Behro'z Shermatov Ona tili
457 subscribers
803 photos
54 videos
79 files
203 links
Behro'z Shermatov rasmiy kanali.

Ona tili grammatikasi va milliy sertifikat kurslari

,,Ilm-Ziyo" o'quv markazi
2-qavat, 205-xona
+998995442328
+998939317917

Admin:👇
@Behruz_shermatovv

Guruh havolasi @SHERMATOV_ONATILI
Download Telegram
#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 21-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 528 055 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 25 808 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 40 744 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 29 707 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 49 928 nafar
👉 So‘x tumani -- 1 116 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 26 783 nafar
👉 Namangan viloyati -- 32 879 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 29 452 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 53 316 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 55 722 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 17 699 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 22 871 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 11 848 nafar
👉 Toshkent shahri --92 702 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 37 480 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --294 393 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 233 662 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 247 714 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 280 341 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili -- 460 171 nafar
🇷🇺 rus tili -- 53 963 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 12 246 nafar
🔘  boshqa tillar -- 1 675 nafar


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qolgan ishga qor yog’ar
#abituriyent

Hurmatli abituriyentlar, ertaga — 25-iyun kuni qabul jarayonlari yakunlanadi. Ya’ni qabul tugashiga 1 kun qoldi xolos.

Tarki odat amri mahol, deganlaridek, bizda azaldan qolib ketgan an’anaga ko’ra, ko’pchilik ro’yxatdan o’tishni oxirgi kunga taqaydi. Natijada sayt va serverga yuklama ko’payib, uzilishlar yuz beradi.

Mana, bugun my.uzbmb.uz saytida qisqa texnik nosozlik kuzatildi (hozir sayt ishlayapti).

Avvallari oxirgi kunga taqashni tushunsa bo’lardi, chunki qaysi OTM va qaysi yo’nalishga nechta odam hujjat topshirganiga qarab, sal odam kamrog’iga borilardi.

Ammo anchadan buyon hujjat topshirganlar soni ko’rsatilmay qo’ydi, joriy yilda esa umuman OTM va yo’nalish tanlash bekor bo’ldi, hozir faqat fan tanlanyapti xolos.

Bunaqa sharoitda oxirgi kunlarga taqashdan nima naf, hayronman?

Ertaga soat 23:59 bo’lishini kutib o’tirmasdan, imkonini topib, bugundan harakat qilinglar. Oxirgi daqiqalarda sayt ishlamay qolsa, keyin oh-voh qilib, DTMni so’kib yurgandan foyda yo’q.

“Ninachi va chumoli” masalidagi ninachi bo’lishingiz shart emas-ku, baraka topgurlar.


👉 @xushnudbek 👈
Nima deysizlar o'qishga grantga kira olamanmi?🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔
Otam kontraktga o'qitmayman, deyaptilar.😳😳😳😳
‼️BUGUN QABULNING OXIRGI KUNI

O’rtoqlar, bugun davlat OTMlari uchun qabul tugaydi. Abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali soat 23:59 ga qadar ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Imkon qadar oxiriga taqamang, kun davomida ro’yxatdan o’ting. Kun oxiriga borib, serverga yuklama ko’paysa, kutilmagan texnik nosozlik bo’lishi ham mumkin.

❗️TO’LOVNI AMALGA OSHIRISHNI HAM UNUTMANG!

To’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi.

Barchaga omad!


👉 @xushnudbek 👈
Ўзбек тили бўйича миллий сертификат имтиҳонида юқори балл тўплаганларга имтиҳон харажати қоплаб берилади

Ёшлар ишлари агентлигининг Ёшларга оид давлат сиёсатини қўллаб-қувватлаш жамғармаси ҳисобидан ўзбек тили ва адабиёт фанидан миллий сертификат имтиҳонларида юқори балл (даража) олган ёшларга имтиҳон топшириш харажатлари 2025 йил 1 январдан бошлаб қоплаб берилиши режалаштирилмоқда.

👉 https://kun.uz/kr/05546628

Kun.uz расмий канали
#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi

🖥 20242025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 45 655 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 67 688 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 45 583 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 83 837 nafar
👉 So‘x tumani -- 1 962 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 48 276 nafar
👉 Namangan viloyati -- 58 268 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 48 437 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 89 188 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 93 092 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 30 074 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 39 498 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 22 756 nafar
👉 Toshkent shahri --161 369 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 58 596 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --410 334 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 483 945 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 431 806 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 462 473 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili --784 458 nafar
🇷🇺 rus tili -- 84 774 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 22 534 nafar
🔘  boshqa tillar -- 2 513 nafar

Izoh:
Test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni 26-iyun soat 23:59 gacha amalga oshirish mumkin. Shu boisdan yuqorida keltirilgan statistik ma'lumotlarda to‘lov amalga oshirish muddati yakunlangandan so‘ng o‘zgarish bo‘ladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Qabul jarayoni yakunlandi. Abituriyentlar soni oxirgi 6 yilda eng kam miqdorni tashkil etdi
#abituriyent

Kecha tunda abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi. UzBMB bergan ma’lumotga ko‘ra, 894 ming 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan:

joriy yil bitiruvchilari — 410 ming 334 nafar;
avvalgi yillar bitiruvchilari — 483 ming 945 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🤵‍♂️ erkaklar — 431 ming 806 nafar;
👩🏻‍🔧 ayollar — 462 ming 473 nafar.

Agar oxirgi 6 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin. O‘tgan davrda birinchi marta abituriyentlar soni 900 ming nafarga ham yetmadi. 2021-yilni hisobga olmaganda, qolgan yillarda abituriyentlar soni 1 mlndan oshayotgan edi.

Yillar kesimida abturiyentlar soni (oxirgi 6 yil):

2019 yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;

2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;

2021-yil — 948 ming 211 nafar;

2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;

2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;

2024-yil — 894 ming 279 nafar.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Юлдошева 💗С💗
E'lon📃

Assalomu alaykum hayrli kun hammaga hurmatli o'g'il qizlar shu bugun 30.06.2024-yil soat 13:30 lar atrofida pasport yo'qoldi kim yulda yoki ilm-ziyo bino atrofida ko'rganlar bo'lsa iltimos shu nomerga 99 152 23 28 ga aytinggizlar pasport egasi
SHAYDULLAYEVA. S..🙏

ichida plastik va boshqa narsalar ham bor hamyon bilan birga yo'qolgan
Filologiya yoʻnalishlariga imtihon 24-iyuldan keyin boʻladi, degan xabar aylanmoqda.

Manba: ona tili_haydarov
⚡️Talabalikka yo‘l milliy sertifikat bilan!!!

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayoni “avval test, keyin tanlov” tamoyiliga asosan tashkil etiladi. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 25-iyunda yakunlandi.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar orasida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani Sheyxon qishlog‘idan Cho‘liyeva Munavvara G‘ayrat qizi ham bor. Munavvara uchun “avval test” tamoyili amal qilmaydi. U faqat tanlovda ishtirok etadi. Buning boisi shundaki, Munavvara agentlik tomonidan o‘tkazib kelinayotgan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etib, oltita fan – biologiya, kimyo, o‘zbek tili va adabiyot, tarix, matematika hamda ingliz tilidan sertifikatni qo‘lga kiritgan.

🇺🇿Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 646-son qaroriga muvofiq umumta’lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentga esa tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

💯 Munavvara maktabni joriy yil tamomlagan. U mutaxassislik fani sifatida biologiya va kimyo fanlarini tanlagan hamda mazkur fanlardan maksimal ball beradigan darajali sertifikatga ega. Shuning bilan birga, Munavvarada majburiy fanlardan ham milliy sertifikat mavjud bo‘lib, bu Munavvaraning muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan (189 ball) maksimal ballga ega bo‘lganligini bildiradi.

‼️ Shuningdek, Munavvara ingliz tilini puxta o‘zlashtirgan. Test sinovlarida ingliz tilidan imtihon topshirmasa-da, zamon talabidan kelib chiqqan holda ingliz tilidan B2 darajali milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan!

⭐️ Agentlik jamoasi Munavvara Cho‘liyevani eng yuqori natija bilan qutlaydi! Uning ota-onasiga, ta’lim bergan ustozlariga minnatdorlik bildiradi!

🏆 Omad senga, Munavvara!!!



✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Avgust_imtihonida barchaga "Kecha va kunduz" romanining 3 joyidan savol tushadi. Ya'ni mustaqil asarlardan shakllantiriladigan 2 ta savolning bittasi aynan shu bo'ladi.

Aynan romanning o'sha qismlarini diqqat bilan o'qing!
1. Miryoqub va Noyib to'ra suhbati.
2. Hakimjon va komissar suhbati.
3. Miryoqub va Sharafiddin Xo'jayev suhbati.


Akbar Otaboyev
⚡️ 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga
tayyorgarlik


🖥 2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi.

📌 Joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 864 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar).

👨‍💼🧑‍💼Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 400 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi.

Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan.

🏛 Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

🪕👮‍♀️ Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.

Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.

🇺🇿 Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

🏢 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarining 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

❇️ Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafar guruh nazoratchisi tanlab olindi. Bundan tashqari gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etiladi.

🔑 Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi.

☎️ Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun 1195 qisqa raqamli murojaatlar markazi (“Koll markaz”) doimiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Qabul jarayoniga oid mavzulashtirilgan videoroliklar (o‘zbek va rus tillarida surdotarjima bilan) tayyorlanib, e’lon qilib borilmoqda.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube