🌹🌹HAVASKORLAR IJODI SHERLARI🌹🌹
109 subscribers
4.49K photos
5.67K videos
66 files
4.48K links
🕋Jannat sari yoʻl🕋

Alloh yoʻlidagi muhabbat gunoh emas, balki muhabbat nomi ostida kishilarning hissiyoti bilan oʻynashish gunohdir.

Assalomu Alaykum kanalimizga xush kelibsizlar hurmat bilan !🤗
🥇SHOHIJAXON 🥇
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
***

Men seni sevaman
Garchi sen uzoqda bõlsang xam
Sen butun umrga
Yuragimdasan❤️

Seni sevaman degan sõz qanchalar yoqimli a🥰Lekin bazida bu gap sizga begonadek xechkim sizni sevmaydigandek tuyiladi🥺

#



🦋❤️
@Shoirlari❤️🦋
Kerizlari
💔 AFSUS…💔

Yana yig’lab olyapman qo’limga qalam
Oq varoq jonini tilmoqlik uchun
Shaht bilan yozyapman yurakda alam
Sizlar ham o’qirsiz bu she’rni bir kun

Harakat qilmanglar bermas tasalli
Unutgin, eslama deyilgan so’zlar
Iltimos siz meni tushuning aqalli
Yurak yig’lamoqda kulsa ham ko’zlar

Buncha ham qiyin-a ko’nikmoq bunga
Yuzingiz ko’rolmay jonim achiydi
Qiynalib og’rinib har kundan kunga
Yurakda bir go’rkov qabrim qaziydi

Men termulgan ko’zlar,o’sha dudoqlar
Afsuski men uchun boshqa kulmaydi
Men bilgan shijoatga to’lgan bu yurak
She ondan, ne qilay men deb urmaydi

Ko’zimni yumgani qo’rqaman rosti
Hayolim ketadi siz tomonlarga
Yaxshimisiz? Tinchmisiz? Nima qilyapsiz?
Afsus javobim yo’q bu savollarga
Balki,yaxshimasdirsiz,yomon holingiz
Balki,yetishmayaptii uzoqdan mehrim
Balki, og’riyapti otash joningiz
Balki, sog’indingiz meni sevgilim

Sevgimni asramoq uchun ismingiz
Yuragim qatiga yozib qo’yganman
Hech unutilmasin deya ustidan
Tengiz sevgim bilan chuqur o’yganman

Juda ham sog’indim Allohga qasam
Shirin so’zingizni kelmoqda eshitgim
Sizdan bir iltimos o’zingiz asrang
Mendan keyingilarga keraksiz begim

©


🌸 T.me/Shoirlari 🔥
ONANGIZNI QACHON KO'RDINGIZ

Muhim jiddiy yumushlar bilan
Diyarli har joyda bo'ldingiz
Eslolmaysiz tashvishlar bilan
Onangizni qachon ko'rdingiz

Shovqinlardan g'ovlagan shahar
Umringizni ovlagan shahar
Qishloqdagi o'sha mushtipar
Onangizni qachon ko'rdingiz

Yuragida yashirin nola
Ko'zlarida sog'inchli jola
Olim bola ex zolim bola
Onangizni qachon ko'rdingiz

Sizni kutib ko'zlari toldi
Kelmadi deb havotir oldi
Umringiz ham yarimlab qoldi
Onangizni qachon ko'rdingiz

O'taverar yillar darbadar
O'z domiga tortib tillo zar
To'g'risini ayting birodar
Onangizni qachon ko'rdingiz

Farzandim deb bolam deb so'lgan
Paymonasi yuragi to'lgan
Dunyolarda g'animat bo'lgan
Onangizni qachon ko'rdingiz

O'tib borar umr kun sayin
Bir kun tugab qolmog'i tayin
Xaykal qurmang o'lgandan keyin
Onangizni qachon ko'rdingiz



🦋❤️
@Shoirlari❤️🦋
🔥🔥 #Premyera...

💦💦 "M ů x å b b å ţ ï m" 💦💦

🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀

Ilkbora korganda hayratda kõzim
Sen bilan gaplashdim lek chalkash sõzim
Aqlimda aylanar faqat bir sòzim
Rad javob bermagin muxabatimga

Siyrating kõz oldim yorishtirganday
Shirin sòzligingda aqlimham lolday
Bõylaring kichkina labingda bolday
Rad javob bermagin muxabatimga

Egnigda yarashgan uzun xijobing
Kõzimga tik boqmay kõzing olishing
Dil... Izhorim aytay indamay turgin
Rad javob bermagin muxabbatimga

Sening gòzal qalbing kõrsatti Alloh
Qõllaring uzatgin juftim bõl eyvoh
Seni baxtli qilay... men insha'Allah
Rad javob bermagin muxabatimga

🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀

T.me/Shoirlari 🌸
ONA ONAJON SIZNI SOG'INDIM

Jondan aziz jonajon onam,
Yuzlari nurli yagonam onam,
So'zlari dardimga davo onam,
Ona onajon sizni sog'indim.

Yoshlik qilib ranjitgandurman,
Goh qadringizni bilmaganman,
Men nodon ko'nglizni ololmagan,
Ona onajon sizni sog'indim.

Yaxshi yomonni ko'rsatgan siz,
Men betob bo'lsam yonimda siz,
Meni deb tunlarnigiz bedor o'tdi,
Ona onajon sizni sog'indim.

Meni mendan kòproq tushundingiz,
Nima desam muhayyo qildingiz,
Hammadan ko'p asrab avayladingiz,
Ona onajon sizni sog'indim.

Kõzingizdan nur ketsa nuringiz bõlay
Oyog'ingiz tolsa o'rniga oyoq bõlay,
Yo'lingizni yoritib nurlarga to'ldiray,
Ona onajon sizni sog'indim.

Meni deb tinim bilmadingiz,
Hech kimdan kam qilmadingiz,
Oq yuvib oq tarab o'stirdingiz,
Ona onajon sizni sog'indim.

Ko'chadan kelsam quchib,
Keldingmi deya bag'riga bosib,
Xursand bo'lar o'sha ondayoq,
Ona onajon sizni sog'inganman.

Yelkangizga boshimni qo'ysam,
Dard alam yuqolar bir zumga,
Yagonam birdonam onam,
Ona onajon sizni sog'indim.

Men uchun farishtadek o'zlari,
Mehri bilan siylagan o'zlari,
Jannat gulim rayhonim onam,
Ona onajon sizni sog'indim.



T.me/Shoirlari 🌸
Baxt tilayman

#Premyera

Eng Boshida quvonchlarni baxsh etib
Soʻng esa armonni oshnolar etib
Mana bugun orzuyingga yetib yetib
Baxtlimisan Gulim bugun mendan ketib

Qiyinmidi bir oshiqni baxtli etish
Oson ekan bir zumdayoq tashlab ketish
Baxtli boʻlsang mayli endi baxtga yetish
Baxtlimisan Gulim bugun mendan ketib

Oshiq holim qara bugun harobdir
Oʻylagan orzuyim bari sarobdir
Bugun endi chin oshnoyim sharobdir
Baxtlimisan Gulim bugun mendan ketib

Balki senda boʻlmagandir koʻngil ham
Meni qamrab oldi bugun oʻsha gʻam
Sevganmiding bir bora sen ham
Baxtlimisan Gulim bugun mendan ketib

Mayli endi seni oʻylab siqilmayman
Sevgini deb nurab qolib yiqilmayman
Yana qayta sevarmanmi Bilmayman
Mendan ketding Baxt tilayman senga Gulim



http://T.me/Shoirlari 🥀
* * *

Meni sevmangiz..sevmangiz zinhor
Yurushim azobdir turishim
azob
Hatto yerga hamki og'irligim
bor
Sizdek insonlar yursine nari

Meni..sevmangiz sevmangiz zinhor
Chunki,men yomonman..siniq sheshaman
Balki telbadirman,balki devona
Lek chiroyli qizman,qalbi-chi pora

Meni sevmangiz sevmangiz zinhor
Yóllarim boshqadir,taqdirim boshqa
Men tanlagan yôllar qorli..
xatarli
Siz izlagan izlar bólsin
chiroyli

Meni sevmangiz sevmangiz zinhor
Qora sochlarimga tushdiku oqlar
Hali yigirmaga kirmasdan
turib
Murg'ak qalbginamga otdiku toshlar

Meni sevmangiz sevmangiz zinhor
Men gôzal emas..chiroyim yôqdir
Sizdek insonlarga ishonchim yôqdir
Ustm but..mucham sog'..qalbi poraman

Meni sevmangiz sevmangiz zinhor
Judalar qaysarman juda qaysarman
Og'zimdan chiqqanin oberar Otam
Aytganim aytganday qilarlar Onam

Menni sevmangiz sevmangiz zinhor
Otam chun erkaman..erkaman juda
Yuragin..tilkalab..ishqni
óldirgan
Onam chun dardisalman,dardikasalman

Meni sevmangiz, ketingiz
nari
Qalbim berolmayman..qalbim muzlagan
Yomon kimsalare uni tuzlagan....
Yuragi xastaman..dili vayronman

Meni sevmangiz sevmangiz zinhor
Men bir devonaman, men bir telbaman

✍️
T.me/Shoirlari
Ona siz kasal bo'lmang..

Ona siz kasal bo'lmang
Hayot to'xtab qolarkan
Uyqusiz o'tib tunlar
Ko'zlar yig'lab tolarkan

Ona siz kasal bo'lmang
Jonim yonib kuyarkan
Soat ham sekin o'tib
Daqiqa dil o'yarkan

Ona siz kasal bo'lmang
Ovqat o'tmay qolarkan
Diqqatim bir joydamas
Hayol sizda qolarkan

Ona siz kasal bo'lmang
Dilga dard orolarkan
Kulgu kelmay yuzimga
Quvonchim yo'qolarkan

Ona siz kasal bo'lmang
Uyimdan fayz ketarkan
Endi bildim men uchun
Sog' bo'lsangiz yetarkan

Ona siz kasal bo'lmang..
Ona hech kasal bo'lmang..



http://T.me/Shoirlari 🌹
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!
Xayrli tong! 🌤

🌸Baxtli insonlar orasida biz xam yana bir tongni qarshi oldik!🌸

🤲 Sogʻ–salomat uygʻotgan Robbimizga hamdlar boʻlsin!

😊 Bugungi kuningiz kechagi kuningizdan xayrli, fayzli, manfaatli va barakaliroq boʻlsin, azizlar!

☝️ Alloh roziligiga yetishishlikni barchamizga nasib aylasin. 🤲

🤲 Jannati firdavsiylar makoningiz boʻlsin!

Payshanba tongi muborak❤️

❤️
T.me/Shoirlari 🌸
🌺🌺🌺Бир кун шундай бир тонг отсайди,
Хаёт аввалгидек кечсайди.
Оллохдан бир шифо келса-ю,
Дори-дармон қолиб кетсайди.

Куёш кулиб ,қушлар хониши,
Туйларга уланиб кетсайди.
Шифо топиб, ётган беморлар,
Дори-дармон қолиб кетсайди.

Бозор кайнаб ,йулимиз равон,
Боғча қий-чув кукка етсайди.
Шамол қувиб иллат- балони,
Дори -дармон қолиб кетсайди.

Чет элларда қавму -қариндош,
Юз куришиш насиб этсайди.
Қабул булиб тилагим, хайхот,
Дори -дармон қолиб кетсайди
.
Ниқобларни ташлаб оловга ,
Ачомлашиш насиб этсайди.
Дуоларим қабул эт ,Эгам,
Дори дармон қолиб кетсайди
.
Шифокорлар жони тинч топиб,
Доричилар ишсиз қолсайди.
Гуллар сотсин туйларга атаб,
Дори -дармон қолиб кетсайди.
.
Кетсин майли миллионлари,
Дорилар муддати утсайди.
Барча соглом ,
Яроқсиз холда,
Дори- дармон қолиб кетсайди
.
Йиғламасин энди бошқалар,
Хаёт яшнаб хамма кулсайди,
"Қорали кун"бир туш булса-ю,
Дори -ниқоб қолиб кетсайди.

Каналимиздан узоклашманг
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Эй Аллоҳ, мени кичикликда раҳм қилгани каби онамни раҳм қил

Эй Аллоҳ, мени бахтли қилиб катта қилгани каби онамни бахтли қил

Эй Аллоҳ, онамнинг кичик ва катта амалларини қабул қил

Эй Аллоҳ, онамни уларга хавф бўлмайдиган, ва маҳзун бўлмайдиганлардан қил

Ва жаннатнинг олий фирдавси билан уни икром қил, эй Карийм Зот

.SOLIHADAN.🌼🌼🌼🌼🌼
BAXT XAQIDAGI AFSONA

Bir kuni farishtalar zerikib qolishibdi. Shunda ulardan biri:
- Kelinglar, odamzoddan biror nimasini oʻgʻirlab olib, yashirib qoʻyamiz, - debdi. Farishtalar uzoq oʻylashib, odamdan baxtini oʻgʻirlashga kelishib olishibdi. Lekin uni qayerga yashirish mumkin?
Bir farishta taklif kiritibdi:
- Yaxshisi uni eng baland togʻning eng baland choʻqqisiga yashiramiz.
- Yoʻq, boʻlmaydi. Odamzod togʻning choʻqqisiga chiqa oladi. Biri topib olsa, qolganlari xam birpasda baxtini topishi mumkin, - debdi. Boshqasi:
- Unda dengizning tubiga yashiramiz.
- Yoʻq, boʻlmaydi. Odamzod aql-zakovatini ishlatib, dengiz tubiga xam yetib boradi.
- Boshqa sayyoralarga … - Boʻlmaydi, aql-zakovati bilan u yerga xam yetib borishi mumkin.
Ular baxtni qayerga yashirish masalasida tortishib, tortishib charchaganlarida bir farishtada shunday debdi:
- Baxtni qayerga yashirishni men bilaman! Uni odamning oʻz qalbiga yashirish kerak. Shunda odamzod baxtini tashqaridan qidirib, topolmay yuraveradi. Farishtalar shunga kelishib, shunday qilishgan ekan... Shundan beri odamzod qalbga nazar solish oʻrniga baxtini nuqul tashqi olamdan qidirib yurar emish...

Agar baxt topishni istasangiz, uni qalbingizdan qidiring.

http://T.me/Shoirlari ❤️‍🔥
Bilsang sevadirman jonimdan ortiq.
Bunga yer-u samo guvohdir borliq.
Ko‘zlari mayusim bitta kulsang bas,
Senga dunyolarni qilaman tortiq.

Yolg‘izman demagin men bor yoningda.
Dukkillab uraman jism-u joningda.
Seni shu qayg‘u-yu azoblaringdan,
Himoya qilaman har bir oningda.

Azizam kuyinma bular o‘tguvchi.
Sinovlar barchasi kelib ketguvchi.
Azobdan charchasang suyangin menga,
Unutma men borman qo‘ling tutguvchi.

Qalbingga gumonlar qurmasin uyin.
Yuraging chalmasin mahzunlik kuyin.
Sen-la baxtli bo‘lmoq niyatim bilgin,
Dildagi muhabbat emasdir o‘yin.

Kutishdan to‘xtama tolma bir nafas.
Men uchun ochilar bir kun bu qafas.
Barcha havf hatarga yetadi kuchim,
Yagonam sen meni tark etmasang bas.

Menda bordir g‘urur menda bor vijdon.
Ahdga vafoliman mustahkam iymon.
Iltimos ozgina bardoshli bo‘lgin,
Biz baxtli bo‘lamiz sen menga ishon.

Bilsang sevadirman jonimdan ortiq.
Bunga yer-u samo guvohdir borliq.
Ko‘zlari mayusim bitta kulsang bas,
Senga dunyolarni qilaman tortiq.

Muallif: Komila Qiz.
21.07.2022.14:00.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Онажон, сочингиз оппоқ толида,
Бахтиёр кунларим заҳматин кўрдим.
Зим-зиё кечалар умрим йўлида,
Меҳрингиз нурларин зийнатин кўрдим.

Йўқликка тикилиб, сурсангиз хаёл,
Қалбимда изтироб туғёнин сездим.
О, кўзим ўнгидек фаришта аёл,
Кўнгил осмонида қўшилиб суздим.

Зарра тафтингиздан жон олиб жоним,
Келган балоларни қайтарди меҳрим.
Зарра зардангиздан кўпириб қоним,
Ғанимга юракдан сочилди заҳрим.

Илоҳий қудратсиз, жоним, онажон,
Оппоқ сочларингиз ўпиб силайин.
Қалбим садосига жўр бўлсин жаҳон,
Аллоҳдан умрингиз боқий тилайин.

SOLIHADAN.
🌺🌺🌺Дуо килганми?!________

_Бошингга бахт куши келиб кунганда,
_
Омадинг чопиб, ишинг унганда.
_Онанг йулларингга интик булганда,
_
Онангни эслагин дуо килганми?!
_Отангни эслагин дуо килганми?!

_
Аллох осмондан ризкинг сочганда,
_Дустларинг еб-ичиб,турт томон кочганда.
_
Онанг сени кутиб эшик очганда,
_Онангни эслагин дуо килганми?!
_
Отангни эслагин дуо килганми?!

_Бир кун ишк савдоси тушиб бошга,
_
Эл-юртни таклиф килсанг нахор ошга.
_Онанг кузлари тулганда кувонч ёшга.
_
Онангни эслагин дуо килганми?!
_Отангни эслагин дуо килганми?!

_
Аллох сенга угил фарзанд берганда,
_Улфатларинг билан "тойчок"ни ювганда.
_
Онанг мижжа кокмай остонада турганда.
_Онангни эслагин дуо килганми?!
_
Отангни эслагин дуо килганми?!

_Дустим уйлаб кургин иссик танангга,
_
Тирнок ботирмайман эски ярангга.
_Термулиб кора куз ширин болангга,
_
Онангни эслагин дуо килганми?!
___Отангни эслагин дуо килганми?!

Каналимиздан узоклашманг


SOLIHADAN.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌺🌺🌺Кайфиятни кутарамиз!!!!!!

Илохим шу карияларга ухшаб ,куша кариб юриш хаммамизга насиб этсин илохим😊😊😊💐💐💐💐

SOLIHADAN
Cho‘qqilarni ko‘zlang-u
Yerni ham unutmanglar
Hop, har nedan so‘zlang-u
Sevgidan gapirmanglar.

Qalbingni ezma erkam
Hayot asli biri kam
Ikki og‘iz bo‘lsa ham
Sevgidan gapirmanglar

Xazon bo‘lgan dil bog‘im,
Sinib qildi qarog‘im,
Eh ishq bilmas o‘rtog‘im
Sevgidan gapirmanglar.

Umidlarni yancharkan
Dilga xanjar sancharkan,
Qoning rosa icharkan
Sevgidan gapirmanglar

Halovating qolmaydi
Darding birov olmaydi
Dilinga baxt solmaydi
Sevgidan gapirmanglar

G‘anim dili shod bo‘lar
Hayqirganing dod bo‘lar
Qizg‘onganing yot bo‘lar
Sevgidan gapirmanglar

T.me/Shoirlari