Β© π’π‡πŽπˆπ‘π€π†πˆππ€πŒ 𝐒𝐇𝐄'π‘π‹π€π‘πˆ.✍
1.02K subscribers
338 photos
211 videos
4 files
669 links
Mehribon Alloh nomi bilan.
She'rlarimizga ruxsatimizsiz tegilmasin.
Mualliflik xuquqi qonun himoyasida.
Buyurtma sherlar yozamiz xizmatlar pullik
Download Telegram
#Primyera

Yuzimni yorug' qil o'zing yo tangrim

Qara yosh jonimda sinov qatma-qat,
Gohida yetmaydi yurakda toqat.
O'tinchim g'animlar oldida faqat,
Yuzimni yorug' qil o'zing yo tangrim...

Oqshomlar beorom o'yga tolaman,
Otam rizoligin qachon olaman.
Faqat bir o'zingdan so'rab qolaman,
Yuzimni yorug' qil o'zing yo tangrim...

Onamni mendan ko'p umidlari bor,
Umrimdan qish ketib gullasin bahor.
Tongda sajdalarda so'rayman takror,
Yuzimni yorug' qil o'zing yo tangrim...

Varoqlab boryapman umr daftarim,
Hali manzil uzoq, uzoq safarim.
Yolvorib so'rayman shomu-saharim,
Yuzimni yorug' qil o'zing yo tangrim...

O'ttizga kirmayin sochlarimda qor,
Ko'ksimda osmondek orzularim bor.
Dunyoda bir sendan umidim bisyor,
Yuzimni yorug' qil o'zing yo tangrim...

Qara yosh jonimda sinov qatma-qat,
Gohida yetmaydi yurakda toqat.
O'tinchim g'animlar oldida faqat,
Yuzimni yorug' qil o'zing yo tangrim...

Muallif: Ilg'orbek Namozov


Bugun Menga shu sher juda yoqdi


@shoiragina
#PREMYERA...

#Maxsus

Qadrlik singlim uchun maxsus yozildi.

Joni singlim alloh berganim,
Endi menga armon bolarkan,
Kechirmagin mayli Sen meni,
Tuxmat toshi yomon bolarkan.

Senga soβ€˜zim yetmaskan bildim,
Xar so'zingdan qalbimni tildim,
Endi netay men o'lib bo'ldim,
Tuxmat toshi yomon bolarkan.

Senga azob berga so'zlarga,
Menchi aslo emasman tayyor,
Ishonasan yolg'on ko"zlarga,
Menchi bugun aybsiz aybdor,

Senga fido edi bu jonim,
Seni alloh uchun suygandim,
Suxbatingdan tanda madorim,
Sening bilan qayta kulgandim,.

Senga aslo bermadim ozor,
Sening so'zing ediya mador,
Jonim singlim ko'zlaring xumor,
Bugun so'zing qalbim o'rtarkan.

Agar o'sha so'zlar tilimdan
Chiqqan Bo'lsa kesilsin tilim ,
Qalbingiz shunda taskin topsa gar,
Ketaman men yaxshi qol singlim.

✍SHOIRAGINAM {SEVARA
}

😞😞😞😞😞😞😞😞😞😞😭😭


@shoiragina
Borimni bilmagan mening yulduzim
Endi yoΚ»q boΚ»laman oΚ»ylamam seni
Senga aytar meni ohirgi soΚ»zim
Endi men ketaman toΚ»xtatma meni

Qadrimni bilmagan qadirdonginam
Qalbimni tigΚ»lagan qadirdonginam
Meni kech anglagan ey armonginam
Endi men ketaman toΚ»xtatma meni

Endi tinglamayman shirin soΚ»zingni
Bilmay koΚ»rib qoldim oyday yuzingni
Endi yoshlab kelma charos koΚ»zingni
Endi men ketaman toΚ»xtatma meni

Azobing qalbimni tilkalab boΚ»ldi
Sabrimning kosasi limo lim toΚ»ldi
Sen uchun Muhammad tiriklay oΚ»ldi
Endi men ketaman toΚ»xtatma meni

Endi parvo qilmam boring bersang ham
Endi parvo qilmam zoring qilsang ham
Sizni sevdim Muhammad Ali desang ham
Endi men ketaman toΚ»xtatma meni

✍Musofir Muhammad Ali


@shoiragina
#PREMYERA.....

Bir kun kapalakka aylanib qolsam,
Yoki bir kunlik ochilgan gulga.
Dunyoni bir kunda kezib chiqardim,
Yoki bir kun baxt berardim dilga.

Keyin mayli meni shamol uchirsa,
Yoki gul holimda kuydirsin quyosh.
Bir kun baxt neligin qilar edim his,
Yokida baxt uchun boβ€˜lardim ko'z yosh.

Men bir kun kapalak boΚ»lib qolsaydim,
Sukunat bag'rida sokin yurardim.
Ovozsiz yashardim, bezabon tilsiz,
Balkida bir bora maΚΌyus kulardim.

Qaniydi kapalakka aylanib ketsam,
Erkin uchar edim edim bog'-u rog'larga.
Qushlarga yem bo'lib ketguncha yana,
Qanot yozar edim baland tog'larga.

Sevimli boβ€˜lar edim biror bir gulga,
Go'zallik berardim yongan har dilga.
Qaniydi kapalak boΚ»lib tug'ilsam.
Bir oshiq qo'shig'iga tushardim kuyga.

Qaniydi kapalak bo'lib tug'ilsam (^_-)

Yokida aylanib qolsam bir gulga.

Muallif: Sevara ✍
Taxallus: Shoiraginam ✍

19 /05 /2024


@shoiragina
BUGUN VADA QILINGAN SHE"RNI JOYLAYMIZ

[MAVI QALB] NIKIDA YURADIGAN OPAMIZ UCHUN MAXSUS XAZIL SHER.

πŸ“ƒMADINAMNING NOZLARI XO'P BOSHQACHA.


@shoiragina
#PREMYERA...

πŸ“ƒMADINAMNING NOZLARI XO'P BOSHQACHA.

Yuzidagi kulguchlari o"zgacha,,
Yo'llarini kutaman shu kuzgacha,
Boshqa suluv qiz ko'rmadim sengacha,
Madinamni nozlari hop boshqacha.

Erkatoyda kuyduradi jonimni,
Araz qilib ichar mening qonimni,
Kelgin nuraga to'ldir xar bir onimni
Madinamni nozlari hop boshqacha

Qalam qo'yib qoshlarini chimirar,
Ado qilib men oshiqni o'ldirar,
Bir gapirib o'zi yana ming kular,
Madinamni nozlari hop boshqacha.

Ko'zlariga boqib tinmas bu yurak,
Sevdim desa yurak boβ€˜lar ming bo'lak,
Mening uchun yaralgansan ey malak
Madinamni nozlari ho'p boshqacha.

Qalbim yonar firoqining kuyida,
Yashayman Madinamni o'yida,
Kelarmisan kutay soyning o'yida,
Madinamni nozlari ho'p boshqacha.


Kelsang agar tutar edim qo'lingdan,
Maxkam ushlab olar edim belingdan,
Tugamoqda ishon sabr toqatim,
O'ldiraman boshqa chiqsa yo'lingdan.

Madinamning nozlari hop o'zgacha,
Olib qochib ketaman shu kuzgacha.

©MUALLIF Sevara.... ✍
©Taxallus Shoiraginam.... ✍


@shoiragina
Gulmira Hali biz tomonda
Shoiraginam
Gulmira Hali biz tomonda - Shoiraginam


#PREMYERA...

Ko'nglimni do'st deya ochganlar sotdi,
Yanog'ida kibrdan doshlari qotdi,
Yovvoyi quzg'unlar sinovga otdi,
Hali biz tomonda otadi tonglar.
Chalinar muhabbatga atalmish bonglar.


©MUALLIF Sevara...... ✍
©Taxallus Shoiraginam..... ✍


@shoiragina
Assalomu aleykum azizlar.

Man xavaskor shoiraman sizlarni o'zimning ijodiy kanalimga lutfan taklif etaman va ajoyib yurakka yoqadigan sherlarim bilan qalbingizga kirib boraman.

Kanalim quyida korsatilgan

πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡

https://t.me/shoiragina



☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️

Xurmat bilan sizlar uchun qadrli bolgan shoiragingiz

SHOIRAGINAM SEVARA.
πŸ« πŸ« πŸ« πŸ« πŸ« πŸ« πŸ« πŸ« πŸ« πŸ€—


@shoiragina
#Maxsus buyurtma sher

ABDUXALIL XODIYEV ukamiz uchun

Qishning sovuq kunlaridan qo'rqmagan.
Halol risqini terib aslo tinmagan,
Og'ir kunlar yomon yo'lga yurmagan.
Qalbi daryo insonlarning bittasi u.
Abduhalil chin mard ozbek o'g'loni u.

Otasini mehriga- chi hech to'ymagan.
Og'ir kunlar suyaguvchi bo'lmagan,
Yillar uni sinab - sinab hech to'ymagan.
Onasining duosida yashar inson.
Alloh deya urib turgan asl o'g'lon.

Jigarlardan vafo emas jafo topgan,
Bir paytlar ozorlardan qalbin yopgan.
Bugun esa begonadan qadr topgan.
Abduhalil qalbida bir bitmas armon.
Risqin terib halol yashab yurgan o'g'lon.

Oilasin suyaguvchi bitta tog'i ,
O'zi bog'bon yuragida mehr bog'i.
Unutmaydi sinovlardan dilda dog'i.
Doim yurar yaxshilikni ko'zlab - ko'zlab,
Zabonida yolg'on emas rostin so'zlab.

©Muallif SEVARA....✍️
©Taxallus SHOIRAGINAM...✍️

MAXSUS BUYURTMA SHE'R.

@shoiragina
Har tunda bitta-bitta terib olaman.
Ko'ksimga sanchilgan nayza-o'qlarni...
Zulmat sandig'iga solib qo'yaman,
Sendan kelgan alam, otash cho'glarni.

πŸ˜‰βœShoiraginam

[davomi ettiraymikin].


@shoiragina
#PREMYERA...

ALVIDO HIYONATKORIM..πŸ’”πŸ’”πŸ’”πŸ‘Ž


Qalbimni parchalab tashlading oson,
Dod deydi u sening xiyonatingdan,
Gumburlab ketdi eh bugun osmon,
Dil og'rir sening bu qiyofatingdan.

Aldamoq sen uchun bir o'yin bo'ldi,
Bu qalbim sen deya tiriklay o'ldi,
O'sha kun berilgan vadalar tamom,
Barchasi bugundan o'tmishda qoldi.

Pok ishqim, savdoyi yuragim, yondi,
Senga deb atalgan so'zlarim qoldi,
Ket mayli boshqani qo'llarini tut,
Bevafo shu bugun qalbimdan qoldi,

Kimgadir dilingni ochibsan mayli,
Endi seni kutsin o'zga bir Layli,
Yo'llarimiz ikkiga ajradi oxir,
Eh!
Qalb sindi bugun sening tufayli.

Ojiza qalbimga solding alamlar,
Men senga dilimni qilgandim tortiq,
Bag'ring toshmidi solding sitamlar,
Men senga kerak emasman ortiq,

Alvido!
Yolg'onchi ilk muhabbatim,
Yuragim eshigin yoparman endi.
Alvido ey mening hiyonatkorim,
Men baxtni o'zgadan toparman endi.

©Muallif SEVARA.✍️
©Taxallus SHOIRAGINAM.✍️

31/03/2024. 17:00.

@shoiragina
#PREMERA

SHE'R NOMI...πŸ“ƒ
FIROQ...

Kerak emas menga qilma qo'ng'iroq.
Ketgin olislarga mendan sen yiroq.
Istamayman bugun sening ovozing.
Mayli sensiz meni sinasin firoq.

Aldangan yuragim qon yig'lab qoldi.
Ketgin sen ila bu sabrim ham to'ldi.
Senga nisbatan qolmadi bir his.
Yuragim ishqingsiz dunyoda kuydi.

Ex qanchalar ekamman nodon.
Arzimas ekansan  mening sevgimga.
Man sensiz xam yuribman shodon.
Bugun kulayapman oqqan yoshimga.

Samolar boshqacha dunyo boshqacha.
Bugun xatto yolg'on ro'yo boshqacha.
Tabbasum yarashar bugun yuzimga.
Xatto yuragimda urush boshqacha.

Hayotim bo'lmoqda qanchalar go'zal.
Qalbim eritmoqda sexrli so'zlar.
Chin ishqni tuymoqda xasta bu yurak.
Dunyoga mehrla boqmoqda ko'zlar.

Kerak emas endi sening so'zlaring.
So'zlaring kulganing qaro ko'zlaring.
Meni zor qoldirgan armoning bilan.
Meningdek o'zing ham zor zor bo'zlagin.

MUALLIF:SHOIRAGINAM...
23.12.2022... 17:00...

@shoiragina