Behro'z Shermatov Ona tili
444 subscribers
777 photos
52 videos
73 files
197 links
Behro'z Shermatov rasmiy kanali.

Ona tili grammatikasi va milliy sertifikat kurslari

,,Ilm-Ziyo" o'quv markazi
2-qavat, 205-xona
+998995442328
+998939317917

Admin:👇
@Behruz_shermatovv

Guruh havolasi @SHERMATOV_ONATILI
Download Telegram
Ko'pchilik berayotgan savolga umumiy javob.

Ertadan, ya'ni 29-iyundan, darslar o'z vaqtida bòladi.
⚡️O'zbekistonda sirtqi ta’lim o‘zini to‘liq oqlamagani uchun undan voz kechiladi

“Sirtqi taʼlim qaysidir sohada mehnat faoliyatini yuritayotgan, lekin oliy maʼlumotga ega bo‘lmaganlar uchun bo‘lishi kerak. Bizda esa hamma umumiy qabul qilinadi. Bu yildan boshlab, pedagogika yo‘nalishidagi sirtqi taʼlimga ushbu sohada faoliyat olib borayotganlar kiradi.

U maktabdagi o‘qituvchilar sifatini oshirish uchun qilinadi. Boshqa sohalarda ham bu ish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Yaʼni sirtqida o‘qish uchun qayerdadir ishlayotgan bo‘lishi kerakligi talab etiladi.

2022-yildan boshlab masofaviy taʼlim joriy etildi. Ikki yillik tahlillarga asoslanib, sirtqini masofaviy shaklga o‘tkazish masalasini ko‘ryapmiz. Yaʼni masofaviy taʼlimda sirtqiga o‘xshab faqat darsga kelganda emas, talaba platforma orqali doimiy onlayn topshiriqni olib turadi. Faqat bunga biz texnik tomondan tayyor bo‘lishimiz kerak. Talaba tomon ham. Oliy taʼlimda barcha sharoitni qilsangiz-u, uzoqdagi talabaning interneti yoki boshqa imkoniyatlari bo‘lmasa, bu ham jarayonga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Sirtqi taʼlimdagi shakllar bosqichma-bosqich tarzda masofaviyga o‘tadi. Chunki dunyoga qarasak, ikkalasi birga turibdi. Sirtqi taʼlimdan voz kechilishi kerak. Bugungi kunda u eskirgan holatga kelib qoldi, o‘zini oqlamayapti” — dedi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassisi Abduvali Holiqov.
Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi paytda biz ustozlarning aynan ichidagi gaplarni ustozimiz bayon etibdilar.

Hech kim o'quvchini bemaqsad urmaydi, so'kmaydi, qattiq tegmaydi.
Hammasi o'quvchilar uchun, ularning kelajagi uchun.

Hozir hamma charchagan payt, salga jizzaki bo'lib qolganmiz, lekin yil boshidan beri o'quvchilarning mushkulotlarini zimmamizga oldik, o'quvchilar ham shunga yarasha oxirida sustkashlik qilmasligi, o'qituvchining yoniga kirishi lozim.

Manba: renessansstudy
Seshanba, payshanba va shanba kunlari 13:00-14:00 da VARIANT ishlaydigan va ADABIYOTdan jichchagina takrorlashga mavzu beradigan guruh tashkil qilamizmi?
Anonymous Poll
64%
Ha, albatta. Juda kerakli guruh bo'lardi. Qatnashaman.🫡
16%
Yo'q, shartmas. Chunki bu vaqtda uxlayotgan bo'laman.😴
5%
Bir borib, bir bormay qatnashaman😀
15%
Natijalarni ko'rmoqchiman😇
“Perevod” bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
#abituriyent

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Jadvaldan ko’rish mumkinki, o’tgan yilgi o’tish ballari bilan deyarli farq yo’q. Faqat 2 ta yo’nalishda o’zgarish bo’lgan:

🔻 Veterinariya — 60 ball (o’tgan yili 80 ball edi);
🔺 Transport xizmati — 104 ball (o’tgan yili 94 ball edi).

Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli:

1️⃣ xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga;
2️⃣ yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga.

O’qishni ko’chirishda o’tish ballarini o’tgan yilgi kirish imtihonlaridagi o’tish ballari bilan tenglashtirishga oid taklif bu yil ham qabul qilinmabdi. Menimcha, bunday qilinsa, “kasha” bo’lib ketadi, yaxshisi umumiyroq va tushunarliroq yagona ball belgilay qolaylik, deyishgan bo’lsa kerak.

ESLATMA: o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Kvota_Kunduzgi_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
942.9 KB
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

KUNDUZGI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat qabul komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

JAMI: 127 ming 259 ta;
Byudjet: 34 ming 930 ta;
Kontrakt: 92 ming 329 ta.


👉 @xushnudbek 👈
Kvota_Sirtqi_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
359.9 KB
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

SIRTQI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI: 49 ming 078 ta;
O’zbek tili: 42 ming 577 ta;
Rus tili: 6 ming 501 ta.

Izoh: sirtqi ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.


👉 @xushnudbek 👈
Kvota_Kechki_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
220.5 KB
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

KECHKI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI: 11 ming 125 ta;
O’zbek tili: 9 ming 455 ta;
Rus tili: 1 ming 670 ta.

Izoh: kechki ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.


👉 @xushnudbek 👈
Kvota_Masofaviy_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
191.1 KB
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

MASOFAVIY
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI: 2 ming 825 ta;
O’zbek tili: 1 ming 995 ta;
Rus tili: 830 ta.

Izoh: masovafiy ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.


👉 @xushnudbek 👈
Maqsadli_Kvota_SSV-2023 Lot.pdf
539.1 KB
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI
#abituriyent 

SOG‘LIQNI SAQLASH
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

ℹ️ Izoh: maqsadli qabul degani, sog‘liqni saqlash yo‘nalishida davlat granti kvotalari faqat shu faylda ko‘rsatilgan hududlarda (tuman/shahar) doimiy ro’yxatda turuvchi abituriyentlar uchun bo‘lib berilgan degani.

Masalan, bir tumanga ajratilgan joy uchun boshqa tumandagi abituriyentlar maqsadli qabulda qatnasha olmaydi. Kontraktda esa farqi yo‘q, hududidan qatʼi nazar, barcha umumiy tanlovda qatnashaveradi.


👉 @xushnudbek 👈
Pedagogika_maqsadli_qabul_2023.pdf
340.2 KB
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI
#abituriyent 

PEDAGOGIKA
(olis, chekka va togʻli hududlarda joylashgan umumtaʼlim maktablari uchun)

ℹ️ Izoh: maqsadli qabul degani, xalq ta’limi sohasida davlat granti kvotalarining ayrimlari shu faylda ko‘rsatilgan hududlarda (tuman/shahar) doimiy ro’yxatda turuvchi abituriyentlar uchun bo‘lib berilgan degani.

Masalan, bir tumanga ajratilgan joy uchun boshqa tumandagi abituriyentlar maqsadli qabulda qatnasha olmaydi. Kontraktda esa farqi yo‘q, hududidan qatʼi nazar, barcha umumiy tanlovda qatnashaveradi.


👉 @xushnudbek 👈
Chet tilidan ijodiy imtihoni bor yo'nalishga topshirayotgan o'quvchilar avgust imtihonidan avvalroq ijodiy imtihon topshiradilar. Ijodiy imtihon savollari B1 darajasida o'tkaziladi.

Agar ingliz tilidan B2 va undan ortiq sertifikatingiz bo'lsa, ijodiy imtihondan maksimal bal olasiz.

Ijodiy imtihon topshirgan o'quvchilar avgust imtihonida ingliz tilidan test yechmaydi. Ularga faqat majburiy fanlar va ikkinchi mutaxassislik fanidan savollar kitobchasi beriladi.

Ijodiy imtihonda ma'lum foizlar mavjud, siz shu test materialini qanchalik ko'p foizda ishlasangiz, shunchalik balingiz yuqorilab boraveradi ( bu proporsional bal berish bilan amalga oshiriladi).

P/s: qishloqchasiga aytganda, ijodiy imtihonda misol uchun 10 ta savol bersa, siz 5 tasini topsangiz, 15 ta testga mos bal beradi. (Buni faqat misol uchun aytyapman).

renessansstudy
Bitta gap aytaymi, abituriyentlar, qimmatli vaqtingizni allanbalo savollarni muhokama qilish bilan o'tkazib yuboryapsizlar.

Hozir telni o'chiring-da, tez kitobni qo'lga olib takrorlashga tushing. Guruhlarda allanbalo muhokamalar, yugur-yugurlardan bir tiyinlik naf yo'q.

Normal farosat sohibi bo'lsangiz, internet degan xurujni o'chiring va foydali ish qiling!

Bu gap, albatta, samimiy ma'noda!

renessansstudy
#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️ Sirtqi ta’lim shaklida pedagogik staj faqat 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun talab etiladi

🔰 Ma’lumki, Prezidentning 2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

Bunda ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi belgilandi.

👨🏻‍💻 Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️⚡️ Yangi o'quv yilidan boshlab yuqori sinf darsliklarini o'zgartirish ko'zda tutilmagan.

Manba: renessansstudy
❗️Ayrim pedagogika yo’nalishlarida staj bo’lmasa ham sirtqi ta’limga hujjat topshirishga ruxsat berildi
#abituriyent

Avval xabar berganimizdek, pedagogika sohasida sirtqi ta’lim shakliga umumiy qabul to’xtatilgan edi. Ya’ni 14 ta pedagogik yo’nalishda sirtqi ta’lim butunlay yopilgan (ro’yxati yuqoridagi suratda), qolgan yo’nalishlarga esa faqat 5 yil pedagogik stajga ega xodimlargina hujjat topshira oladigan bo’lgandi.

Aytaylik, joriy yilda maktabni tugatgan abituriyent hech qaysi pedagogika yo’nalishiga sirtqi ta’lim uchun hujjat topshira olmas edi (kunduzgi va kechki ta’limda bunday taqiq yo’q).

Endilikda Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan, ayrim pedagogik yo’nalishlarning sirtqisiga hujjat topshirishga ruxsat berildi. Aniqrog’i 5 yillik staj talab etiladigan yo’nalishlarning aniq ro’yxati tasdiqlandi. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

👆Mana shu 5 ta yo’nalishning sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘ta oladi. Boshqalarga hujjat topshirishga ruxsat yo’q.

Quyidagi yo’nalishlarning sirtqisiga esa istalgan abituriyentlar hujjat topshira oladi:

🔸Pedagogika;
🔸Maktabgacha taʼlim;
🔸Tarix;
🔸Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport;
🔸Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi.

Ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqisiga hujjat topshirish uchun pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staji talab etilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, taʼlim yo‘nalishi va taʼlim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi” — prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev.


👉 @xushnudbek 👈
5 BLOKLI TESTIMIZ TO'LIQ TEKSHIRIB BO'LINDI. ERTAGA GURUHLARDA E'LON QILINADI.