sin-code
59 subscribers
43 photos
2 videos
34 links
Bilim — bugunning quroli, texnologiya esa ertangi kunning tili.

💻 IT | 🤖 AI | 🚀 Texnologiyalar

O'rganamiz. Yaratamiz. Rivojlanamiz.
Download Telegram
Channel created
🧩Kelajakni tomosha qilish emas, uni yaratish vaqti keldi.

Bu yerda IT, sun'iy intellekt, dasturlash va texnologiyalar olamidagi eng foydali bilimlarni jamlab boramiz.

💻 Dasturlash
🤖 AI
🌐 Texnologiya yangiliklari
🔥 Foydali servislar va tavsiyalar


O'rganamiz. Yaratamiz. Rivojlanamiz.

Bilim — bugunning ustunligi emas, ertangi kunning valyutasi.


Xush kelibsiz! 👋 Biz boshladik 🤝

#sincode
🔥6⚡3👍3
Muhimi ishtirok 🥲
👍3💯3😢2
Bitta uxlab unutvoramiz Xudo xohlasa🤝
👍3🐳3😭2
#FOYDALIBOLSIN

Bugun hamma ishni AI ga topshiryapmiz va bu yomon emas. AI ni bilish va uni ishlata olish davr talabi.

🎯Bularni sinab ko'ring.

- Gamma.app: Shunchaki mavzuni yozasiz, 1 minutda tayyor, vizual jihatdan chiroyli prezentatsiya yoki sayt yaratib beradi. Talabalar va ofis xodimlari uchun super vosita.

- Perplexity.ai: Google qidiruvidan charchaganlar uchun. Savolingizga internetdagi eng to'g'ri manbalarni skanerlab, tayyor va qisqa javob chiqaradi (manbalari bilan).

💡Kun maslahati: AI bilan gaplashganda unga rol bering. Masalan: *"Siz tajribali marketologsiz, menga..."* deb buyruq bersangiz, natija 10 baravar yaxshi chiqadi.


#AI #sincode
❤2👍2🔥2💯2
🔎 Ilmiy maqola izlayapsizmi?

Unda bu saytni albatta saqlab qo‘ying 👇

🎓 Google Scholar — ilmiy maqolalar, tadqiqotlar, dissertatsiyalar va boshqa akademik manbalarni topish uchun qulay qidiruv tizimi.

📚 Siz bu yerda:
— ilmiy maqolalarni topishingiz
— 🔍 kerakli mavzu bo‘yicha izlanishingiz
— 📊 maqolaga nechta iqtibos keltirilganini ko‘rishingiz
— 👨‍🔬 tadqiqotchilar va ularning ishlarini topishingiz mumkin.

💡 Ayniqsa talabalar, o‘qituvchilar va ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchilar uchun juda foydali.

🌐 Kirish: scholar.google.com

📌 Saqlab qo‘ying. Keyin kerak bo‘lishi aniq!

#foydalisaytlar #GoogleScholar #sincode
❤3
📄 Uzun maqolani o‘qishga vaqtingiz yo‘qmi?

Unda bu sayt sizga yoqadi 👇

✨ smry.ai — uzun maqola va matnlarni AI yordamida qisqa, tushunarli xulosaga aylantirib beradi.

Sizga kerak bo‘ladigani:
🔗 Maqola havolasini kiriting
🤖 AI matnni tahlil qiladi
⚡ Eng muhim fikrlarni qisqa shaklda olasiz

🎯 Kimlar uchun foydali?
• Talabalar 🎓
• Tadqiqotchilar 🔬
• Ko‘p maqola o‘qiydiganlar 📚
• Vaqtini tejashni istaganlar ⏱️

💡 Bir necha daqiqada o‘qiladigan xulosa uchun butun maqolani o‘nlab daqiqa o‘qib chiqish shart emas.

🌐 Sinab ko‘ring: https://smry.ai/

📌 Eng ajoyib tomoni endi YouTube-dan podcast-larni matnini qiyenchiliklarsiz topishingiz va o'qishingiz mumkin🤩

#foydalisaytlar #AI #sincode
❤1👍1
🔐 Emailingiz ma’lumotlar sizib chiqishida paydo bo‘lganmi?

Buni taxmin qilish shart emas. Tekshirib ko‘rish mumkin. 👇

🌐 Have I Been Pwned? — emailingiz avvalgi ma’lumotlar sizib chiqishlari (*data breach*) orasida mavjud yoki yo‘qligini tekshiradigan bepul servis.

📩 Emailingizni kiriting → “Check” tugmasini bosing.

Agar ma’lumotlaringiz sizib chiqqan bo‘lsa, qaysi xizmatdagi breach bilan bog‘liqligini ko‘rishingiz mumkin.

⚠️ Muhim: bu sayt parolingizni so‘ramaydi. Faqat email manzilingiz orqali tekshiradi.

🛡️ O‘zingizni tekshirib ko‘ring:
👉 https://haveibeenpwned.com/

📌 Saqlab qo‘ying. Bir marta tekshirish — ortiqcha emas.

#foydalisaytlar #kiberxavfsizlik #xavfsizlik #sincode
❤1👍1
💡 Fikringizni chizmaga aylantirishning eng oson usullaridan biri — Excalidraw.

Ba’zan biror g‘oyani yozib tushuntirishdan ko‘ra, chizib ko‘rsatish ancha oson. ✍️

🎨 Excalidraw — brauzerda ishlaydigan virtual doska bo‘lib, unda:

🧠 G‘oyalarni vizualizatsiya qilish
📊 Diagramma va sxemalar chizish
🗂️ Mind map va reja tuzish
🤝 Boshqalar bilan birgalikda ishlash
⚡ Hech narsa o‘rnatmasdan tezda chizishni boshlash mumkin.

Eng yoqimli tomoni — dizayni ataylab qo‘lda chizilgandek qilingan. Shu sababli g‘oyani qog‘ozga tushirgandek erkin ishlash mumkin.

🔥 Shaxsiy tavsiyam:
Excalidraw’dan tez-tez foydalanaman. Ayniqsa, g‘oyani tartibga solish, loyiha tuzilmasini chizish yoki biror narsani boshqalarga tushuntirishda juda qo‘l keladi.

🌐 Sinab ko‘ring: https://excalidraw.com/

📌 Saqlab qo‘ying — keyingi g‘oyangizni chizib ko‘rishingiz mumkin.

#foydalisaytlar #Excalidraw #sincode
👍3❤1🔥1
📚 Ustoz.uz — turli fan va yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn kurslar topish mumkin bo‘lgan ta’lim platformasi.

🇬🇧 Ingliz tili
📐 Matematika
🎯 CEFR
🏆 Milliy sertifikat
📚 Va boshqa yo‘nalishlar

💰 Muhim: platformadagi kurslar pullik. Narxlar tanlangan kursga qarab farq qiladi.

✨ Nima uchun kerak?

Agar siz o‘zbek tilida, tartibli va ma’lum bir maqsad asosida o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, tayyor kurslardan foydalanish uchun foydali platforma.


🌐 Sinab ko‘ring: https://ustoz.uz/

📌 Saqlab qo‘ying va yaqinlaringizga ulashing

#foydalisaytlar #UstozUz #sincode
👍4❤2🔥1
🌐 Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan yaratilgan platforma.

Bu yerda pedagoglar uchun:

📚 metodik materiallar
🎥 videolar
📝 interaktiv topshiriqlar
🧠 testlar
📊 taqdimot va amaliy keyslar
🎯 kasbiy rivojlanish uchun kurs va resurslar

topish mumkin.

Eng qiziq tomoni — platforma faqat o‘quvchi uchun emas. O‘qituvchining o‘zi rivojlanishi uchun ham alohida resurslar mavjud. 👨‍🏫

🔥 Mening tavsiyam:
Agar siz o‘qituvchi bo‘lsangiz, bu saytni shunchaki bir marta ko‘rib chiqib yopmang. Kerakli materialni keyin izlab yurmaslik uchun hoziroq saqlab qo‘ying.

💰 Va yana bir katta plus — platformadagi resurslardan bepul foydalanish mumkin.

🌐 Kirish: https://raqamlitalim.trm.uz/

📌 O‘qituvchi tanishlaringizga ham yuboring — ularga foydasi tegishi mumkin.

#foydalisaytlar #RaqamliTalim #oqituvchi
👍4⚡2❤2❤‍🔥1💯1
🍅 25 daqiqa.

Ertaga shu 25 daqiqada odatdagidan ancha ko‘proq ish qilish mumkinmi — sinab ko‘ramiz.

Qizig‘i, buning uchun ko‘proq ishlash shart emas. 👀

Ertangi postni o‘tkazib yubormang.

👇 Buni “menga ham kerak” deb o‘ylagan odamga yuboring.
👍4⚡2❤2❤‍🔥1💯1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3⚡2🔥2👍1💯1