© SHOIRAGINAM SHE'RLARI.
974 subscribers
338 photos
206 videos
4 files
668 links
Mehribon Alloh nomi bilan.
She'rlarimizga ruxsatimizsiz tegilmasin.
Mualliflik xuquqi qonun himoyasida.
Buyurtma sherlar yozamiz xizmatlar pullik
Download Telegram
#PREMYERA...

📃MADINAMNING NOZLARI XO'P BOSHQACHA.

Yuzidagi kulguchlari o"zgacha,,
Yo'llarini kutaman shu kuzgacha,
Boshqa suluv qiz ko'rmadim sengacha,
Madinamni nozlari hop boshqacha.

Erkatoyda kuyduradi jonimni,
Araz qilib ichar mening qonimni,
Kelgin nuraga to'ldir xar bir onimni
Madinamni nozlari hop boshqacha

Qalam qo'yib qoshlarini chimirar,
Ado qilib men oshiqni o'ldirar,
Bir gapirib o'zi yana ming kular,
Madinamni nozlari hop boshqacha.

Ko'zlariga boqib tinmas bu yurak,
Sevdim desa yurak bo‘lar ming bo'lak,
Mening uchun yaralgansan ey malak
Madinamni nozlari ho'p boshqacha.

Qalbim yonar firoqining kuyida,
Yashayman Madinamni o'yida,
Kelarmisan kutay soyning o'yida,
Madinamni nozlari ho'p boshqacha.


Kelsang agar tutar edim qo'lingdan,
Maxkam ushlab olar edim belingdan,
Tugamoqda ishon sabr toqatim,
O'ldiraman boshqa chiqsa yo'lingdan.

Madinamning nozlari hop o'zgacha,
Olib qochib ketaman shu kuzgacha.

©MUALLIF Sevara....
©Taxallus Shoiraginam....


@shoiragina
Live stream started
Live stream finished (26 seconds)
Gulmira Hali biz tomonda
Shoiraginam
Gulmira Hali biz tomonda - Shoiraginam


#PREMYERA...

Ko'nglimni do'st deya ochganlar sotdi,
Yanog'ida kibrdan doshlari qotdi,
Yovvoyi quzg'unlar sinovga otdi,
Hali biz tomonda otadi tonglar.
Chalinar muhabbatga atalmish bonglar.


©MUALLIF Sevara......
©Taxallus Shoiraginam.....


@shoiragina
Assalomu aleykum azizlar.

Man xavaskor shoiraman sizlarni o'zimning ijodiy kanalimga lutfan taklif etaman va ajoyib yurakka yoqadigan sherlarim bilan qalbingizga kirib boraman.

Kanalim quyida korsatilgan

👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/shoiragina



☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️

Xurmat bilan sizlar uchun qadrli bolgan shoiragingiz

SHOIRAGINAM SEVARA.
🫠🫠🫠🫠🫠🫠🫠🫠🫠🤗


@shoiragina
© SHOIRAGINAM SHE'RLARI.
Assalomu aleykum azizlar. Man xavaskor shoiraman sizlarni o'zimning ijodiy kanalimga lutfan taklif etaman va ajoyib yurakka yoqadigan sherlarim bilan qalbingizga kirib boraman. Kanalim quyida korsatilgan 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/shoiragina ☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️
Bazi bir kanallarni adminlikni beradi kanaliga bittagina rek tashlasang oladi adminlikni bu kanallarga nechta odam kelib nechatasi chiqib ketadi chin muhlislarimni esa doim. Xurmat qilganman barchalaringdan Alloh rozi bo'lsin.

Kimgadur shu reklama malol kelgan bolsa iltimos tarqatgan joylardan ochirib tashlanglar.


@shoiragina
#Maxsus buyurtma sher

ABDUXALIL XODIYEV ukamiz uchun

Qishning sovuq kunlaridan qo'rqmagan.
Halol risqini terib aslo tinmagan,
Og'ir kunlar yomon yo'lga yurmagan.
Qalbi daryo insonlarning bittasi u.
Abduhalil chin mard ozbek o'g'loni u.

Otasini mehriga- chi hech to'ymagan.
Og'ir kunlar suyaguvchi bo'lmagan,
Yillar uni sinab - sinab hech to'ymagan.
Onasining duosida yashar inson.
Alloh deya urib turgan asl o'g'lon.

Jigarlardan vafo emas jafo topgan,
Bir paytlar ozorlardan qalbin yopgan.
Bugun esa begonadan qadr topgan.
Abduhalil qalbida bir bitmas armon.
Risqin terib halol yashab yurgan o'g'lon.

Oilasin suyaguvchi bitta tog'i ,
O'zi bog'bon yuragida mehr bog'i.
Unutmaydi sinovlardan dilda dog'i.
Doim yurar yaxshilikni ko'zlab - ko'zlab,
Zabonida yolg'on emas rostin so'zlab.

©Muallif SEVARA....✍️
©Taxallus SHOIRAGINAM...✍️

MAXSUS BUYURTMA SHE'R.

@shoiragina
Har tunda bitta-bitta terib olaman.
Ko'ksimga sanchilgan nayza-o'qlarni...
Zulmat sandig'iga solib qo'yaman,
Sendan kelgan alam, otash cho'glarni.

😉Shoiraginam

[davomi ettiraymikin].


@shoiragina
Live stream started
#PREMYERA...

ALVIDO HIYONATKORIM..💔💔💔👎


Qalbimni parchalab tashlading oson,
Dod deydi u sening xiyonatingdan,
Gumburlab ketdi eh bugun osmon,
Dil og'rir sening bu qiyofatingdan.

Aldamoq sen uchun bir o'yin bo'ldi,
Bu qalbim sen deya tiriklay o'ldi,
O'sha kun berilgan vadalar tamom,
Barchasi bugundan o'tmishda qoldi.

Pok ishqim, savdoyi yuragim, yondi,
Senga deb atalgan so'zlarim qoldi,
Ket mayli boshqani qo'llarini tut,
Bevafo shu bugun qalbimdan qoldi,

Kimgadir dilingni ochibsan mayli,
Endi seni kutsin o'zga bir Layli,
Yo'llarimiz ikkiga ajradi oxir,
Eh!
Qalb sindi bugun sening tufayli.

Ojiza qalbimga solding alamlar,
Men senga dilimni qilgandim tortiq,
Bag'ring toshmidi solding sitamlar,
Men senga kerak emasman ortiq,

Alvido!
Yolg'onchi ilk muhabbatim,
Yuragim eshigin yoparman endi.
Alvido ey mening hiyonatkorim,
Men baxtni o'zgadan toparman endi.

©Muallif SEVARA.✍️
©Taxallus SHOIRAGINAM.✍️

31/03/2024. 17:00.

@shoiragina
#PREMERA

SHE'R NOMI...📃
FIROQ...

Kerak emas menga qilma qo'ng'iroq.
Ketgin olislarga mendan sen yiroq.
Istamayman bugun sening ovozing.
Mayli sensiz meni sinasin firoq.

Aldangan yuragim qon yig'lab qoldi.
Ketgin sen ila bu sabrim ham to'ldi.
Senga nisbatan qolmadi bir his.
Yuragim ishqingsiz dunyoda kuydi.

Ex qanchalar ekamman nodon.
Arzimas ekansan  mening sevgimga.
Man sensiz xam yuribman shodon.
Bugun kulayapman oqqan yoshimga.

Samolar boshqacha dunyo boshqacha.
Bugun xatto yolg'on ro'yo boshqacha.
Tabbasum yarashar bugun yuzimga.
Xatto yuragimda urush boshqacha.

Hayotim bo'lmoqda qanchalar go'zal.
Qalbim eritmoqda sexrli so'zlar.
Chin ishqni tuymoqda xasta bu yurak.
Dunyoga mehrla boqmoqda ko'zlar.

Kerak emas endi sening so'zlaring.
So'zlaring kulganing qaro ko'zlaring.
Meni zor qoldirgan armoning bilan.
Meningdek o'zing ham zor zor bo'zlagin.

MUALLIF:SHOIRAGINAM...
23.12.2022... 17:00...

@shoiragina
SÕNGI QÔNĞIROQ

Ilk qadamimni qõydim sen tomon
Ustozni ôrgatding qalbimda titroq
Ona Vatan ne edi bilmasdim biroq
Chalinmay turaqol sõngi qõnğiroq

Bağringa olding maktabim meni
Ona kabi õzing mexribon bõlding
Bir laxza qalbingda yashayin seni
Chalinmay turaqol sõngi qõnğiroq

Sinfdosh qizlaru aziz dõstlarim
Soğinaman sizni dars xonalarim
Sõngi bor birga bõlsakda biroq
Chalinmay turaqol sõngi qõnğiroq

Har laxza tarbiyang qalbimda mening
Ishongan tayanching bõlaman sening
Ustozlarim sõzlari qalbimda biroq
Chalinmay turaqol sõngi qõnğiroq

Bir laxza chalinma sinfdoshlarga
Dilimdagi dardlarim aytib olayin
Bir laxza chalinma sõngi qõnğiroq
Maktab diydoriga tõyib olayin

Xayolimdasiz siz qora kõzlar
Qalbimda bugun soğinchli titroq
Yuragimda yashaysiz aziz ustozlar
Chalinmay turaqol sõngi qõnğiroq

Ayrilib ketamiz bugundan bizlar
Katta xayot kutimoqda biroq
Kundalik daftarimda qoldi darslarim
Alvido chalindi sõngi qõnğiroq

SHOIRAGINAM

24/05/2022/


@shoiragina
Azizlarim barchangizga rahmat Shoiraginam ijodini toxtatdi.

Sizlar uchun ozgina ijod qilganimdan xursadman
Anonymous Poll
24%
Ijoddan ketsin.
76%
Yoq ijoddan qilsin.
© SHOIRAGINAM SHE'RLARI.
Man ijoddan ketgan kunim o'lganim boladi. SHERiyat manim hayotim. Bizda yangi #Primyera. Bor. @shoiragina
#PREMYERA...

MEHRINGIZ CHIN EKAN ONA.

Soxta ekan yonimda chin turganlarim,
Yaqinimsan deya kulib yurganlarim,
Ro'yo ekan bari-bari bilganlarim,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Shonu shavkat obro' degan sinov tushdi,
Boshimdagi omad degan qushim uchdi,
Qarang ona sizsiz bugun nomard quchdi,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Olisladi sirdoshim ham dildoshim ham,
Xasta dilga to'lib ketdi dardu alam,
Kimlargadur kerak edi xatto soyam,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Sho'r peshonam  azoblarga maxkum  bo'ldi,
Tuxmatlardan bugun mening jonim o'ldi,
Qarang ona ortginamdan
g'anim kuldi,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Dengiz edim saxrolarga qumdek cho'kdim,
Samolarda uchar edim yerni quchdim,
O'chdim ona bugun bitta shamdek o'chdim,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Sherlar yozib ko'ngillarga kirdim qarang,
Yomonlarni dildan asta yuldim arang,
Duoingiz jonga orom jonim onam,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Umringizga umr tilab o'tmoqdaman,
Bugun qarang yoningizga ketmoqdaman,
Mehringizga to'ymoq uchun uchmoqdaman,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Siz bor bugun qaddim baland jonim onam,
MEHRINGIZ Dan nurga to'lar ko'ngil xonam,
Yagonamsiz mening uchun siz yagonam,
Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.

Faqat sizni mehringiz chin ekan ona.
Tanxonginam, mehribonim, siz yagonam


©Muallif Sevara.....
©Taxallus Shoiraginam...

2024.


@shoiragina
#PREMYERA🔥

BO'LGIN BAXTLIROQ


Baxtsiz qilib ketding hayotimdan jim,
O'zganing bag'riga oydayin to'lib.
Meni unut deding, sizsiz o'timishim,
Ketding hayotimdan jilmayib, kulib.

Lekin har gal kelasan netayin yo'qlab,
Bu ko'nglim dardini takror yangilab.
Bilaman o'chmagan sevging dilingdan,
Men ham seni har on yuraman eslab.

Sen baxtli bo'lishing kerak go'zalim,
Sen baxtli bo'lsang yetadi menga.
Qo'y bo'ldi eslama o'sha damlarni,
Men unsiz baxt tilab yashayman senga.

Dardlarim sen eding, eng shirin dardim,
Sen taqdirni qo'lida qolgan bechora.
Baxtli bo'lsang menga yetadi borim,
Mensiz ishq yurtiga bõlgan begona.

Sen mensiz ko'z yosh to'kdingmi aytgin,
Endi qolmagan yo'l ortingga chora.
Men seni, sen meni unutsak agar,
Bo'lamiz ishqsiz, qalbsiz bechora.

Ey qalam qoshligim ayro yo'limiz,
Afsuski bilolmadim buni ertatoq,
Ishqdan olislab ketolmas qalbim,
Sen mendan ko'ra bo'lgin baxtliroq.

SHOIRAGINAM

06.04.2023
saxar soat 05:00


@shoiragina
Live stream started
Бази яралар фойдалидир…

@shoiragina
Forwarded from Bahodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boshimga soyabon duosi qo'rg'on,
Men uchun dunyoda eng aziz inson.
Bag'ringiz chin baxtlarga makon,
Onajon sizni boringiz baxtdir!

Shoiraginam
🎙Shahina Bahodirova


@yomgirqizi

@Umr_Falsafasi 🍃