ยฉ ๐’๐‡๐Ž๐ˆ๐‘๐€๐†๐ˆ๐๐€๐Œ ๐’๐‡๐„'๐‘๐‹๐€๐‘๐ˆ.โœ
1.02K subscribers
338 photos
211 videos
4 files
669 links
Mehribon Alloh nomi bilan.
She'rlarimizga ruxsatimizsiz tegilmasin.
Mualliflik xuquqi qonun himoyasida.
Buyurtma sherlar yozamiz xizmatlar pullik
Download Telegram
Azizlar jonli efirni ochaylikmi ijro qilamiz faqat kim tayyor ijro qilishga

Fikrlaringizni komentda qoldingโ˜บ๏ธโ˜บ๏ธ
#PREMYERA...

โค๏ธONAโค๏ธ


Tun yarmida qo'limda kitob,
Sham yoqilgan bir chekka xona.
Sarlavxa qo'yilgan kitobga qarang,
Hammadan mehribon birgina ona.

Varoqlab chiqdim-ku ko'zim yoshlandi,
Matonat o'rgandim ona mehridan.
Har bir satrlardan taralar ziyo,
U qalqon bo'ladi hayot qaxridan.

Ona sen shundayin noziksan ammo,
Mag'rursan biz uchun hatto tog'dayin.
Avaylab asraysan nihollaringni,
Parvarishin kutgan bitta guldayin.

Sen asli bog'bonsan gullar undirgan,
Mehring chashmasidan suvlar ichirgan.
Sen asli buloqsan qaynab chiqquvchi,
Mehrni suvdayin kaftida tutgan.

Sen balki farishta balki najotsan,
Zulmatga nur bo'lib kelasan doim.
Baxtimiz qo'lidan tutib har mahal,
Malikam o'zimning, osmonda oyim.

Mehring ta'rifiga qalamlar yetmas,
Hattoki qog'ozlar lol qolar senga.
Sening matonating oldida taslim,
Hattoki tog'lar ham bosh egar senga.

Sen bunday mehribon, bunday rahmdil,
Allohning eng buyuk mo'jizasisan.
O'zing ming dard bilan og'rib yursang ham,
Farzandim - farzandim deya yashaysan.

Mehringni oldida boshim egaman,
O'zimning mehribon jonim onama.
Agar sen yig'lasang yig'lab turaman,
Alamlar to'lar bu ko'ngil xonama.

Tun yarimda qo'limda kitob,
Sham yoqilgan bir chekka xona.
Bu kitobning boshidan oxir,
Ta'riflangan mo'jiza ona.


ยฉMuallif SEVARA....โœ
ยฉTaxallus SHOIRAGINAM....โœ

26/01/2024
Shoiraginam tahallusidagi Sevara opamga xazl sher.

Sherlarida toโ€˜la dard,
Yuragida yoโ€˜qdir gard.
Qizlar ichra bitta mard,
Sevara opam boshqacha.

Yangrar qoโ€˜limda sozim,
Erkaginam tannozim.
Opajonim ustozim,
Sevara opam boshqacha.

Hazl kanda qilmaydi,
Biz qilsak koโ€˜tarmaydi.
Gโ€˜iybat nima bilmaydi,
Sevara opam boshqacha.

Dardni dilga olmaydi,
Sher yozib xech tolmaydi,
Qofiya ne bilmaydi,
Sevara opam boshqacha.

Soโ€˜z toโ€˜la dard xonasi,
Oilasin yagonasi.
Oysha bibi Onasi,
Sevara opam boshqacha.

Muallif: Sulaymon Sulton.

https://t.me/MeningSherim1
Audio
โค๏ธONAโค๏ธ


Tun yarmida qo'limda kitob,
Sham yoqilgan bir chekka xona.
Sarlavxa qo'yilgan kitobga qarang.
Hammadan mehribon birgina ona.


โœShoiraginam(Sevara)...
https://t.me/shoiragina


๐ŸŽ™Discuss(Umid)...

https://t.me/Dilimdagilarim_mani
#๐๐‘๐„๐Œ๐˜๐„๐‘๐€

SHE'R NOMI...

YOLG'ONLARINGA...

#PREMYERA
#YAP_YANGI
#Qร–SHIQBOP
#SOTILADI

Sevdim deya yolg'on aytibsan.
Yarashmadim osmonlaringga.
Kulgan eding yolg'on kulibsan.
Men yengildim yolg'onlaringga.

Ko'nglim uchun sevgaliging rost.
Aylanibman armonlaringga.
Muhabbatga chiqib qasdma qasd.
Men yengildim yog'onlaringga.

Men dengizni orzu qilgandim.
Qalbim to'ldi saroblaringga.
Saratonda soya topolmay.
Men yengildim yolg'onlarigga

Bemoringga aylanib ketdim,
Dard keltirding darmonlarimga
Xamon o'sha sen yaxshisan yor
Men yengildim yolg'onlaringga

Meni yolg'iz qoldirib ketding.
Adashtirib sahrolaringda.
Nima uchun keldingu ketding.
Men yengildim yolg'onlaringa.

Sevdim desang ishongan edim.
Telba bo'lib hijronlaringda.
Yolg'onlarga quvongan edim.
Men yengildim yolg'onlaringa.

Afsus endi hammasi qoldi.
Sevgi nomli kitoblarimda.
Yolg'oningdan ko'ngillar toldi.
Men yengildim yolg'onlaringa.

Alvido yor alvido yorim.
Cho'kdim dardli ummonlaringa.
Bu muhabbat bunchalar zolim.
Bas yengildim yolg'onlaringa.

27.01.2024... 17:40...

ยฉMuallif SEVARA....โœ
ยฉTaxallus SHOIRAGINAM....โœ
Tun ortindan insha'Allah tong ortadi
Zulmat ortidan yorug'lik kelganidek('_')

โœSHOIRAGINAMโ˜บ๏ธ
าšะฐะปะฐะผ ะพะปัะฐ ัžา› ะฑัžะปะฐั€,
ะะทะณะฐะฝะปะฐั€ะธ ั‡ัžา“ ะฑัžะปะฐั€,
ะšัƒะนะดะธั€ะณะฐะฝะธ ะบัžะฟ ะฑัžะปะฐั€,
ะ‘ะธั€ ัะธะฝะณะปะธะผ ะฑะพั€ ะšัƒะฒะฐะปะธะบ.

ะจะตั€ะปะฐั€ะธ ะดะธะปะณะฐ ั‘า›ะฐั€.
า’ะฐะฝะธะผะปะฐั€ะธะฝะธ ั‡ะฐา›ะฐั€,
ะฅะฐะผะผะฐะณะฐ ะบัƒะปะธะฑ ะฑะพา›ะฐั€,
ะ‘ะธั€ ัะธะฝะณะปะธะผ ะฑะพั€ าšัƒะฒะฐะปะธะบ.

ะจะพะธั€ะฐะปะธะบ า›ะพะฝะธะดะฐ,
ะะทะพะปะผะฐะนะผะฐะฝ ั‘ะฝะธะดะฐ,
ะะปะปะพั…ะฝะธ ะฟะฐะฝะพั…ะธะดะฐ,
ะ‘ะธั€ ัะธะฝะณะปะธะผ ะฑะพั€ าšัƒะฒะฐะปะธะบ.

ะงะตะบัะธะท ัƒะฝะธ ั…ัƒั€ะผะฐั‚ะธ,
ะ‘ะพัะฐะดะธ ัะฐะปะพะฑะฐั‚ะธ,
ะา›ะฐั€ ะพะดะพะฑ ะพะดะฐั‚ะธ,
ะ‘ะธั€ ัะธะฝะณะปะธะผ ะฑะพั€ าšัƒะฒะฐะปะธะบ.

ะญะฝะณ ัา›ะธะฝ ะฑัžะปะณะฐะฝ ัะธะฝะณะปะธะผ,
ะกะธะท ะฑะธะปะฐะฝ ั‚ะพะณะดะตะบ ะบัžะฝะณะปะธะผ,
ะกะธะทะดะตะบ ั‘ะทะพะปะผะฐั า›ัžะปะธะผ,
ะ‘ะธั€ ัะธะฝะณะปะธะผ ะฑะพั€ าšัƒะฒะฐะปะธะบ.

ะ‘ัžะปะดะธะผ ั€ะพัะฐ ะพะฒะฒะพั€ะฐ,
ะŽั…ัˆะฐะผะฐะดะธ ะฝะฐั‡ะพั€ะฐ,
ะžะผะฐะด ัะธะทะณะฐ ะกะ•ะ’ะะ ะ,
ะกะธะฝะณะปะธะผ ะผะตะฝะธ าšัƒะฒะฐะปะธะบ.

2024.01.28.06:33.โœโœโœ.

าšะŽาšะžะะ›ะ˜ะš าšะžะ”ะ˜ะ ะะ›ะ˜.

ะจะพะธั€ะฐะณะธะฝะฐะผ ัƒั‡ัƒะฝ.
**

KO'NGLINGDAN JOY BERGIN OZGINA.

Kerak emas menga dunyolar,
Kerak emas yulduzli tunlar,
Kerak emas ishqsiz manzillar,
Ko'nglingdan joy bergin ozgina.

Sening bilan bo'layin mayli,
Sevgimda yo'q gumonlar sayli,
Yashayapman sening tufayli,
Ko'nglingdan joy bergin ozgina.

Olislasang olisla mendan,
Orticha so'z kerakmas sendan,
Boshqa narsam yo'qdir sevgimdan,
Ko'nglingdan joy bergin ozgina

Yashay olsam bo'ldi jimgina,
Sezsiz men kimman kimgina,
Faqat senla yonar dilgina,
Ko'nglingdan joy bergin ozgina.

Allohni uyi bilsang xar ko'ngil,
Sindirmoqqa haqqing yo'q bilgil,
Bo'ldi bekor barini qo'ygil,
Ko'nglingdan joy bergin ozgina

Kirib olsam yashayman men jim,
Borligimni bilmaydi hech kim,
Izlab keldi ko'nglingni ko'nglim,
Ko'nglingdan joy bergin ozgina

Hayyolarga cho'kma bo'ldi bas!
Ko'ngling bilsam o'zagada emas!
Jahlimni sen chiqarmasdan bass!
Ko'nglingdan joy bergin ozgina.


ยฉMuallif SEVARA....โœ๏ธ
ยฉTaxallus SHOIRAGINAM....โœ๏ธ

1/12/2023.


reaksiya bosamiz

@shoiragina
#๐๐‘๐„๐Œ๐˜๐„๐‘๐€

O'G'ILLARIM.โค๏ธ๐Ÿ’•


Dunyo shodliklariga alishmam sizni,
Allohimning mo'jisasi,siz o'g'illarim.
Qalqonsiz,qo'rgonsiz,siz bizga suyanch,
Dardimga darmonsiz, siz o'g'illarim!


Duoyimizni qilib ijobat,
Tangrim sizni berdi bizlarga,
Umrlar tilayman,omad tilayman,
Ko'zmunchoqlar taqib qo'yay sizlarga.

Ulg'ayib eng oqil yigitlar bo'ling,
Onam , otam deng xizmatda turing.
Sizlar bizlarga berilgan boylik,
Baxtimga doimo siz omon bo'ling.

O'qing o'g'illarim ko'ray roxatingiz,
Dunyoda qolmasin zarra armonim.
Yuragimni yoqsin faqat mehringiz,
Sizlar meni jonimsiz -jonu jahonim.

ยฉMuallif Sevara
ยฉTaxallus SHOIRAGINAM.

12/07/2021
#SHOIRAGINAMDAN

#tabriknoma

MALIKABONU UCHUM MAXSUS

Sal javdari ,sal qaysarroq , sal jirraki
Oilada farzandlarni eng erkasi,
Shoiraginam opasi bir yagonasi,
Malikabonu mehribonim tabriklayman.

Alloh uchun yaxshi ko'rar yaqinlarin,
Xafa qilib tilib qo'ymas bag'irlarin,
Xayot deganni ko'taradi xop yuklari,
Malikabonu mehribonim tabriklayman.


Baxt deganni koshonasi kutib olsin,
Armon sizni kuzatib xayron qolsin,
Oshiqlaringiz poyingizda yotib qolsin,
Malikabonu mehribonim tabriklayman.

Habibimga ummat bo'lib kelgan bu kun,
Duodam sizning uchun men kunu tun,
Alla aytib tinmaysiz hali bir kun,
Malikabonu mehribonim tabriklayman.

Umringizga umr qo'shib bersin robbim,
Opam deya urib tursin singlim qalbing.
Alloh bilsin yuragingdagi darding,
Malikabonu mehribonim tabriklayman.


Mehribonim tabriklayman tavvalud ayyomingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman