Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
350 ta grant imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun qo‘shimcha motivatsiya
1 may kunigacha hujjatlarni http://admission.eyuf.uz/ orqali topshirishga kechikmang! “EL-YURT UMIDI” jamg‘armasi orqali chet elda bakalavr, magistratura va doktoranturada o‘qish uchun ajratilgan 350 ta grant o‘rinlariga hujjatlarni topshirish bo‘yicha Jamg‘arma vakillari bilan birga ochiq muloqot qilib barcha savollarga javob berilgan edi. (Qaytadan ko‘rish uchun: https://bit.ly/32F1eY7 )
Shundan so‘ng ijodkor yoshlarimiz ba’zi chet elda o‘qib qaytgan Xalq ta’limi vazirligi tizimida ishlayotgan xodimlarimiz bilan qisqacha suhbat uyushtirishib videorolik tayyorlashgan ekan. Tomosha qilishni tavsiya etaman. O‘qishga harakat qilishga ikkilanayotganlarga qo‘shimcha motivatsiya bo‘lar degan umiddaman.
Ushbu insonlar kabi bizning jamoaga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar, marhamat, ARGOS orqali hujjat topshiring: https://bit.ly/3rIYTp6
#MOPE_team #BestPlaceToWork

Maktablarni qo‘shimcha daromadini oshirib, o‘quvchilarga ham daromad topishni o‘rgatayotgan pedagoglarimizning ijobiy tajribalarini ommalashtirish zarur
Samarqand shahridan Paxtachi tumaniga ketayotganda yo‘lda maktab ko‘ringanida, bir to‘xtab ko‘raylikchi qanday ekan deb kirib juda yaxshi holatning guvohi bo‘ldik. Maktab direktori maktabning yerlaridan unumli foydalanib, turli xil ekinlar, issiqxonalar tashkil qilgani bilan birga fidoyi tasviriy san’at o‘qituvchisining mahsulotlarini ko‘rsatdi. O‘qituvchi bolalar bilan birga ko‘pgina yo‘nalishda ijod namunalarini yasab, erkin savdoga ham berib yuborar ekan.
Natijada o‘ziga, maktabga va o‘quvchilarga qo‘shimcha daromad topibgina qolmay, balki bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanishiga o‘ziga xos poydevor yaratayapti. Samarqandda turizm imkoniyatlari keng bo‘lgani tufayli har bir sayyoh o’zi bilan esdalik uchun nimadir olib ketgisi keladi. Batafsil: https://bit.ly/2R0IKyE

Qo‘shnilarimizdagi bugungi xavotirli xabarlar hammamizni ogohlikka chorlaydi. Tinchlikni qadriga yetib, har qanday kelishmovchiliklarni qurol bilan emas, o‘zaro muhokamalar orqali hal etish juda muhim ekanligini barchamiz tushunib yetishimiz kerak. Aks holda, bu kabi holatlar o‘zi shundoq ham ko‘p bo‘lmagan moliyaviy resurslarni insoniyatni rivojlantirish uchun emas, qirishga safarbar etilishiga sabab bo‘lishi mumkin…
Prezidentimiz tashqi siyosatdagi eng ustuvor yo‘nalishi sifatida yaqin qo‘shnilar bilan aloqalarni yaxshilashga qaratganlari va birinchi rasmiy tashriflarni ham aynan qo‘shni davlatlardan boshlaganlarida juda chuqur ma’no bor.
Insoniyat umumiy ko‘rinmas dushman bilan kurashib turgan vaqtda mablag‘larni bir-birini qirishga emas, balki rivojlantirishga sarf etilsa yaxshiroq natija bo‘lar edi.
Tinchligimizni asraylik!

Olis hududga borib ishlayotgan fidoyi ustozlarimiz haqida juda ta'sirli videolavha tayyorlashibdi, ko'rishni tavsiya etaman
Bu kabi ustozlar safiga qo'shilish uchun "Yangi O'zbekiston Ustozlari" loyihasining www.ustozfondi.uz saytiga murojaat qiling.
Batafsil ma'lumot va savollarga javoblarni ushbu masalada o'tkazilgan avvalgi OCHIQ MULOQOT jarayonidan yozib olingan lavha orqali ham ko'rishingiz mumkin: https://bit.ly/334t14J
PS. Fursatdan foydalanib, ushbu uzoq hududga borib aholi va o'qituvchilar bilan batafsil suhbat o'tkazib, shunday lavha tayyorlagan ijodkor televidenie xodimlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Facebookda ko'rish uchun: https://fb.watch/5eIDg-ix-n/
#Zamonamiz_qahramonlari #islohotlar_amalda

Ramazon oyida, fursatdan foydalanib, yoshlarimizni yana bir bor ilm olishga undashga harakat qildik. Videoni to’liq ko’rib chiqishni tavsiya qilamiz.
Facebookda yuqori sifatda ko’rish uchun: https://bit.ly/3ehbFaZ
Facebookda yuqori sifatda ko’rish uchun: https://bit.ly/3ehbFaZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek tili bilan birga yana 2 ta chet tilini o'rganib chiqqan maktab bitiruvchisining dunyoqarashi hamda kelajakda daromad topish imkoniyatlari yanada kengayadi
Yoshlarimizni chet tillarini o'rganishga undashimiz zarur! Hozir internet orqali ham mustaqil o'rganish imkoniyatlari juda ko’p, masalan duolingo.com yoki youtubedagi chet tillarini o'rganish kanallaridan foydalanib, yoshlarimiz vaqtlarini behuda o'tkazish o'rniga o'z bilim va ko'nikmalarini oshirib borishlari mumkin. Internet bo'lmasa, bepul Online-maktab televizion kanallarimizda xorijlik mutaxassislar tomonidan chet tili darslari o'tilmoqda.
Chet tilini yaxshi bilib, dars beradigan o'qituvchilar uchun ham qo'shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ushbu yo'nalishda bo'layotgan o'zgarishlar bilan batafsil quyidagi lavhada tanishishingiz mumkin.
Facebookda yuqori sifatli videoni ko‘rish uchun: https://bit.ly/3bcT6TG
#English_speaking_nation #IT_nation

Barcha maktab direktorlari bu kabi ijobiy tajribani ommalashtirishga va hamkorlikda yoshlarimizni sportga qiziqtirishga harakat qilishlari zarur
Chilonzordagi 182-maktabga kirganimda juda yaxshi holatning guvohi bo'ldim. Eski ishlatilmaydigan ustaxona binosini Taekvondo bo'yicha chempionga to'garak o'tkazish uchun berishgan ekan, u o'z hisobidan u yerni ta'mirlab, jihozlab, qator chempionlarni yetishtirib chiqaradigan dargohga aylantirishga erishibdi. Maktab direktori va to'garak rahbari Timur Nuraliev suhbat davomida ushbu to’garakninig nafaqat bolalar sog'lig'i va tarbiyasiga, balki ularninig yaxshiroq o'qishlari uchun ham ijobiy ta'siri bo'layotganini batafsil aytib berishdi. Umuman olganda, maktab binosi eski bo'lsada, jamoasining o'z ishiga fidoiy yondashishi yaqqol ko'rinib turganini maktabga borib darrov sezish mumkin. Batafsil: https://bit.ly/3uU3Bmn

22 may soat 14:00da bo‘ladigan 5 tashabbus harakati doirasidagi uchrashuvda yoshlarga 3 ta noutbuk ham beriladi
5 tashabbus harakati tashkilotchilari “To‘y to‘ydek bo‘lsin!” deb aytishgan ekan, endi “To‘yga to‘yona bilan borish kerak!” deb ertangi “Vazir va yoshlar” uchrashuvida 5 tashabbus harakatini maktablarga kengroq yoyish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya bergan yoshlarga 3 ta noutbuk taqdim qilmoqchimiz. Noutbuk faqatgina g‘oya beradigan emas, balki o‘zi shu g‘oyani amalga oshira oladigan yoshlarga nasib qiladi deb umid qilamiz!
Marhamat, g‘oyalaringizni tayyorlab, ertangi uchrashuvga keling. Tadbirda qatnashish uchun www.toshkent21.uz sayti orqali online ro‘yxatdan o’ting.

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларга табрик
—
Поздравление всем выпускникам школ нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarixda birinchi bor bitiruvchilarga yuborilgan tabrikni maktablarga borib shaxsan yetkazgan barcha hudud rahbarlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz
Bu yil ilk marotaba O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan maktab bitiruvchilariga tabrik yuborildi va uni barcha hududlardagi rahbarlar shaxsan maktablardagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga borib bitiruvchilarimizga yetkazishdi. Shuningdek, o'zlarining ham hayotiy tajribalari bilan bo'lishishdi.
Bu esa bitiruvchilarimizga kelgusi hayotlarida muvaffaqiyatga erishishlariga qo'shimcha juda katta motivatsiya berishi bilan birga, joylarda maktablarga yordam berish haqiqiy umummilliy harakatga aylanayotganiga yorqin misol bo'ldi.

Yozda vaqtlarini behuda o'tkazmay o'z halol mehnati bilan oila ro'zg'origa ko'maklashayotgan yuqori sinf o'quvchilaridan tengdoshlari o'rnak olishi zarur
Urgutga borganimizda qator maktab o'quvchilari bilan yoz vaqtida qo'shimcha daromad topishlari haqida suhbatlashdik. Ularni orasida nafaqat o'zi mehnat qilib 5-10 mln so'm oyiga topayotganlari, balki o'zidan tashqari qo'shimcha 30-40 ishchilarni ham oylik bilan ta'minlab, o'zi oyiga 15-20 mlndan ortiq daromad topayotgan tadbirkorlari ham bor ekanligini ko'rib juda xursand bo'ldim.
O'tgan yilgi ma'lumotlarimiz faqat oliy ta'limga kirish bo'yicha bo'lganiga Urgut tumani ko'rsatkichi ancha past edi, kelgusi yildan esa maktab faoliyati natijalari nafaqat bitiruvchilarini OTMga kirgani, balki umuman bitirganidan keyingi bandligi bilan baholanadigan bo'lishini inobatga olib, maktablarimiz OTMga qiziqishi yo'q bo'lgan o'quvchilarni mehnat bozoriga to'g'ri yo'naltirish bo'yicha sektor rahbarlari bilan hamkorlikda harakat qilishi kerak.