ยฉ ๐’๐‡๐Ž๐ˆ๐‘๐€๐†๐ˆ๐๐€๐Œ ๐’๐‡๐„'๐‘๐‹๐€๐‘๐ˆ.VA AUDIO SHE'RLAR.
13 subscribers
3 files
151 links
Mehribon Alloh nomi bilan.
She'rlarimizga ruxsatimizsiz tegilmasin.
Mualliflik xuquqi qonun himoyasida.
Buyurtma sherlar yozamiz xizmatlar pullik
Download Telegram
#PREMERA

SHE'R NOMI...๐Ÿ“ƒ
FIROQ...

Kerak emas menga qilma qo'ng'iroq.
Ketgin olislarga mendan sen yiroq.
Istamayman bugun sening ovozing.
Mayli sensiz meni sinasin firoq.

Aldangan yuragim qon yig'lab qoldi.
Ketgin sen ila bu sabrim ham to'ldi.
Senga nisbatan qolmadi bir his.
Yuragim ishqingsiz dunyoda kuydi.

Ex qanchalar ekamman nodon.
Arzimas ekansan  mening sevgimga.
Man sensiz xam yuribman shodon.
Bugun kulayapman oqqan yoshimga.

Samolar boshqacha dunyo boshqacha.
Bugun xatto yolg'on ro'yo boshqacha.
Tabbasum yarashar bugun yuzimga.
Xatto yuragimda urush boshqacha.

Hayotim bo'lmoqda qanchalar go'zal.
Qalbim eritmoqda sexrli so'zlar.
Chin ishqni tuymoqda xasta bu yurak.
Dunyoga mehrla boqmoqda ko'zlar.

Kerak emas endi sening so'zlaring.
So'zlaring kulganing qaro ko'zlaring.
Meni zor qoldirgan armoning bilan.
Meningdek o'zing ham zor zor bo'zlagin.

MUALLIF:SHOIRAGINAM...โœ
23.12.2022... 17:00...
#PREMERA

MENI ALLOH SUYSA YETADI

Mayli meni suymang siz aslo,
Mayli koring siz ฤamni ravo,
Dardlarimga bor bitta davo,
Meni Alloh suysa yetadi.

Keting mayli olislang mendan,
Alam yukin tashlay yelkamdan,
Bitta so'zni aytay yurakdan,
Meni Alloh suysa yetadi .

Tinglamangiz dardlarimni siz,
Qorayibdi bugun qalbingiz,
Doston qilmang endi dardingiz,
Meni Alloh suysa yetadi.

Bo'ldi ko'ngil olmayman bo'ldi ,
Mening sabr kosam ham to'ldi,
Soxtalardan orzu ham o'ldi,
Meni Alloh suysa yetadi.

Dunyo sizga qilmaydi vafo,
Do'st deganim berdiku jafo,
Keltirmadingizku siz safo,
Meni Alloh suysa yetadi.

Jondan o'tdi zardalaringiz,
Yuzdan ketdi pardalaringiz,
Bรตldim qalbi poralaringiz,
Meni Alloh suysa yetadi.

Ko'z yoshimni ko'rmaysiz qaytib,
Telbalardek ketyapman daydib,
Sizga so'ngi ash'orni aytib,
Meni Alloh suysa yetadi.

Jafolardan azobda yondim,
Do'st deb bilib xatodan yondim,
Bugun faqat senga ishondim ,
Alloh ลzing suysang yetadi.

Shoiraginam sherlarin o'qib,
Xafa bo'lmang ko'zimga boqib,
Mayli endi qolmang siz yoqib,
Meni Alloh suysa yetadi.

โœ SHOIRAGINAM
10:00
17/01/2023
#PREMERA

MINNATDORCHILIK.

(dilimda borini yozdim)


Tog'lardan baland tursin boshingiz,
Halol bo'ldi bizlarga bergan oshingiz,
Yuzlarga yetib yursin yoshingiz
Otajonim sizni borizga shukur.

Qalbingiz ichida ulkan bir dunyo,
Dunyoyingiz bizga berdingiz ona,
Siz bir malaksiz, sochasiz ziyo,
Borligingiz bizga baxt erur ona.


Kulib turasiz g'am ,anduxda ham,
Suyanchsiz otamga doimo onam,
Odobni o'rgatib farzandlarga siz,
Hadya qilasiz eng go'zal olam.


Otajon qo'lingiz qadoqlari ko'p,
Horib kelasiz har kuni ishdan.
Bazan to'yolmay qolaman sizga,
Tinmaysiz ro'zg'or degan tashvishdan.


Bazan qiyinchlik, bazan dard chekib,
Farzanlar uchun boridan kechib,
Nomozda duolar qilib tunlari,
Yashaysiz biz uchun umringizdan kechib.

Minnatdorman otajon, borsiz baxtimga,
Omadimsiz onajon qadam, shahdimga,
Duolar qiling yashay men porlab,
Yarashasizlar mehr degan taxtimga.


ยฉMuallif...SEVARA...โœ๏ธ
ยฉ Taxallus...SHOIRAGINAMโœ๏ธ
#PREMERA

TASKIN ๐Ÿ˜”๐Ÿ˜”๐Ÿ˜”

(OPA- UKA SUHBATI)

โœ๐ŸŒนSHOIRAGINAM:
Dilingizga kirib keldi ishq degani
Ushalmasdan armon bo'ldi ukajonim
Rad javobi ado qildi dil deganni
Bo'ldi endi siqilmang siz ukajonim


โœ MUSOFIR MUHAMMAD ALI
Opajonim yonimdasiz raxmat sizga
Bitta sizni alishmayman mingta qizga
Duoyingiz doyim madad boสปlar bizga
Boringizga shukur boสปlsin opajonim

โœ๐ŸŒนSHOIRAGINAM:
Allohni suygan bandasiz kulib yashang
ฤœam anduxni ukajonim ortga tashlang
Zikr duo tilingizdan tushmasin hech
Alamlarni yulib olib ko'mib tashlang


โœ MUSOFIR MUHAMMAD ALI
Bir adashib bevafoni suydi koสปngil
Shu sababli alamlarga toสปldi koสปngil
Eng yaqinim kimligini bildi koสปngil
Boringizga shukur boสปlsin opajonim

โœ๐ŸŒนSHOIRAGINAM:
Eslamangiz bevafo ul sanamlarni
Eslamang qoshi qaro qalamlarni
Dunyo degan o'tkinchidir siz bilsangiz
Opajoniz yonizdadir ishonsangiz


โœ MUSOFIR MUHAMMAD ALI
Soสปzingizga kirmay ishqdan yomon
yondim
Sevdim lekin sevilmayim oสปzdan tondim
Yonimdasiz yolgสปonlarni qalbga koสปmdim
Boringizga shukur boสปlsin opajonim

โœ๐ŸŒนSHOIRAGINAM:
Duo qilib turamana doim sizni
Rashkchi ukam qizg'onmasa bo'lmaydida
Jahli chiqsa yozadida bir nimalar
Qizg'onib hech opasini to'ymaydida

โœMUSOFIR MUHAMMAD ALI
Alloh meni ul yor bilan sinab koสปrdi
Sevdim desam bevafolar yuzun burdi
Shu payitda opajonim xolim soสปrdi
Boringizga shukur boสปlsin opajonim

โœ๐ŸŒนSHOIRAGINAM:
Joniz omon bo'lsin sizni mehribonim
Duolarim siz bilandir biling doim
Dunyo ฤamin unutasiz ishonaman
Yonizdaman biling shuni ukajonim


โœ MUSOFIR MUHAMMAD ALI
Men ham sizni namozlarda duo qilay
Siz ham menga duodasiz buni bilay
Har bir aytgang soสปzingizga quloq ilay
Boringizga shukur boสปlsin opajonim

ยฉSHOIRAGINAM....โœ๏ธ

ยฉ MUSOFIR MUHAMMAD ALI.โœ๏ธ
#PREMERA

DARDIMGA AYLANIB QOLDING

Armonim dardimga aylanib qolding
Yurakka netay bir alamni solding
Bedor qilding ziyosi yรตq tunlarimni
Nechun ayt kรตzimdan uyquni olding

Armonim dardimga aylanib qolding
Yuragim qariga sen kirib olding
Sog'indim sog'indim bugun shunchalar
Meni shiringina yolg'onim bo'lding

Armonim dardimga aylanib qolding
Qalbimga azobli ogriqni solding
Kechib ketolmasam mendami gunoh
Biroq sen men uchun o'tmishda qolding

Armonim dardimga aylanib qolding
Armonni ortiga berkinib olding
Men uchun ortingga boqmagan beqalb
Sen o'lding men uchun manguga o'lding

Armonim dardimga aylanib qolding
Ey yurak armonga o'rganib qolding
Muhabbat yurakni qilding sen ado
Yolฤฃon muhabbatdan bunchalar yonding

Armonim alvido ketyapman sendan
Orzular yor bรตlgan go'zal dunyoga
Yuragim qariga kรตmib azobni
Boqdim Baxt degan gรตzal ziyoga

โœ SHOIRAGINAM

08/01/2023

09::00


@shoiragina
#PREMERA

(MIRA UCHUN .)

GO'ZAL.


Tog'ning ajib lolasi misol,
Hushbo'y ifor taratasan yor,
O'g'irlanding fikrim- hayolim,
Go'zal deya tunlarim bedor.

Ovozingdan bu jonim bemor,
Kulgularing qalbimga kirgan.
Senga xavas qiladi bahor,
Menman seni jonidan sevgan.

Go'zal deya urar yuragim,
Isming singib ketganmi qonga?
Hayolimda o'zgasi bo'lmas,
Orom berib kelaqol jonga!

Ko'zlaringni qarosi netay,
Olgan tunda uyqularimni.
Sen tomonga men uchib ketay,
Oshig'iman kulgilaringni.

Seni menga shunday yaratgan ,
Allohimga shukur qilaman,
Go'zal ismli qizni onasi,
Bir kun sizga kuyov bo'laman.

Gulim aytib qo'ygin onagga,
Seni jondan sevib qolaman .
Gar bermasa qizini menga,
Oq tulporda olib qochaman.

ยฉโœ๏ธSHOIRAGINAM


@shoiragina
#PREMERA

AVVALROQ โค๏ธ๐ŸŒนโค๏ธโ€๐Ÿ”ฅ๐Ÿ’”.

Kutganmiding yo'llarimni intizor.
Bu dilimga ishqdan solmagin firoq.
Kutib yashadingmi meni beqaror.
Nega uchramading nega avvalroq.

Qon dilimga topolmayin davolar,
Qiynar meni o'sha dardli savollar,
Nega aldamoqda, meni hayollar,
Nega uchramading nega avvalroq.

Ishq hukmron bo'lmagan davrda,
Tilim so'zlamoqqa qilmasdi titroq.
Bugun rad etar tan olmas yurak,
Nega uchramading nega avvalroq.

Faqat vaqtimga qilyapman afsus,
Dunyoga sendan keldim ertaroq.
Men uchun atalgan emassan maxsus,
Nega uchramading nega avvalroq.

Seni sevmoqlik shirin dardim bo'lardi,
Mayli bo'lganida kechirilmas gunoh.
Bu kemtik ko'nglim senla to'lardi,
Nega uchramading nega avvalroq.

Tutolmayman qo'llaring, kuydirar tafti.
Ketsang bu dilim, chekadi firoq.
Umrimning sen eng go'zal bo'larding baxti,
Nega uchramading nega avvalroq.

Ey mening ushalmas orzu tilagim.
Baxtimga bo'lgin , mendan baxtliroq.
Sen mening ishqim, kechikkan sevgim.
Nega uchramading nega avvalroq.

โœ SHOIRAGINAM
27/02/2023
08:32


@shoiragina
#PREMERA

ALVIDO QABRNI QUCHGAN SEVGILIM!!!!!!

Suyib yetolmagan xur bรตlgan gulim,
Bugun qabring tomon tushmoqada yo'lim,
Sen uchun duoga ko'tardim qo'lim,
Alvido qabrni quchgan sevgilim.

Osmonimda bo'lmadi oyim ham to'lin,
Ayridi ikkimizni bitta xaq รตlim,
Taqdir sevgimizni qildiku รตyin,
Alvido qabrni quchgan sevgilim.

Sen yoqsan judolik qiynaydi dilim,
Sen bilan ketdi dildagi sirim,
Sen eding yurakda sevgim yashrin,
Alvido qabrni quchgan sevgilim.

Armonlar qatida qoldim mung'ayib,
Sevgisi ushalmagan bir garib bo'lib,
Ketding menga oxirgi bor yor kulib,
Alvido qabrni quchgan sevgilim.

Samodan boqarsan sezaman buni
Men seni sevaman kelguncha รตlim
Angladim peshonamga bitilmaganing
Alvido qabrni quchgan sevgilim.

Quvonch qolmadi kulgullarimda,
Mano ham qolmadi kun, tunlarimda,
Muhabbat tugadi tuyฤularimda,
Sen ketding jannatga men suygan gulim.

Alvido jim dardini yashirgan gulim,
Men yomonni yaxshisin oshirgan gulim.
Ketding yolฤizlik bilan qoldirib,
Alvido qabrni quchgan sevgilim.

(Begaliyev Elbek ukamiz uchun maxsus yozildi)

Muallif ruxsatisiz tegilmasin
Ijro ham qilinmasin.
โœ SHOIRAGINAM
13/01/2023
12:00


@shoiragina
#PREMERA


QIZ NOLASI.

Dunyoga kelgan kunimdan boshlab,
Bir bora mehringiz qilolmadim his.
Qiz deya voz kechib ketdingiz mendan,
Nahot endi masofalar ekanda olis.

Jajji qo'llarimni sizga uzatolmadim,
Otajon qalbingiz shunchalar toshmi.
Keldimu dunyoga sizni yo'qotdim,
Kozimdan oqqani bilmam kรตz yoshmi.

Nega ayting kechib ketdingiz mendan,
Axir men emasmu joningiz joni.
Qiz bo'lsam ne qilibdi ayting otajon,
Poyizga to'kardim hali dunyoni.

Onamni ne aybi bor ayting otajon,
Aybi sizga guldek qiz tuqqanimi.
Yoki to'qqiz oy ko'tarib mani,
To'lgoqning azobini jim tortganimi?

Otajon qayting, qizim deng bir bor,
Ojiza qizingizni bosing bag'ringizga.
Ko'rasiz hali men o'g'ildan o'tib,
Madad bo'laman bir รดzingizga.

Men sizning jonizdan yaralgan jonman
Qizim deng, otam deb quchay men sizni.
Ko'rasiz og'illardan o'tib hali otajon,
Jannatlarga olib kiraman sizni.

Men bir joningizni porasi edim,
Sevgingiz, ishqingiz mevasi edim.
Ketdingiz o'g'ilmas qiz deya mendan,
Lek men sizga umr so'ray xudodan.

Dilingiz og'rimasin,cho'kmasin ko'ngliz,
O'glim yo'q deb ota xafa bo'lmang siz.
Kun kelib o'sha o'gสปillar qolib,
Hajlarga oborar sizni qizingiz.

Siz qiz deb ketgan bo'lsangiz ota,
Ming og'ildan ortiq o'g'il bo'laman.
Faqat keling bir bor oy yuzligim deng,
Men sizga Jannatlarni hadya qilaman.

ยฉ Muallif SEVARA....โœ๏ธ
ยฉTaxallus SHOIRAGINAM....โœ๏ธ
10/01/2023.
๐Ÿ•ฐ15:15:15


@shoiragina
#PREMERA

UYG'ONING BEGIM ๐Ÿคฒ๐Ÿคฒ๐Ÿคฒโค๏ธโ€๐Ÿ”ฅ

Turing begim uyg'oning endi
Nomoz vaqti รณtib ketmasin
Alloh bergan sunnatu farzning
O'qish vaqti qazo bo'lmasin

Uyg'oning endi tong otmasidan
Sajdaga ortingizdan qo'yayin boshim
Firdavs jannatin tilayman sizga
Jannatda hurlar bรตlsin kundoshim

Allohning amrini birga qilaylik
Va uning yo'lidan birga yuraylik
Ortizdan iqtido qilay nomozda
Begim din yo'lidan birga ketaylik

Mayli menga sevgiz kerakmas
Mayli menga boqmang bir qiyo
Besh maxal nomozni o'qiylik lekin
Shundadur baxt shundadur ziyo

Salovat aytsangiz, Habibimga siz
Bir dasta gulni tutganga tengsiz
Bosh eging sajdaga ,shayton dod desin
Sizga ajru savobini Allohim bersin

Uyg'oning begim o'tmoqda fursat
Axir ozginaga berilgan bu vaqt
Savobni oshirib, o'qiylik nomoz
Turing begim ana soldim joynomoz.

โœ SHOIRAGINAM
12/12/2022
15:30

P/s qayta tashlandi


@shoiragina