz, xarakteringizdagi ijobiy va salbiy jihatlarni bilishni istaysizmi?

Suratdagi juftliklardan qaysi biri eng baxtsiz? Tanlang va komentariyada yozib qoldiring.

Javoblar ertaga kanalimiz orqali e'lon qilinadi!
Forwarded from @Abduraxmonova
Ўрик таркибида 27 фоиз қанд, органик кислоталар, пектин, крахмал, ошловчи моддалар, темир, мис, кальций, магний микроэлементлар, калий тузлари, витамин С, каротин бор.

Абу Али ибн Сино ўрик ва унинг туршагидан меъда-ичак фаолиятини яхшилашда фойдаланган бўлса, халқ табобатида хафақон ва юрак хасталикларини даволашда ишлатилган.

Ўрикнинг туршак суви жуда фойдалидир. Туршакни юрак санчиғи, нафас йўллари яллиғланиши, кўкйўтал ва иситмаси бор беморлар мунтазам исътемол қилиши лозим. Ўрик туршагидан қуйидаги шарбатларни тайёрлаб истеъмол қилсангиз, танангизни фойдали ва зарур моддалар билан таъминлайсиз.

Туршакнинг 10-14 донасини идишга солиб, иссиқ сув билан ювиб ташланг. Кейин чинни ёки сирли идишга туршакни кўмиб турадиган қилиб қайноқ сув қуйинг. Сўнгра устини ёпиб, совугунича тиндириб қўйинг. Туршак суви ташналикни қондириш билан бирга юракни бақувват қилади.
Forwarded from Deleted Account
Тана ҳароратининг кўтарилиши тананинг автоматик реакциясидир.

📝Вирус ёки инфекция аниқланганда танадаги айрим ҳужайралар бу ҳақда гипоталамусга хабар беришади.

Шундан сўнг, гипоталамус вируснинг кўпайишини қийинлаштириши ва қон ҳужайраларини рағбатлантириш учун танадаги ички ҳароратни кўтаради - бегона хужайра билан курашиш учун масъул бўлган оқ қон ҳужайралари ишлаб чиқарилади.
Forwarded from @Abduraxmonova
Bexterev kasalligi

Bexterev kasalligi tibbiyotda umurtqalar kanallari va umurtqa bo‘g‘imlarida harakatning cheklanishi holatiga aytiladi. Ko‘pchilikka u ankiloziruyushis spondiloartrit nomi bilan yaxshi tanish. Xastalik umurtqa bo‘g‘imlarida o‘zgarishni keltirib chiqarib, og‘riq va harakat faoliyatining sustlashishi va jiddiy asoratlarda bo‘g‘im qotib qolishiga olib kelishi mumkin. Bexterev kasalligining boshlang‘ich, o‘rta va og‘ir darajalari uchraydi. Belgisi va holatiga ko‘ra shifokor nazoratida aniq tashxis qo‘yilishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xastalik ayollarga qaraganda erkaklarda ko‘proq  kuzatiladi.


    Yuzaga kelish sabablari

Kasallikning yuzaga kelish sabablari to‘liq o‘rganilgan emas. Ba’zi taxminlarga ko‘ra nasliy moyillik asosiy omil bo‘lsa, boshqa xulosalarga qaraganda organizmdagi surunkali infeksiyalar (asosan oshqozon-ichak va peshob yo‘llari infeksiyalarida yuzaga keladiganlari) bo‘lishi mumkin. Shuningdek, kuchli stress, tayanch-harakat tizimi jarohatlari ham kasallikka sabab bo‘lishi qayd etiladi.

To‘g‘ri tashxis

Xastalikka tashxis qo‘yish uchun rentgen tekshiruvi, magnito rezonans tomografiya tekshiruvi hamda umumiy qon tahlilining maxsus tekshiruvi amalga oshiriladi. Bexterevo belgilari umurtqa va bo‘g‘im kasalliklariga oid boshqa xastaliklarga o‘xshash bo‘lgani tufayli bemor og‘riq xarakterini tushunmasligi mumkin. Xo‘sh, kasallikni o‘tkazib yubormaslik uchun nimalarga ahamiyat berish kerak? Dastlab:

Harakat erkin emasligi, dumg‘aza suyagidan dumba sohasiga tarqaladigan og‘riq. Asosan tungi  mahal qo‘zg‘alishi mumkin;Tovon suyagidagi surunkali og‘riq;Umurtqa suyagining ko‘krak sohasidagi og‘rig‘i va harakat cheklanishi;Uzoq muddat bir xil ko‘rinishda o‘tira olmaslik;

Shunisi muhimki, og‘riq hissi har doim ham umurtqadan boshlanavermaydi. Bezovtalik qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari (revmatoid artrit kabi), ko‘z yallig‘lanishi, aorta tomiri yoki yurak bezovtaligi bilan ham namoyon bo‘lishi mumkin. Gohida kasallik yashirin belgilar bilan kechib, hech qanday bezovatalik tug‘dirmaydi. Tasodifiy rentgen tekshiruvidagina xastalik alomatlarini uchratish mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Osteoxondroz kasalligi - sabablari, turlari va davolash usuli

Og‘riq belgi bersa…

Xastalik avj olgani sayin umurtqalar va katta bo‘g‘im, (tizza, son chanoq, yelka, tirsak) harakatchanligi sustlashib, yonga, orqa yoki old tarafga egilganda qattiq og‘riq yuzaga keladi. Kasallik boshlanishi asosan bo‘g‘imlardagi og‘riqlardan bo‘ladi. Chuqur nafas olish, yo‘talish hamda aksa urish ham organizmga og‘irlik qila boshlaydi. Agar ushbu belgilar bir necha oy davomida bezovta qilsa, albatta mutaxassisga uchrab, davolaning. Zero o‘z vaqtida davolanmaslik va shunchaki og‘riqsizlantiruvchi preparatlar bilan kifoyalanish mutloq harakatsizlikka olib kelishi ham hech gap emas. Kasallik o‘tkazib yuborilganida bemor gavdasi oldinga egilgan holatda bukchaygan ko‘rinishga kirib, umurtqa suyagi qiyshaygan, bosh oldinda, tizza bo‘g‘imlari bukilib qoladi.

Davolasa bo‘ladimi?

Mutaxassis ko‘rigida kerakli tahlil tekshiruvlari bajarilgach, kasallik darajasi va holati aniqlanadi. Shunga ko‘ra kompleks tarzidagi muolaja buyurilishi mumkin. Bo‘g‘im yallig‘lanishiga qarshi dori vositalari, og‘riqsizlantiruvchi preparatlar, fizioterapiya, uqalash, manual terapiya hamda davolash gimnastikasi asosiy davo choralaridir. Bundan tashqari shifokor nazoratida mushaklarni bo‘shashtirishni ham o‘rganish zarur. Chunki kasallik vaqti og‘riqdan mushaklar taranglashadi. Muolaja davomiyligida bemorning umumiy ahvolidan kelib  chiqib, nafas mashqlari, joyida turgan holatda yurish, suv sporti kabilar ham kiritilishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, davolash vaqti yotoq matrasi qattiq bo‘lib, umurtqa suyagi tekis joylashishi lozim.

Bextereva kasalligida asosiy e’tibor muolajani to‘g‘ri bajarishdir. Zero tartib bilan bajarilsagina keyingi asoratlarini oldini olish mumkin.
Forwarded from @Abduraxmonova
Aks xolda esa kasallik qaytalanishi ham extimoldan holi emas.

Takrorlanmasligi uchun…

Bexterevo bilan og‘rigan bemorlarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri sog‘lom turmush tarziga rioya etish bo‘ladi. Vazn ortmasligini nazorat qilish, har kunlik badantarbiya mashqlarini bajarish, suzish, turnikka osilish, foydali mahsulotlar bilan oziqlanish, shamollash, infeksiyali xastaliklardan himoyalanish ayniqsa muhimdir. Sovuqsirash, oyoqdan zax o‘tishi, og‘ir yuk ko‘tarish hamda tan jarohatlaridan saqlanish lozim.


Bo‘g‘imlar xastalanmasligi uchun

1.Ilvira(Xolodes) yeguligi. Tarkibida ko‘plab jelesimon moddalar bo‘lib, bo‘g‘im tog‘ay to‘qimasining elastikligi uchun foydalidir. Bir oyda 2-3 marta mol go‘shtining oyoq qismidan tayyorlangan ilvira tayyorlab, iste’mol qilish mumkin

2.Bulg‘or qalampiri. Ushbu poliz ekinida askorbin kislotasi yuqori bo‘lib, mayda tomirlar tonusini faollashtiradi. Kunora qizil va yashil bulg‘or qalampirini xomligicha iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir.

3. Sarimsoq piyoz. Fitonsidlar hisobiga bo‘g‘im yallig‘lanishiga davo bo‘ladi.  Avvaldan bo‘g‘im kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar uchun ayniqsa koni foyda.

4. Shivit, petrushka ko‘katlari. K vitaminiga to‘yinganligi bois to‘qimalar yangilanishiga ko‘mak bo‘ladi. Taom va eguliklarga mazkur ko‘katlardan qo‘shib, iste’mol qiling.

5. Avakado. Foydali yog‘lar tog‘ay qatlamining ingichkalashishini oldini oladi. Imkon qadar xaftada bir marta avakado mevasidan tanovul qilish mumkin.

6. Echki suti, tvoroq. Kalsiy moddasi yuqori bo‘lgani sabab, bo‘g‘im va suyaklar uchun foydali. Nonushtaga 100 gr tvorog, kechki mahal esa yog‘siz sut ichishga odatlaning.

7. Olcha. Bo‘g‘imlarda to‘planib qolgan tuzlarni parchalanishida asqotadi. Shuningdek, olchadan tayyorlangan sharbatlar organizmdan tuzni chiqarib tashlash hususiyatiga ega.
Forwarded from @Abduraxmonova
ХИДЖАМА
-юкори кон бомиси(давление)
-бош огриги
-сурункали чарчаш
-мия кон айланишининг бузилиши
-простатит(бепуштлик)
-эркаклик куватини оширади
-соч тукилишини олдини олиш
-гинекологик касалликлар
-грижа(чурра)
-юрак кон томир касалликлар
-рухий холатларнинг бузилиши
-канд касаллиги(сахр)
-Инсульт ва инфарктни олдини олиш
-куз кассаликлари
-куз нурини равшанлантиради
-зехинни пасайиши
-хусун бузар ва тери касаллигларда
-ешаришда