Behro'z Shermatov Ona tili
458 subscribers
806 photos
54 videos
80 files
203 links
Behro'z Shermatov rasmiy kanali.

Ona tili grammatikasi va milliy sertifikat kurslari

,,Ilm-Ziyo" o'quv markazi
2-qavat, 205-xona
+998995442328
+998939317917

Admin:👇
@Behruz_shermatovv

Guruh havolasi @SHERMATOV_ONATILI
Download Telegram
Qabul jarayonlariga oid savol-javoblar:
#abituriyent 

Bakalavr, magistratura, ikkinchi mutaxassislik, maqsadli va imtiyozli kvotalarni qayerdan ko‘rsa bo‘ladi? Javob

Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi? Javob

Talabalar ham abituriyent sifatida o‘qishga hujjat topshira oladimi? Javob

Ham perevodga, ham abituriyent sifatida ariza topshirsa bo‘ladimi? Shunda 2 ta testga kiradimi? Javob

Qaysi yo‘nalishda qaysi fanlardan imtihon bo‘ladi? Javob

Beshta yo‘nalishni tanlash shartlari qanaqa? Javob

Ijodiy imtihoni bor joyda faqat 1 ta yo‘nalish tanlab bo‘ladimi? Javob

Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? Javob

Kunduzgi bilan sirtqi qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi? Javob

Imtiyozli qo‘shimcha kvotalar faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadimi yoki beshalasiga hammi? Javob

Maqsadli qabul nima degani? Javob

Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi? Javob

5 yil stajga ega o‘rta maxsus o‘qituvchilar uchun 1000 ta maqsadli kvota qanday qo‘llanadi? Javob

Nega DTM saytida tugatgan yili sifatida 2023 yilni tanlab bo‘lmayapti? Javob

Nega imtiyozlar “Tekshirilmoqda” bo‘lib turibdi? Qachon tasdiqlanadi? Javob

Hujjat topshirib bo‘lgach, yana yo‘nalishni o‘zgartirsa bo‘ladimi? Javob

Testga kirish uchun qachongacha to‘lov qilish kerak? Javob


👉 @xushnudbek 👈
Qaysi hududdan eng ko’p abituriyent hujjat topshirdi?
#abituriyent

2023-yilgi bakalavriat qabulida jami 1 mln 18 ming 7 nafar abituriyent onlayn ro’yxatdan o’tdi va yo’nalish tanladi.

BBA ushbu abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo’yicha 5 talikni e’lon qildi:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
2️⃣ Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.


👉 @xushnudbek 👈
🤲 Barcha yurtdoshlarimizga murojaat!
#abituriyent

Bugun, 1-avgust, seshanba.

Respublikamizdagi barcha davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun test sinovlari boshlandi.

Fursatdan foydalanib, har yilgi murojaatimni takrorlamoqchiman. Ko‘pning duosi o‘tadi deyishadi. Shunday kunlarda duo qilaylik:

• ilohim, joriy yilda haqiqatda yaxshi o‘qigan, o‘z ustida ishlagan, bilim olish uchun mashaqqat chekkan va kelgusida ham ilm olish niyatida bo’lgan abituriyentlar talaba bo‘lishsin;

• ota-onasining puliga yoki mansabiga ishongan, qo‘liga bir marta ham kitob ushlamagan, kallasi xumday bo‘m-bo‘sh, qing‘ir yo‘llar bilan o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan takasaltanglarning ishi yurishmasin, imtihondan yiqilsinu, lekin qalbida ilm olishga bo‘lgan ishtiyoq paydo bo‘lsin;

• pora evaziga millat kelajagini ham, vijdonini ham o‘rtaga tikib, sotib yubormoqchi bo‘lgan mansabdor shaxslar, mo‘may daromad evaziga qing‘irliklarga tayyor bo‘lgan ko‘chadagi “olg‘irlar”ning ishi teskarisidan kelsin, hammasi jazosini olsin;

• taʼlim tizimini rivojlantirish uchun, adolatni taʼminlash uchun jon-jahdi bilan kurashayotgan, kechasiyu kunduzi tinim bilmay mehnat qilayotgan masʼullarning, shu ishga bosh qo‘shayotgan barcha xizmatchilarning kuchiga kuch qo‘shilsin, g‘ayratiga g‘ayrat. Mana shunday vijdonli va halol mutaxassislar taʼlim tizimida ko‘payaversin.

Omiyn!


👉 @xushnudbek 👈
Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦‍♂️
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan.

439 ming 337 nafar (49,4%) abituriyent o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan. Demak, ular mandat chiqmasidan avval kurashdan chiqdi. Chunki 56,7 balldan kam to’plaganlar kvotada joy bo’lsa ham o’qishga kira olmaydi.

56,7 dan ko’p ball to’plagan abituriyentlar soni 449 ming nafarni (50,6%) tashkil qiladi.

O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz biroz yaxshilangan. O‘tgan yili 51,2% foiz, aniqrog‘i 550 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 49,4% ga tushdi.

2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich, Sirdaro viloyatida (54,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (40,8%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan. O’tgan yili 9 ta hudud edi, joriy yil Namangan viloyati natijani yaxshilab, 50% likdan pastga tushgan.

🟢 O’tgan yilga qaraganda natijasini eng ko’p yaxshilagan 5 ta hudud:

⬆️ Toshkent shahri — 4,4%
⬆️ Buxoro — 4,4%
⬆️ Toshkent viloyati — 3,5%
⬆️ Namangan — 3,3%
⬆️ Farg’ona — 2,4%

🔴 Sirdaryo va Andijon viloyatida esa natija o’tgan yilgiga qaraganda yomonlashgan.

***

56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Abituriyentlar uchun muhim: milliy sertifikatlar tizimida nima o‘zgarishlar bo‘ldi?
#abituriyent

JAVOB: Aslida aytarli katta o‘zgarish bo‘lmadi, asosiy o‘zgarish bu test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Prezident maktablari imtihoni ham aynan shu metodikaga asoslangan va mana bu postda bu haqida qisqa ma'lumot bergan edim.

Ko‘pchilik kanallar "Endi milliy sertifikatdan 65 ball olsa ham abituriyentga testda maksimal ball beriladi" deb yozishdi. Umuman olganda bu to‘g‘ri xabar, ammo biroz masala mohiyati ochib berilmagan.

Hozirgacha amalda bo‘lgan milliy sertifikat imtihonlarida 100 ballik baholash tizimida 86 balldan oshirganlarga testda o‘sha fandan maksimal ball, 60-86 ball to‘plaganlarga esa, olgan baliga mos ravishda tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berilar edi.

Hozir ham xuddi shunaqa bo‘ladi. Faqat endilikda maksimal ball 100 emas, balki 75 ball bo‘ladi. Ko‘pchilik avvalgidek 100 balldan 65 olsam maksimal ball olarkanman, deb o‘ylab adashmoqda. Yo‘q, endi 75 balldan 65 olish kerak. 65 ball bu 75 ning 86 foizi bo‘ladi. Demak, oldingidan hech narsa o‘zgarmagan.

Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi. Unga ko‘ra:

70 balldan yuqori — A+;
65 - 69,9 ball — A;
60 - 64,9 ball — B+;
55 - 59,9 ball — B;
50 - 54,9 ball — C+;
46 - 49,9 ball — C.

Har 5 ball yangi daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTM bakalavriatiga test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga esa avval bo‘lganidek tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Bor gap shu. Vahima qiladigan yoki ortiqcha xursand bo‘ladigan joyi yo‘q, shunchaki baholash metodikasi o‘zgaryapti xolos.


👉 @xushnudbek 👈
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi
#abituriyent

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya xabar bermoqda O’zA.

Bunda:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi.


👉 @xushnudbek 👈
Fanlar majmuasi 2024-2025 (yangilangan).pdf
545.7 KB
‼️Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi. O'zgarishlar bor
#abituriyent

2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi.

5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda.

Buni bilish uchun yuqoridagi faylda ko'rsatilgan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing.

Avvalgi fanlar majmuasida 573 ta yo'nalish mavjud edi. Yangisida 198 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan. Demak, maqbullashtirish natijasida 375 ta yo'nalish yoki birlashtirilgan, yoki qisqartirilgan.


👉 @xushnudbek 👈
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
Abituriyentlar hozir fanlar majmuasini tanlaganda kelgusida qaysi yo’nalishlarga kirishi mumkin?
#abituriyent

UzBMB abituriyentlarga osonroq tushunsa bo’ladigan jadvalni taqdim etdi.

Bunda fanlar majmuasining ostida qaysi yo’nalishlarni tanlash mumkinligi ko’rsatilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent

Shu kabi savollar ko‘p berilmoqda.

Darhaqiqat, UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.

Aslida joriy yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.

Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?

Menimcha, fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilingan bo‘lsa kerak.

Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.

Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.

Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.

Balki bu yil shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, ammo kelasi yildan algoritmni o‘zgartirish kerak.

‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.

Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.

ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/24148


👉 @xushnudbek 👈
Qolgan ishga qor yog’ar
#abituriyent

Hurmatli abituriyentlar, ertaga — 25-iyun kuni qabul jarayonlari yakunlanadi. Ya’ni qabul tugashiga 1 kun qoldi xolos.

Tarki odat amri mahol, deganlaridek, bizda azaldan qolib ketgan an’anaga ko’ra, ko’pchilik ro’yxatdan o’tishni oxirgi kunga taqaydi. Natijada sayt va serverga yuklama ko’payib, uzilishlar yuz beradi.

Mana, bugun my.uzbmb.uz saytida qisqa texnik nosozlik kuzatildi (hozir sayt ishlayapti).

Avvallari oxirgi kunga taqashni tushunsa bo’lardi, chunki qaysi OTM va qaysi yo’nalishga nechta odam hujjat topshirganiga qarab, sal odam kamrog’iga borilardi.

Ammo anchadan buyon hujjat topshirganlar soni ko’rsatilmay qo’ydi, joriy yilda esa umuman OTM va yo’nalish tanlash bekor bo’ldi, hozir faqat fan tanlanyapti xolos.

Bunaqa sharoitda oxirgi kunlarga taqashdan nima naf, hayronman?

Ertaga soat 23:59 bo’lishini kutib o’tirmasdan, imkonini topib, bugundan harakat qilinglar. Oxirgi daqiqalarda sayt ishlamay qolsa, keyin oh-voh qilib, DTMni so’kib yurgandan foyda yo’q.

“Ninachi va chumoli” masalidagi ninachi bo’lishingiz shart emas-ku, baraka topgurlar.


👉 @xushnudbek 👈
Qabul jarayoni yakunlandi. Abituriyentlar soni oxirgi 6 yilda eng kam miqdorni tashkil etdi
#abituriyent

Kecha tunda abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi. UzBMB bergan ma’lumotga ko‘ra, 894 ming 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan:

joriy yil bitiruvchilari — 410 ming 334 nafar;
avvalgi yillar bitiruvchilari — 483 ming 945 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🤵‍♂️ erkaklar — 431 ming 806 nafar;
👩🏻‍🔧 ayollar — 462 ming 473 nafar.

Agar oxirgi 6 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin. O‘tgan davrda birinchi marta abituriyentlar soni 900 ming nafarga ham yetmadi. 2021-yilni hisobga olmaganda, qolgan yillarda abituriyentlar soni 1 mlndan oshayotgan edi.

Yillar kesimida abturiyentlar soni (oxirgi 6 yil):

2019 yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;

2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;

2021-yil — 948 ming 211 nafar;

2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;

2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;

2024-yil — 894 ming 279 nafar.


👉 @xushnudbek 👈