Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
50.7K photos
4.89K videos
6 files
16.1K links
Murojaat uchun telefon:
+998763223033
+998763221033

Rasmiy web sayt:
https://www.sherobod.uz/
ҳокимга мурожаат
@Sherobodpressbot
youtube:
https://www.youtube.com/channel/UCsGqfLEvOzqvYIIzz4XYn4A?view_as=subscriber;
Download Telegram
Sherobod tumanida navbatdagi “ombudsman maktabi” tadbiri  o‘tkazildi.

Sherobod tumanida ''Taroqli'' mahallasida joylashgan Pedagogika texnikumida ''ombudsman'' davlat organlari va idoralari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda Respublikamizda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlardan aholining xabardorligini oshirish, barcha sohalarda, jumladan inson huquqi va erkinliklari sohasida olib borilayotgan tub o‘zgarishlar to‘g‘risida axborot  berildi. Shuningdek mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish vazifasi, keyingi yillarda Respublikamizda qabul qilingan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini, xususan “Aholi murojaatlari hamda xalqaro va milliy qonunchilik”“ masalalarini keng jamoatchilikka yetkazish orqali ularning xabardorligini oshirish maqsadida Ombudsman tomonida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda  tuman Adliya, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari, inson ijtimoiy xizmatlari mas’ul xodimlari, Mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari va faollari ishtirok etdi.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!
Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter
«Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi»

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Sherobod tumani hokimligida navbatdagi seminar yig'ilishi o'tkazildi.

Yig'ilishda tuman hokimi Usmon Alimov, tuman Kengashi deputatlari, tuman prokururori Bohodir Yunusov, tuman IIB rahbari Nurunbek Narzullayev , tumandagi tashkilot va korxona rahbarlari, tuman hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar yig'ilishida amaldagi qonunchilik, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kelib chiqishiga xizmat qiluvchi shart-sharoitlarni ajrata bilish, korrupsiyaga qarshi xulq-atvor, davlat xizmatida sovg‘a olish-berish, manfaatlar to‘qnashuvi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud tartib-taomillardan aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini olib borish haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida yig'ilish ishtirokchilariga IJQKD va DXX antikorrupsion tezkor kuzatuv tadbirlari mavzusidagi videorolik namyish etildi.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!
Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter
Forwarded from "ISHONCH" TV 🔵 RASMIY (Abror Mamarahimov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

JURNALIST BO’LMOQCHIMISIZ

Bu orzuyungiz amalga oshishi uchun ajoyib imkoniyat❗️❗️❗️

1️⃣6️⃣yoshdan 2️⃣8️⃣yoshgacha bo’lgan yigit-qizlarni shu yilning 8️⃣iyun kuni 🕐soat 9️⃣🔤0️⃣0️⃣da Termiz shahrida joylashgan 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 binosida kutib qolamiz😊

3️⃣🔤🔤oy mobaynida nazariy va amaliy bilimlarni olasiz. Agar iqtidoringiz bilan o'zingizni ko'rsata olsangiz 2️⃣🔤🔤🔤🔤🔤 📝🥰🥰😇🥰🥰😇😇📝 🥰🥰😇 da turli loyihalarni olib borish imkoniyatiga ega bo'lasiz🔥🔥

Murojaat uchun telefonlar:

☎️ +998997177198
☎️ +998762237018

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | Tiktok | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🏽🇷🇺 O‘zbekiston Rossiyaning Markaziy Osiyodagi strategik hamkori va ittifoqchisi xisoblanadi. Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari jadal va ishonchli siyosiy muloqot bilan ajralib turadi, o‘zaro munosabatlar an’anaviy do‘stona xarakter kasb etgan va turli sohalarda izchil rivojlanib boramoqda.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik mustahkam xalqaro huquqiy asoslarga ega. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlikning kompleks dasturiga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, aloqa, moliya, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va mintaqalararo hamkorlikda davom etmoqda.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!
Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter
O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari: oxirgi 7 yilda o‘zaro savdo hajmi 2 barobarga ko‘paydi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2017 yildagi 4,73 milliard dollardan 2023 yilda 9,88 milliard dollargacha oshdi. Rossiya O‘zbekiston uchun eng katta eksport bozori bo‘lib qolmoqda. Joriy yilning dastlabki 4 oyida bu mamlakatga eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 26 foizga oshib, 1 mlrd dollarga yetdi.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!
Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter
O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari: oxirgi 7 yilda o‘zaro savdo hajmi 2 barobarga ko‘paydi.

Xususan, O‘zbekistonning eksporti 2 milliard dollardan 3,1 milliard dollarga (1,5 barobar o‘sish), importi 2,7 milliard dollardan 6,23 milliard dollarga( 2,3 barobar o‘sish) ko‘paydi.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!
Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter