Behro'z Shermatov Ona tili
374 subscribers
540 photos
42 videos
60 files
180 links
Behro'z Shermatov rasmiy kanali.

Ona tili grammatikasi va milliy sertifikat kurslari

,,Ilm-Ziyo" o'quv markazi
2-qavat, 205-xona
+998995442328
+998939317917

Admin:👇
@Behruz_shermatovv

Guruh havolasi @SHERMATOV_ONATILI
Download Telegram
⚡️ Ingliz tili 3.1 va Ona tili 2.1
⚡️ Ona tili 3.1 va Chet tili 2.1

⚡️ Ona tili 3.1 va Matematika 2.1

@Shermatovonatili
Qurbon hayitingiz muborak boʻlsin!

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbek tilining imlo lug‘ati (2013).pdf
15.8 MB
Imlo lugʻati (lotin alifbosida)

Har bir insonda hayoti davomida biror soʻzning toʻgʻri yozilishi borasida shubha uygʻonadi, shunday hollarda aynan imlo lugʻati toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi.

Koʻpchilikning iltimosiga binoan A. Madvaliyev hamda E. Begmatov tomonidan tuzilgan, N. Mahmudov tahriri ostida 2013-yilda nashrdan chiqqan “Oʻzbek tilining imlo lugʻati”ni eʼtiboringizga havola qilamiz.

* Turli xil mualliflarning imlo lug'atlari mavjud. Ammo ushbu imlo lug'at DTM tomonidan tasdiqlangan.

@Shermatovonatili
Manba: 10-sinf Ona tili 2022-yil

@Shermatovonatili
Manba: 10-sinf Ona tili 2022-yil

@Shermatovonatili
#mashqlar_tahlili

10-sinf ona tili
"Men va boshqalar "mavzusidagi mashq

savolning javobi quyidagicha:

Javob: 10-15 ta oila oʻgʻlonlari tishlagan non oʻsha xonadonda osigʻliq turardi

Izoh: Qashshoqlik hukm surgan deyildi. Hatto urushga otlangan oʻgʻlonga tishlatish uchun non ham topilmay qolardi. Qaysi oilada non topilsa, hamma shu nonni tishlagan va oʻsha non saqlanadigan xonadonga ayollar yigʻilishgan.

Manba: @ birgap

@Shermatovonatili
10-sinf ona tili_2022.pdf
17.3 MB
10-sinf Ona tili
2022-yil
Formati: Pdf
Kanal:
@Shermatovonatili
⚡️ 2024-yil iyul oyidagi davlat imtihonlarida Ona tili va adabiyot fanidan foydalaniladigan darslik va badiiy asarlar ro'yxati.

@Shermatovonatili
Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini qayerdan yuklab olishi mumkin?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi buning quyidagi ikki usulini taqdim etgan:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnoma maʼlumotini olish davlat xizmati orqali.

Elektron shahodatnoma axborot tizimiga shaxsiy ma’lumotlarini kiritish orqali.

❗️ Ma’lumot o‘rnida, 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi"ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan. Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent

Shu kabi savollar ko‘p berilmoqda.

Darhaqiqat, UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.

Aslida joriy yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.

Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?

Menimcha, fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilingan bo‘lsa kerak.

Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.

Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.

Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.

Balki bu yil shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, ammo kelasi yildan algoritmni o‘zgartirish kerak.

‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.

Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.

ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/24148


👉 @xushnudbek 👈
📣 Abituriyentlar diqqatiga!

📆 2024-yil 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

📱 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Ingliz tili fanidan may oyi sefr natijalari e'lon qilindi.