She'rlar olami
374 subscribers
1.44K photos
33 videos
35 files
146 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoshing qora, ko'zlaring qora,
Yulduzisan qaysi osmonning?
Eslolmasang o'zim eslatay -
Bolasisan O'zbekistonning!

Qachon kelding bu yerga o'zi?
Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg'ayibsan-ku,
Qorayibsan, ozib-to'zibsan...

Jilg'alarsiz daryo quriydi,
Daryoyingni qo'yma unutib.
Yur, barini eslaymiz birga -
Aylantiray qo'lingdan tutib.

Yodingdami, beshiging, o'g'lim,
Undan hali hiding ketmagan.
Mahallangning yo'liga qara,
Bosib o'tgan izing ketmagan.

Qara, onang, tandir yonida,
Yopayapti sen uchun kulcha.
Etagidan ajramasding-ku,
Sog'intirding sen uni buncha?

Akang bilan uchirgan varrak,
Boq, osmondan tusholmayapti.
Opang seni sog'inib, yig'lab,
Tishlaganin yutolmayapti.

Oxirgi bor qachon eshitding
To'ylardagi yor-yorni, o'yla?
Bor, xayolan, do'stlaring bilan o'rtaga tush,
Quloch yoz... o'yna!

Hayit bayramini sog'inib,
Oqizding-ku ko'zing yoshini.
Senga asrab charchadi yangang -
Arafaning shirin oshini.

Qara!
O'sha tanish choyxona,
Choylashib gasht qilar keksalar.
Ko'rding! Otang kulolmayapti -
Yo'lga qarab, seni axtarar.

Ammang, xolang, amaking, tog'ang
Tarqatyapti sumalaklarni.
Nahot sog'inmading, jon bolam,
Navro‘zdagi kamalaklarni?!

Qara, buving qaddi bukilib,
Ushoqdayin bo'lib qaribdi.
Bir ko'rishga ulgurmikansan -
Xastalanib yotib qolibdi...

«Bolam...» - deysan tilingda ming bor,
Qo'lingda dast ko'tarolmaysan.
Kechirsa ham bir kun ayoling,
Sen o'zingni kechirolmaysan.

Musofirning qadri bo'lmaydi,
Musofirning qabri bo'lmaydi,
Musofirning musofirlikdan,
O'tadigan dardi bo'lmaydi...

Tish qayrama, yomon dema hech -
Seni katta qilgan Vatanni!
Kim deydilar, eshigin buzib,
Beshigini tepgan odamni?!

Yashnamaydi novda ildizsiz,
Tomiring suv ichgan yerga bor.
Otang qurgan yo'llarni yashnat,
Uy yoniga yana bir uy sol!

Yaxshilik qil, yurtingni yashnat,
Qo'ldan berma shunday imkonni.
Sen hech kimdan kam emassan bil,
Bolasisan O'zbekistonni!

Rislig'oy Hotamova



@sherlarolamii
* * *

Зўриқар юрагим, чидарман аранг,
Тишлар орасидан силқийди ингроқ.
Таранг тортиляпти асаблар, таранг,
Дераза тобора келар яқинроқ.
Шартта отсаммикан ўзимни ундан,
Кўзимни тобора кўр қилар гумон.
Ўҳ, сенга тушибди ишқим қайданам,
Менинг рашким ёмон,
Сен ундан ёмон!
Нажот йўқ. Бир қадам боссам – фалокат.
Бу боши берк кўча,
Ортиқ кезмайман.
Бас, олға кетмоқдан чарчадим, фақат
Ортга қайтадиган йўлни излайман.

Аъзам ЎКТАМ

@sherlarolamii
***
Eng avval teraklar
Barglarin to'kdi.
So'ngra xazon bo'ldi gilos-u o'rik.
Shiddatim
Qalbdagi xazonga cho'kdi,
Yuragim uvishdi dunyoni ko'rib.
Xotira to'ridan
"Kelgin, kel" deding -
Men seni sevganman.
Zarra tonmayman.
Bahor bo'lganda ham bir gapi edi...
Endi kuzak keldi.
Bora olmayman.

© Usmon Azim

@sherlarolamii
Forwarded from MUZA (Amriddin Shaxriddinov) via @like
Men sevgan she'r......
* * *
Kimdir qizg'onadi seni kimdandir,
Kimdir tushlaringga kirolmay halak.
So'zingga mahtaldir nechalab taqdir,
Sen esa bariga parvoyi palak.

Mosuvo emassan o'tli tuyg'udan,
Xayollaring bilan kirasan jangga.
Maktublar bitasan kechib uyqudan,
Qizg'onganlar qolib, qizg'onmaganga.

ODIL HOTAMOV

@MUZA_ilhom
МАНГУЛИК
Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти Ислом Каримов хотирасига

Бир хабар тарқалди,

Ярим тун эди,

Гўё ғам селига ботдим, йўқолдим.

Кимдир йўлбошчидан айрилдик деди,
Мен-чи, азиз дўстдан айрилиб қолдим.

Кимнинг хаёлига келмишдир ахир,
Бирдан қулаб тушса буюк бир чинор.
Алам бўғзимизда аччиқ ва тахир,
Бу ғамнинг на чеки —€“ чегараси бор.

Кетди ногаҳонда айтмай бирор сўз,
Ҳижрон оловига барчани ташлаб.
Ўзбек осмонида сўнди чўнг юлдуз,
Катта-ю кичикнинг кўзини ёшлаб.

Биз — ноқис бандалар, ўйламай гоҳо,
Бошимиз силаган қўлни тишладик.
Юз йиллаб тескари айланди дунё,
Ўз эмас, ўзгалар учун ишладик.

Биз — ожиз бандалар, англамай туриб,
Бировнинг забонин санадик афзал.
Шу юрт даҳоларин билиб ва кўриб,
Бегона зотларга ясадик ҳайкал.

Босқин тепамизда турар эди зил,
Уни таг-тубидан бузмоқ шарт эди.
Асрий вайронанинг ўрнида дадил,
Янгича мамлакат тузмоқ шарт эди.

Фоний бу дунёнинг баланд-пастига,
Теран назар ташлаб ўтди бу Инсон.
Миллат қадри дея яшаб аслида,
Халқининг дардига бўлолди дармон.

Бугун жудолик бор гар қалбимизда,
Лекин ғурур яшар ҳавас қилгулик.
Абадият ўсди кўз олдимизда,

Шундоқ ёнимиздан ўтди Мангулик.

Islom Karimov xotirasiga Abdulla Oripov!
Сокин оқшом. Қоронғу дала,
Ҳамма ёқда сукунат,қара.
Ҳеч ким ўтмас кўчаларда ҳам
Қурбақалар куйлайверади.

Ҳар томонга термулиб зор-зор,
Йўлларини пойлар интизор.
Фарзандлари бахтли бўлса ҳам
Волидалар ўйлайверади.

Мажнунтоллар эгилади жим,
Энди уни эслашади ким?!
Дунё қирғин-барот бўлса ҳам
Шўх шамоллар ўйнайверади.

Нега бунча хафасан,эркам,
Мунчоққина кўзларингда нам.
Куйма,дунё бўстон бўлса ҳам,
Ғийбатчилар сўйлайверади.

Қурбақалар куйлайверади,
Ғийбатчилар сўйлайверади,
Бу дунёнинг уқубатлари
Шоирларни қийнайверади.

Oqiljon Abdubarnoyev

@sherlarolamii
"Bir chiroyli kulishim bor"

(Do‘stimning gapidan)


Hislari yanchilgan oy
Nigohlari so‘qir yer.
Qarsakboz yulduzchalar
Do‘stim, bitta kulib ber.

Havo bu qadar toza
Tushib shamolning shashti.
Soylar tiniiiiq, loyqasi
Kulguyingda adashti.

Tan oldim eski baxtni
Va oqibat yutqazdim
Yiqilay desam Rabbim
Kulguyingga yetkazdi.

Qara, menda qasdi bor
Qoraydi oy to‘lishib
Hozir judayam zarur
Bir chiroyli kulishing...

Do‘stim bitta kulib ber...

Munisa A‘zamova

@sherlarolamii
OROM BILMAYSAN...

Tortib qora ko'rpasin,
Quyosh ketar uyquga.
Alla aytar sukunat,
Tegib shunda jig'iga
Kuylar qitmir chigirtka
Lekin bari behuda.
Allaqachon bu borliq
Edi shirin uyquda.
Mudrar hatto maysalar,
Daraxtlar-u yellar ham.
Tush ko'rardi tushlarda
Kezib yurgan yo'llar ham.
Boshlar uyqu meningda
Ko'zlarim ichra suza.
Faqatgina,faqat sen
Orom bilmaysan MUZA!

Charos Rahimqulova

@sherlarolamii
VATAN
Ostonangga boshim uray deb,
Umrim o'tdi sarhadlaringda.
Necha yillar izladim yonib,
Dil kuyladi hasratlaringda.

Ko'p izladim o'zimdan tonib,
Har sonyada bo'lib mastonang.
Mana bugun topdim quvonib,
Qalbim ekan sening ostonang.

Amriddin Shaxriddinov

@sherlarolamii
​​#Aforizmlar

G'ururli qalb, jimgina azoblanadi

@sherlarolamii
Bu qanchalik to'g'ri ekan sinab ko'ringlarchi...

@sherlarolamii
#Dil_daftari
Agar men uchun hammadan kecha olganingda edi, sen uchun jonimni berishga tayyor edim...
☆POETESS☆

@sherlarolamii
#Dil_daftari
Nega?...
Ayting, nahotki insonlarga qalbini to'kishi, erkin suhbatlashishi uchun yaqin inson, do'st, sirdosh kerak bo'lmasa?... Hamma yaqin do'st qidiradi-ku ammo bir narsani unutadi. Odamlar o'zida yo'q narsani birovlardan qidirishadi!? Ularga do'st keragu lekin hech narsadan kechishni istashmaydi?...
Men baxtliman, men Allohimga ishonaman. U meni soxta do'stlar bilan sinayabdi, soxta do'stlarimni esa men bilan siylayabdi. Hali hammasini qadriga yetadi ular. O'zimni farishta deyolmayman. Aybsiz parvardigor... Biroq, men qalbimdan soxtalikni, sotqinlikni, yomonlikni qidiraman ammo Allohimga shukurki ularni topolmayman. Men oylikmanmi yo? Nahot, men yagona bo'lsam...

Barchasi uchun rahmat Allohim!
☆POETESS☆
@sherlarolamii
Inson-o'z baxtining me'mori

Nemis xalq maqoli
@sherlarolamii
Faqat omad kamdan-kam juda,
Yuramiz biz topib, yo‘qotib.
Goho yasog‘liq ot ustida,
Goh piyoda, changlarga botib.

Yashillanar umr daraxtimiz,
Sarg‘ayar ham bevaqt yog‘sa qor.
Shunday, goho toju-taxtlimiz,
Goh kechirib bo‘lmas gunohkor.

Izhori dil qiladir qushlar,
Biz ularni etmasmiz pisand.
Ovuntirar bizlarni tushlar,
Oh, u tushlar goh beradir pand.

Goh qip-qizil gullarga ko‘mib,
Bir olam baxt yo‘llaydir olam.
Sipqorarmiz ko‘zimiz yumib
Zardob to‘la qadahlarni ham.

Goh kulib, goh qo‘l siltab, kuyib
O‘tkazarmiz buning barini.
Hayotning shan marhamati-yu
Rutubatli aldoqlarini.

Oqarganda sochlar eslaymiz
Sarxush bahor, kuz o‘tganini.
Kimlarnidir rad etganmiz biz,
Kimlar bizni rad etganini...

Halima Xudoyberdiyeva
@sherlarolamii
Izhori dil

Ko'hna tol beshikdan
Boshlangan olam.
Senga iddaolar
Qilmay sevaman
Bir kuni singlim deb
Bir kuni onam-
Vatan
Kimligingni
bilmay sevaman.

To'zg'iydi to'ningdan
Tortgan to'ralar,
Kecha tuzingni yeb,
Sotgan to'ralar.
Endi pushaymonda
Tuynuk mo'ralar
Men sening yoningdan
Jilmay sevaman.

Menga yering suyuk
Osmoning suyuk
Boqsam teng
To'rttala
tomoning suyuk
Tovonimga kirgan
Tikoning suyuk
Kaftdan zirapchang ham
Olmay sevaman.

Cho'ksang,
Tur singlim deb
Soching silayman
So'ksang
Opam deyman
Umring tilayman
Sendan ranjimayman
Gina qilamyman
Hoh ho'mray
Hoh jilmay
Birday sevaman

Vatan- Yuragimning
Olampanohi
Bu dunyo bukri bir
Jiydangning shohi!
Ko'zim yoshi bilan
Sog'orib gohi,
Ko'ksimda o'stirgan
Gulday sevaman.

Bu yorug' jahonda
Yo'g'u borimsan
Tilimning ostida
Novvot-zarimsan
Sen mening yagona
Payg'ambarimsan
Men Bilol,
Men Habash-
Qulday sevaman!!!

Muhammad Yusuf