🌐 SAN'ATKOR, IJODKOR VA IJROCHILAR PALATASI
205 subscribers
674 photos
81 videos
6 files
478 links
"SAN'ATKOR, IJODKOR VA IJROCHILARNING MUALLIFLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH
PALATASI"
HUQUQ EGALARINING QONUNIY HIMOYASI KAFOLATIDIR!

Мурожаат учун: ➡️ 99 808-15-55

Каналга қўшилиш: ➡️ t.me/siipuz
Download Telegram
Forwarded from ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari

🌐 Intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya yuzasidan xalqaro seminar yakunlandi

📍 Toshkent shahrida Adliya vazirligi hamda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan “Asosiy muammolar va strategik yechimlar” mavzusidagi xalqaro konsultativ seminar bo‘lib o‘tdi.

🤝 Ikki kun davomida xalqaro va mahalliy ekspertlar, davlat organlari, ilmiy doiralar, biznes hamjamiyati hamda intellektual mulk sohasi vakillari ishtirokida sohaning bugungi holati, mavjud muammolar va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

💬 Seminar davomida intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, mualliflik huquqi hamda geografik ko‘rsatkichlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Muhokamalar yakunida 2027–2030-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
#Teatr

⚡️ Respublika teatrlari faoliyati: birinchi yarim yillik yakunlari tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi

Bugun, 11-avgust kuni Madaniyat vazirligida Respublika teatrlari tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda yilning ikkinchi yarmida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev rahbarlik qildi. Unda Respublika teatrlari direktorlari, bosh rejissyorlari, badiiy rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda teatr san’atini yanada rivojlantirish, ijodiy jarayonlarni takomillashtirish, repertuar siyosatini zamonaviy talablar asosida shakllantirish hamda teatrlar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir davomida teatrlarning 2026 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati tahlil qilinib, repertuar rejalarining bajarilishi, spektakllar namoyishi, tomoshabinlar qamrovi va ijodiy loyihalarni amalga oshirish holati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, teatrlarning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy teatrlar va ijodiy jamoalar bilan tajriba almashishni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda davlat buyurtmalarini shakllantirish va ular bo‘yicha takliflar tayyorlashda asar mavzusining dolzarbligi, g‘oyaviy-badiiy qimmati va tomoshabinga ta’sirchanligi muhim mezon bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ijodiy loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlarni shaffof, aniq va asoslangan tarzda shakllantirish zarurligi qayd etildi.

Mualliflik huquqlarini ta’minlash masalasi ham muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, davlat teatrlari tomonidan mualliflarga tegishli foiz to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish zarurligi ta’kidlandi.

Teatrlarning moliyaviy faoliyati yuzasidan ham muhim ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Jumladan, teatrlar tomonidan ishlab topilayotgan mablag‘lar, tomoshabinlar soni, spektakllar namoyishi ko‘rsatkichlari hamda amaldagi tartibga muvofiq ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar holati ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda kadrlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bitiruvchilarini teatrlar tizimida ish bilan ta’minlash, yosh mutaxassislarni ijodiy jarayonlarga keng jalb etish, ular uchun munosib mehnat va ijodiy muhit yaratish hamda sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, teatrlar faoliyatida zamonaviy auditoriya bilan ishlash, ijtimoiy tarmoqlarda faollikni oshirish, spektakllar va ijodiy loyihalarni keng targ‘ib qilish orqali tomoshabinlar qamrovini kengaytirish muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida teatrlar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijodiy va moliyaviy intizomni mustahkamlash, repertuar siyosatini takomillashtirish, zamonaviy va dolzarb sahna asarlarini yaratish, tomoshabinlar uchun sifatli teatr mahsulotlarini ko‘paytirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shu asosda Respublika teatrlari tomonidan 2026-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Belgilangan chora-tadbirlar teatrlarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish, soha faoliyatida samaradorlik va shaffoflikni ta’minlash, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ijodiy hamkorlikni kengaytirish hamda aholiga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.


Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2