SHOIRAGINAM SHEʼRLARI
16 subscribers
6 photos
2 videos
4 links
Download Telegram
Live stream finished (1 hour)
Live stream started
Live stream started
Live stream finished (26 seconds)
Live stream started
Live stream started
Live stream started
Live stream finished (54 minutes)
Shoiraginam opaning yangi kanali
#𝗣𝗥𝗘𝗠𝗬𝗘𝗥𝗔.

📜𝗚'𝗜𝗬𝗕𝗔𝗧𝗜𝗠𝗡𝗜 𝗤𝗜𝗟𝗚𝗔𝗡 𝗕𝗔𝗭𝗜 𝗘𝗥𝗞𝗔𝗞𝗟𝗔𝗥.


Nomi ulug' surpasi-chi doim quruq,
Bazida kimlarga bo'lar ermaklar,
Ojizani ko'nglini parchalar etib,
Ayolga teng bo'lar bazi erkaklar!

Dinni niqob qilib, sotadi gaplar,
Bazida g'iybatga qo'shadi loflar,
Kimning nomiga soladi dog'lar,
Ayolga teng bo'lgan bazi erkaklar!

Maqsadi bilmayman ne asli uni,
G'iybatlar ichida tug''adi kuni,
O'zichi bilmayman qanday xar tuni,
Ayolga teng bo'lgan bazi erkaklar.

Aslida so'z uvol sizlarga bugun,
Masiyat rangidan rangingiz gulgun,
Adovat urug'ing ekasiz nechun,
Ayolga teng bo'lgan bazi erkaklar.

Dono va dindorni yoqib oladi,
Bo'yniga gunohni taqib oladi,
Bu dunyo sizhu bizdan qoladi,
Ayolga teng bo'lar bazi erkaklar.

G'iybatni qilasiz so'zlarni terib,
Yurasiz erkak bo'lib ko'krakni kerib,
Ayollar poyidan mansabni terib,
Meni g'iybat qilgan yuzsiz erkaklar.

Allohim kechirsin gunohingizni,
Yomondan olis etsin xayotingizni,
Siz asrang yoningdagi ayolingizni,
Qaytar dunyo qaytadi kuting erkaklar.

Ayolni qoralab topasiz obro',
Siz bor joylarda yuray beparvo,
Ko'rinmang iltimos bir bor ro'baro,
Sevarani g'iybat qilgan erkaklar.

Allohim kifoyasi sizlarga bo'lsin,
Qarg'amayman sizni xudoyim bilsin,
Ayollar yig'lasa nomardlar kulsin,
Ayolga teng bo'lgan bazi erkaklar,
G'iybatdan to'n kiygan bazi erkaklar.

𝗦𝗛𝗢𝗜𝗥𝗔𝗚𝗜𝗡𝗔𝗠.(𝗦𝗘𝗩𝗔𝗥𝗔).

𝙎𝙃𝙊𝙄𝙍𝘼𝙂𝙄𝙉𝘼𝙈 𝙎𝙃𝙀'𝙍𝙇𝘼𝙍𝙄.

@shoiraginaa
#𝗣𝗥𝗘𝗠𝗬𝗘𝗥𝗔.

📜𝗞𝗘𝗟𝗚𝗜𝗡!
𝗠𝗢𝗬𝗖𝗛𝗘𝗖𝗛𝗔𝗞𝗟𝗜 𝗖𝗛𝗢𝗬 𝗗𝗔𝗠𝗟𝗔𝗕 𝗕𝗘𝗥𝗔𝗬!

Unut bo'lar senla dard-u alamlar,
Ortga boqmay ketar dilgadi g'amlar,
Sog'inch birla yoqib yurakga  shamlar,
Kelgin!
Moychechakli choy damlab beray.

Ko'ngling uchun yongan ko'ngil bo'laman,
Dardlaringga bir on darmon bo'laman,
Senla bir kun baxtga tomon boraman,
Kelgin!
Moychechakli choy damlab beray!

Ushlab olsin bu baxt qo'llarimizni.
Bir kun tutashtirsin yo'llarimizni.
Birga shirin qilar suhbatimizni.
Kelgin!
Moychechakli choy damlab beray!

Xavas qilsin termulib boqsin armonlar.
Alamdan ich etin yoqsin armonlar.
Hamma yaxshi bo'lsin biz hop yomonlar.
Kelgin!
Moychechakli choy damlab beray!

Unutamiz o'timishning bor   g'amlarini.
Unutamiz hayotning bor kamlarini,
Yodga olib sho'x yoshlikning damlarini,
Kelgin!
Moychechakli choy damlab beray!

Bir finjon yondirsin yuragimizni,
Birgalashib yozamiz ertagimizni,
Maxkamroq  tutiblar qo'llarimizni,
Kelgin!
Moychechakli choy damlab beray!

Eng shirin eng yaxshi so'zlar aytaman,
Kelmasang bo'lmaydi azob yutaman,
Shu bugun kelasan seni kutaman.
Kelgin!
Moychechakli choy damlab beray

Sen bilan xar ichgan choyim o'zgacha,
Kelsang ko'zlaringga to'yib termulay,
Sog'indim sog'indim degan so'zgacha,
Kelgin!
Moychechakli choy damlab beray!

©𝗠𝘂𝗮𝗹𝗹𝗶𝗳:      𝗦𝗲𝘃𝗮𝗿𝗮...
©𝗧𝗮𝘅𝗮𝗹𝗹𝘂𝘀:   𝗦𝗵𝗼𝗶𝗿𝗮𝗴𝗶𝗻𝗮𝗺...


𝙎𝙃𝙊𝙄𝙍𝘼𝙂𝙄𝙉𝘼𝙈 𝙎𝙃𝙀'𝙍𝙇𝘼𝙍𝙄.
MUHABBAT



Yillar sevgilim xayolda qolding
Shirin orzular sherlarda qolding
Armonim olisda yoshlikda qolding
Yurakka berkinding go'zal muhabbat

Yuragim sen eding,sen eding jonim
Orzuyimda faqat sen eding borim
Baxtli bol mening tanxo tilagim
Yurakka berkinding gozal muhabbat

Dunyo shodligini tilayman senga
Xayoting oq bolsin o'xshamay tunga
O'rgatding ishqni neligin menga
Yurakka berkinding go'zal muhabbat

Ayrildik xijronlar tig'ladi bu dam
Yurak mayus bo'lib yig'ladi bu dam
Bo'lma dunyoda xech birovdan kam
Yurakka berkinding go'zal muhabbat

Armonlar ushbu dam yoqdi qalbimni
Nigoxing shoshirdi oldi aqlimni
Endi suyanchiman yolg'iz yorimni
Manguga berkingin sirli muhabbat

Sabrimni sinadu yillar shovqini
Yurakka komildi sevgi to'lqini
Alvido bo'lib qol ko'nlim gavxari
O'tmishda qolib ket mangu muhabbat.

2021.14.11.
Muallif.SHOIRAGINAM
#𝙋𝙍𝙀𝙈𝙔𝙀𝙍𝘼

📜𝙔𝙐𝙍𝘼𝙂𝙄𝙈𝙉𝙄𝙉𝙂 𝙏𝘼𝙍𝙈𝙊𝙌𝙇𝘼𝙍𝙄 𝘽𝘼𝙉𝘿.

Bo'ldi menga qilma qo'ng'iroq.
G'ururim shu boshimdan baland,
Mendan keyin chekarsan firoq.
Yuragimning tarmoqlari band.

Kutish rejim yoqib qo'yilgan,
Menga yozgan ko'zi o'yilgan,
Axir sharti shunday qo'yilgan,
Yuragimning tarmoqlari band.

Xotirasi to'lgan yurakning,
Oxiri yoq bunday ertakning,
Boshqasidan topgin keraging.
Yuragimning tarmoqlari band.

Bekor o'yin qilding yurakga.
Bekor unga chiqding qasdma qasd.
Meni endi qo'shma tilakga.
Yuragimning aloqasi band.

Xayr endi bevafo yorim.
Endi mendek armoni borim.
Endi samo ko'tarsin zoring.
Yuragimning tarmoqlari band.

Endi osmon darddoshing bo'lsin.
Huv yulduzlar sirdoshing bo'lsin.
Mensiz qani bir ko'ngling to'lsin.
Yuragimning tarmoqlari band.

Hayotingning rangi o'chadi.
Osmoningda qarg'a uchadi.
Bugun yurak sendan kechadi.
Yuragimning tarqmoqlari band.

Yuragingni kudirsin dog'lar.
Ko'nglingni kul qilsin-u cho'g'lar.
Senga endi do'stdir armonlar.
Yuragimning tarmoqlari band.

Alvido deb aytayin senga.
Javobi-chi shart emas menga.
Aytishganku tengi deb tenga.
Yuragimning tarmoqlari band.


𝙈𝙪𝙖𝙡𝙡𝙞𝙛 𝙎𝙀𝙑𝘼𝙍𝘼...
𝙏𝙖𝙭𝙖𝙡𝙡𝙪𝙨 𝙎𝙝𝙤𝙞𝙧𝙖𝙜𝙞𝙣𝙖𝙢...



15/01/2025


@shoirgina
#𝙋𝙍𝙀𝙈𝙔𝙀𝙍𝘼...

📜QO'LLARIMNI QO'YIB YUBOR YOR.


Kichkina tanamga sig'maydi yurak,
Ko'ksimga urilgan buzilmas devor,
Yashagisi kelmas tanam jonsarak.
Endi qo'llarimni qo'yib yubor yor.

Bo'ldi qo'llarimni qo'yib yubor yor,
Qolmoqqa chora yo'q xoxish bor xolos.
Pitirlab urmoqda yuragim bejol,
Meni dunyolardan jonim et xolos!

Bazo'r nafas olar, xavo yo'q go'yo,
Bir bitmas dardim bor, jismu jonimda,
Boshimda turadi, ketmas bir soya,
Xuddiki ajalim bordur yonimda.

Ketmoqlik xar nafas yeydi qalbimni,
Jasorat yetmaydi kechmoqqa barin.
O'lmay turib bugun sezayapmanku,
Zulmatli-ku, sovuq shu yerning qarin.

Faqat sen tutib turibsan qo'lim,
Voz kecha olmayman sendan men nahot,
So'nggi nafasgacha birgadir yo'lim,
Qo'llarim tutmasa dod deyin-mu dod.

Qo'yib yubor azizm jismim azobda,
Dardlar bor ketmaydi jonim chiqquncha,
Sen baxtli bo'lasan mensiz albatta,
Men qaytaman bir kun bahor qaytguncha.

Balki bahor bilan qaytmasman kutma.
Butkulga ketarman bu yerlardan jim.
Faqta bir iltimos meni unutma.
Unutmagin meni xayr sevgilim.


𝙈𝙪𝙖𝙡𝙡𝙞𝙛 𝙎𝙀𝙑𝘼𝙍𝘼...
𝙏𝙖𝙭𝙖𝙡𝙡𝙪𝙨 𝙎𝙝𝙤𝙞𝙧𝙖𝙜𝙞𝙣𝙖𝙢...


MUALLIF RUXSATISIZ TEGILMASIN.

@shoirgina
#𝙋𝙍𝙀𝙈𝙔𝙀𝙍𝘼...

📜MEN YOMONMAN NARI YURINGLAR.

Yuragimda bitmas bor dog'lar,
Gar yig'lasam sizlar kulinglar,
Boshingizga qo'nmasin zog'lar
Men yomonman nari yuringlar.

Dilingizga yetmasin ozor,
Bizdan ketib baxtli bo'linglar.
Bizni ko'ngil shunchaki bozor,
Men yomonman nari yuringlar.

Yashayapmiz ololmay nafas,
Sizlar toza xavo olinglar,
Yana bo'lmang ,ko'p diqqinafas,
Men yomonman nari yuringlar.

G'iybatlardan charchamaysiza,
Xuddi sizdan yaxshisi yo'qdek,
Biz yaxshiydik sal avvalgina,
Yo'qsiz bugun otilgan o'qdek.

Sizga bitta iltimosim shu,
Dunyo katta o'ynab kulinglar,
Solmang bo'ldi bu boshqa qayg'u
Men yomonman nari yuringlar.

Yuragimga tekkan toshlar bor,
Ko'zimizdan oqqan yoshlar bor,
Siz deb bizda singan doshlar bor,
Men yomonman nari yuringlar.

Yo'limizdan chiqmasangiz bas,
Yaxshisizlar kim qilsa xavas,
Xoli qo'yinglar yetar bir pas,
Men yomonman nari yuringlar.


𝙈𝙪𝙖𝙡𝙡𝙞𝙛 𝙎𝙀𝙑𝘼𝙍𝘼..
𝙏𝙖𝙭𝙖𝙡𝙡𝙪𝙨 𝙎𝙝𝙤𝙞𝙧𝙖𝙜𝙞𝙣𝙖𝙢...

00:10. 2025/01/19
.

@shoirgina
#𝙋𝙍𝙀𝙈𝙔𝙀𝙍𝘼...


📜YURAGIMDA YASHAYSAN HAMON.


Qancha yillar oʻtsa ham hanuz
San qalbimda borsan sogʻ omon
Unutmadim hatto keldi kuz
Yuragimda yashaysan hamon

Unutmoqchi bo'ldim-u qancha
Yurakkinam boʻlsa ham parcha
Xatlaringni asrab bir parcha
Yuragimda yashaysan hamon

Tutmoqlikka yetmadi qo'lim
Uchib ketdi olisga tomon.
Xotiralar yashar ko'zlarda.
Yuragimda yashaysan xamon.

Gunoh asli eslamaslik ham,
Sog'inchmaslik bo'ladi yomon.
Dilga solsin ishqing ko'p alam.
Yuragimda yashaysan hamon.

Oromijon dilga oromsan,
Ko'nglim qolgan bir sening tomon.
Ko'zlarimdan tomgan jolamsan
Yuragimda yashaysan hamon.

Qaylardasan daraging bilsam,
Sog'inyapman juda ham yomon,
Armonim yoq bir bora ko'rsam.
Yuragimda yashaysan hamon.

Xayollarim yoding bilan band,
Xotiralar qiynaydi xar on,
Yashayapman ishqqa qasdma qasd,
Yuragimda yashaysan hamon.


✍️SHOIRAGINAM(Sevara)

15/01/2025.


@shoirgina
#𝙋𝙍𝙀𝙈𝙔𝙀𝙍𝘼...


📜SHUKUR QILIB YASHASH KERAK EKANDA!

Taqdirning hazilidan dil boʼlganida dogʻ
Doʻsting dushmanlardek qaziganda chogʻ
Bazan sinovlardan nurar ekan togʻ
Shukur qilib yashash kerak ekanda!

Baxtini mahkamroq tutgancha inson,
Olg'a qadam tashlash kerak ekanda.
Tanda joning sog'-u salomat xar on
Shukur qilib yashash kerak ekanda!

Allohning berganidur , umr g'animat
Sinovlardan bazan diling bezganda,
Xar sinovda bordir ajrla, hikmat,
Shukur qilib yashash kerak ekanda!

Xayot axir ulkan to'fonlarga boy,
O'tgan umrimizdur ortga qaytmas soy,
O'tkinchi bo'lsa ham xusn-u chiroy,
Shukur qilib yashash kerak ekanda!

Umringga umrni so'raydi onang,
Ularni borligidan go'zal koshonang,
Nurlarga to'lsin desang xar xonang,
Shukur qilib yashash kerak ekanda!

Savobing mukofoti ajir bo'larkan,
Allohning zikri bilan ko'ngling to'larkan,
Yaxshilar bor dunyoga ziyo to'larkan,
Shukur qilib yashash kerak ekanda!

Sinovlar boshingga togʻdek qulasa
Baxtsizlik kelganda, gʻamga belasa
Dunyosi nochor deb mudom xoʻrlasa
Shukur qilib yashash kerak ekanda!

Bu dunyoda armoni koʻp inson qancha,
Hoy-u xavas tugamaydi yer yutgunicha
Noshukurlik qildik mudom nafs toʻyguncha
Shukur qilib yashash kerak ekanda!

Etti muchchang sogʻ - salomat boʻlganiga
Erta tongdan koʻz ochilib koʻrganiga
Alloh banda qilib iymon berganiga
Shukur qilib yashash kerak ekanda!


Shoiraginam.(Sevara)


22 01 2025....🕰09:00

@shoirgina