Siddikov's workshop
70 subscribers
147 photos
170 videos
286 files
73 links
All the materials for you and your classes.
Download, re-edit, print and enjoy!

No more long and boring classes! Admin : @siddikov_doston
Download Telegram
Ayol tuxum olgani keldi: "tuxumlar necha pul?"
Tuxum sotuvchi javob berdi: “Bir donasi 1500 so'm"
Ayol darrov: "10 tasiga 10 ming, ma'qul kelsa bering, bo'lmasa boshqa joydan olaman "
Tuxum sotuvchisi: “Mayli...Balki yaxshi narxdir, ertalabdan beri birorta tuxum sotganim yo‘q”.

Ayol tuxumni oldi va "tadbirkor"ligidan faxlangacha uzoqlashdi.
U qimmat mashinasiga o'tirdi, do'stlari bilan ovqatlanish uchun chiroyli restoranga bordi. Yeyishdi, ichishdi... Hisob 900,000 ga yaqin bo'ldi. 1 million to'lab, qaytimini olib qolishini aytdi.

Bu holat restoran egasi tanish, lekin tuxum sotayotgan kambag‘al chol uchun juda g'alati edi...

Bu yerda asosiy masala: biz muhtojlar ustidan foyda ko'rishga harakat qilamiz. Nega muhtoj bo'lmaganlarga hamisha saxiymiz?

Shu o'rinda, dadamning bozorliklari esimga keldi...
Dadam, biroz hunuk kartoshka, piyoz olib kelardilar, tabiiyki, bu buvimga, onamga yoqmasdi. Dadam aytardilar, "bittasi o'tirgan ekan, hech kim undan olmayapti, pulga muhtojdek ko'rindi"

Dadamdan "chiroyli" bozor qilishni o'rganmandim, lekin chiroyli mehr ko'rsatishni o'rgandim...
👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Faoliyatimda kutilayotgan o'zgarish shu yerdan boshlanadi, Xudo xohlasa.
Qo'qonda ochilgan 𝐋𝐄𝐀𝐃𝐄𝐑 𝐒𝐂𝐇𝐎𝐎𝐋 haqida xabaringiz bo'ldimi?
Yo'q bo'lsa, men shu xabarni yetkazay 😊
Ko'rib turganingizdek, bino eng so'ngi maktab jihozlari bilan, zamonaviy tarzda qad rostlagan.
Dizayn va sifat birga kelsachi?
Sifat qismini o'zim va boshqa malakali ustozlar bilan birgalikda olib chiqamiz (O'rganilgan tajribalarni amalda ko'rsatish vaqti keldi)

Aytmoqchi, 20-avgust, yakshanba kuni ochiq eshiklar kuni o'tkazilmoqda, shunchaki aylanib kelib ketsangiz ham xursand bo'lamiz 😊
2👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchi bilishi shart:
Bola yomon ko'rgan o'qituvchisidan hech nima o'rgana olmaydi.
- Rita Pierson
🥰7
Yangi maktab uchun jamoa yig'ish boshlandi.
Qo'qon 𝗟𝗘𝗔𝗗𝗘𝗥 𝗦𝗖𝗛𝗢𝗢𝗟 quyidagi fanlar uchun, o'qituvchilar o'rtasida ishga tanlov e'lon qiladi:
- 𝐎𝐧𝐚 𝐭𝐢𝐥𝐢
- 𝐈𝐧𝐠𝐥𝐢𝐳 𝐭𝐢𝐥𝐢
- 𝐌𝐮𝐬𝐢𝐪𝐚
- 𝐉𝐢𝐬𝐦𝐨𝐧𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐛𝐢𝐲𝐚

O'qituvchidan nima talab qilinadi?
-O'z ishiga mas'uliyat
-Bolani seva olish
-Talabchanlik
- Ijodkorlik (yaratuvchanlik)

Biz nima taklif qilamiz?
- Qo'llab-quvvatlovchi, samimiy jamoa
- Yaxshi maosh
- Yangiliklarni kutib qoluvchi va ularni qo'llab-quvvatlashga tayyor maktab faollari
- Albatta zamonaviy ish joyi

Qiziqdingizmi? Rezyumeyingizni (CV) leaderchoolkokand@gmail.com manziliga jo'natib qo'ysangiz bo'ldi. Talablarimizga mos keluvchi nomzodlar bilan bog'lanamiz

PS: Tanishlaringiz bilan yoki guruhlarda bo'lishib qo'ysangiz juda xursand bo'lar edim.
👍2
Ta'lim - tarbiyadan avval, chiroyli rishtalar yo'lga qo'yiladi, qolgani poezd relslari ustida yurgandek ravon ketaveradi.

Kelganimdan beri bir qancha uchrashuvlarga chaqirishdi: ota-onalar, o'qituvchi va o'quvchilar bilan uchrashdim, gaplashdim.
"Ta'lim sifatida" deb jar solamizu, uchburchakning har bir uchiga qaralmas ekan... (Bu haqda keyinroq albatta post qilaman)

Xususiy ta'lim haqida fikrlarim boshqacha edi, tubdan o'zgardi. Buni tizim ichida yurgandagina ko'rish mumkin ekan (bu haqida ham boshqa post bo'ladi)
👍1
Forwarded from Leader School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko'p sonli talab va istaklarni inobatga olib "Kokand Leader School” maktabida OCHIQ ESHIKLAR KUNI!
Faqat 1 kun, 8-dekabr soat 09:00 da bo'lib o'tadigan "Ochiq eshiklar kuni" ga allaqachon ro'yxatga olish boshlandi! Farzandlaringiz bilan birga tashrif buyuring va LEADER school faoliyati bilan yaqindan tanishing!

Shunchaki havola orqali o'tib, ro'yxatdan o'ting. Tez orada siz bilan bog'lanib, taklifnomangizni yetkazamiz
Havola:
http://bit.ly/46ohviO
Shoshiling, o’rinlar soni chegaralangan
Manzil: Qo'qon shahar, Furqat ko’chasi, 157-uy
«Dream House» uylari
Telefon raqamlari:
+998 95 5527777
+998 55 8107770
👍2
Bundagi og'riq azobini balerinaning o'zi biladi, natijaga shunday erishiladi.




40-50 ta bola bilan bir sinfda ishlab kelayotgan o'qituvching ham asab tolalarini ko'rishni iloji bo'lganda barchasi boshqacha bo'larmidi...
👍6🔥1
#tavsiya
1. Maqsad
2. Kuchli, ahil jamoa yaratish
3. To'xtovsiz o'rganish
4. Mag'lubiyatdan o'rganish

Xodimlar bilan ishlashda juda ham foydali adabiyotlarni bo'lishmoqchiman. Afsuski, bular Ingliz tilida (bittasi ruscha)

Foydasi tegishiga ishonaman
||Doston Siddikov || ESL Teachers || IELTSBERG YouTube || IELTSBERG Facebook || IELTSBERG Instagram ||
IELTSBERG Telegram || English Movies ||
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1999-yil ekan. Fikrlashga e'tibor bering.

2024.
"Janze" singari qo'shiqlar, bittasining jippilab o'ynashi yoki so'kinib qilgan videolarining ko'rish miqdori millionlarga yetsa, haqiqatdan nimadir bera oladigan ko'rsatuvlar, podkastlar ko'rishi 4 yoki 5 mingga borsa boradi...
👍1
Suratdagi shaxs 130 kilogramm vaznli ruminiyalik darvozabon Daniel Badislav.

U o'zining yuqori pog’onalarda turgan "Ciorogarla" klubini pastga tushira olgan “qahramon”. Uning onasi klubning moliyachilaridan biri bo'lgani uchun uni chetlatish imkoniyati yo’q

Daniel tufayli 4 nafar murabbiy iste'foga chiqdi, yana biri yurak xurujidan vafot etdi va bir futbolchi klubdagi faoliyatini abadiy to’xtatdi. Daniel dastlab hujumchi sifatida oldinga chiziqda o'ynadi, ammo yugura olmagani va o'yinchilarni ortda qoldira olmagani uchun darvozabonlikka o'tishga qaror qildi. To'plarni ushlashda mahorati yo'qligi sababli murabbiy 7 ta himoyachi va 3 ta yarim himoyachi bilan hujum qilmasdan o'ynashga majbur…

Aytgandek, u hamkasblari orasida eng ko'p maosh oluvchi futbolchi sanaladi.

PS: O’qidumu, negadir hayron qolmadim 😅😅
PS2: Internetdan “uxlatilgan” post
👍2😁1