Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
637 subscribers
10K photos
427 videos
63 files
1.7K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
🏢 Shofirkon_IM

📕Ilm-Insonni mukammallikka yetaklaydigan yoʻl.

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-02-sinf oʻquvchilarining  fizika fani dars jarayonidan lavhalar

Mavzu:Quyosh energiyasining manbayi. Termoyadro reaksiyalar

👨‍🏫 Oʻqituvchi: Oliy toifali  o'qituvchi L.Tursunova


📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shafirkan_specialized_school
#Psychological_trainings

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida psixologik trening mashgʻuloti o‘tkazildi.


Maktab psixologi U.Sadriddinova tomonidan 11-01-sinf o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotda o‘quvchilarning kayfiyatini ko‘tarish, ijobiy emotsiyalarni shakllantirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan turli qiziqarli va interaktiv o‘yinlar oʻtkazildi.

Mashg‘ulot jarayoni iliq va samimiy muhitda o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlarining faol ishtiroklari bilan mashg‘ulotga yuqori darajada qiziqish bildirishdi.

Mazkur trening o‘quvchilarning psixologik holatini mustahkamlash, ularning maktabdagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Adabiy_maʼrifiy_tadbir

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari hamda Toʻra Mirzayev nomidagi kutubxona xodimlari ishtirokida atoqli adib, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oybekning boy ijodiy merosiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Oybekning hayoti, adabiy faoliyati, xalqimiz maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi haqida keng maʼlumotlar berildi. Shuningdek, oʻquvchilar tomonidan adibning asarlaridan parchalar oʻqildi, ijodiga oid qiziqarli savol-javoblar oʻtkazildi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy adabiy merosimizni chuqurroq anglashlariga xizmat qildi.

IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram